6 – sinf Ona tili Mavzu: Fe’llarning yasalishi Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 179.04 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi179.04 Kb.
#104247
Bog'liq
Ona tili o‘qitish metodikasi (1)


6 – sinf Ona tili

Mavzu: Fe’llarning yasalishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

Tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o`quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftixor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: “ Savol - javob”, “O‘rnini top” o‘yini, “Gaplarni davom ettir”, “Guruh bilan ishlash”,

Dars jihozi: darslik, doska, bor, “Ofarin”, “Barakalla”, “Ota-onasiga ming rahmat” “Harakat qil” , “Bugungi darsning eng tirishqoq o‘quvchisi” kartochkalari

Darsning borishi





DARS BOSQICHLARI

BAJARILADIGAN ISH

BOSQICHLARI

AJRATILGAN VAQT

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash, guruhlarga bo‘lib olish, kun tarixi aytiladi

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog’lash

7 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

Eng faol o'quvchini aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O`qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa




  1. Tashkiliy qism.

O‘quvchilar bilan salomlashib sinf davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Kunning muhim voqealari aytib o‘tiladi:

O‘qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.



  1. O‘tilgan mavzuni takrorlash:

187-mashq. O`quvchilar “Konstitutsiya bayramida” mavzusida tuzib kelgan matnlarini o‘qib beradi. Partalar oralab, tekshiraman.

  1. Yangi mavzuni tushuntirish.

BILIB OLING. -la, -a qo‘shimchalari ot, sifat, undov so‘zlardan, -(a)y, -i, -sira, -sa qo‘shimchalari ot va sifatlardan, ba‘zan ravishlardan, -(a)r qo‘shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo‘shimchalari taqlid so‘zlardan fe’l yasaydi. -sira qo‘shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.

O‘rnini top” o‘yini



188-mashq. Gaplarni ko‘chiring, nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, fe’llar hosil qiling va ularning yasalishini izohlang. Guruhlar yozma tarzda javob berishadi.

1. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavq... (-la,-ir,-lan) tiradi, bir-biriga yaqin... (-sa, -lash, -man)tirib, do‘stlikni mustahkam... (-sira, -la, -y)di. (H. Ziyoyev) 2. Goho miriqib gap... (-cha,-ir,-la)shib, o‘y... (-in, -la, -choq)shib olish ham kerak-ku? Xotiralar odamning yuragini toza... (-lik, -gar, -la)ydi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Yuzimga qarab turib «sen... (-la, -sira, -sa)mang» deydi-ya?! (Abdulla Qahhor) 4. U Marg‘ilonga yaqin... (-roq, -lash, -la)ib qolganda kun og‘ib qolgan edi. (Tohir Malik)



Namuna: Yuzimga qarab turib «sensiramang» deydi-ya?!
189-mashq. -la qo‘shimchasi yordamida yasalgan fe’llarni jadvalga joylashtiring, ularning yasalishini izohlang.

Tuzlamoq, dodlamoq, yangilamoq, tezlamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to‘g‘rilamoq, sekinlamoq, ho‘plamoq, qishlamoq. yaxshilamoq, varaqlamoq, to‘g‘rilamoq, sekinlamoq, ho‘plamoq, qishlamoq.



  1. guruh

2- guruh

3- guruh

4- guruh

Otdan yasalgan

fe’llar


Sifatdan yasalgan

fe’llar


Ravishdan yasalgan fe’llar

Undov va taqlid so‘zdan yasalgan fe’llar

Tuzlamoq

yaxshilamoq

sekinlamoq

voyvoylamoq


190-mashq. Quyidagi qo‘shimchalar yordamida har bir guruh alohida fe’llar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzib, yozing: -i, -y, -illa, -lan, -lash, -sira.

Namuna: boy+i, tinch+i. Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash

Gaplarni davom ettiring”

Quyidagi qo‘shimchalar yordamida har bir guruh alohida fe’llar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzib, yozing:

-la, –ira, -a, -(a)r, -(a)y, -(i)k, -(i)q, -ir

Namuna: 1. Bularning ichida bitta kattasi bor ekan. Bizga yaqinlashmadi. 2. Shundan so‘ng Òo‘maris qo‘shin to‘plab, jangga otlandi. 3. Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi. 4. Qizlar o‘zaro sekin suhbatlashib turishardi.
Guruhlarga savol beriladi. O‘quvchilar yozma tarzda javob beradi.

  1. So‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz?

  2. Fe’llar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi?

  3. Taqlid so‘zlardan qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasaladi?

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchini “Bugungi darsning eng tirishqoq o‘quvchisi” naminatsiyasi g`olibi deb e’lon qilaman. Darsda kam ishtirok etgan o‘quvchilarga qo‘shimcha savollar beramiz. O‘quvchilarning baholarini e’lon qilamiz.



Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “Ofarin”, “Barakallo”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o‘quvchisi”, “Ota-onasiga ming rahmat”, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.




192-mashq. Uyga vazifa. Yiltiradi, keltiradi, suvsiradi, kulimsiradi, suvsa, borsa so‘zlarini qismlarga ajrating, fe’l yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarni izohlang, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Download 179.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling