O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida
UDK: 371.4
IRXONOVA NURJAMOL ABDUSHUKUROVNA
PEDAGOGIK MAHORATNING O’QUVCHILARNI KASBGA YO’LLASH VA MEHNATSEVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O’RNI
5A 110901 – Pedagogika
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ish ko„rib chiqildi va himoyaga Ilmiy rahbar:
Ruxsat berildi.
Dots. Ahrorov Yu.A._________
«Pedagogika» kafedrasi mudiri
prof. Hasanova K.____________
«_____»_____________2013 y
M.O‘.
Samarqand – 2013
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..
BOB.O’QUVCHILARNI MEHNATSEVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash muammosining tarixiy taraqqiyoti…………………………………………..
1.2. O’quvchilarni ijtimoiy hayot va mehnatga jalb etishda tarbiyaning roli……………………………………………………...
BOB. O’QUVCHILARNI MEHNATSEVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUNI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1.
|
Mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ishlariga oid tadbirlarni amalga
|
|
oshirishda o’qituvchining tarbiyachilik mahorati…………………………...
|
|
2.2 O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda pedagogik mahoratning o’rni…………………..
|
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. O‟zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan mustaqillik islohotlari iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy, mafkuraviy, madaniy islohotlar ta‟lim-tarbiya tizimida ham jiddiy o‟zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasida davlat tashabbuskor hisoblanib, rahbarlik qilmoqda. Uzluksiz ta‟lim-tarbiya tizimidagi yangilanishlar Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo‟lib o‟tgan 1-chaqiriq 9-sessiyasida qabul qilingan "Ta‟lim to‟g‟risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi" talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy kasb-hunarlarning erkin raqobatida sifat ko‟rsatkichlarni ta‟minlash uchun Respublikamizda o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi va oliy kasbiy tizimi bosqichini rivojlantirish yo‟lida yirik ishlar amalga oshirilmoqda.
"Akademik lisey davlat ta‟lim standartlariga muvofiq o‟rta maxsus ta‟lim beradi. O‟quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‟naltirilgan ta‟lim olishini ta‟minlaydi"1.
Umumta‟lim maktablarida o‟quvchilar muayyan kasblarga nisbatan yo‟naltirilsa, o‟rta maxsus kasb - hunar ta‟limi bosqichida o‟quvchilar turli xil kasblarning asoslarini, kichik mutaxassisliklar darajasida zaruriy kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalarni egallab boradilar. "Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta‟limi standartlari doirasida o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi beradi; o‟quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‟nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‟yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi"2.
Yosh avlodning kelgusi hayotda, ishlab chiqarishda, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda o‟zlariga munosib o‟rinlarni topishlarida ularga zamonaviy kasb - hunarlar yo‟naltirish, ularni kelajak faoliyatga tayyorlash ishi insoniyat jamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |