5-mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida sovetlar mamlakati. Davlat qurilishidagi o’zgarishlar: yutuq va kamchiliklar


Download 36.6 Kb.
bet1/4
Sana03.10.2022
Hajmi36.6 Kb.
#829867
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida SnagIt dasturidan foydalanish, Sanoq sistemasi, AKMALXON134, mirzarahmon111, 4-СР 1624525810940, Nasos haqida umumiy malumot, 9, 7, 4-mavzu 1941-1980-yillarda muzey ishi va yodgorliklarini asrash, mo\'g\'ullar imperiyasi, tarbiya mustaqil ish, sharqda qollanilgan oy kalendarlari, qadimgi sharq tarix, Уйғониш даврининг тарих фалсафаси XIV XVI асрлар

5-mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida sovetlar mamlakati. Davlat qurilishidagi o’zgarishlar: yutuq va kamchiliklar


Reja:
1. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va rivojlanish bosqichlari.
2. G`arbiy frontdagi “G`alati urush”. Yevropadagi harbiy harakatlar. Osiyo-Tinch okeani mintaqa­sida harbiy harakatlar.
3. Germaniyaga qarshi koalitsiyaning vujudga kelishi.
4. Urush yillarida Sovet davlati boshqaruvidagi o’zga­rish­lar: yutuq va kamchiliklar.


Maqsad: Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va rivojlanish bosqichlari, G`arbiy frontdagi “G`alati urush”, Yevropadagi harbiy harakatlar, Osiyo-Tinch okeani mintaqa­sida harbiy harakatlar va urush yillarida Sovetlar mamlakatida davlat qurilishidagi o’zgarishlarni yoritib berishdan iborat.


1. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va rivojlanish bosqichlari. SSSR bilan muzokaralar borayotgan choqda 1939- yil iyun-avgustda Angliya fashistlar Germaniyasi bilan yashirin muzokaralar (bosh ministr Chemberlen ko’rsatmasi asosida tashqi ishlar ministri Galifaks, savdo ishlari ministri Xadson va Chemberlenning maslahatchisi Garold Vilson bilan Gitlerning iqtisodiy ishlar maslahatchisi Voltat va Germaniyaning Londondagi elchisi Dirksen o’rtasida muzokaralar) olib bordi.
Sovet hukumati agressiya ro’y bergan taqdirda Angliya, Fransiya va Polshaga yordam ko’rsatish uchun sovet qo’shinlarining Polsha territoriyasi orqali o’tkazilishiga Polsha hukumatining rozilik berishi kerakligini bildirdi. SSSR Boltiqbo’yi mamlakatlarini ham garantiya qilishni talab etdi. Angliya va Fransiya bu takliflardan, o’zlariga majburiyat olishdan surbetlarcha bosh tortdi. Ularga suyangan Polsha hukumati esa. SSSR bilan hamkorlik qilmasligini, sovet qo’shinlarining Polsha hududiga kirishiga rozi emasligini bildirdi. Litva, Latviya va Estoniya hukumatlari ham garantiyadan bosh tortdilar.
SSSRning talabi bilan 1939- yil 12–21- avgustda Moskvada bo’lgan harbiy muzokaralarda ham Angliya va Fransiya SSSRning konkret takliflariga e’tibor bermadilar.
1939- yil avgustdagi Moskva muzokaralari Angliya-Fransiya tomonining aybi bilan boshi berk ko’chaga kirib qolgan va imperialistik davlatlar SSSRni yakkalantirib, fashistik Germaniyani unga qarshi qo’yish uchun zo’r berib urinayotgan bir vaqtda, SSSR siyosiy jihatdan batamom yakkalab qo’yilgan va SSSRga nisbatan ikki tomondan: G’arbda-Germaniya va Uzoq Sharqda Yaponiya tomonidan urush xavfi kuchayib ketgan bir paytda Sovet hukumati Gitler hukumatining SSSR bilan Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik ahdnomasi tuzish to’g’risidagi taklifini qabul qilmay iloji yo’q edi. 1939- yil 23- avgustda Moskvada SSSR bilan Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilishmaslik ahdnomasi imzolandi.
Bitimga muvofiq, ikkala tomon bir-biriga qarshi hujum qilmaslik va agressiya uyushtirmaslik majburiyatini olardi: uchinchi davlat kelishuvchi tomonlardan biriga hujum qilgan taqdirda boshqa tomon hujum qilgan tomonni qo’llab-quvvatlamasligi lozim edi. Tomonlar davlatlarning kelishayotgan tomonlardan biriga qarshi ittifoqlariga qo’shilmaslik, o’rtalaridagi barcha bahslarni tinch yo’l bilan hal qilish majburiyatini oldilar.
Bitimning e’lon qilinmagan maxfiy bandlari Polshaning ikki davlat o’rtasida bo’lib olinishini ko’zda tutardi, Sovet Ittifoqiga Boltiqbo’yi mamlakatlari – Litva, Latviya, Estoniya hamda Bessarabiyani qo’shib olishga ruxsat berardi. Ushbu hududlar oldin Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo’lib, Brest-Litovsk bitimiga ko’ra, undan zo’rlik bilan ajratib olingan edi. Ular sovet davlatining strategik xavfsizligi nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega edi, chunki g’arbiy chegaralarni 400–500 km.ga nari siljitardi. Ular sovet-german urushida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Gitlerchilar bu hududlarni bosib o’tish uchun 2–3 oy vaqt ichida Qizil armiya Sibirdagi zaxiralarini G’arbga tashlab ulgurdi.
G’arb davlatlari Myunxen siyosatining barbod bo’lishi Germaniya, Yaponiya va Italiya bloki bilan Angliya-Amerika Fransiya bloki o’rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. Bu ziddiyatlar natijasida 1939- yil sentyabr boshlarida G’arb davlatlari o’rtasida ikkinchi jahon urushi boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yaqinlashgan sari Gitler Germaniyasining urushga zo’r berib tayyerlanganligini ko’ramiz. 1939- yilning 30- avgustida Gitler imperiyani himoya qilish bo’yicha Ministrlar Kengashini tuzish to’g’risida dekret chiqardi. Yangi harbiy kabinetning qo’liga urush vaziyatida butun mamlakatning taqdiri topshirildi. Unga doimiy a’zolar etib, Gering (rais), Gess (portfelsiz ministr), Funk (iqtisod ministri), Frik (ichki ishlar ministri), Dammers (imperiya kanselariyasi boshlig’i) va Keytellar (qurolli kuchlar bosh qo’mondonligi shtabi boshlig’i) kiritildi.
1939- yil 31- avgustda kechqurun qurollangan SS chilar bir guruhi o’sha davrda Polsha bilan chegaradosh hisoblangan nemis shahri Gleyvits (Glivitse) radiostansiyasi joylashgan binoga bostirib kirdi. Mikrofon oldida bir qancha o’q otganlaridan so’ng, Germaniyaning Polshaga hujum qilishga murojaati polyak tilida o’qildi. Shunga o’xshash sun’iy ig’volar nemis va polyak chegaralarining bir qancha uchastkalarida ham uyushtirildi. “Ishonchli” bo’lishi uchun SSchilar polyak harbiy kiyimi kiygizilgan kishilarni otib tashladi. Bu kishilar soqchilar tomonidan konslagerlardan olib kelingan polyak mahbuslari edi. Tez orada Germaniya radiostansiyalari, polyak harbiylarning nemis chegaralariga hujum qilganligi to’g’risidagi shoshilinch xabar tarqatildi. Ashyoviy dalil sifatidan otib tashlangan polyak harbiylari ko’rsatildi.
1939- yilning 1- sentyabri soat 4:45da nemis-fashist aviatsiyasi Polshaning aerodromlarini, barcha aloqa nuqtalarini iqtisodiy va ma’muriy markazlarini qattiq bombardimon qildi. Quruqlikdagi qo’shinlari shimoldan sharqiy Prussiya orqali, G’arbdan Sharqiy Germaniya orqali va Janubdan Slovakiya orqali Polsha hududiga bostirib kirdi. Germaniyaning linkori “Shlezvig-Golshteyn” oldindan Polsha qirg’oqlariga yaqinlashib kelgan edi va u Vasterplyatt yarim oroliga qaratib o’t ochdi. Germaniyaning Polshaga hujum qilishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Germaniya tashviqoti “urush Polshaning aybi bilan, ya’ni erkin shahar Dansigni Germaniyaga bermaganligi uchun, u yerdan Sharqiy Prussiyaga o’tish uchun magistral avtomobil yo’li va tor izli temir yo’l qurishga ruxsat bermaganligi uchun boshlandi” deb fashizm agressiyasini oqlashga va xaspo’sh­lashga zo’r berib urindi. Haqiqatda esa, urush Dansig uchun boshlanmagandi, bundan ko’zlangan maqsad fashistik Germaniyaning uzoq-uzoqlarga borib taqaladigan siyosiy va harbiy strategik rejalarini amalga oshirish edi.
1939 yilning 1-sentyabrida Chemberlen va Dalad’e hukumatlari Angliya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Polsha vakillari ishtirokida konferensiya chaqirishga kelishib oldilar va Versal shartnomasini qayta ko’rib chiqishga rozi ekanliklarini Gitlerga bildirdilar. Angliya va Fransiya hukumatlari chaqirilajak konferensiyada Germaniyaga yon berishga rozi ekanliklarini bildirdilar. Bu safar ular Polsha hisobiga yon berishni va shu yo’l bilan o’zlariga bo’ladigan xavfning oldini olmoqchi bo’ldilar. Biroq, bularning bu safargi urinishlari befoyda ketdi. Gitler bunga rozi bo’lmadi.
SSSR tashqi ishlar komissari V. M. Molotov 1939- yil 31- oktyabrda Sovet qo’shinlaridan 739 kishi halok bo’lganligi va 1862 kishi yarador bo’lganligi to’g’risida axborot berdi1. Polyaklarning talofatlari esa aniq emas edi. Sovet matbuotida ko’rsatilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ukraina fronti tomonidan 181 ming askar va 10 ming zobitlar qurolsizlantirildi. Belorussiya fronti bo’yicha bu ko’rsatkichlar e’lon qilinmagan edi. Polyak manbalarida esa bu ko’rsatkich, biroz ko’proq ko’rsatilgan: 230–250 ming kishi qurolsizlantirilgan (shularning ichida 10–12 ming zobit bor edi). G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyada yashovchi aholiga mansub askarlar o’z uylariga tarqatib yuborildi. Qolganlar esa lagerlarga joylashtirildi. 1939- yil oktyabrdan repatriatsiya (o’z vataniga qaytarish) boshlansada, bu Polsha armiyasining zobitlar tarkibiga, politsiya va jandarmeriya­ning yuqori lavozimli kishilariga nisbatan qo’llanilmadi. Sovet qo’shinlari 1919- yilda belgilangan “Kerzon chizig’I” chegarasida to’xtadi.
1939- yil 28- sentyabrda Moskvada SSSR va Germaniya o’rtasida do’stlik va chegara to’g’risida imzolangan shartnomaga muvofiq, “har ikkala davlat manfaatlari” chegarasi Narev, San va G’arbiy Bug daryolari bo’ylab belgilandi. Polshaning katta hududi Germaniya tomonidan okkupatsiya qilindi. Ukraina va Belorussiya yerlari esa, SSSRga qo’shib olindi. Ikki davlat o’rtasida chegaralarning etnik bo’lib olinishining tan olinishi, xalqaro huquq normalarining qo’pol ravishda buzilganligini bildirardi. Keyingi manbalardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, kelishuvlar 1939- yil 23- avgustda imzolangan shartnomaning quyidagi yashirin protokollarida o’z aksini topgan edi.
Jumladan, ikki davlat o’rtasida imzolangan maxfiy protokolga k’ora, Sovet davlati ixtiyoriga o’tadigan va uning manfaatlarini ifodalaydigan hududlardan nemis millatiga mansub bo’lgan kishilarning Germaniya hududlariga ko’chishiga, to’sqinlik qilmaslikka Sovet hukumati rozi bo’ldi. O’z navbatida, Germaniya hukumati ham Ukraina va Belorussiyaga nisbatan xuddi shunday majburiyatni o’z zimmasiga oldi. Maxfiy protokol Litva hududi SSSRning davlat manfaatlari doirasiga o’tdi. O’z navbatida, Germaniyaga Lyublin va Varshava voyevodinalari hududlari o’tdi. Yana shu hujjatga ko’ra, qo’shimcha protokol – har ikkala davlat Polsha tomonidan o’zlarining manfaatlariga zid bo’lgan tashviqotlarning olib borilishiga yo’l qo’ymaslikka kelishib oldilar. Shunday qilib, Polsha Germaniya va SSSR tomonidan surbetlarcha taqsimlab olindi. 1939- yil sentyabrda Polshaning mag’lubiyati polyak xalqi uchun eng fojeali voqea bo’ldi. 1939- yil 8- oktyabrda fashist hukumatining Dekreti bilan 9,5 mln kishilik aholi yashaydigan hududni nemis o’lkalari deb e’lon qildi. Polshaning katta qismi 3- Reyxga qo’shib olindi. Polsha davlati endi yo’q edi. Sovet qo’shinlari uning taqdirida hech qanday o’rin tuta olmadi.

Download 36.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling