5-Mavzu: matlab tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Matlabda algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish. Reja: matlab tizimini vazifalari va imkoniyatlari; Matlabda matеmatik ifodalar, konstanta va o’zgaruvchilar


Download 155.33 Kb.
bet1/11
Sana06.04.2022
Hajmi155.33 Kb.
#626099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-Mavzu MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari.
1-Laboratoriya ishii, 2021 Шартнома Педпрактика - Amaliy, 2-labaratoriya ishi, 2-Lab. Topshiriqlar, 1-Amaliy ish, intelektual tizimlar haqida umumij malumot. (2), Diyor Mamataliyev - Laboratory Work-2, Diyor Mamataliyev - Laboratory Work-2, Diyor Mamataliyev - Laboratory Work-2, Diyor Mamataliyev - Laboratory Work-2, 2-Мавзу, 2-Мавзу, diyor laboratory work 6(1), diyor laboratory work 6(1), diyor laboratory work 6(1)

5-Mavzu: MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Matlabda algebra va sonlar nazariyasi masalalarini yechish.
Reja:

  1. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari;

  2. Matlabda matеmatik ifodalar, konstanta va o’zgaruvchilar.

  3. Matlabda funktsiyalar va sozlangan funktsiyalar.

  4. Tenglamalar sistemasi va tenglamalarni yechish.

  5. Matrisalar ustida amallar.

Tayanch iboralar: Matlab, Ishchi oyna, GUI, Simulink, MATLAB+Simulink, clear, help, Obyеktlar, Haqiqiy va komplеks sonlar, Son, Sonlarni ifodalash formati, Kontsanta (o’zgarmas) va tizim o’zgaruvchilari, Matritsalarni almashtirish amallari, Datsurlardagi matnli sharhlar.


1. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. MATLAB dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan MATLABning 4-avlod EHM ga mo’ljallangan PC MATLAB versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda Matlabning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-versiyada Matlabning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga Matlabning 5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. Matlabning 6-versiyasi bu dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan.
Matlab dasturiy ta’minot o’rnatish jarayoni boshqa dasturlardan farqlanmaydi. Matlab dasturi ishga tushirilganda unda asosan 3 ta oyna ko’rinadi:

Tarix Funksiya Ayni Buyruqlar


o ynasi chiqarish satri paytdagi oynasi
katalog


Ishchi
qism


1-rasm. Matlab tizimini ishga tushgandan keying ishchi oynasi

1.Buyruqlar oynasi (Command Window);


2.Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser);
3.Massiv muharriri (Array Editor);
4.Buyruqlar tarixi oynasi (Command History);
5.Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
6.Start tugmasi (Start);
7.Brouzer so’rovnomasi (Help Browser);
8.Muharrir (Editor/Debugger);
9.Sharxlovchi(Profiler).
Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi.
O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni daraxt ko’rinishida ifodalab boradi.
Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi saqlanib qoladi.
Matlabda sеans ishi tushunchasi sеssiya (session) dеb yuritiladi, ya'ni foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan xujjat – bu sеssiyadir. Unda kiritish-chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi. Matlab sеssiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funktsiyalar qiymatlari xotiraning ishchi qismida joylashgan bo’ladi. Save (saqlash) komandasi yordamida ularni (matlab.mat) – da saqlash mumkin. Load (yuklash) komandasi esa ma'lumotlarni diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini bеradi. Diary (kundalik) komandasi orqali ma'lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin.

Download 155.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling