57-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazilgan navbatdagi pedagogik kengash yig’ilish bayoni №4


Download 50 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi50 Kb.
#1597214
Bog'liq
57-DMTT 2023 4-pedagogik kengash yig


57-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazilgan navbatdagi
pedagogik kengash yig’ilish bayoni № 4

29-may 2023-yil. Yangihayot qishlog’i.


Yig’ilish raisi: D.Mahkamova
Qatnashdilar: 19 nafar xodimlar
Kun tartibida ko’riladigan masalalar:
Mavzu: Maktabgacha talim tashkilotida bolaning shaxsiyatini rivojlantirish va tarbiyalashda, professional yordam ko’rsatish va pedagoglar kasbiy kompitensiyalarini oshirishda oila ,mahalla, maktab bilan hamkorlik qilish hamda ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishdagi rolini oshirish.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati tahlili.

  2. 2022-2023 o’quv yili hisoboti, ichki baholash natijalari tahlili, tarbiyachilarning rivojlanish xaritalari bo’yicha hisobotlari tahlili hamda yoz oylarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlar to’g’risida.

  3. “Ilk qadam” o’quv dasturi bajarilishida rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati mavzusi yuzasidan o’rta guruhlarda mavzuli nazorat tahlili.

Yig’ilishni MTT direktori D. Mahkamova kirish so’zi bilan ochib berdi va bugungi pedagogik yig’ilishda ko’riladigan masalalar bilan tanishtirib chiqdi.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan MTT musiqa rahbari M. Qodirovaning ma’ruzasi eshitildi:


-Assalomu alaykum. Hurmatli pedagoglar, ma’lumki bolalarning mavjud qobiliyatlarini erta aniqlash va uni rivojlantirish bo’yicha maktabgacha yosh davridan shug’ullanish zaruriyati bugun MTT tarbiyachilarining oldiga katta vazifalar yuklamoqda. Shu maqsadda bizning MTT da ham pullik kurslar tashkil etilishi masalasi asosiy masalalar qatoridan o’rin olgan bo’lib, mazkur kurslarga barcha guruhlarining tarbiyalanuvchilari qamrab olinishi belgilangan. Biz ham bunday pullik kurslarni tashkillash maqsadida, shuningdek, bolajonlarga estetik didni rivojlantirish, nafosat tarbiyaini singdirish maqsadida raqs to’garagi tashkillashni rejalashtirdik. Hozirda yuqori yoshdagi bolajonlarimizni maktabga kuzatish arafasidamiz, ammo sentabr oyida bu masalani ota-onalar e’tiboriga havola etib, ma’qul topishsa, raqs to’garagi tashkillashni rejalashtirdik.
Yig’ilish kun tartiibidagi 1-masala kengash a’zolari tomonidan o’rganilib, yig’ilish qaror qiladi:

  1. MTT tarbiyalanuvchilari uchun qo’shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko’rsatish faoliyati haqida taklif ko’rib chiqilsin.

  2. Yangi turdagi qo’shimcha xizmatlar tashkil etish masalasida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari istak va hohishlari o’rganilsin.

  3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uslubchi S.Madrahimovaga yuklatilsin.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan MTT dagi mavjud 8 ta guruh tarbiyachilari (kichik guruh tarbiyachisi U.Abduraxmonova, 1-o’rta guruh tarbiyachisi D.Nabiyeva 2-o’rta guruh tarbiyachisi G.Boboqulova, katta guruh tarbiyachisi N.Abdullayeva, 1-katta guruh tarbiyachisi D.Karimova, 2-katta guruh tarbiyachisi M.To’xtasinova, 1-tayyorlov guruh tarbiyachisi F.Xaydarova va 2-tayyorlov guruh tarbiyachisi O. Mahmudovalar) o’z guruhlarining o’quv yili davomidagi faoliyati bo’yicha 2022-2023 o’quv yili hisoboti, ichki baholash natijalari tahlili kabi mavzularda ma’lumot berib o’tdilar. Shuningdek, guruhlarda rivojlanish xaritalari bo’yicha hisobotlar tahlili bilan tanishtirib o’tdi.


Ma’ruzalardagi guruhlar faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlar barcha yig’ilish ishtirokchilarining diqqatini tortdi. Ayniqsa. tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining rivojlanish xaritasi bo’yicha xaritaning to’ldirilganligi, undagi qaydlarning aniqligi aynan bolaning keyingi maktab faoliyatida o’z aksini topishi haqida aytilgan fikrlar barchaning e’tiborini jalb qildi. Shuningdek MTT uslubchisi S.Madraximovaning yoz oylarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlar to’g’risidagi ma’ruzasi eshitildi. S. Madraximova o’z ma’ruzasida guruhlardagi yozgi sog’lomlashtirish va ta’lim tarbiya ishlarining olib borilishi o’rtasidagi bog’liqlik hamda ayni issiq paytlarda bolalarda ma’lumotlar qabul qilishni yengillatishi haqida ham fikrlar bildirib o’tildi.
Yig’ilish kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig’ilish
q a r o r q i l a d i:

  1. Tarbiyachilar va uslubchi S.Madraximovaning ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Guruhlar faoliyatidagi yutuqlar ommalashtirilsin.

  3. Yoz oylarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining to’g’ri tashkillashni nazorat qilish uslubchi S.Madraximova zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan MTT musiqa rahbari M. Qodirovaning ma’ruzasi eshitildi:


-Assalomu alaykum. Hurmatli pedagoglar, ma’lumki bolalarning mavjud qobiliyatlarini erta aniqlash va uni rivojlantirish bo’yicha maktabgacha yosh davridan shug’ullanish zaruriyati bugun MTT tarbiyachilarining oldiga katta vazifalar yuklamoqda. Shu maqsadda bizning MTT da ham pullik kurslar tashkil etilishi masalasi asosiy masalalar qatoridan o’rin olgan bo’lib, mazkur kurslarga barcha guruhlarining tarbiyalanuvchilari qamrab olinishi belgilangan. Biz ham bunday pullik kurslarni tashkillash maqsadida, shuningdek, bolajonlarga estetik didni rivojlantirish, nafosat tarbiyaini singdirish maqsadida raqs to’garagi tashkillashni rejalashtirdik. Hozirda yuqori yoshdagi bolajonlarimizni maktabga kuzatish arafasidamiz, ammo sentabr oyida bu masalani ota-onalar e’tiboriga havola etib, ma’qul topishsa, raqs to’garagi tashkillashni rejalashtirdik.
Yig’ilish kun tartiibidagi 2-masala kengash a’zolari tomonidan o’rganilib, yig’ilish qaror qiladi:

  1. MTT tarbiyalanuvchilari uchun qo’shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko’rsatish faoliyati haqida taklif ko’rib chiqilsin.

  2. Yangi turdagi qo’shimcha xizmatlar tashkil etish masalasida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari istak va hohishlari o’rganilsin.

  3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uslubchi S.Madrahimovaga yuklatilsin.

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan MTT ishchi guruhi a’zosi D. Nabiyeva ma’ruzasi eshitildi. Ma’ruzachi o’z ma’ruzasida o’rta guruhlarda mavzuli nazorat natijalari to’g’risida tahliliy ma’lumot bilan tanishtirib o’tdi.


“Ilk qadam” davlat o’quv dasturida umumiy muhim kompetensiyalar – o’yin, bilish va ijtimoiy kompetensiyalar asosida bola rivojlanishining quyidagi sohalari belgilangan:
Jismoniy rivojlanish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, bilish jarayonlari va ijodiy rivojlanishi belgilangan. Ya’ni 3 dan 4 yoshgacha, 4 dan 5 yoshgacha va 6 dan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning rivojlanish darajalari belgilab berilgan bo’lib, davtur asosida tarbiyalangan bolada belgilangan darajada rivojlanish aniqlanishi muhim hisoblanadi.
MTTdagi ta’lim –tarbiya jarayonida ham olib borilayotgan mashg’ulotlarning asosida ana shu yuqorida aytib o’tilgan kompetentsiyalar yotadi. Yanada ochiqroq aytadigan bo’lsak, biz har bir bola bilan olib borayotgan turli xil mashg’ulotlarimiz orqali u hoh o’yin tarzida bo’lsin, hoh mehnat tarzida, hoh aqliy mashg’ulotlar tarzida yoki hoh sport sohasida bo’lsin, har bir mashg’ulot zamirida bolaning qaysidir jihatini rivojlantirish, unga talab darajasida bilimlarni singdirib borish maqsad qilib qo’yilgan.
Bizning MTT qamrovida ikkita o’rta guruh mavjud bo’lib, men shu guruhlar faoliyati asosida tahliliy ma’lumotlar bilan tanishtirmoqchiman. O’rta guruhlarda tarbiyalanayotgan bolalar bilan olib borilgan kuzatuvlar asosida aytishim mumkinki, bular sanab o’tilgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan kompetentsiyalarga ega bo’lib, maktabda ta’lim olish uchun har tomonlama yetuk deb belgilash mumkin.
Hurmatli pedagogik jamoa a’zolari, haqiqatdan ham bizning tarbiyalanuvchilarimiz belgilangan kompetentsiyalarni o’zlashtirib kelmoqdalar. Chunki MTT faoliyatida muhim uslubiy hujjat hisoblangan “Ilk qadam” o’quv dasturida ham bolaning har tomonlama yoshiga munosib tarzda rivojlanishi asosiy me’yor qilib belgilangan.
Yig’ilish kun tartibidagi 3-masala ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinib, yig’ilish
q a r o r q i l a d i:

  1. Ishchi guruh a’zosi D.Nabiyevaning ma’ruzasi ma’lumot uhun qabul qilinsin.

  2. O’rta guruhlarda mavzuli nazorat natijalari to’g’risida tahliliy ma’lumotlar ijobiy deb baholansin.

  3. Guruhlarda “Ilk qadam” o‘quv dasturi bajarilishi MTT uslubchisi tomonidan nazorat qilib borilsin.

Yig’ilish raisi: D. Mahkamova


Yig’ilish kotibi: S.Madraximova
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling