5 mavzu. Novda. Poya


Download 0.61 Mb.
bet1/7
Sana03.10.2022
Hajmi0.61 Mb.
#829874
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-MARUZA
2 5337178369215697597, тематика средняя, 36-ьфл, Hujjat 1 (1), kompyuterli-oqitish-tizimlarida-bilimlarni-ifodalash-modellari-va-algoritmlari, 111, Hujjat (6), 11-mavzu slayd, Jis Tar,,,,,, Hujjat (5), Tahlilchilarning fikricha, MEYOR MARUZA (1), 12-Мавзу Банкларнинг келиб чикиши, INTEGRAL MIKROSXEMALARNING DIODLARINI LOYIHALASH (2), Javada ob’ektga mo’ljallangan dasturlash, Polimarfizm

5 - mavzu. Novda . Poya

Reja


  1. Novdaning umumiy tavsifi va uning vazifalari

  2. Novdalar tizimnning xosil bo’lishi. Kurtak va novdaning qayta tiklanishi. Novda apeksi va a’zolarining xosil bo’lishi.

  3. Barg xosil bo’lishi, interkalyar meristemaning axamiyati, yon novdaga asos solinishi. Barglarning joylashuvi, unnng qonunnyatlari va asosiy tiplari. Akrotoniya, mezotoniya, bazitoniya xaqida tushuncha.

  4. Monopodial va simpodial shoxlanish, unnng biologik va amalny axamiyatn. Novdaning ixtisoslanishi va metamorfozi, vazifalari va biologik axamiyati.

  5. Poyaning morfologik va anatomik tuzilishi. Poya-novdaning o’q a’zosi ekanligi, uning umumiy tavsifi.

  6. Poyaning birlamchi yo’g’onlashuvi va o’sishining tezlashuvi. Kambiyning faoliyati va ikkilamchi yo’g’onlashuvga o’tish. Stel nazariyasi.

  7. Yog’ochlikning tuzilishi, uning tarkibiga kiruvchi elementlar. Yillik xalqalar. Bir va ikki pallali o’simliklar poyasining tuzilishi va yo’g’onlashuvnning o’ziga xosligi


Tayanch so’z va iboralar: kurtaklar, vegetativ, generativ va aralash kurtaklar, megamer (umumiy, bo’lak), dixotomik (ayrisimon), monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial (birgalikda shoxlanish), ildizpoya, tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar, gajaklar, tunika (tashqi qavat), korpus (ichki qavat), epiderma, birlamchi po’stloq, stel (markaziy silindr), kambiy, boylamli, oraliq va boylamsiz tuzilishi, birlamchi va ikkilamchi po’stloq, yog’ochlik, o’zak, yadro.
Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug’imlar, bug’im oraliqlari va kurtaklar. Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning o’qi bo’ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich meristematik o’q va uning uchki qismida bir – birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, ‘ni boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan.



The plant stem is generally cylindrical, or sometimes ridged or quadrangular. Primary vascular tissue typically consists of either a complete cylinder or a system of discrete vascular bundles. The cortex is the region of ground tissue between the vascular tissue and the epidermis; the junction between the cortex and vascular region is termed the pericyclic region, from which endogenous
adventitious roots can arise. The pith is the central region of ground tissue, though in many stems it breaks down to form a central hollow cavity. The stem epidermis often bears stomata and trichomes, as in the leaf epidermis1.

O'simlik poyasi odatda silindrsimon, ba'zan tizma yoki to'rtburchaklar shaklida bo'ladi. Birlamchi asosiy to'qima odatda to'liq silindrdan yoki diskret asosiy to'qima to'plamlaridan iborat. Korteks asosiy to'qima va epidermis orasidagi to'qimalar iborat; korteks va asosiy to'qima orasidagi bog'lovchi peritsiklik muhit deb ataladi, undan endogen adventativ ildizlari paydo bo'lishi mumkin. Tukchalar asosiy to'qimalarining markaziy qismidan, garchi ko'pchilik jarohatlarda u markaziy icki bo'shliqni hosil qiladi. Ildiz epidermisida barg epidermisidagi kabi ko'pincha stomata va trichomalar bo'ladi.

Vegetativ kurtaklardan tashqari generativ, vegetativ – generativ kurtaklar ham bo’ladi. Bunda vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo’lib, o’sish konusi esa boshlang’ich gul yoki to’pgulga aylangan bo’ladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling