5 Quyidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri ?


Download 19.8 Kb.
Sana07.08.2022
Hajmi19.8 Kb.
#791445
Bog'liq
fe‘l 4
buxgal mustaqil 3Buxgalteriya hisobining uslubi va unda qo‘llaniladigan usullar tavsifi, Arxitekturaviy elementlari kichik arxitektura formalari, Минтакавий Мустакил иш (1), cnfnmz 2, 84088 (1), 2014-10-09-6-min-Food-Waste, www.ingilizcecin.com-yds-paragraf-sorulari-17672, ot 3, 1-amaliy mashg\'ulot qisqacha, 071575028aaee89df518d879398ca8db KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI, paxtachilik sohasida fanlar akademiyasi tomonidan yaratilgan ishlanmalar, 17-ma’ruza Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib tezligini rostlash, 5.ELEKTR YURITMANI BOShQARIShDA IQTISODIY SAMARA VA TEZLIKNI SITABILLIGI, Новый документ в формате RTF

1.Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A)Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘ladi. B)Oradan qancha zamonlar o‘tgach, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz. C)U o‘rmonda aylanib yurib chol va uning tinib-tinchimas nevarasini uchratipti. D)Gapi to‘g‘rida, u tengi bolalar maktabga borishadi, uni esa "kichkina" deb xafa qilishadi.
2. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan? A)Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa qiynalmay yetib olardik. B)"Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay", − dedi zavqi oshib. C)"O‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga chiqaylik", − dedi u. D)Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin.
3.Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq A) 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 4, 6
4. Barcha nisbat shakllarida qo'llana oladigan fe'llar ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) ishlamoq 2) o'qimoq 3) otmoq 4) turmoq 5)cho'zmoq A)3,5 C)2,3,5 B)1,2,3,4,5 D)1,3
5. . Quyidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri ?
1) nisbat shaklllari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismiga ham qo’shiladi
2) shaxs-son shakllari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismiga ham qo’shiladi
3) zamon shalllari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismiga ham qo’shiladi
4) mayl shakllari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismiga ham qo’shiladi
5) Bo’lishsizlik shakli ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining ikkala qismiga ham qo’shiladi
A)1ta
B-2 ta
C)3ta
D)4 ta

6.Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan?

A. unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq

B. yiqilmoq, bo`yamoq, o`ylamoq

C. porlamoq, ketmoq, tegmoq

D. sarg`aymoq, tekislamoq, bermoq


7.Qaysi qatorda o`timli fe’llar qo`llangan?

A. almashmoq, joylashmoq, kuymoq

B.o`xshamoq, jiringlamoq, so`ramoq

C. o`qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq

D. joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko`rmoq


8.Qaysi gapda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo`llangan?

A. Yo`lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan

B. Bolalar kitob, jurnal, gazetalar o`qigani tez-tez keladigan bo`ldilar

C. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona o`z go`dagi yostig`i ostiga non qo`ygan.

D.A va S

9.Bir kuni chol bechora qo`li titrab , osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar qo`llanilagn?

A. o`zlik, majhul, orttirma nisbatlar

B. aniq, majhul, orttirma nisbatlar

C. orttirma, birgalik, aniq nisbatlar

D. majhul, birgalik, aniq nisbatlar

10.Qaysi gapda o`zlik nisbat shaklidagi gap berilgan?

A. Ammo kampirning dodiga odam tez to`plandi

B. Belbog`imga bitta kulcha tugilgan

C. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko`chirdi

D. Yo`lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan


11.Qaysi gapda birgalik nisbat shaklidagi gap berilgan?

A. Boshida tashvishi bo`lishiga qaramay , bolani erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi

B. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo`lishdi

C. Har bir voqea-hodisaga katta mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak

D. barcha javoblar to`g`ri


12.1.Qushlar uni yaxshi ko`rishib, Mayna deb ism qo`yishibdi 2.Yozuvchi turmushni har taraflama o`rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo`lishi kerak. Ushbu gaplardagi fe’llarda qo`llangan –ish qo`shimchasi haqidagi qaysi hukm to`g`ri?

A. ikkala gapda birgalik nisbat shakli hosil qilingan

B. birinchi gapda harakat nomi, ikkinchi gapda birgalik nisbat shakli hosil qilingan

C. birinchi gapda birgalik nisbat, ikkinchi gapda harakat nomi shakli hosil qilingan

D. ikkala gapda harakat nomi shakli qo`llanilgan


13.Qaysi qatordagi gapda o`tgan zamon sifatdoshi qo`llangan?

A. Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko`tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi

B. Vahobjon boyagi qiz ko`rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi

C. Bilmaslik ayb emas, bilmasligini bo`yniga olmaslik ayb

D. Onang ko`zlariga boqib, uning his-xohishlarini o`rgan


14.Bola boshini qo`llari orasiga qo`yib, Boysun tog`i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. Ushbu gapda nechta o`rinda fe’lning vazifa shakllari qo`llangan?

A. 4

B. 2


C. 5

D. 3

15.Boysariboy o`n ming uyli Qo`ng`irot eli bilan ko`chib borgach, Ko`kqamish ko`li atrofida mollarini semirtirib, yaylovda yayrab yotadi. Ushbu gapda nechta o`rinda ravishdosh qo`llangan va ular qaysi nisbat shakllarida?

A. 3 o`rinda; o`zlik, orttirma va aniq nisbatlarda

B. 4 o`rinda; aniq, orttirma, nisbatlarida

C. 2 o`rinda; aniq va o`zlik nisbatlarida

D. 3 o`rinda; aniq va orttirma nisbatlarda

16.Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan?

A. Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi

B. Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo`ydi.

C. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak

D. B va S


17.Qaysi gapdagi fe’l tarkibida ko`makchi fe’l mavjud?

A. Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi

B. O`yin-kulgi, askiya yarim kechagacha davom etdi

C. Onam bilan miriqib suhbatlashdim

D. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi


18.1.U sumkasidan kitobini chiqardi. 2. U doim aylanishga chiqardi. Ushbu gaplardagi –ar qo`shimchasini izohlang.

A. 1-gapda orttirma nisbat, 2-gapda aniq nisbat

B. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda orttirma nisbat

C. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda birgalik nisbat

D. Har ikkala gapda orttirma nisbat


19.Saida o`rtog`i bilan shu qarorga kelishdi. Ular o`qishga kelishdi. Ushbu gaplardagi kelishdi so`zining nisbatini aniqlang.

A. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda birgalik nisbat

B. 1-gapda birgalik nisbat, 2-gapda aniq nisbat

C. Har ikkala gapda birgalik nisbat

D. Har ikkala gapda aniq nisbat


20.U yuziga belbog`ini tashlab ko`rpachaga cho`zildi. Lag`mon ingichka qilib cho`zildi. Ushbu misollardagi cho`zildi so`zining nisbatini aniqlang.

A. 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o`zlik nisbat

B. 1-gapda o`zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat

C. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat

D. Har ikkala gapda majhul nisbat


21.Qaysi so`zlardan bir xil grammatik shakl bilan ham majhul, ham o`zlik nisbat hosil qilish mumkin?

A.Kiymoq, taramoq, bermoq

B.Sevmoq, ko`rmoq, tayyorlamoq

C.Olmoq, o`qimoq, bormoq

D.Qoqmoq, yozmoq, to`plamoq


22.Ushbu so`zlardan qaysilari orttirma nisbatda? 1) shoshir; 2) gapir; 3) botir; 4) chaqir; 5) pishir; 6) eskir; 7) ichir; 8) tushir;

A.1, 2, 3, 5 ,8

B. 2, 3, 5, 7, 8

C. 1, 3, 5, 7, 8

D. 1, 4, 5, 6, 7


23.Ushbu so`zlardan qaysilari aniq nisbatda? 1) shoshir; 2) gapir; 3) botir; 4) chaqir; 5) pishir; 6) eskir; 7) ichir; 8) tushir;

A.2, 4,6

B. 1, 2, 6

C. 2, 5, 7

D. 4, 7, 8


24.1.Gul ochildi. 2.Yig`ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang.

A. 1-gapda o`zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat

B. 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o`zlik nisbat

C. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat

D. Har ikkala gapda majhul nisbat


25.Shart mayli shaklidan keyin qaysi vositani keltirish orqali taxmin-gumon ma’nosi ifodalanadi?

A.Shaxs-son shaklini

B.To`liqsiz fe’llarni

C.Kerak so`zini
26.Fe’lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maxsus shakl qaysi qatorda berilgan?

A. harakat nomi shakli

B. sifatdosh shakli

C. ravishdosh shakli

D. kesimlik shakli

27.Uydagilarga aytmasdan ketibdi. Ushbu gapdagi bo‘lishsizlik shaklidagi so‘z fe’lning vazifa (xoslangan) turlaridan qaysi biriga mansub?

A. harakat nomi

B. ravishdosh

C. sifatdosh

D. ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi


28.Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllariga nisbatan qo‘shimchalari qay tarzda qo‘shiladi?

A. Nisbat qo‘shimchalari faqat yordamchi (ko‘makchi) fe’llarga qo‘shiladi.

B. Nisbat qo‘shimchalari faqat asosiy (mustaqil) fe’llarga qo‘shiladi.

C. Nisbat qo‘shimchalari ----a---, ----y--- ravishdoshli harakat tarzi shakllarida asosiy (mustaqil) fe’lga, ----b---, ----ib--- ravishdoshli harakat tarzi shakllarida yordamchi (ko‘makchi) fe’lga qo‘shiladi.

D. Nisbat qo‘shimchalari yordamchi fe’lga ham, asosiy (mustaqil) fe’lga ham qo‘shilishi mumkin.


29.Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllari qanday so‘zlar qo‘shilmasidan tashkil topadi?

A. ikkita mustaqil fe’lning ravishdosh qo‘shimchalari bilan birikishidan

B. mustaqil ma’noli fe’lga sof ko‘makchi (yordamchi) fe’lning qo‘shilishidan

C. mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan ikki fe’ldan tashkil topadi

D. ravishdoshlarga o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, yordamchi ma’nolarda kelgan so‘zlarni biriktirishdan


30.Harakat tarzi (ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalari) shakllariga zamon qo‘shimchalari qay tarzda qo‘shiladi?

A. yordamchi (ko‘makchi) fe’llarga qo‘shilib keladi

B. asosiy (mustaqil) fe’llarga qo‘shilib keladi



C. asosiy yoki yordamchi fe’llarga qo‘shilib keladi

D. zamon qo‘shimchalari harakat tarzi shakllariga qo‘shilmaydi
Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling