5-seminar mashg’uloti


Download 13.42 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi13.42 Kb.
#145244
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (31)


5-seminar mashg’uloti

Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmatli so’z, tanbeh, mashoyixlar so’zi, donolar yoki donishmandlar so’zi, oqinlar so’zi va otalar so’zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari g’oyat ommaviy bo’lib umumfolklor hodisasi hisoblanadi ilmi taomilda esa maqol atamasi iste’moldadir. Maqol arabcha qavvola so’zidan olingan va aytmoq , so’zlamoq ma’nolarini anglatadi xalq orasida qavlida sobit yoki qavlida tuturiqsiz iboralari bor:birinchisida so’zida qat’iyatli bir so’zli ma’nolari anglashsa ikkinchisida so’zida turmaydigan, o’z so’zi ustidan chiqa olmaydigan, so’zi bilan ishi bir bo’lmagan ma’nolari ifodalangan. Binobarin maqol so’zi o’zbek tilida ikki ma’noda avvalo o’z lug’aviy ma’nosida so’z nutqni anglatsa, ikkinchidan istilohiy ma’noda –folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi. Maqollarda badiiy til vositalar fikrni ixcham va obrazli ifodalashga tinglovchi qalbida kechinmalarni tez uyg’otishga xizmat qiladi. Bu jihatdan maqollarda uchrovchi sinonimiya va antonimiya hodisalari e’tiborni tortadi. Maqollar orasida shakli boshqacha bo’lsa-da,mazmuni bir xil bo’lib sinonimik qatorlar hosil qiluvchi namunalar anchagina. Maqollar jonli so’zlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda so’zlanadi. Aksariyati to’g’ri ma’noda qo’llansa ma’lum qismi ko’chma ma’no tashiydi. ,,Dunyoni suv olsa- o’rdakka ne g’am’’, ,,Bo’rini yo’qlasang –qulog’I ko’rinadi’’ singari maqollar ko’chma ma’nodagina hikmatlilik kasb etadi.



Topishmoq. Hayotni o’ziga xos badiiy idrok etish shakli bo’lgan topishmoq o’zbek folklorining ommabop janrlaridan biridir. Inson va uni o’rab turgan olam topishmoqlarda ko’chimlar, o’xshatishlar, taqqoslashlar, qiyoslar, solishtirishlar , savollar vositasida o’ziga xos poetic shaklda namoyon bo’ladi. Bu jihati bilan u insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotida favqulodda reallashadi. Janrning poetic tabiatiga xos bo’lgan bunday umumiy xususiyat barcha xalqlar topishmoqlariga tegishlidir. Demak u xalqaro janr. Shu bilan birga har bir xalqning topishmog’i o’sha xalq hayot tarzining ifodasi sifatida o’ziga xos, original, jozibali va benazirdir.
Download 13.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling