5-sinf test savollari. Maqolni davom ettiring


Download 3.22 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi3.22 Kb.

5-sinf test savollari.

1. Maqolni davom ettiring.O'z uying ....................



A)..... sen tinch B) ........ o'lan to'shaging

C) .......iymondandir D) .....bog'u bo'ston

2. So'roq yuklamalarini belgilang.

A) -chi, -kor,- kim. B) men, sen,u.

C) -mi, - a, -ya, -chi D) qanday,qanaqa

3.Gapdagi so'roq olmoshini belgilang.Kim bo'lsang ham oyog'ing yerdan uzilmasin.

A) oyoq B) yer

C)uzilmasin D) kim

4. Narsa predmetning uchta shaxsdan biriga tegishli ekanini bildiruvchi qo'shimchalar qanday qo'shimchalar deyiladi?

A) kelishik qo'shimchalari. B) egalik qo'shimchalari

C) so'roq yuklamalari D) so'roq olmoshlari

5.Qaratqich kelishigi qo'shimchasini olgan so'zni belgilang.

A) kitobni B) kitobning

C) vatandan D)maktabing

6. Qaratqichli birikma berilgan javobni belgilang.

A) kitobingni ber B) chiroyli gullar

C) mening vatanim D) qalam meniki

7. Qaratqich kelishigi qo'shimchasi belgisiz qo'llangan javobni belgilang.

A) Kuz fasli chiroyli B) Maktab hovlisi ozoda

C) Mening xonam yig'ishtirilgan D) Kiyimlar shkafda

8. Egalik qo'shimchasi qo'shilganda so'zdan tovush tushgan javobni belgilang.

A) og'lim, singlim, burni B) elagi, bilagi

C) qovog'i, o'rtog'i D) maktabim

9. Kishilik olmoshlari berilgan qatorni belgilang.

A) u, bu ,shu, o'sha B) ana, mana

C) kim, nima D) men, sen, u,

10. Qaysi gapda ko'rsatish olmoshi qatnashgan.

A) Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchidir.

B) Uyimiz ana o'sha tog'ning orqasida.

C) Maktabda o'zimizni yaxshi tutamiz.

D) Biz O'zbekiston farzandimiz

11. Hamma, bari, butun, har kim, har nima olmoshlari olmoshning qaysi turiga kiradi?

A) So'roq olmoshlari B) kishilik olmoshlari

C) ko'rsatish olmoshlari D) Belgilash olmoshlari

12. Maqolni davom ettiring.Bilagi zo'r birni yiqar ....................

A) .....bilimi zo'r mingni. B) bilim baxt keltirar.

C) .......oltindan qimmat. D) ....iymondandir.

13. - lar qo'shimchasi hurmat ma'nosini ifodalagan gapni belgilang.

A) Maktabda bizni ustozimiz kutib oldilar. B) Kitoblarimni javonda saqlayman.

C) Bolalar Azizani intizorlik bilan kutdilar. D) Ustozdan kop narsalarni o'rgandim.

14.-lar qo'shimchasi ko'plik ma'nosini ifodalagan so'zni belgilang.

A) Ayollar gullarni yaxshi ko'radilar. B) Bobomlar uydalar.

C)Boshlarim og'rib ketdi. D) Oyimlarga bayramda sovg'a berdim.

15.Gapdagi ko'rsatish olmoshini belgilang. Mana shu go'zal yurt barchamizniki.

A) mana shu B) go'zal

C) yurt D) barchamizniki
Download 3.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling