- Mehmonxona faoliyatini loyihalashtirish bosqichlari.
- Mehmonxonaning texnik xususiyatlarini va texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.
- Biznes-reja.
Mehmonxona faoliyatini loyihalashda yangi mehmonxonani qurish va ishga tushurish uchun Start up bosqichida mehmonxona operatori yoki boshqaruv kompaniyasini jalb etish to’g’risida qaror qabul qilishi kerak.
Bu esa loyihaoldi va loyiha ishlarini amalga oshirish bosqichida tashkil qilinishi kerak. (masalan, texnik TSA Technical Services Agreement qo'llab-quvvatlash shartnomasi asosida - Mehmonxona egasi va boshqaruv kompaniyasi o'rtasida amalga oshiriladi).
Shartnoma doirasida boshqaruv kompaniyasi mehmonxona loyihasini loyihalash, qurish, jihozlash va ochilishga tayyorgarlik bosqichlarini amalga oshiradi.
Yangi mehmonxonani boshqarish kontseptsiyasi ayrim taxminlardan holi bo’lmaydi: mehmonxona zanjirli bo’ladimi, mehmonxona professional operatorlar bilan boshqariladimi, mehmonxona qat’iy belgilangan standartlarga amal qiladimi yoki mustaqil bo’ladimi kabi noaniqliklarga egasining manfaatlarini, individual xuxsusiyatlarini va o’zgarishlarga moslashuvchanligini inobatga olib ish ko’riladi.
Boshqaruv shaklidan qat'i nazar, mehmonxona faoliyatini loyihalashning asosiy bosqichlari quyidagicha ifodalanishi mumkin.
Mehmonxona faoliyatini loyihalash
Loyihaoldi ishlari.
Bozor marketing nadqiqotlari.
Mehmonxona qurishning texnik iqtisody asoslash
Mehmonxona konsepsiyasini ishlab chiqish
Mehmonxonaning ma'lumotnoma va texnik iqtisodiy asoslash shartlarini ishlab chiqish
Mehmonxona binosi loyihasini ishlab chiqish. Loyiha faoliyatini hujjatlarini tayyorlash
Mehmonxonaning moddiy-texnik jihozlarini loyihalash
Mehmonxonaning majmuaviy tizimini loyihalash
Boshqaruv konsehsiyasini ishlab chiqish
Mehmonxonaning tashkiliy tuzilmasini loyihalsh
Sifatni boshqarish tizimini loyihalash va xizmat ko'rsatish standartlarini ishlab chiqish
Xodimlarni boshqarish faoliyatini rejalashtirish
Mehmonxonaning rentabelligi va marketing siyosatini loyihalash
Investitsiya xarajatlarini moliyaviy prognozlash va aniqlash
Mehmonxonaning brendini yaratish va siljitish
Yangi mehmonxonani ishini loyihalashtirish va ishga tushirish jarayonida quyidagi manfaatdor tomonlar ishtirok etishlari mumkin.
Loyihani boshlagan tashabbuskor yoki tashabbuskorlar guruhi texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqadi, loyiha oldidan marketing tadqiqotini o'tkazadi yoki amalga oshiradi.
Mehmonxona boshqaruvi va shunga o'xshash turar-joy vositalariga ixtisoslashgan yirik konsalting kompaniyalari bo'lgan boshqaruvchi jamoalar. Bu professional mehmonxona operatorlari yoki ishlab chiquvchilar, qurilish, ishga tushirish va hokazo, barcha bosqichlarida investorlar uchun keng qamrovli professional qo'llab-quvvatlash taklif etadi.;
Boshqaruv kompaniyalari asosiy va tegishli biznes-jarayonlarning butun majmuasida vakolat olishga tayyor: marketing asoslash, investitsiya loyihasini ishlab chiqish (mehmonxona kontseptsiyasini ishlab chiqish uchun joyni tanlashdan), qurilish, texnik qo'llab-quvvatlash, ishga tushirish, joriy boshqaruv va boshqalar.
Alohida professional-mutaxassislar. Yangi mehmonxona loyihasining ushbu ishtirokchilari har qanday mehmonxona yoki zanjirning muvaffaqiyatli top-menejerlari, mehmonxona uyushmalari va birlashmalari mutaxassislari, erkin bozor agentlari bo'lishi mumkin.
Ularning o‘ziga xos xususiyati maslahatlashuvlarni individuallashtirish va loyihada ishtirok etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |