5 mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida Reja


Download 33.31 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi33.31 Kb.
#1019104
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma`ruza (1)


5 - mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida
Reja:

  1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.

  2. Jamiyatning belgilari

  3. Jamiyatning turlari.

  4. Hozirgi jamiyatning turlicha tariflari.



Tayanch atamalar:
Jamiyat, farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati, istemol qilish jamiyati, ochiq va yopiq jamiyat, industrial (sanoat) jamiyati, totalitar jamiyat, avtoritar jamiyat, demokratik jamiyat, ijtimoiy tuzilma.

Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz Sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo‘lakchalarning o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.


Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixida jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o‘rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo‘nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo‘nalish O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan amerikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik talimotlarini o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishda ijtimoiy tizim o‘zgarishi tashqi kuchlar tasiri orqali tushuntirilib, ko‘proq psixologik omillarga etibor berilgan.
Ikkinchi yo‘nalish: marksistik sotsiologik talimot bo‘lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch tasiri orqali tushuntirilib, materialistik mohiyatga ega bo‘lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy etibor qaratilgan.
Har ikki talimot ham jamiyat hayotida muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirib keldi.
Sotsiologik amaliyot funksional o‘zgarishlarsiz, evolyusiyasiz, revolyusiya tushunchasi bilan, funksional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi bu talimot jamiyat hayotini bir tomonlama o‘rganishga olib kelganligini davr ko‘rsatmoqda.
Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g‘arb sotsiologik talimotida ham o‘ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirishni bildiradi.
«Jamiyat hayotining industrlashuvi obyektiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizimlar bo‘lishidan qati nazar, ijtimoiy ierarxiyaning bir xil (yagona) tipiga olib boradi» - degan amerika sotsiologlarining fikri tarixiy rivojlanish amaliyotida tasdiqlanmoqda.

Download 33.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling