6- mavzu. Adbtning operativ-axborotli boshqaruv majmuasi Reja


Download 373.86 Kb.
Sana09.04.2020
Hajmi373.86 Kb.

6- mavzu. ADBTning operativ-axborotli boshqaruv majmuasi

 

Reja:

 

1. Axborotni yig‘ish va uzatish tarmog‘i. Teleaxborot tarmog‘i.

2. Teleaxborot tarmog‘ining asosiy kamchiliklari va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.

3. Elektr energiyani avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish va hisobga olish tarmog‘i. ADBTni tashkil etish va takomillashtirish variantlari.


Dispetcherlik boshqarish tizimi va axborot yig‘ish (SCADA-tizimi) Dispetcherlik boshqarish va ma’lumotlarni yig‘ish (Supervisory Control and Data Acquisition – SCADA) murakkab dinamik tizimlarni avtomatik boshqarishda asosiy va istiqboli porloq usuli hisoblanadi. Aynan shu dispetcherlik boshqarish prinsiplarida sanoatda, energetikada va transportda yirik avtomatlashtirilgan tizimlar quriladi.

Informatsion tehnologiyalarni rivojlanishi va avtomatlashtirish darajasini oshirilishi insonni boshqarish tizimi bilan (operator, dispetcher) o‘zaro harakatlarida muammolarni kuchaytirdi. Murakkab tizimlarda buzilishlar va avariyalarni tekshirish, sabablarning 80% inson faktori, va faqatgina 20% texnik harakterga egaligini ko‘rsatadi. Ya’ni, avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlash ishonchliligi va xavfsizligini oshirish uchun, birinchi navbatda odam-operatorga foydalanishda qulayliklarni yaratishga mo’ljal qilingan apparatli va dasturli vositalarni ishlab chiqarish zarur bo‘ladi. Dispetcherlik boshqarish tizimlariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:

•Texnologik va funksional ishonchlilik (hech qanday birlik buzulish boshqarish ob’ektiga soxta komandani yubormasligi kerak).

•Boshqarishda xavfsizlik (xavfsiz boshqarish) (operatorning hech qanday birlik xatosi boshqarish ob’ektiga soxta komandani yubormasligi kerak).

•Ishlov berish va ma’lumotlarni taqdim etishning aniqligi (boshqarish bo‘yicha barcha operatsiyalar intuitiv ravishda tushunarli va operatorga qulay bo‘lishi kerak).

•Tizimning sodda yechimi.

Ushbu talablarga eng ko‘p darajada SCADA –tizimi mos keladi. Ularda, har qanday noto‘g‘i harakat boshqarishni yo‘qotish yoki halokatga elitadigan natijalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan maxsus ish jarayonlari ishlab chiqilgan. SCADA tizimida operator tizimni boshqarishda umumiy javobgarlikga ega, bunda, normal sharoitlarda, maqbul unumdorlikga yetish uchun, parametrlarni qayta sozlashni juda kam hollarda talab etadi. Operatorning faol ishtiroki aytib bo‘lmaydigan paytda sodir bo‘ladi, odatda, tanqidiy holatlar bo‘lganda (buzulishlar, avavriyalar va sh.o‘). Operatorning tanqidiy holatlardagi harakati vaqt bilan chegaralanadi, shundan so‘ng, tizim butunlay avtomatik tartibga o‘tishi mumkin.

SCADA tizimlari ob’ektlarni boshqarish uchun, real vaqt tartibida ma’lumotlarni yig‘ish asosida va ularni operatorning (dispetcherning) monitorida tasvirlashga mo‘ljallangan. 1-rasmda SCADA tizimning umumiy strukturasi keltirilgan. U ikkita asosiy nim tizimlardan tashkil topadi- masala bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi va dispetcher bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi.



SCADA tizimning umumiy strukturasi

Masala bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi aslida boshqarish ob’ekti va uzoqlashgan terminaldan tashkil topadi, ular real vaqt tartibida boshqarish masalalariga ishlov berishni amalga oshiradilar. U jarayonning jismoniy parametrlari datchiklaridan, normallashtiruvchi datchiklardan, elektron kommutatorlar va maxsus hisoblash komplekslaridan birlamchi ma’lumotlarga ishlov berish uchun tashkil topishi mumkin.

Aloqa kanallari nim tizimlar orasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi. Bu simli aloqa liniyalari, optik-tolali kabellar, analogli yoki raqamli radiokanallar bo‘lishi mumkin.

Dispetcher bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi bosh terminal va dispetcherdan tashkil topadi. Bosh terminal ma’lumotlarga ishlov beradi va yuqori darajadagi boshqarish komandalarini ishlab chiqarishni amalga oshiradi. O‘z ichiga birlik kompyuterni, maxsus dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida ishlovchi tarmoq yoki katta hisoblash tizimini oladi. Dispetcher –ma’lum holatlarda boshqarish tizimiga aralasha olishga huquqi bo‘lgan operator yoki bir nechta operatorlar.

Dispetcherlik boshqarish tizimini (SCADA- tizimi) qo‘llanishning asosiy sohalari quyidagilar hisoblanadi: elektr energiyani ishlab chiqarishda, elektr energiyani taqsimlash va uzatishni boshqarish tizimlarida, barcha turdagi transportlarni boshqarishda, telekommunikatsiyalarni boshqarishda, jumladan, temir yo‘lda elektr ta’minotini boshqarish tizimlarida.

Nimstansiyalarining axborot-boshqaruv tizimlari

Tortish nim stansiyalarni boshqarishda MP qo‘llash quyidagi ustunliklarga ega:

•Boshqarishning barcha funksiyalarini ishonchliligini oshirish, tizimni avtomatik o‘zini diagnostika qilish tizimi va dastlabki ma’lumotlardan to‘la foydalanish hisobiga, boshqarishda maqbul qarorlarni qabul qilishga imkon beradi

•Boshqarishning yangi masalalarini yechish imkoni paydo bo‘lishi, jumladan, tizimli va texnologik avtomatikani tadbiq etib,

•Avtomatika qurilmalari funksiyalarini amalga oshirish.

Ammo dasturiy ta’minotni narxini balandligi, namunalashtirishning murakkabligi va tizimning sxema va strukturasini o‘zgartirishda moslashtirish ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu qiyinchiliklardan ierarxik struktura bilan ko‘p mashinali markazlashtirilmagan kompleksda, information boshqaruv kompleksi deb nomlanuvchi (IBK), qutilib qolish mumkin. IBK, nimstansiyalarni boshqarishning yuqori va past darajasidagi struktura tizimida nazarda tutilgan kompleks masalalarni bajaradi. Ular, yagona informatsion baza asosida bajariladigan masalalarning va texnik vositalarning markazlashtirilmagan strukturasiga ega MP IBK “Nim stansiya” tortish nim stansiyalar jixozlarini tezkor nazorat qilish va tartiblarini boshqarish, energodispetcherlik punktini zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash va uning komandalarini bajarish uchun mo‘ljallangan. 2-rasmda MP IBK nim stansiya struktur sxemasi keltirilgan.

MP IBK nim stansiya struktur sxemasi

IBK ikki darajali strukturaga ega va funksional avtonom tizimlardan tashkil topgan:

-birinchi darajadagi lokal tizim -ikkinchi darajadagi boshqarishning markaziy tizimi

-aloqa tizimi, ko‘rinishi va xujjatlashtirish Markazlashtirilmagan lokal tizimlar tortish nim stansiyalarning ob’ektlari turi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan. Bu guruhlar, elektrenergiyani qabul qilish, o‘zgartirish va temir yo‘l va mintaqa iste’molchilariga taqsimlash uchun birlashtirilgan. Bu tizimlar ob’ektlar va tizimlararo aloqa magistrallari bilan tez ishlovchi aloqa kanallariga ega. Magistrallar, umumiy nim stansiya darajasida informatsion-boshqaruv funksiyalari, lokal tizimlarni ishlashini diagnostika qilish va koordinatsiyalash, ularni alohida funksiyalarini zaxiralash uchun mo‘ljallangan.



Tizim tarkibiga markaziy protsessor, displey D klaviaturasi bilan, raqam bosuvchi (chop etiuvchi) RB qurilmasi, tashqi xotira qurilmasi TXQ, energodispetcherlik punkti EDP bilan aloqa uchun modemlar kiradi. Nim stansiya xodimlari bilan aloqa, tasvirlash va ma’lumotlarni hujjatlashtirish nisbatan kata vaqtni talab etgani sababli bu funksiyalar tizimlar aro “tez” magistral aloqasini yuklamaslik uchun, maxsus “sekin” aloqa tizimiga to‘plangan. Magistrallarda dasturiy beriluvchi ma’lumotlarni uzatish tartibi, ma’lumot turlarining ustunligi bilan aniqlanadi.
Download 373.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling