5-sinfadabiyot


Download 56.5 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi56.5 Kb.
#120978
Bog'liq
badiiy asar



5-sinfadabiyot

1. Hozirgacha eskirmay kelgan, unutilmagan, “otalar so’zi” deb nomlanuvchi janr qaysi? – maqollar

2. “Folklor” atamasi ilk bor qachon kim tomonidan qo’llangan?

– XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yilda qo’llangan.

3. “Folklor” atamasining ma’nosi? – “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi”

4. Ertak qahramoni Sohibjamol aytgan topishmoqning javobi?

– uzoq yerda o’t ko’yur – bo’ri ko’zi, sassiq soyda ut hurar – baqa, chorbog’imda juft chinor – ota-ona,

eshigimda qo’sh munguz – og’a-ini, qora tolim butoqsiz – soch. Topishmoqni topgan yigit malikaga

uylanadi.

5. Xalq og’zaki ijodi janrlarini sanang.

– qo’shiq, ertak, afsona, rivoyat, mif, lof, lapar, latifa, tez aytish, topishmoq, maqol, matal, terma, doston,

alla, kelinsalom, yor-yor.

6. Epik turga mansub janrlar? – hikoya, qissa, roman, ertak, afsona, rivoyat, asotir, latifa.

7. Lirik turga mansub janrlarni sanang. – g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, musallas...

8. Dramatik turga mansub janrlar? – drama, tragediya, komediya, tragikomediya, pyesa, intermediya...

9. Liro-epik turga mansub janrlar? – doston, poema, ballada.

10. “Muhaddis” so’zining ma’nosi? – “hadis aytuvchi”

11. Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim qo’llanma? – hadislar

12. “Sahih va nosahih” so’zlarining ma’nosi? – “ishonchli”, “ishonchsiz”.

13. Hadislar kimning so’zlari va kimlardan yig’ilgan?

– Payg’ambarimizning so’zlari, roviylardan yig’ilgan.

14. Roviylar deb kimlar aytilgan?

– Payg’ambarimizning so’zlari – hadislarni aytuvchilar. Ular 2 xil bo’lgan: sahobalar va tobeinlar.

15. Sahobalar kimlar? – Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lganlar – sahobalar.

16. Tobeinlar kimlar? – Payg’ambarimizni emas, sahobalarni ko’rgan va ulardan eshitganlarini aytuvchilar.

17. Hadislar necha qismdan iborat bo’lgan? – Ikki qismdan, ya’ni sanad va matndan.

18. Sanad nima? – Sanad payg’ambarimiz so’zlarining qachon va qanday sharoitda, kimlar huzurida

aytilganligining hujjati.

19. Matn nima? – Matn – hadisning mazmuni. 

Imom Ismoil Al-Buxoriy

1. Buxoroda yetishib chiqqan, butun dunyoga shuhrat taratgan, hadis ilmining allomasi?

– Imom Ismoil Muhammad Al-Buxoriy.

2. Buxoriyning ismi va tavallud sanasi? – Muhammad, 810-yil, 21-iyun, Buxoroda tug’ilgan.

3. Zamondoshlari “xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi” deb kimni

ta’riflashgan ? – Al-Buxoriyning otasi Ismoil Buxoriyni

4. Kimning onasi tushida Ibrohim Alayhissalomni ko’radi va duolari sharofatidan Alloh o’g’liga ko’rish

ne’matini qaytarganligidan ogoh bo’ladi?

– Buxoriyning onasi tushida Ibrohim Alayhissalomni ko’radi. Muhammadning ko’zi yoshligida

jarohatlanib, ojizlanib qoladi. Tabiblarga ko’rsatishadi, foyda bermaydi. Bir kuni tushida Ibrohim Alayhis–

salom unga: “Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o’g’lingga ko’rish ne’matini qaytardi” – deydi?

5. Imom Buxoriydan bizgacha qancha asar yetib keldi? – 20 dan ortiq

6. Imom Buxoriy “Al-jome’ as-sahih” asari ustida necha yil ish olib borgan va nechta hadis jamlagan?

– 16 yil. 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralanib olingan.

7. “ Muhaddislar sultoni” , “Muhaddislar imomi” unvonlarini olgan alloma kim? – Imom Buxoriy

8. Imom Buxoriyning kindik qoni to’kilgan shaharni tark etishiga kim sababchi bo’ldi?

– Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad

9. Imom Buxoriy Xolid ibn Ahmad yuborgan choparga nima deydi?

– “ Men ilmni xor qilmayman. Uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” – deydi.

10. “Sollallohu alayhi vasallam” iborasining mazmuni? – payg’ambarimizning haqlariga aytilgan duo

11. Rasululloh 4 xislat kimga bo’lsa, u munofiqdir deydilar. Bular qanday xislatlar edi?

– omonatga xiyonat qilish, yolg’on so’zlash, va’da berib bajarmaslik, urishib qolsa, kek saqlash.

12. Bir odam Rasulullohdan “Islomda eng yaxshi xislatlar qaysi?”– deb so’raydi. Rasulullohning javobi?

– ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganlarga salom berish.

13. Yurtimizdan yetishib chiqqan qanday muhaddislarni bilasiz?

– Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad Abdulloh ibn Abdulloh

Ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy 

Ezop

1. Miloddan avvalgi VI asrda quldorlik tuzumi paytidaYunonistondan qullar orasidan yetishib chiqqan,

o’ta aqlli, badbashara donishmand kim? – Ezop

2. Ezop xo’jayini Ksanfga qanday yordam ko’rsatadi va yordami evaziga qanday mukofot oladi?

– Ksanfni dengizni ichish haqidagi gapi bilan xonavayron bo’lishdan qutqaradi. Evaziga kaltaklanadi.

3. Ezop haqidagi rivoyatlarda uning donishmandligi nimalarda ko’rinadi?

– Safarga jo’nashdan oldin yuk tanlashida va “Dengizni ichib yuboraman” degan Ksanfni juda

tadbirkorlik bilan vaziyatdan olib chiqib ketishida ko’rinadi.

4. “Yovvoyi echkilar va cho’pon” masalining qisqacha mazmuni? Masal g’oyasi?

5. “Kiyik bilan tokzor” masalining qisqacha mazmuni? Masal g’oyasi?

6. “Bo’ri bilan laylak” masalining qisqacha mazmuni? Masal g’oyasi?

7. “Eshak bilan baqalar” masalining qisqacha mazmuni? Masal g’oyasi?

8. “Ustiga tuz yuklangan eshak” masalining qisqacha mazmuni? Masal g’oyasi?

9. “Burgut, zag’cha va cho’pon” masalini so’zlab bering. Masal g’oyasi? 10. Masal haqida tushuncha bering.

11. Ezop birinchi masalchi. Uning davomchilari kimlar? – Grek masalchilari Fedr, Babriy.

12. Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qilgan kim? – Grek masalchisi Fedr

13. Masal qanday shakllarda yoziladi? – she’riy yoki nasriy

14. Sharq adabiyotida majoziy obrazlar vositasida, ya’ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga

molik ibratli hikoyachalar keltirish qaysi asarlar tarkibida uchraydi?

– Hind adabiyotining nodir namunalari “Panchatantra”, “Kalila va Dimna” asarlarida.

15. Majoziy shakldagi ibratli hikoyalar o’zbek adabiyotida kimning asarlarida uchraydi?

– Navoiyning “Xamsa” asaridagi birinchi doston “Hayrat ul-abror”da va maxsus shu yonalishda

yaratilgan “Lison ut-tayr” (“Qushlar tili”) dostonida uchraydi.

16. Masalchilik janrining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan ijodkor va uning asari?

– XVIII asr oxiri XIX boshlarida yashab o’tgan Muhammad Sharif Gulxaniy, “Zarbulmasal” asari

17. XX asr o’zbek masalnavis shoirlaridan kimlarni bilasiz?

– Abdulla Avloniy, H.H. Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov. 

V

Mirkarim Osim

1. “To’maris” rivoyatiga qaysi davr voqealari asos qilib olingan? – Bundan 2500 yil oldingi voqealar.

2. Rusiyada “skiflar”, G’arbiy Yevropada “skitlar” nomi bilan tanilgan davlat qanday davlat edi va bu

davlatga qachon kimlar tomonidan asos solingan?

– Saqalar davlati edi. Bu davlatga bundan 2700 yil oldin buyuk bobolarimiz tomonidan asos solingan

bo’lib, Xitoydan Dunay daryosigacha cho’zilgan turkiy xalqlarning birinchi davlat uyushmasi edi.

3. Eron shohi Kir qachon Saqalar davlatiga yurish qiladi?

– Miloddan oldingi 546-yilda O’ratepagacha bo’lgan yerlarni bosib oladi. O’ratepaga Kirashata deb

o’z nomini beradi. 529-yilda Amudaryo bo’yida massagetlar hukmdori To’maris tomonidan o’ldiriladi.

4. “To’maris” afsonasi kimning qaysi asari orqali yetib kelgan?

– “Tarix otasi” deb nom olgan Gerodotning “Tarix” asari orqali yetib kelgan.

5. “To’maris” nomi tarix kitoblarida qanday shakllarda uchraydi?

– “To’maris”, “To’mris”, “Tamiris”, “Tamirida”.

6. Xitoyliklar saqalarni nima deb atashgan? – Temirchi millat

7. Temirning shimoldan, ya’ni bizdan borganligi haqida qaysi asarda aytiladi?

– hindlarning “Maxabxarata” dostonida

8. “To’maris” so’zining etimologiyasi haqida?

– “is” yunonlar qo’shgan qo’shimcha, so’zning asl o’zagi “temir”.

9. Ona vatanimizda bundan 2500 yil oldin kechgan qonli voqealar, dushmanga hech qachon bo’yin

egmagan ajdodlarimiz haqida XX asrda kim asarlar yaratdi? – Mirkarim Osim

10. “Al-jabrning tug’ilishi” hikoyasi kimning qalamiga mansub va asar kim haqida?

– Mirkarim Osim qalamiga mansub. Algebra faniga asos solgan bobomiz Al-Xorazmiyga bag’ishlangan.

11. Amerika qit’asini bashorat qilgan, zamonasining barcha bilimlarini egallagan Abu Rayhon Beruniy

hayoti kimning qaysi asarida yoritilgan? – Mirkarim Osim “Jayhun ustida bulutlar”

12. Mirkarim Osimning Abu Ali ibn Sino haqidagi asari? – “Ibn Sino qissasi”

13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi kimga bag’ishlangan? – Alisher Navoiyga

14. Mirkarim Osim Mashrab haqida qanday asar yozgan? – “Singan setor”

15. Mirkarim Osimning “O’tror”, “Temur Malik” qissalarida qanday voqealar haqida hikoya qilinadi?

– 1219 – 1221-yillarda mo’g’ul istilochilarining Vatanimizga bostirib kirishlari va xalq farzandlarining

ularga qarshi olib borgan kurashlari.

16. “To’maris”, “Shiroq” hikoyalarida qanday voqealar hikoya qilinadi?

– Miloddan avvalgi olis tariximizda ota-bobolarimizning eron bosqinchilariga qarshi kurashi.

17. Mirkarim Osimning tarix va badiiy ijodga qiziqishida kimlarning ta’siri kuchli bo’lgan?

– Munavvarqori va Oybekning...

18. Toshkent shahrining Langar mahallasidagi “Shamsul urfon” maktabida o’qigan, arab, fors tillarini

chuqur o’rgangan adib? – Mirkarim Osim

19. Sparangiz va Zarinaning to’ylarida qanday urf-odat tasvirlangan?

– Kelin bilan kuyov to’y oldidan bir-birlari bilan kurash tushish odati tasvirlangan.

20. “Shiroq” rivoyatida “soch soqoli oqargan, biroz munkayib, cho’kib qolgan suyakdor chol...” kim edi?

– Rustak 


21. ... U bir vaqtlar keng yag’rinli, baland bo’yli pahlavon edi. Yakkama-yakka janglarda shak urug’ining

dushmanlaridan ko’p bahodirlarni yer tishlatgan, uning nomi so’g’dda ham, Eronda ham mashhur edi”

deb kim ta’riflangan? ( “Shiroq” rivoyatidan ) – Rustak

22. “Shiroq” rivoyatida kim “Qo’lidan ish kelmaydigan chollar, kampirlar, bolalik xotinlarni qo’y va

yilqilar bilan uzoq cho’llarga, yuborib, qolgan er va ayollarning barini qurollantirsak va dushman bilan

bir tomchi qonimiz qolguncha urishsak”, – deb fikr bildiradi. – Saksfar

23. “Shiroq” rivoyatida “oltmishga borib qolgan bo’lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg’ayrat va

tavakkalchi odam edi” – deb kim ta’riflangan? – Saksfar

24. “Shiroq” rivoyatida urush kulfati benomuslik mashaqqatidan yaxshiroq. Zolim eron shohiga qul

bo’lgandan ko’ra jang maydonida o’lgan afzal” – deb kim aytadi? – Saksfar

25. “Shiroq” rivoyatida kim haqida “butun umri cho’ponlik bilan o’tgan. O’zi juda farosatli, dono,

dostonchi chol. Eski chaldevorlardan chayon ushlab o’zini chaqtiradi. Ogriq sezmaydi” deyiladi?

– Shiroq haqida.

26. “Shiroq” rivoyatida kim Shiroqqa og’riq sezmaydi deb ta’rif beradi? – Saksfar

27. Yaksart va O’kuz daryolarining hozirgi nomi? – Sirdaryo va Amudaryo

28. Shiroq eron qo’shinlari bilan sahroda necha kun kezib yuradi? – 7 kun

29. Shiroq murodiga etgach, kimga shukur qiladi? – Muqaddas otash va suv xudosiga

30. Rivoyatlar turlari? – Tarixiy va toponimik

31. Toponimik rivoyatlarda nimalar ifodalanadi? – Joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog’liq rivoyatlar 

Ertaklar

1. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya

tashuvchi og’zaki hikoyalar?.. – ertak deyiladi.

2. Ertakka nisbatan yana qanday atamalar qo’llaniladi? – matal, ushuk, varsaki, cho’pchak.

3. “Uch og’a–ini botirlar” ertagida chol o’g’illarini tarbiyalashda 3 narsaga amal qiladi. Bu 3 narsa nima edi?

– sog’lom qilib tarbiyalaydi – natijada o’g’illari baquvvat bo’lib o’sadi. Qurol-yaroq bilan tanishtiradi –

natijada o’g’illari yarog’ ishlatishga usta bo’lib yetishadi, qo’rqitmay o’stiradi – natijada o’g’illari botir,

dovyurak bo’lib yetishadi.

4. “Uch og’a ini botirlar” ertagida chol safarga otlangan o’g’illariga uch harsani uqtiradi. Bular nima edi?

– To’g’ri bo’ling – bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo’lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang –

baxtsiz bo’lmaysiz.

5. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida tunda poyloqchilik qilgan botirlar kimlar bilan jang qiladi?

– To’ng’ich botir sherni o’ldiradi, o’rtancha botir ajdarni yengadi, kenja botir podsho xazinasiga

tushmoqchi bo’lgan o’g’rilarni qirib tashlaydi.

6. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka uka botirlar dasturxondagi uch narsaga ta’rif beradilar. Bu uch

narsa nima edi? – go’sht, shinni, non.

7. To’ti haqidagi hikoya qaysi asar ichida qoliplovchi sifatida keltirilgan?

– “Uch o’g’a-ini botirlar” ertagida

8. To’ti necha kunga ruxsat so’radi-yu, necha kunga ruxsat berildi? – 20 kunga, 15 kunga ruxsat berildi.

9. Podsho to’tini necha yil qafasda saqlagan edi? – 3 yil

10. “Susambil” ertagidagi qahramonlarni sanang? – eshak, ho’kiz, xo’roz, kalamushlar, arilar, bo’rilar.

11. Eshak Susambil yurti haqida qachon kimdan eshitgan edi? – Yoshligida onasidan

12. Susambil yurtiga otlangan eshakka birinchi kim duch keladi? – xo’roz

13. Susambilga otlangan eshak va xo’rozga yana kimlar qo’shiladi? – ho’kiz(3), kalamushlar(4), arilar(5).

14. “Susambil” ertagida Susambilga yetib kelgan hayvonlarga bo’rilar qanday ta’rif beradi?

– ho’kiz – munkarnakir, arilar – azroil, kalamushlar – go’rkov, xo’roz – so’fi, eshak – eshon.



Hamid Olimjon

1. Hamid Olimjon necha yil umr ko’rgan? – 34 yil.

2. Hamid Olimjon qayerda tug’ilgan? – 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug’ildi.

3. “Bolalik kunlarimda

Uyqusiz tunlarimda

Ko’p ertak eshitgandim

So’ylab berardi buvim. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?

– Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan.

4. Hamid Olimjonning ilk she’rlari qachondan boshlab qaysi gazetada chiqa boshlagan?

– 1926-yildan boshlab Samarqandda chop etiladigan “Zarafshon” gazetasida chiqa boshlagan.

5. Hamid Olimjonning ilk she’rlar to’plami qachon qanday nom bilan nashr etilgan?

– 1929-yil “Ko’klam” nomi bilan nashr etilgan.

6. Hamid Olimjonning tarixiy dramasi? – “Muqanna”

7. Hamid Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi? – “Jinoyat” dramasi

8. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan? – 1937-yilda

9. Hamid Olimjonning bolalik davri esdaliklari bilan boshlangan asari qaysi? – “Oygul bilan Baxtiyor”

10. Oygul bilan Baxtiyor dostonida Jambildagi qo’zg’olonga kim boshchilik qiladi?

– Keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul

11. Qul Darxonning taqdiri qanday bo’ladi?

– Qo’zgolon mag’lubiyatga uchraydi va Darxon qizining ko’z o’ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi.

12. Zindonga tashlangan Oygulni kim qutqaradi?

– Saroyga xizmat qiladigan, xondan juda ko’p jabr-u jafo ko’rgan keksa qul Tarlon

13. Oygul sandiqda oqib qaysi yurtga kelib qoladi? – Jurjon yurtiga

14. Sandiqni tutib olgan chol taqdiri nima bo’ladi?

– O’g’irlikda gumon qilinib, boshi tanasidan judo qilinadi. Oygul yana zolim xon qo’liga tushadi.

15. Oygul zolim xon qo’lidan qanday qutuladi?

– Saroyning 40 kanizagi bilan cho’milish bahona daryoga boradi va o’zini suvga otadi. Daryodagi

bahaybat Jayhun baliq Oygulni yutib yuboradi.

16. Ko’kraklari butun bir,

Oftobni yashirardi.

Tanlarida bir umr.

O’t lovullab turardi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kim ta’riflangan?

– “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan olingan. Podachi yigit Baxtiyor.

17. Oygul bilan Baxtiyor qay tarzda boyib ketishadi?

– Oygul Jayhun baliq ichidan ikki halqali gavhar topib oladi. Baxtiyorning otasi gavharni bir sandiq

oltinga sotadi.



Maqsud Shayxzoda

1. M. Shayxzoda qachon va qayerda tug’ilgan? – 1908-yil Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida

2. Maqsud Shayxzoda Toshkentga qachon qanday kelib qoladi?

– 1928-yili hurfikrligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun

ayblanib, Toshkentga badarg’a qilinadi.

3. Maqsud Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari qachondan e’lon qilina boshladi? – 1929-yildan

4. 30-yillarda chop etilgan “O’n she’r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat” to’plamlari

kimning qalamiga mansub? – Maqsud Shayxzoda

5. Maqsud Shayxzodaning II jahon urushi yillarida chop etilgan asarlari?

– “Kurash nechun”, “Kapitan Kastello”, “Ko’ngil deydiki”.

6. “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kimning qalamiga mansub? – Maqsud Shayxzoda

7. Maqsud Shayxzodaning urushdan keyin tinch qurilish yillarida nashr etilgan to’plamlari?

– “O’n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni”.

8. Maqsud Shayxzodaning “Toshkentnoma” dostoni qachon yozilgan? – 1957-yil

9. Mirzo Ulug’bek” tragediyasi qachon yozilgan va kimning qalamiga mansub?

– 1960-yil yozilgan. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub.

10. Maqsud Shayxzoda qachon vafot etgan? – 1967-yil 19-fevralda

11. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostoni kimning qalamiga mansub? – M. Shayxzoda (so’zlab bering)



Shukrullo

1. Shukrullo (Yusupov) qachon qayerda tug’ilgan? – 1921-yil Toshkentda tug’ilgan.

2. Asli kasbi emchilik bo’lgan, umr bo’yi xalq tabobati bilan shug’ullangan, G’afur G’ulom bilan

yaqindan tanish bo’lgan o’qimishli, ziyoli kishi qaysi ijodkorning otasi edi? – Shukrulloning otasi edi.

3. Shukrulloning birinchi she’ri qachon qanday nom bilan nashr etildi? – 1939-yil “Baxt qonuni”

4. Shukrullo qalamiga mansub asarlar to’plamlarni sanang?

– “Birinchi daftar”, “Qalb qo’shiqlari” to’plamlari, “Chollar” dostoni, keyinroq “Hayot ilhomlari”, “Umrim

boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson – inson uchun”, “Ikki qoya”, “Otash va gul”, “26-tongotari”.

5. 70-80-yillarda Shukrulloning qanday to’plamlari nashr etildi?

– “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yashagim keladi”, “Sening baxting” to’plamlari nashr etildi.

6. Ushbu she’riy parcha kimning qalamiga mansub?

Shukr qil, nolima, tashvishim ko’p deb,

Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon?

Tashvishing mo’l bo’lsa, orzularing ko’p,

Orzusiz yashamas hech tirik inson. – Shukrullo

7. “Kafansiz ko’milganlar” xotira-qissasi kimning qalamiga mansub? – Shukrullo

8. “Xatarli yo’l” “To’ydan keyin tomosha”, “Tabassum o’g’rilari”, “O’g’rini qaroqchi urdi”, “Janjal”,

“Unsiz faryod” kabi sahna asarlari muallifi kim? – Shukrullo

9. Ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qiluvchi “Javohirlar sandig’i” asari kimning qalamiga

mansub? – Shukrullo

10. Shukrulloning qaysi asari insoniyat taqdiriga havf solayotgan urushni, atom, vodorod bombalarini,

mavjudotni yo’q qilib yuboradigan qirg’in qurollarni yaratuvchi kishilarni qoralaydi?

– “Asr bahsi”(1980-yil)

11. Shukrulloning so’nggi yillarda e’lon qilgan asari? – “Tirik ruhlar” romani

12. Birinchi o’zbek yuristi Ubaydulla Xo’jayev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladigan asar va uning

muallifi? – “Tirik ruhlar” Shukrullo

13. Ushbu she’riy parcha qaysi asardan olingan?

Bor ekanda yo’q ekan,

Bir sayyoh bo’lgan ekan.

Ot-ulovsiz yursa ham,

Ko’p yurtni ko’rgan ekan. – Shukrulloning “Umr haqida ertak” asaridan

14. “Umr haqida ertak” asari necha qismdan iborat? – 2 qismdan

15. “Umr haqida ertak” rivoyatining 2-qismining mazmuni? – Yillar o’tib bobo bilan nevara katta

shaharni ko’rgani yo’lga tushadi. Ular tasodifan sayyoh cholga duch keladilar. Uni o’z uylariga olib

keladilar. Sayyoh umri davomida izlagan yurti shu ekanini biladi va shu yerda yashab qoladi. 

Xans Kristian Andersen

1. Xans Kristian Andersen qachon va qayerda tug’ilgan?

– 1805-yil 2-aprelda Daniyaning Odens shahrida kambag’al etikdo’z oilasida tug’ilgan.

2. Andersen Daniyaning poytaxti Kopengagenga kelganida necha yoshda edi? – 14 yoshda

3. Andersenning birinchi yirik asari qaysi va qachon yozilgan? – “Improvizator” 1835-yil

4. Andersenga shuhrat keltirgan ertaklar to’plamlari?

– “Bolalarga aytilgan ertaklar”, “Yangi ertaklar”, Tarixlar”, “Yangi ertaklar va tarixlar”.

5. Dyumchaxon, Irkit o’rdakcha, Bulbul, Kay kimning asarlari qahramonlari?

– Xans Kristian Andersen ertaklarining qahramonlari

6. “Bulbul” ertagida sun’iy bulbulning xonishida nimadir yetishmayotganini anglagan kishilar kim edi?

– kambag’al baliqchilar

7. Imperator bulbul haqida qanday xabar topadi?

– Xitoyga 7 iqlimdan sayohatchilar kelishar va ular o’z yurtlariga borib, podshoning saroyi, bog’i va

bulbul haqida gapirib berishadi, yozgan kitoblarida bulbulni madh etishadi. Imperator bu kuychi qush

haqida ana shu kitoblardan o’qiydi.

8. Vazirlar qushning daragini kimdan eshitishadi? – saroy oshxonasidagi oshpaz qizdan

9. Xushovoz bulbulni qidirib ketayotgan vazirlar nimalarni bulbul deb o’ylashadi? – Sigirni va qurbaqani

10. Sun’iy bulbulni imperatorga kim sovg’a qiladi? – Yaponiya imperatori

11. Andersen nomiga qanday mukofot ta’sis etilgan?

– Eng yaxshi bolalar yozuvchilari ucnun Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal ta’sis etilgan.

12. Andersenning qaysi ertagi bir jodugarning g’alati ko’zgu yasagani, bu ko’zguda barcha yaxshi,

go’zal narsalar yomon, xunuk bo’lib ko’rinishi, barcha yaramas, xunuk narsalar esa aksincha,

chiroyli, go’zal bo’lib ko’rinishi haqidagi voqea bilan boshlanadi? – “Qor malikasi” ertagi

13. “Qor malikasi” ertagi qahramoni Kay birdan buvisini masxaralaydigan, qo’ni-qo’shnilar ustidan

kuladigan, chiroyli gullarni toptaydigan bo’lib qoladi. Buning sababi nima edi?

– yovuzlik ko’zgusining parchasi uning yuragi va ko’ziga tushadi.

14. Qor malikasi Kayni ozod etish, butun olamni unga baxsh etish uchun qaysi so’zni yozishni buyuradi?

– Mangulik

15. “Bulbul” ertagining g’oyasi nima? – go’zallik va ezgulikni ulug’lash, soxtalik va qabihlikni qoralash.

16. Bulbulning yoqimli xonishini eshitgan imperator unga nimani sovg’a qilmoqchi bo’ladi?

– oltin tuflisini uning bo’yniga osib qo’ymoqchi bo’ladi. Lekin bulbul rad qiladi.

17. Bulbul nimani oliy mukofot deb aytadi? – imperatorning ko’z yoshlarini

18. Kim sun’iy bulbul to’g’risida Chin mamlakatida olimona, eng murakkab tushuniksiz so’zlar to’lib toshgan

25 jildli kitob yozdi? – kapelmeyster

19. Sun’iy bulbulga qanday unvon berishadi?

– “Imperatorning tungi dasturxoni paytidagi birinchi chap qo’l kuychisi” unvoni beriladi.



Abdulla Qodiriy

1. A. Qodiriy qachon va qayerda tug’ilgan?

– 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida “bog’bonlik bilan kun

kechirguvchi” oilada tug’ildi.

2. Abdulla Qodiriy bir boy savdogarga xizmatga yollanganda necha yoshda edi? – 12 yoshida

3. Abdulla Qodiriyning 1913-16-yillar oralig’ida yozilgan va e’lon qilingan ilk she’rlari ?

“Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylagil” she’rlari.

4. “A. Qodiriyning 1913-16 yillar oralig’ida yozilgan va e’lon qilingan ilk epik va gramatik asarlari?

– “Baxtsiz kuyov” pyesasi, “Juvonboz”, “Uloqda” hikoyalari.

5. Abdulla Qodiriy qaysi yili Moskvadagi jurnalistlar tayyorlaydigan oliygohda o’qiydi? – 1924-yil

6. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani qachondan boshlab e’lon qilina boshladi?

– 1922-yildan boshlab e’lon qilina boshlaydi va 1925-26 yillarda har bir bo’limi uchta alohida kitob

holida nashr qilinadi.

7. “Mehrobdan chayon” romani qachon nashr etildi? – 1928-yilda



Oybek

1. Oybekning to’liq ismi? – Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek

2. Oybek qachon va qayerda tug’ilgan? – 1905-yil 10-yanvarda Toshkentda

3. Oybek qaysi yillarda O’rta Osiya Davlat Universitetida tahsil oldi? – 1925-1930-yillarda

4. Oybekning dastlabki she’riy to’plami qachon qanday nom bilan nashr etilgan? – 1926-yil “Tuyg’ular”

5. Oybek qalamiga mansub dostonlar?

– “Dilbar – davr qizi” (1931), “O’ch” (1932), “Baxtigul va Sog’indiq” (1933)

6. “Qutlug’ qon”, “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” romanlari kimning qalamiga mansub? – Oybek

7. Oybekning “Qutlug’ qon” romani qachon nashr etilgan? – 1940-yil

8. Oybekning “Navoiy” romani qachon nashr etilgan? – 1944-yil

9. Oybekning “Quyosh qoraymas” romani qachon nashr etilgan? – 1958-yil

10. Oybekning bolalik xotiralari asosida yuzaga kelgan hikoyalarini sanang.

– “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa”.

11. “Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o’tqizilgan

bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi”. Kimning qaysi asari ushbu tasvir bilan boshlangan?

– Oybek “Fanorchi ota”

12. Battol Qosim cho’loq gapini cho’rt kesib tashlaydigan, Fanorchi ota himoyasiga dadil otlangan bola

kim? – Ahmad

13. “Alisherning bolaligi” qissasi kimning qalamiga mansub? – Oybek

14. “Bolalik” qissasida bolaning bobosi nomi? – Dadaqo’zi

15. “Bolaning ko’ngli podsho” jumlasi Oybekning qaysi asaridan olingan? – “Bolalik” qissasidan 

G’afur G’ulom

1. G’. G’ulom qachon va qayerda tug’ildi?

– 1903-yil 10-may kuni Toshkentning Qo’rg’ontegi mahallasida

2. G’. G’ulom necha yoshida ota-onasidan ajraladi? – 9 yoshida otasidan, 15 yoshida onasidan

3. G’. G’ulom qissalari? – “Shum bola”, “Tirilgan murda”, “Yodgor”, “Netay”.

4. G’. G’ulomning II jahon urushi paytida yozilgan she’rlari?

– “Kuzatish”, “Sen yetim emassan”, “Vaqt”, “Sog’inish”, “Onalar”.

5. G’. G’ulomning “Shum bola” qissasi qachon yozilgan va qachon qayta ishlangan?

– 1936-yil yozilgan va 1960-yillarda qayta ishlangan.

6. G’. G’ulom qachon “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi? – 1966-yil 10-iyunda

7. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?

Hayot sharobidan bir qultum yutay,

Damlar g’animatdir, umruzoq soqiy

Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,

Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. – G’. G’ulom “Vaqt” she’ridan 

Usmon Nosir

1. Ijodi va hayoti qorong’i osmonni yoritib yuborgan chaqmoqqa o’xshatilgan benazir ijodkor kim?

– Usmon Nosir

2. Usmon Nosir qachon va qayerda tug’ildi? – 1912 -yil 13-noyabrda Namanganda tug’ildi.

3. Usmon Nosir va uning oilasi Qo’qonga ko’chib kelganda shoir necha yoshda edi? – 4 yoshda

4. Onasining ismi nima? – Xolambibi, o’lgan otasining ismi Nosir hoji

5. U. Nosir qayerlarda o’qiydi? – Qo’qondagi internatda tarbiyalanadi. So’ng 1931-yil Samarqanddagi

O’zbekiston (hozirgi SamDU) dorilfununiga o’qishga kiradi.

6. Ushbu she’riy parcha U. Nosirning qaysi she’ridan olingan?

Esingdami, g’arib ona

U qishlarning zahri.

Yuzni momataloq qilgan

U yillarning qahri. – Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi “Oq yuvib, oq tarab” she’ridan

7. U. Nosir kimlarni o’ziga ustoz deb bilgan? – Cho’lpon, Fitrat, A. Qodiriy

8. Shoir bir she’rida “Eng dahshatli sukunat – shoir jim yursa” deydi. U qaysi shoir edi? – Xurshid Davron

9. “Yur, tog’larga chiqaylik”, “Yo’lchi”, “Yoshlik”, “Bolaligimga” “Gulzor – chaman”, “Yurganmisiz birga oy

bilan” she’rlari qaysi ijodkor qalamiga mansub? – U. Nosir

10. Usmon Nosirning qaysi she’rida “bir pallasi bahor toshi bilan og’ir” degan ifoda qo’llangan?

– “Yoshlik” she’rida

11. She’r so’zining ma’nosi? – Arabcha “shuur” so’zidan olingan.

12. U. Nosirning qaysi she’rida lirik qahramon agar vatanni himoya qila olmasa o’zini brauning –

to’pponcha bilan otib qurbon qilishga tayyorligi aytilgan? – “Gulzor – chaman” she’rida

13. U. Nosir Sibir o’lkasiga surgun qilinganda necha yoshda edi? – 24 yoshda

14. U. Nosirning qaysi asarida “Tun qancha qora bo’lsa, oy shuncha yorug’” degan misralar bitilgan?

– “Nil va Rim” nomli tarixiy asarida

15. U. Nosir o’zining qisqa ijodi davomida qancha asar yaratgan?

– 5ta she’riy to’plam, 4ta drama, qator dostonlar yozib qoldirgan.

16. U. Nosirning tarjimonlik faoliyati haqida?

– Pushkinning “Bog’chasaroy fontani”, M.Y. Lermontovning “Iblis”, N. A. Dobrolyubovning “Haqiqiy

kun qachon keladi?” singari yirik asarlari, Geyne, Gyote, Bayron she’rlarini tarjima qilgan.

17. U. Nosirning “Yoshlik”, “Gulzor – chaman” she’rlari qachon yozilgan? – 1934-yil

18. She’r deb nimaga aytiladi? – Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida

yaratilgan hissiy nutq she’r (nazm) deyiladi.

19. Buyuk rus tanqidchisi Dobrolyubov she’r uchun 3 xususiyat zarurligini ta’kidlagan. Bu 3 xususiyat qaysi?

– ezgulik, go’zallik, donolik.

20. She’r tuzilishining asosini nima tashkil etadi? – Ritmik o’lchov – hijo tashkil etadi.

21. Aruz vazni nimaga asoslanadi? – Aruz vazni hijolarning cho’ziq va qisqaligi, ya’ni sifatiga asoslanadi.

22. Barmoq vazni nimaga asoslanadi? – Misralardagi hijolarning miqdoriga

23. Barmoq vaznida yozilgan she’rlar asosan necha bo’g’indan tuzilgan bo’ladi?

– 5, 6, 7, 8, 9 va undan ortiq hijolardan tuziladi.

24. Turoq deb nimaga aytiladi?

– She’rda misralarning o’z ichki bo’linishlari asosida o’ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi turoq deyiladi.

25. Qanday she’rlar oq she’r deyiladi? – Qofiyasiz she’rlar oq she’r deyiladi.Oq she’rda vazn saqlanadi,

lekin qofiya bo’lmaydi, ya’ni qofiyaning o’rni oq qoladi

26. Oq she’r vaznida yozilgan asarlar? – M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi, Sofoklning

“Shoh Edip”, U. Shekspirning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”.

27. Sarbast (erkin) she’r shakli haqida?

– bunda misralardagi hijolarning qisqa yoki cho’ziqligi, ularning miqdori hech qanday ahamiyatga ega

emas. Bunda misralar turlicha turoqlanadi, turlicha qofiyalanadi, ya’ni erkin bo’ladi. 

O’tkir Hoshimov

1. O’. Hoshimov qachon va qayerda tug;ilgan? – 1941-yil Toshkent shahrining Do’mbirobod mahalasida

2. O’. Hoshimovning qaysi asari A. Qahhorning nazariga tushgan? – “Cho’l havosi” qissasi

3. A. Qahhor kimning qaysi asarini “sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan” asar sifatida

baholagan edi? – O’. Hoshimovning “Cho’l havosi” qissasini

4. O’. Hoshimov romanlari? – “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”

5. O’.Hoshimov qissalari? – “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”, “Ikki karra ikki besh”, “Bahor

qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”.

6. O’. Hoshimovning qanday sahnalashtirilgan dramalari bor?

– “Qatag’on”, “Inson sadoqati”, “To’ylar muborak”.

7. O’. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi markazida qaysi obraz turadi? – ona obrazi

8. “Dunyoning ishlari” qissasiga kirgan hikoyalarni sanang?

– “Gilam paypoq”, “Haqqush”, “Oq oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O’ris bolaning oyisi”,

“Iltijo”.

9. Qaysi ijodkor O’. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida “...dostondek o’qiladi, uni o’qib, o’z

onalarimizni eslab ketamiz...” deydi – Said Ahmad

10. “Dunyoning ishlari” qissasining bosh qahramoni kim? – Halima aya 

Mirtemir

1. Ko’lu tog’lik,

Bog’-u rog’lik o’zbek elim

Momo yurti,

Bobo yurti, chambilbelim,

Zar-u gavhar – yaltiroq tosh,

Nedir olmos,

Sen biz uchun ham non, ham osh,

Mangu meros. Ushbu parcha kimning qalamiga mansub? – Mirtemir

2. Mirtemir qachon va qayerda tug’ilgan? – 1910-yil Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida

3. Mirtemirning birinchi she’ri qaysi va qachon e’lon qilingan? – “Tanburim ovozi” 1926-yil (16 yoshida)

4. Mirtemirning birinchi she’riy to’plami qachon va qanday nom bilan e’lon qilingan?

– 1928-yil “Shu’lalar qo’ynida”

5. “Zafar”, “Tong”, “Qaynashlar” to’plamlari kimning ijod mahsuli? – Mirtemir

6Qirg’iz xalq eposi “Manas”, qoraqalpoq xalq dostoni “Qirq qiz”ni kim o’zbekchaga o’girgan? – Mirtemir

7. “Bong”, “Poytaxt”, “O’ch”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla hayot”, “Izlaganim”, “Tog’day

tayanchim”, “Yodgorlik” to’plamlari kimning qalamiga mansub? – Mirtemir

8. Mirtemirning umrining oxirida so’nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab tuzgan she’riy to’plami?




– “Yodgorlik”

9. Mirtemir qachon vafot etdi? – 1978-yil 24-yanvarda

10. “Bulut”, “Shudring”, “Baliq ovi”, “Qishlog’im” she’rlari kimning qalamiga mansub? – Mirtemir

11. Mirtemir bir she’rida “qo’li qardoqlim” deya kimga murojaat qilgan? – qishlog’iga

12Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Yoramazon aytar edik ba’zi kez,

Shom payti, chang–tutun qishloq ko’chasi,

Pul oshimi, to’qoch – olib chiqar tez,

Tonggacha jaranglar oydin kechasi. – Mirtemir

13. Mirtemirning qaysi she’rida mehmondo’stlik ulug’langan, yaxshi so’zi “sarimoyga o’xshagan odamlar”

tasvirlangan? – “Qishlog’im” 

Maqsud Qoriyev

1. Maqsud Qoriyev qachon va qayerda tug’ilgan? – 1926-yil Toshkentda tug’ilgan.

2. 1947-yil Toshkent yuridik institutini tamomlab keyinchalik nomzodlik disseratsiyasini himoya qilgan

adib kim? – M. Qoriyev

3. M. Qoriyev asarlarini sanang.

– “Oydin kechalar”(1968),”Jiyda gullaganda” (1970), “Oy tutilgan sana” (1971), “Qiz uzatib borganda”

(1972), “Afrosiyob go’zali”(1974), “Turnalar baland uchadi” (1976), “Oydin” (1979)

4. M. Qoriyev roman janriga qachon o’tdi? – 1980-yillarda

5. M. Qoriyevning tarixiy asarlarini sanang. – “Spitamen”(1985), “Ibn Sino”(1995),”G’aznaviylar”

6. M. Qoriyevning qaysi asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan?

– “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” hikoyasi va “Qiz uzatib borganda” qissasi asosida

7. Jurnalistika sohasidagi xizmatlari uchun “Oltin qalam”mukofoti bilan taqdirlangan adib? – M. Qoriyev

8. “Qaldirg’ochlar bahorda keladi”hikoyasida qaysi davr voqealari tasvirlangan? – 1966 -yil 26-aprel kuni

Toshkenda yuz bergan zilziladan keyingi voqealar

9. “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” hikoyasi qahramoni qizchaning ismi? – Nodira 

Antuan de Sent-Ekzyuperi

1. Fransuz adabiyotining namoyandasi Antuan de Sent - Ekzyuperi qachon qayerda tug’ildi?

– 1900-yil 29- iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag’allashgan zodagonlar oilasida

dunyoga keldi.

2. Antuan de Sent-Ekzyuperi hayotini o’zgartirib yuborgan voqea nima edi?

– 1917-yil akasi Fransua bevaqt olamdan o’tadi. Bu voqea Antuanning qalbida chuqur iz qoldirdi.

3. Ekzyuperi qachon Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi? – 1921-yil

4. Ekzyuperining birinchi hikoyasi qachon qanday nom bilan nashr qilinadi? – 1926-yil “Uchuvchi”

5. “Janub chopari” asari qachon yozilgan va kimning qalamiga mansub?

– 1929-yil yozilgan, Ekzyuperi qalamiga mansub.

6. “Tungi parvoz” asari qachon yozilgan va kimning qalamiga mansub? – 1931-yil Ekzyuperi

7. Ekzyuperiyning qaysi asari “Femina” mukofotiga sazovor bo’lgan? – 1931–yil “Tungi parvoz” asari

8. Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mukammal asari? – 1939-yil yozilgan “Erkaklar zamini” asari

9. Ekzyuperining “Erkaklar zamini” asari qanday mukofotga sazovor bo’lgan?

– Bu asar Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo’lgan.

10. Ekzyuperining “Harbiy uchuvchi” novellasi qachon yozilgan? – 1942-yil

11. “Kichkina shahzoda” asari kimning qalamida mansub va qachon yozilgan?

– Antuan de Sent-Ekzyuperi qalamiga mansub, 1942-yil yaratilgan.

12. Antuan de Sent-Ekzyuperi qachon qanday vafot etdi?

– Ekzyuperining samolyotini fashist qiruvchisi urib tushiradi. 1944-yil 31-iyul Fransiya ozodlikka erishishiga

atigi 3 hafta qolganda vafot etadi.

13. “Kichkina shahzoda” asari g’oyasi?

– Insonlar o’rtasidagi do’stlik, birodarlik, hamdardlik, o’zaro hurmatni ulug’lash, Yovuzlik va Yomonlikka

qarshi kurash.

14. Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” asari haqida nima degan?

– “Men kitobimni shunchaki ermak uchungina o’qilishini aslo istamayman”.

15. Tillarang sochli, qo’ng’iroq tovushli mittigina bolajon qaysi asar qahramoni? – “Kichkina shahzoda”

16. Kichkina shahzoda sayyorasida o’sadigan xavfli daraxt qaysi? – Baobab

17. Yer kichkina shahzoda tashrif buyurgan nechanchi sayyora edi? – 7-sayyora

18. Kichkina shahzoda tashrif buyurgan sayyoralarda kimlar yashar edi?

– Birinchisida qirol, ikkinchisida shuhratparast, uchinchisida piyonista, to’rtinchisida korchalon,

beshinchisida charog’bon, oltinchisida jug’rofiy olim yashar edi.

19. Kichkina shahzoda Yerda birinchi bo’lib nimaga duch keldi? – ilonga, keyin tulki, yo’l nazoratchisiga

20. Kichkina shahzodaning guli nimadan qo’rqar va nimadan qo’rqmas edi?

– yelvizakdan qo’rqardi, yo’lbarsdan qo’rqmas edi. 

Alisher Navoiy

1. Alisher Navoiy qachon va qayerda tu’g’ilgan? – 1441-yil 9-fevralda Hirotda

2. Alisher Navoiy otasining ismi? – G’iyosiddin Muhammad

3. Kimning otasi “Kichkina bahodir” deyishgan? – Alisher Navoiyning otasini

4. A. Navoiyning oilasi qachon Iroqqa ko’chadi? – 1447-yil

5. Alisher N avoiy oilasining Iroqqa ko’chishi sababi? – 1447-yil Shohruhmirzo vafot etadi va yurtda

notinchlik boshlanadi.

6. Navoiy Iroqqa ketayotganda kimga duch kelib duosini oladi? – Sharafiddin Ali Yazdiy

7. Alisher xonadoni qachon Hirotga qaytadi? – 1451-yil

8. Alisher Navoiy 10 yoshida qanday hodisa ro’y beradi? – Hirotga qaytayotganida ot ustida uxlab qoladi

va otdan yiqilib tushadi. Uyqu zo’rligidan uyg’onmaydi va karvondan qolib ketadi. Tong otgach, uyg’onib,

o’zini yo’qotmay yo’lda davom etadi va uni zilab kelayotgan kishilarga duch keladi.

9. Navoiy onasining ismi? – ma’lum emas

10. A. N. ning otasi qachon Sabzavorga hokim etib tayinlanadi?

– 1452-yil Abulqosim Bobur taxtga o’tiradi va Alisherning otasini Sabzavorga hokim etib tayinlanadi.

11. Alisher Navoiy kimlarning asarlarini sevib o’qiydi?

– F. Attor, N. Ganjaviy, Sh. Sa’diy, X. Dehlaviy.

12. Kimning qaysi asari yosh Alisherning butun xayolini egallab oladi. – F. Attor “Mantiq-ut tayr”

13. Navoiy necha yoshlaridan she’r mashq qila boshlaydi? – 7-8 yoshlarida

14. “Foniy” so’zining ma’nosi? – “vaqtincha”

15. Navoiyning “Orazin…” deb boshlanuvchi deb boshlanuvchi baytiga 10-12 ming misra merosini

almashtirishga rozi bo’lgan ijodkor kim edi? – 90 yoshli Lutfiy

16. A. Navoiy qaysi yillarda Sabzavorda yashadi? – 1452-1457 yillarda

17. A. Navoiy qaysi yillarda Mashhadda yashadi? – 1457-1464 -yillarda

18. A. Navoiy qachon Mashhaddan Hirotga qaytadi? – 1464-yil Mashhaddan Hirotga qaytadi, lekin Sabzavorga ketishga majbur bo’ladi.

19. Qachon Sabzavordan Hirotga qaytadi? – 1469-yil bolalik do’sti Xusayn Boyqaro taxtga o’tiradi va

do’sti Navoiyni Hirotga chaqirib olib uni muhrdor etib tayinlaydi.

20. A. Navoiy nechanchi yilda vazir etib tayinlanadi? – 1472-yil

21. A. Navoiy qaysi yillarda Astrobodga hokim etib tayinlanadi? – 1487-1488-yillarda

22. Navoiy nechta she’riy devon tuzgan? – 7 ta

23. Navoiyning “Xamsa” asari kimning qaysi asariga javoban yozilgan? – Nizomiy Ganjaviyning “Panj

ganj” (“Besh xazina”) asariga javoban yozilgan.

24. A. Navoiyning nasriy asarlari miqdori qancha? – 10 dan ortiq

25. A. Navoiy qachon qaerda vafot etdi? – 1501-yil 3-yanvarda Hirotda.

26. “Sher bilan Durroj” hikoyati Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida berilgan?

– “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida

27. “Mistar” so’zining ma’nosi? – chizg’ich (lineyka)

28. “Hayrat ul-abror” dostonining tuzilishi? – 63 bob, 20 ta maqolotdan tashkil topgan.

29. Navoiyning “Sher bilan Durroj” hikoyatida qaysi xalq maqoliga monand fikr aytilgan?

– Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi.

30. Navoiy egrilik va to’g’rilikni nimalarga o’xshatadi?

– sham va parvonaga hamda sozlangan va sozlanmagan cholg’uga.

31. “Xamsa” qachon yozilgan? – 1483-1485-yillar davomida

32. A. Navoiy “Xamsa”si dostonlarini tartib bilan sanang?

– “Hayrat ul-abror” , “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayor”, “Saddi Iskandariy”.

33. Xamsanavis ijodkorlarni sanang? – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, A. Jomiy, A. Navoiy.



Bobur

1. Bobur so’zining ma’nosi? – arabcha “she’r” degani

2. Boburning onasi haqida? Kimning qizi edi? Ismi ?

– Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Ismi – Qutlug’ Nigorxonim

3. Boburning otasi ? – Umarshayx Mirzo, Farg’ona viloyati hokimi

4. Bobur otasi vafot etganda necha yoshda edi? – 12 yoshda

5. Bobur necha yoshda Samarqandni zabt etadi? – 15 yoshda

6. Bobur necha yoshda Kobul va G’aznani zabt etadi? – 20 yoshda ya’ni 1503-yilda

7. Bobur qachon qayerda tug’ildi? – 1483-yilning 14-fevralida Andijonda

8. Bobur qachon qayeda vafot etadi? – 1530-yil 26-dekabrda Agrada

9. Boburning hoki nima uchun Qobulga ko’chirildi? – o’z vasiyatiga ko’ra

10. Boburning adabiy merosi qancha? – ikkita she’riy devon tuzgan, birinchisi bizgacha yetib kelgan.

Unda 400dan ortiq she’ri bor. Shundan 200 dan ortig’i ruboiy. Ikkinchi devoni taqdiri noma’lum.

11. Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?

Hajringda bu tun ko’ngulda qayg’u erdi,

Vaslingda yetishmadim jihat bu erdi:

Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin,

Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi. – Bobur

12. “Ahbob” so’zining ma’nosi? – do’stlar, yoronlar.

13. “Ruboiy” so’zining ma’nosi? – to’rtlik

14. Ruboiy necha xil bo’ladi? – ikki xil. Taronai ruboiy (a – a – a – a) va ruboiy xosa (a – a – b – a)

15. Radif nima? – misra oxirida takrorlanuvchi so’z.



Muqimiy

1. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida ijod qildi?

– g’azal, muxammas, murabba, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard.

2. Sayohatnoma janrining muayyan tizim sifatidagi rivojiga yana kimlar hissa qo’shgan?

– A. Navoiy, Z. M. Bobur, Maxmur, Zavqiy, Furqat.

3. Sayohatnoma janrini muayyan tizimga, qat’iy qoidalarga ega bo’lgan janrga aylanishiga ulkan hissa

qo’shgan shoir? – Muqimiy

4. Qanday asarlar “Sayohatnoma” deb yuritiladi?

– Sayohat xotiralari va ular bilan bog’liq tafsilotlar aks ettirilgan nasriy va she’riy asarlar “Sayohatnoma”

deb ataladi.

5. Muqimiy “Sayohatnoma”si yaratilgandan keyin yana kimlar shu uslubda “Sayohatnoma” yaratdi?

– Zavqiy, Furqat, Tajalliy.

6. Sayohatnomaning ichki tuzilishi qanday?

a) Kirish, yani sayohatga chiqish ehtiyoji.

b) Yo’l xotiralari batafsil bayon etiladi.

c) Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.

7. Muqimiy devoni ilk bor qachon qanday nom bilan nashr etilgan? – 1907-yil “Devoni Muqimiy”

8. Muqimiyning hajviy she’rlari qachon qanday nom bilan nashr etildi?

– 1910-yilda Portsev litografiyasida “Muqimiy maa hajviyot” nomi bilan nashr etilgan.

9. Muqimiy ijodini izchil va samarali o’rganish qachon boshlandi va bu ishning boshida kim turdi?

– 30-yillarda, G’. G’ulom.

10. Muqimiyning “Lirika i satira” to’plami qachon qayerda nashr etildi?

– 1950-yil Moskvada rus tilida nashr etildi.

11. Muqimiyning “Tanlangan asarlar”i qachon qanday munosabat bilan nashr etildi?

– 1953-yil shoir vafotining 50 yilligi munosabati bilan o’zbek va rus tillarida chop etildi.

12. Muqimiyning onasi ismi? – Oyshabibi

13. Muqimiy qayerlarda o’qiydi? – Dastlab Qo’qondagi “Hokim oyim” madrasasida, keyin 1972-73

yillarda Buxorodagi “Mehtar oyim” madrasasida

14. Muqimiy oilasining buzilish sababi nima edi? – Moddiy muhtojlik

15. Muqimiy xattotlik san’atini kimdan o’rgandi? – Muhammad Yusuf Xattotdan

16. “Hazrat” madrasasida “xujrai tang va torlikda bekaslik va g’ariblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr

kechirgan shoir kim? – M. A. Muqimiy

17. Yer qurilish mahkamasida mirzalik, Sirdaryo yoqasidagi Oqjar paromida pattachilik qilgan ijodkor kim?

– M. A. Muqimiy

18. Muqimiy boshchilik qilgan Qo’qon adabiy muhitiga mansub ijodkorlarni sanang.

– Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G’aribiy, Nasimiy, Mavlaviy.

19. Muqimiyning otasi kim va u qachon vafot etadi? – Mirzaxo’ja 1885-1886-yillarda

20. Muqimiy Toshkentga qachon keladi?

– Dastlab 1887-1888-yillarda, ikkinchi marta 1892-yilda Toshkentga boradi.

21. Muqimiyning adabiy merosi hajmi? – taxminan 10 ming misra

22. Muqimiy qachon va qayerda tug’ilgan?

– 1850-yil Qo’qon shahrining Bekvachcha mahallasida novvoy oilasida tug’ildi.



Sa’diy Sheroziy

1. “Sorbon” so’zining ma’nosi? – Tuya yetaklovchi karvonboshi

2. Sa’diy Sheroziyni dunyoga tanitgan asarlari? – “Guliston” (1258), “Bo’ston” (1257) asarlari

3. Shahar qozisi va uni lol qilgan darvesh haqidagi hikoyat Sa’diyning qaysi asarida keltirilgan?

– “Bo’ston” asarida

4. “Daryo ko’rmagan qul” hikoyati qaysi asarda berilgan? – Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarida

5. Alisher Navoiy qaysi asarida Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston” asarlarini sevib o’qiganini aytadi?

– “Lison ut-tayr” asarida

6. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston” asarlaridan ilhomlanib asar (darslik) yozgan ijodkor kim? – Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”

7. Sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston” asarlari qachon o’zbek tiliga o’girilgan?

– “Guliston” asari so’nggi 6 -7 asr davomida o’zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan. “Bo’ston ” 1960-

yilda o’zbek tiliga o’girilgan.

8. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

Ustiga kitob ortilgan eshak,

Na olim va na donodir beshak. – Sa’diy Sheroziy “Bo’ston”

9. “Hayit kuni adashib kelganim va otamning sabog’i” hikoyati kimning qalamiga mansub?

– Sa’diy Sheroziy “Bo’ston”

10. Ushbu misra Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?

– Tab’i aybjo’ylik bo’lsa agar bas,

Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas. – “Ayb qidirmaslik haqida” (“Bo’ston” dan)

11. Sa’diy Sheroziy qachon va qayerda tug’ilgan? – 1189-yil Sherozda o’ziga to’q xonadonda tug’ilgan.

12. Sa’diy Sheroziyning vafot sanasi? – 1292-yil



Hamza Hakimzoda Niyoziy

1. Hamza Hakimzoda Niyoziy “Ul mening qo’limda o’z qalamim bilan 100 sahifadan ortiqroq eski usuldagi

yozishmalarimni ko’rib tarbiyag’a kirishdi” deb kimni aytadi? – Abdulla To’qmullin

2. Hamza ma’rifatchilik faoliyatini qachon qayerda boshlaydi? – 1910-yil, Toshkentda

3. 1909-yil Hamza Buxoroga nima uchun boradi? – Arab tilini o’rganish uchun

4. Toshkentda jadidlar – yangilik tarafdorlarining boshlig’i kim edi? – Munavvarqori Abdurashidxonov

5. Hamza usuli jadid maktabini 1- marta qayerda ochadi? – 1910-yil Toshkentning Qashqar mahallasida

6. Hamza usuli jadid maktabini 1911-yilda qayerda ochadi? – Qo’qonda

7. Hamza haj safari davomida qayerlarda bo’ladi? – Avg’oniston, Arabiston, Turkiya va Hindistonda.

8. Ushbu parcha kimning tarjimai holidan olingan?

– “1914-yilning oxirlarida Marg’ilonda maktab ochdim . Sakkizinchi oygacha bormay, Andreev ismindagi

Skobel (Farg’ona) maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi... Undan yana Xo’qand kelib, yo’qsil bolalar

uchun pulsiz o’qish maktabi ochdim... o’zim 4 oycha davom ettirgandan keyin uezd nachayligi Medinskiy

tomonidan tintuv bo’lib yopildi. Lekin hech bir qanday qog’ozlarim qo’liga tushmagani uchun qamalmay

qutuldim”. – H. H. Niyoziy

9. Hamza tomonidan yaratilgan darsliklar? – “Yengil adabiyot”, “O’qish kitobi”, “Qiroat kitobi”.

10. Hamzaning ilk she’riy devoni qachon qanday nom bilan nashr etildi? – 1914-yilda “Devoni Nihoniy”

11. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi” to’plamiga qaysi asarlari kiritilgan?

– “Atir gul”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul”, “Yashil gul”, “Safsar gul”.

12. Hamzaning “O’zgalarning tilagi maktab ochmoq,

Bizda maktabdan qochmog’– ey,

Yig’langlar, yig’laylik, Turon! ”

she’riy parchasi qaysi to’plamdan joy olgan? – “Oq gul” to’plamidan

13. H. H. Niyoziyning 1914-1916-yillar oralig’ida yaratilgan asarlari?

– “O’ch”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Ilm hidoyati”, “Mulla Normuhammad domlaning kufr

xatosi”, “Ochlik qurbonlari”.

14. Hamzaning 1916-1920-yillar davomida yaratilgan asarlari?

– “Muxtoriyat yoki avtonomiya”, “Kim to’g’ri”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Loshmon fojeasi”, “Boy ila

xizmatchi”, “Farg’ona fojiasi”.

15. “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” dramasi qachon yozilgan va kimning qalamiga

mansub? – 1926-yil H. H. Niyoziy

16. 1929-yil 18-martda Shohimardonda toshbo’ron qilib o’ldirilgan shoir kim? – H. H. Niyoziy

17. “Qamchinbeklar osilgach Xo’jandda marsiya edarak aytilmish ashulaning ohangida milliy she’rlardir.

Teatrlarda xor qilinsa-da muvofiqdir.” Ushbu misralar H.H. Niyoziyning qaysi asaridan?

– “Qizil gul” (3-bo’limidan) to’plamidan

18. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?




Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay ani,

Endi bilsam Vatan erkan bu tanlarning shirin joni

Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni vatan,

Sensan, vale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!

– “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi”ning uchinchi – “Qizil gul” bo’limidan

19. H. H. Niyoziyning “Dardiga darmon istamas” she’ri qaysi to’plamga kiritilgan?

– “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi” to’plamining ikkinchi – “Oq gul” bo’limidan

20. Hamzaning “Dardiga darmon istamas” she’rida har bir band oxirida “ochqich” sifatida qaysi satr

qo’llanadi? – “Uxlama o’zbek eli asli taraqqiy vaqtida”

21. Hamza “Dardiga darmon istamas” she’rida “Qo’lida domi tama’, ko’zidadur kayf-u xumor, Soch

oqorub qaddi ham” – deya kimni ta’riflaydi? – Turkiston elining umumiy qiyofasini, portretini

22. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Essiz, essiz tug’gonlaring , ko’z yumib o’q otib sani,

Bog’lab qo’ling, bayonlara ne oldilar sotib sani. – Hamza “Jonlarni jononi vatan”



Erkin Vohidov

1. Ulug’ nemis mutafakkiri Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim?

– Erkin Vohidov (1974-yil)

2. Erkin Vohidov dostonlari? – “Palatkada yozilgan doston”, “Ruhlar isyoni”, “Istanbul fojiasi”.

3. Erkin Vohidovning hajviy asarlari? – “Donishqishloq latifalari”, “Oltin devor” komediyasi.

4. Erkin Vohidov kimlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan? – A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov.

5. “Menga Pushkin bir jahonu, Menga Bayron bir jahon Lek Navoiydek bobom bor” deya hayqirgan o’zbek

shoiri kim? – Erkin Vohidov

6. Erkin Vohidovning birinchi she’riy to’plami qachon qanday nom bilan nashr etilgan?

– 1961-yil “Tong nafasi”



Abdulla Oripov

1. 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida tug’ilgan shoir kim?

– A. Oripov

2. A. Oripovning birinchi kitobi? – 1965-yil “Mitti yulduz”

3. A. Oripov o’zbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilgan asar?

– italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asari

4. Amir Temur haqidagi “Sohibqiron” dramasi kimning qalamiga mansub? – Abdulla Oripov

5. Shoir va yozuvchilar orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan taqdirlangan

ijodkor kim? – Abdulla Oripov

6. “O’zbekiston” qasidasining muallifi va qasidaning hajmi?

– Abdulla Oripov. Har bir bandi 10 satrlik 14 banddan iborat bo’lib, jami 140 satr.

7. Xristofor Kolumbdan salkam 500 yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilgan kim edi? – Beruniy

8. Hind okeani sohillarida uzoq tekshirishlar olib borgan, okean suvlarining olis bir materikdan qaytishni

taxmin qilgan alloma kim edi? – Beruniy

9. Ushbu she’riy parcha kimning qaysi asaridan olingan?

Kech kuz edi, men seni ko’rdim

Derazamdan boqardi birov.

U sen eding, o, dehqon yurtim,

Turar eding yalangto’sh, yayov. – A. Oripovning “O’zbekiston” she’ridan 

O’lmas Umarbekov

1. O’. Umarbekov qissalarini sanang. – “Urush farzandi”, “Kimning tashvishi yo’q”, “Yoz yomg’iri”,

“Jo’ra qishloq”, “Oq qaldirg’och”, “Damir Usmonovning ikki bahori”, “Sevgim, sevgilim”.

2. O’. Umarbekovning romanlari? – “Odam bo’lish qiyin”(1970-yil), “Fotima va Zuhra”.

3. O’. Umarbekovning pyesalari?

– “Sud”, “Yoshlik dengizi”, “Qiyomat qarz”, “Kuzning birinchi kuni”, “Shoshma, quyosh”, “O’z arizasiga

ko’ra”, “Kurort”, “Yer yonganda”, “Oqsoqol”.

4. O’. Umarbekovning kinosenariylari asosida suratga olingan badiiy filmlar?

– “Yigit va qiz”, “Asosiy kun”, “Ikki soldat haqida qissa”, “O’zgalarni deb”, “Qalin qorlar bag’ridagi

uchrashuv”, “Changalzordagi ov”.

5. O’. Umarbekovning “Qizimga maktublar” asari epigrafi? – “Mangu dunyo bo’sag’asida”

6. O’.Umarbekovning og’ir kasallik chog’ida yozgan asari?

– “Oqsoqol” pyesasi, “Fotima va Zuhra” romani, “Qizimga maktublar” asari.

7. O’. Umarbekovning qaysi asari buyuk adib A.Qahhor tomonidan yuksak baqolanib, ijodkorning keyingi

faoliyati uchun ruhiy madad bergan ? – 1963-yilda chop etilgan “Sevgim, sevgilim” qissasi

8. O’. Umarbekovning hikoyalardan iborat ilk to’plami qachon nashr etilgan? – 1958-yil

9. O’. Umarbekovning 35 yillik ijodi davomida chop etilgan to’plamlari?

– “Xatingni kutaman”, “Yurak so’zlari”, “Boboyong’oq”, “Menga ishonmaysanmi?”, “Yulduzlar”,

“Hayot abadiy”, “Charos”, “ Ko’prik”, “Bolalar qo’shiqlari”, “Oltin yaproqlar”, “Qiyomat qarz”,

“Yer yonganda”.

10. “...Bu dunyoga kelganlarning , albatta, ketmog’i bor . Kimdir bir kun oldin, kimdir bir kun keyin...

Ketadi-yu, kelmaydi. Mangu dunyo abadiy uni o’z quchog’iga oladi”. O’. Umarbekovning qaysi asari shu

jumlalar bilan boshlanadi? – “Qizimga maktublar”

11. Qaysi adibning publisistik xotira-qissasi (esdaliklari)da onasi yig’lab, “Yer yutgur Zaynab Kumushni

zaharlab qo’ydi...” deb aytadi? – O’. Umarbekov

12. O’. Umarbekovning “Qizimga maktublar” asari qachon qayerda yozilgan?

– 1994-yil Moskvada muolaja olayotgan paytda. 

Nodar Dumbadze

1. Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida qaysi yozuvchining tashabbusi bilan Mziuri – “Quyoshjon” nomli

bolalar bog’i barpo etilgan? – Nodar Dumbadze

2. N. Dumbadze asarlari? – “Kukaracha”(qissa), “Oq bayroqlar ”, “Abadiyat qonuni” (roman).

3. Petya, Fema, Kurlik, Pancho, Gena, Midiya, Ko’ka bu bolalar qaysi asar qahramonlari?

– N. Dumbadze “Hellados”

4. “...Mana bu rangpar kelgindi bizning mehmondo’stligimiz va muruvvatimizdan bahramand bo’lish o’rniga

Xudo siylagan yerimizni, dengizimizni, jamiki daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o’tloqlarimizni

o’ziniki qilib olmoqchi ...” Ushbu gap qaysi asar qahramoniga tegishli?

– “Hellados” hikoyasi qahramoni Yanguliga

5. Mushtlashuvda bir-birini yengolmagan Yanguli va Jamol qanday kelishuv tuzadi?

– So’kishishga. So’kishni qoyillatgan – g’olib.

6. Poseydon kemasida Gretsiyaga ketayotgan Yanguli Jamolga nima deb qichqiradi?

– Jamol, ego agano imana su!

7. Yanguli Jamolning nimasini sindirib tashlaydi. – skripkasini

8. Gruzin xalqining ardoqli adibi N. Dumbadze qalamiga mansub asarlar? – “Kukaracha” qissasi, “Oq

bayroqlar”, “Abadiyat qonuni” romani, “Hellados” hikoyasi

9. N. Dumbadze asarlarini kim o’zbek tiliga o’girgan? – Nizom Komil

10. “...Cho’pday ozg’in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko’zlari charosdek qop-qora, qo’llari uzunligidan

tizzasiga tushib turadigan 14 yoshli bola” qaysi asar qahramoni?

– Yanguli. N. Dumbadzening “Hellados” hikoyasi qahramoni

11. “...Venetsian ko’chasida, Chalbash daryosining bo’yida yashardi. Onasini eslolmaydi – chaqaloqligidayoq

yetim qolgan ...” Gap kim haqida? – Yanguli haqida

12. “...Ota- bolaning bor-yo’q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko’k va qatiq

sotib kun ko’rishadi...” Ushbu parcha qaysi asardan olingan va gap kim haqida?

– “Hellados” hikoyasi Yanguli va otasi haqida

13. “... Mening vatanim , mening Elladam bu – Suxumi, ko’cha, Chalbash; bu – Koka, Petya, Kurlika, Fema,

Qora dengiz, ko’prik...Bu – Mida...qolaversa, sen...” Bu fikr qaysi asar qahramoniga tegishli?

– “Hellados” hikoyasi, Yanguliga

14. “Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o’zida!”

Ushbu parcha qaysi asar qahramoniga tegishli? – “Hellados” hikoyasi qahramoni Yanguliga

Download 142 Kb.




Do'stlaringiz bilan baham:





Ayolingizni lol qoldiring!

Tiger


В Узбекистане нашли забытый способ улучшить зрение до 100%

D-Vision


Дожить до 109 лет помогает чистка сосудов! Запишите мой рецепт

Артебио


Урологи в шоке! Молодая узбечка изобрела метод лечения простаты
Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling