6- mavzu. O`simlik to`qimalari Darsning maqsadi


Download 158.5 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi158.5 Kb.
#102598
Bog'liq
Avazova Saida Modul texnologiya.




6- Mavzu. O`simlik to`qimalari

1.Darsning maqsadi:

a)ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o'simlik to`qimalari to’g’risida bilimlar berish.

b)tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiat va atrof muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lishga undash, ekologik, iqtisodiy, ilmiy va huquqiy tarbiya berish

c)rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

2.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

3.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
4.Darsda foydalaniladigan texnologiya :Modulli ta'lim texnoligiyasi(o'quvchilar kichik guruhlarda ishlashga mo'ljallangan modul dasturi)

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

2.O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini tyest savol topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.

3.O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash

4.Yangi mavzuni o'rganish ;

a) yangi mavzu bo'yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o'quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;

b) o'quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o'quv topshiriqlarni mustaqil bajarishga yo'lash;

v) har bir o'quv faoliyati elemanti topshiriqlarning to'liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko'rsatmalar berish ;

g) har bir o'quv faoliyati elemanti yakunida savol - javob yoki munozara o'tqazish.
Ushbu darsda o'rganiladigan o'quv materilalini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli 3 qismga ya'ni modulga ajratiladi:

1. Hosil qiluvchi va asosiy to'qima.

2.Qoplovchi va o'tkazuvchi to'qima.

3.Mexanik va ajratuvchi to'qima.
Modul darturining didaktik maqsadi:

Modul dasturi yordamida o'qivchilar bilan guruhlarda va hamkorlikda ishlab o'simlik to' qimasi haqida tushunchaga egb bo'lish, to'qimalarning turlari, bajaradigan vazifasi, o'simlik hayotidagi ahamiyati bilan tanishish. Darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish zarur.

O'quvchilari o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materiallariga oid topshiriqlar :

1-O'FE
Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

1.Hosil qiluvchi to'qima hujayralarning tuzilishi qanday?

2.Asosiy to'qima bajaradigan vazifasiga ko'ra necha xil bo'ladi?

3 . yon hosil qiluvchi to'qima o'simlikning qaysi qismida uchraydi?

4.Asosiy to'qima qanday hujayralardan iborat?
5.O'ZLASHTIRGAN BILIMLARINGIZ ASOSIDA 1-JADVALNI TO'LDIRING

Topshiriqni bajarish bo'yicha ko'rsatma:
O'quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
2-O'FE

Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

1.Qoplovchi to'qima nechaga bo'linadi?

2.Epiderma tashqi tomondan qanday modda bilan qoplangan?

3.Ksilema nima?

4.Floema nima?

5.O'zlashtirgan bilimingiz asosida 1-rasmdan foydalanib ksilema va floema o'rtasidagi farqi aniqlang.
Topshiriqni bajarishibo'yicha ko''rsatma:

O'quvchilar guruhi bilan o'tkaziladigan savol - javobda faol ishtirok eting . O'quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
3-O'FE

Darslikdagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring

1.Mexanik to'qimaning qanday turlari mavjud?

2.Ajratuvchi to'qima hujayralari qanday moddalarni ajratib chiqaradi?

3.Kollenxima qanday vazifani bajaradi? :
Topshiriqni bajarishibo'yicha ko''rsatma:

O'quvchilari guruhi bilan o'tkaziladigan savol - javobda faol ishtirok eting.
Modul dasturni yakunlash.

Modul dasturnining didaktik maqsadini o'qib chiqing.

Siz unga qay darajada erishdingiz?

O'zingizni o'quv faoliyatiningizni 5 balli tizimda baholang.

O'quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo'lsangiz o'simlik to'qimalariga olid klaster tuzing..

Agar o'z o'quv faoliyatingizdan erishilgan natija sizni qanoatlantirmasa, modul dasturi yordamida mavzuni qayta o'rganing.
1-jadval


To'qima nomi

Vazifasi

O'ziga hos xususiyatlari

O'simlikning qaysi qismida uchraydi
























1-rasm





.Yangi mavzuning bayoni:

Asosiy to'qima. Assimilyatsiya to'qimasining eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iborat. Unda organik moddaning asosiy qismi hosil bo'ladi. Asosiy to'qima deyarli bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat. U yashil barglarda, yosh nov- dalarda, ba'zan gul, meva va havo ildizlarida epidermaning ostidagi etli qavatda joylashgan.

Jamg'aruvchi to'qima. O'simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo'lgan yoki tashqaridan qabul qilingan moddalar (oqsil, kraxmal, yog' va boshqalar) to'planadi. Jamg'aruvchi to'qimalar, asosan tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Bularga urug', meva, ildizmeva, tugunak, piyoz va boshqalar kiradi. Bug'doy, suli, arpa, loviya, mosh, no'xatning urug'ida kraxmal va oqsillar mayda, qattiq donachalar shaklida saqlanadi. Lavlagi, sabzi, uzum, qovun, tarvuzning mevasida shakar moddalar erigan holda bo'ladi.

Qoplovchi to'qimalar. Chiqib kelishiga qarab qoplovchi to'qima 3 ga bo'linadi: 1) epiderma; 2) po'kak; 3) po'stloq. Epiderma tirik, bir-biri bilan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan bo'lib, asosan, o'simliklarning barg va yosh novdalarini qoplab turadi. Unda o'simlikni tashqi muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi.



Po'kak to'qima tashqi qavati o'lik hujayralardan iborat bo'lib, uning qobig'iga esa maxsus moddalar (suberin) shimilgan. Shu- ning uchun o'zidan suv va gazlarni o'tkazmaydi. Po'kak turlicha qalinlikda (bir necha sm gacha) bo'ladi. Uning asosiy vazifasi o'simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug'diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlashdan iborat. Po'stloq o'simlikning (daraxtlarning) tana, eski shoxlari va ildizlarini tashqi tomondan o'rab turadi. U po'kakdan tashqari boshqa to'qimalarning o'lik hujayralari qavatini ham o'z ichiga oladi. Odatda, po'stloqning sirti yorilgan va g'adir-budur bo'ladi. O'simlikning turiga va yoshiga qarab po'stloq turlicha qalinlikda bo'ladi va o'simlikni po'kak singari turli tashqi ta'sirlardan hi- moya qiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish _______________________
Foydalanilgan adabiyotlar: 6-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling