5-mavzu. Transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan yondashuvlar Reja Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga


Download 113.48 Kb.
bet1/18
Sana09.09.2022
Hajmi113.48 Kb.
#803529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
UMK kerak
18.SONNING DARAJASI. SONNING KVADRATI VA KUBI, O‘RQ-637 23.09.2020, Dima, malumotlar bazasini boshqarish tizimi, 536b867a7c13c, 536b867a7c13c, Интерфаол технологиялар, 1, МИ мавзулари (2), МИ мавзулари (2), Komp Grafikasi asoslari, 21-22-23-LAB, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti, cyber, 180 буйрук 2020

5-mavzu. Transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan yondashuvlar


Reja
Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson yondashuvi
Transformatsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Nort yondashuvi
Transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi


Tayanch so’z va iboralar: transaktsiya xarajatlari, Kouz – Uilyamsonning transaktsion yondashuvi, Nort yondashuvi, Transformatsiya xarajatlari, muloqot tuzish xarajatlari, o’lchash xarajatlari.



    1. Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson yondashuvi

Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi iqtisodiyot sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) faoliyati jarayonida mulkchilik huquqni almashishi (shartnomalar asosida mahsulotni sotish yoki sotib olish va shu kabi boshqa holatlarda), boshqa shaxslar tomonidan mulkga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan sharoitlarda uni himoya qilish yoki iqtisodiy islohotlar jarayonida avval faoliyat yuritib turgan institutlarni va normalarni yangilari bilan almashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda tadbirkor yoki davlat tomonidan turli xarajatlar qilishiga zarurat paydo bo’ladi. Bunday xarajatlar xorijiy manbalarda “transaktsiya xarajatlari” tushunchasi bilan yuritiladi va u institutsional iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida institutlar bilan bir qatorda uning kategoriyasi hisoblanadi.


Transaktsiya xarajatlari tushunchasi bilan bir qatorda transformatsiya xarajatlari tushunchasi ham mavjud bo’lib, ushbu tushunchalarni to’g’ri anglab etish ularni tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Transaktsiya xarajatlari tushunchasini qo’llagan holda dastlabki tadqiqotlar R.Kouz [42] tomonidan firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o’tkazilgan. Bunga 1960-yillarda sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo’lgan. Yagona xo’jalik tizimini yaratishga bo’lgan intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari, masalan intellektual mulkning paydo bo’lishi, mulk huquqlarining alohida vakolatlarga bo’linib ketishi – bularning barchasi transaktsiya xarajatlarining sezilarli darajada o’sishiga olib keldi.
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi doirasida o’tkaziladigan tadqiqotlarni mikro va makrodarajalarga bo’lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni korxona (firma), alohida iqtisodiy sub’ektlar darajasida tahlil qilish haqida, makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida boradi. Ushbu tahlil qilish belgisiga muvofiq transaktsiya xarajatlari nazariyasida ikkita yondashuv mavjudligini izohlash mumkin: birinchisi, Kouz – Uilyamsonning transaktsion yondashuvi (barqaror faoliyat ko’rsatuvchi institutlarni tahlil qilish uchun) va ikkinchisi Nortning transformatsion yondashuvi (institutsional o’zgarishlarni tahlil qilish uchun).
Bunday yondashuvlar o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda transformatsion jarayonlarning institutsional jihatlarini tadqiq etish imkonini beradi. Xususan birinchi yondashuvni davlat va xususiy mulkchilik tuzilmalarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, norasmiy institutlarning shakllanish jarayonlarini, jamiyat va iqtisodiyotning kriminallashuvini izohlash uchun, ikkinchi yondashuvni esa buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tishning institutsional sabablarini, o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda islohotlar jarayonlarining borishi va natijalarini tahlil qilish uchun qo’llash mumkin.
Transaktsiya xarajatlarini iqtisodiy tahlilga kiritish, R.Kouzning fikriga ko’ra, bozorga qarama-qarshi bo’lgan firma kabi o’zini-o’zi ongli ravishda nazorat qilish imkoniga ega bo’lgan “orolchalari”ning mavjud ekanligini tushuntirish uchun zarur bo’lgan.
O’zining “Firma tabiati”, deb nomlangan maqolasida (1937) R.Kouz transaktsiya xarajatlarini “narxlar mexanizmidan foydalanish xarajatlari”, “ochiq bozorda almashuv transaktsiyalarini amalga oshirish xarajatlari” yoki “bozor xarajatlari” sifatida belgilagan. Keyinchalik “Ijtimoiy xarajatlar muammosi” maqolasida (1960) R.Kouz “bozor transaktsiya xarajatlari” iborasidan foydalangan. Ularning mohiyatini u quyidagicha ifodalagan: “bozor transaktsiyasini amalga oshirish uchun kim bilan bitim tuzish ma’qulligini aniqlab olish, kim bilan va qanday shartlarda bitim tuzishni istayotganligi haqida barchaga ma’lum qilish zarur, dastlabki muzokaralarni o’tkazish, shartnomani tayyorlash, shartnoma shartlarining bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun ma’lumotlarni yig’ish va hokazolar”1.
Ammo, iqtisodiyot adabiyotida “transaktsiya xarajatlari” iborasi mustahkam o’rin egallagan. Bunda transaktsiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta’rif keng tarqaldi: “transaktsiya xarajatlari – axborotni yig’ish va qayta ishlash xarajatlari, muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning bajarilishini nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari”.
Ilmiy manbalarda berilgan ta’riflarga muvofiq transaktsiya xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, etkazib beruvchilar va iste’molchilar to’g’risida axborotni yig’ish va qayta ishlash uchun sarflangan vaqt);
2) muzokaralar olib borish xarajatlari;
3) almashuvga kirgan tovarlar va xizmatlarning miqdori va sifatini o’lchash xarajatlari;
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari;
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim shartlarini buzuvchi yoki bir tomonlama foyda olishga yo’naltirilgan noinsoflik xatti-harakat tushuniladi.
Transaktsiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashni bitimni tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan ma’qul. O.Uilyamson transaktsiya xarajatlarini bitim tuzilguncha va bitim tuzilganidan so’ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta’riflaydi. Agar sherikni qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish bitim tuzishning bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaktsiya xarajatlarini tasniflash quyidagi 5.1-jadval ko’rinishga ega bo’ladi.

Download 113.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling