5-modul. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi Reja


-jadval Organizm uchun bir kecha-kunduzda zarur bo’ladigan vitaminlar miqdori


Download 32.62 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2021
Hajmi32.62 Kb.
1   2   3
1-jadval

Organizm uchun bir kecha-kunduzda zarur bo’ladigan vitaminlar miqdori




Vitaminlar (mg hisobida)

Dinternatsionalbirliklarda

A

V1

V2

S

RR

Katta yoshli odam

1

1-3

2

30- 75

12-20

100 gacha

Homilador, emizikli ayollar

2- 2,5

3

2

75- 100

18-20

500-1000

7 yoshgacha bo’lgan bolalar

1

1

2

33

12

500- 1000

7 yoshdan katta bolalar

1

1,5-2

2

50

12

500-1000

YE vitamin muskullarning rivojlanishi uchun zarur. U qonning ivishida muhim ahamiyatga ega.

K vitamin yangi karam, sabzida, xom pomidorda, archa, nina barglilarda ko’p bo’ladi va hokazo.

B1 vitamin nerv tizimi siishini yaxshilaydi, uglevodlar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu vitamin pivo achitqisida, o’rmon yong’og’ida, jigarda, tuxum sarig’ida bo’ladi.

V2 vitamin o’sish faktori deyilib, nerv tizimisining faoliyati uchun va qon yaratilishi uchun zarur. Bu vitamin B1 vitamin bor mahsulotlarda bo’ladi.

S vitamin. Bu vitamin Yetishmaganda bola datsin­ga kasalligi paydo bo’ladi. Uning milki, og’zi yaralanadi, tishlari tushib ketadi. Bu vitamin karam, pet­rushka, pomidorda, ko’kpiyoz, ko’kno’xat, na`matak, apel­sin, limon, mandarin, olmada ko’pbo’ladi. Demak, organizmda barcha turdagi vitaminlar talab etilgan darajada bo’lishi kerak.

Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayokchasi bilan zararlangan ovqatni iste’mol qilish orqali odam o‘tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar, quziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go‘sht orqali yukadi. Bir necha soat o‘tgach zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi: muskullari bo‘shashadi, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi, og‘zikuriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, bemor halok bo‘lishi mumkin. Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, konyuktivit bilan og‘rigan kishilar infeksiya tashuvchi bo‘ladilar. Odamning tomog‘ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo‘ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo‘ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, harorat ko‘tariladi. Dizentiriya, dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo‘l orqali o‘tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo‘qotadi, harorat ko‘tariladi, ich ketadi va ba’zida qon aralash bo‘ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo‘ziqorindan, qo‘rg‘oshindan, bodom, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to‘g‘ri saqlash, sanitariya-gigiena, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.

Tirik organizm ichki muhit barkarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan oziqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi koldiqlari siydikchil, siydik kislota, kreotinin va shunga o‘xshash moddalar mikdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi.

Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan et moddalardan tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalarni chiqarishi ham shart.

Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi.

O‘pka orqaili karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va engil uchuvchi gazlar ajraladi.

Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi.

Hazm yo’li orqaili esa hazm bo‘lmagan oziqa moddalar qoldiqlari, metal tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organik buyoklarning qoldiqlari ajraladi.

Buyrak orqaili esa organizmdan, ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar, to‘qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislotasi, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi.

Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi:



  1. Qon va boshqa ichki muhit suyukliklarining xajm muvozanatini saqlashda;

  2. Bu suyukliklarni osmatik muvozanatini saqlashda;

  3. Kislota-asos muvozanatini saqlashda;

  4. Qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda;

  5. Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvida;

  6. Qon bosimi, eritrotsitlarning hosil bo‘lishi, qonning ivishi va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi.

Takrorlash uchun savollar:

  1. Ovqat hazmning ahamiyati?

2.Og’izda ovqat qanday hazm bo‘ladi?

3.Ovqat hazm qilish organining tuzilishini aytib bering.

4.0shqozonda ovqat qanday hazm bo‘ladi?

5.Ingichka ichakda ovqat qanday hazmlanadi?

6.Jigarning funksiyalarini ayting.

7. Ovqat hazm qilishning yoshga oid qanday xususiyatlari bor?

8.Bolalarda uglevod, yog‘, oqsil almashinuvi qanday sodir bo‘ladi?

9.Vitaminlar qanday ahamiyatga ega?



Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar

1. Almatov K.T. Ulg`ayish fiziologiyasi. M.Ulug`bek nomidagi O`zMU bosmoxonasi. T.2004. 88-108 betlar.

2. Sodiqov B.Q, Aripova S.X., Shaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigiena”. “Yangi asr avlodi” 2009 y. 192-223 betlar.

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati

1. The Rignt Start to a Healthy Life.Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu,c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 2012

2. Q.Sodiqov “Sog`lom turmush tarzini shakllantirish” o`quv qo`llanma. 2007. (INV-011463

3. E.Maxmudov “O`smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi” T.O`qituvchi 1994 y. INV-13.51075.3.M 37, U-2282



Elektron ta’lim resurslari

  1. www.tdpu.uz

  2. www.pedagog.uz

  3. www.physiology.ru/handbooks.html

  4. www.curator.ru/e-books/b22.html

  5. college.ru/biology/course/content/chapterh/section3/paragraph4/subparagraph6.html

  6. djvu-inf.narod.ru/nblib.htm



1The Rignt Start to a Healthy Life.Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 32 page



Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling