5-mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida sovetlar mamlakati. Davlat qurilishidagi o’zgarishlar: yutuq va kamchiliklar


Urush yillarida Sovet davlati boshqaruvidagi o’zga­rish­lar: yutuq va kamchiliklar


Download 36.6 Kb.
bet4/4
Sana03.10.2022
Hajmi36.6 Kb.
#829867
1   2   3   4
Bog'liq
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida SnagIt dasturidan foydalanish, Sanoq sistemasi, AKMALXON134, mirzarahmon111, 4-СР 1624525810940, Nasos haqida umumiy malumot, 9, 7, 4-mavzu 1941-1980-yillarda muzey ishi va yodgorliklarini asrash, mo\'g\'ullar imperiyasi, tarbiya mustaqil ish, sharqda qollanilgan oy kalendarlari, qadimgi sharq tarix, Уйғониш даврининг тарих фалсафаси XIV XVI асрлар
4. Urush yillarida Sovet davlati boshqaruvidagi o’zga­rish­lar: yutuq va kamchiliklar. 1941- yilda I. Stalin SSSR XKK raisi, Davlat mudofaa kengashi (DMK) raisi, SSSR Iggifoqi Mudofaa Xalq komissari, SSSR Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni bo’ldi. Vatanparvarlik va xalqchillik g’oyalarini qaytadan tiklagan, o’ziga marshallik, keyin esa generalissimuslik unvonlarini olgan Stalin ommaviy qahramonlik va juda ko’p qon to’kilishi tufayli g’alabaga erishgach, bu g’alabadan ham o’z hukmronlig’ini mustahkamlashda foydalandi.
Ikkinchi jahon urushi yillardada ko’pgina xalkdar o’zlarining doimiy yashash joylaridan boshqa joylarga majburan ko’chirilgan. Shuningdek, gitlerchilar ittifoqiga kirgan mamlakatlarning vakillari (vengerlar, bolgarlar, finlar) ham shunday ko’chirishlarga duchor qilinganlar. Majburiy ko’chirishlarning rasmiy sabablari urush yillardada bu xalqlarning kattagina qismining ommaviy qochishlari, xoinlik va sovetlarga qarshi faol qurolli kurashishlari deb ko’rsatilgan. 1944- yilning 29- yanvarida Lavrentiy Beriya “Chechenlar va ingushlarni majburan ko’chirish tartibi haqida ko’rsatma”ni tasdiqladi, 21- fevralda esa u chechenlar va ingushlarni deportatsiya qilish haqida buyruq chiqardi. 20- fevralda u Grozniy shahriga keldi va 19 ming operativ xodimlar, butun mamlakatdan “tog’ sharoitidagi o’quv mashg’ulotlari”da qatnashish uchun to’plang’an 100 ming’ IIXK ofitserlari va jangchilari qatnashgan operatsiyaga shaxsan rahbarlik qildi. 22- fevralda u respublika rahbarlari va yetakchi ru- honiylar bilan uchrashdi, kelasi kuni tong paytida ko’chirish operatsiyalari boshlandi. Beriya, shuningdek balqarlarni o’z yurtlaridan ko’chirishda ham tashabbuskor bo’ldi.
O’sha yilning 24- iyulida Beriya Stalinga xat orqali murojaat qildi va unda mesxetiyalik turklarni, shuning’dek, Turkiya bilan chegaradosh xududlarda yashovchi kurdlar hamda xemshinlarni deportatsiya qilish taklifini kiritdi. Bunga sabab qilib Turkiyaning chegaradosh hududlari aholisi bilan qarindoshlik aloqalari borligi, buning oqibatida emigratsion kayfiyatlar namoyon bo’layotganligi, kontrabanda bilan shug’ullanayotg’anlig’i, turk razvedkasi organlariga josuslarni yollash va qo’poruvchi guruhlarni tashkil qilish manbai bo’layotganligi ko’rsatilgan. 31- iyulda Komiteti Gruziya SSRdan O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston respublikalariga 45516 mesxetiyalik turklarni ko’chirish haqida qaror qabul qiladi. 2- dekabrda Beriya yana Staling’a xat orqali murojaat qiladi va unda 91 mingdan ziyod turklar, kurdlar, xemshinlar majburan ko’chirilg’anlig’ini xabar qildi.
Alamogordo yaqinidagi sahroda Amerika atom qurilmasi sinab ko’ril- g’anidan keyin SSSRda o’z yadro qurolini yaratishg’a urinishlar kuchaytirildi. 1940- yil 20- avgustda DMKning qarori asosida maxsus komitet tuzildi va ung’a L. P. Beriya rahbar etib tayinlandi. Komitetga “uranning’ atom ichidagi energiyasidan foydalanish bo’yicha barcha ishlarga rahbarlik qilish” yuklatildi.


Tayanch so’z va iboralar:
Ikkinchi jahon urushi, militarizm, fashistlar, agressiya, harbiy harakatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qrim konferensiyasi, Postdam konferensiyasi, Tehron konferensiyasi, Sovet-german bitimi.


1 Новая и новейшая история. – 1989. – №5. – С. 25.

2 Qarang: История Второй Мировой Войны. Краткая история. – М.: Наука, 1984. ­– С. 102.

Download 36.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling