5A110102- “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bitiruvchi magistri Raximov Furqat Akbaraliyevichning


Download 42.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi42.5 Kb.
#1063651
Bog'liq
Rahbar xulosasi 2022


5A110102- “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bitiruvchi magistri Raximov Furqat Akbaraliyevichning SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar


XULOSASI
Magistrant F.A.Raximovning “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi hozirgi kunda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o‘quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi.
Zamonaviy ijtimoiy media marketingni jamiyatning barcha sohalariga keng joriy qilish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va AT fanini o‘qitish samaradorligini oshirish hozirgi kunning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Dissertatsiya ishida Ijtimoiy media marketing tushunchasi va uning mohiyati hamda maqsadlari, shuningdek, Ijtimoiy media marketing SMM loyihalari bilan ishlashda hamda ularni rivojlantirshga xizmat dasturlarning imkoniyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish asosida yaratilgan manba sifatida taqdim etilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining joriy etilishi va o‘qitishga yangicha yondashuvlar pedagogik innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Pedagogik innovatsiya - bu pedagogika sohasidagi SMM ning ta'lim muhitiga alohida komponentlar va umuman ta'lim tizimining xususiyatlarini yaxshilaydigan innovatsiyalarni kiritadigan maqsadli progressiv o‘zgarishlar.
Internet marketingning an‘anaviy vositalaridan farqli ravishda o‘ziga xos tavsiflarga ega. Internet muhitining asosiy xususiyatlaridan biri, bu axborot taqdim etish va o‘zlashtirish borasidagi yuqori samaradorligidir. Ushbu hol korxona va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuchaytirishda marketing imkoniyatlarini ancha oshiradi va bolalarda harakatlarni rag‘batlantirish, olingan ma'lumotlarda mustaqil harakat qilish, ijodiy noan'anaviy fikrlashni shakllantirish, ularning tabiiy qobiliyatlarini ochib berish qobiliyatini rivojlantirish kerak - bular ijtimoiy media marketing faoliyatning asosiy vazifalaridir.
Dissertant tadqiqot ishida Tadqiqot ob’ekti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiylari fani o‘qitish metodikasini takomillashtrish. Tadqiqot predmeti “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, mazmun mohiyatini o‘rganish va uni o‘qitishda zamonaviy pedagog va axborot texnologiylardan foydalanish, mavzularni o‘rgatishda vidoe darslar tayyorlash va undan foydlanish, (Camtasion Studio dasturi orqali) o‘quvchilar bilimi baholashda iSpring Quiz Maker dasturida nostadart testlarni yarartish hamda foydalanish) ularning imkoniyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.
Muallifning asosiy amaliy ishi sifatida “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” fanining SMM-loyihalar bilan ishlash bobi bo‘yicha o‘qitish metodikasi yaratilgan.
Dissertatsiya ishida ayrim orfografik xatoliklar mavjud. Lekin, bu dissertatsiyaning mazmuniga ta’sir etmaydi.
Dissertatsiya ishi magistrlik darajasini olish uchun qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va muallif F.A.Raximovning 5A110102- Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va magistrlik ishini DAKga himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: dotsent G‘.R.Yodgorov
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling