6-Amaliy mashg’ulot. Noallel genlar o‘zaro ta’sirining komplementar tipiga doir masalalar yechish


Download 30.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.03.2022
Hajmi30.22 Kb.
#614992
Bog'liq
6-amaliy Genetika
Управление сис обр тест готов.docx, oila psixologiyasi, мавзу-19, 5-мактаб 5 ташаббус, 5-мактаб 5 ташаббус, 1 topshiriq, 1 topshiriq, 6-1. Maruza , 9-мавзу (2), S. I. Xudoyberdiyev iqtisodiy matematik usullar va, Informatika 8sinf TAQVIM 2021-2022, 16340103757797374, Galstuk-Babochka, dwwd, multimediyaning-asosiy-tushunchalari


6-Amaliy mashg’ulot. Noallel genlar o‘zaro ta’sirining 
komplementar tipiga doir masalalar yechish 
Bu tipda ikkita har xil genning o‘zaro ta’sirida organizmda ota-onada 
kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. 
101-masala. Tovuqlarda toj shaklining gulsimon bo‘lishi A geniga, 
no‘xatsimon bo‘lishi B geniga, yong‘oqsimon bo‘lishi A va B genlarining 
komplementar ta’siriga, bargsimon (oddiy) bo‘lishi esa shu genlarning retsessiv 
gomozigotali (aabb) holatiga bog‘liq. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan tovuqlarning 
o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha fenotipini aniqlang. 
1) AABB; 2) AABb; 3) AaBb; 4) Aabb; 5) aaBb; 6) aabb 
102-masala*. YOng‘oqsimon tojli tovuqlar bargsimon tojli xo‘rozlar bilan 
chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 1/4 qismi yong‘oqsimon tojli, 
1/4 qismi gulsimon tojli, 1/4 qismi no‘xatsimon tojli va 1/4 qismi bargsimon tojli 
bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning hamda jo‘jalarning 
genotipini aniqlang. 
Digeterozigotali yong‘oqsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa, keyingi 
avlodda olingan jo‘jalar toj shakli bo‘yicha qanday fenotiplarga ega bo‘ladi? 
Masalaning echilishi: 
Belgi Gen 
YOng‘oqsimon toj A va B genlarining o‘zaro ta’siri 
Bargsimon (oddiy) toj aabb 
Masalaning shartiga ko‘ra olingan parrandalar to‘rtta fenotipni hosil qiladigan bo‘lsa 
va bargsimon tojli xo‘rozlar bitta gameta hosil qiladigan bo‘lsa, tovuqlar 
digeterozigota bo‘lib, 4 xil gameta hosil qilishlari kerak: 
yong‘oqsimon toj bargsimon (oddiy) toj 
P ♀ AaBb X ♂ aabb 
g AB, Ab, aB, ab ab 
F
1
AaBb - 1/4 yong‘oqsimon toj 
Aabb - 1/4 gulsimon toj 
aaBb - 1/4 no‘xatsimon toj 
aabb - 1/4 bargsimon toj
yong‘oqsimon toj yong‘oqsimon toj 
P ♀ AaBb X ♂ AaBb 
g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab 
F
1
1. AABB - 1 
2. AABb – 2 AˍBˍ 9 yong‘oqsimon toj 
3. AaBB - 2 
4. AaBb - 4


5. AAbb - 1 Aˍbb 3 gulsimon toj 
6. Aabb - 2 
7. aaBB - 1 aaBˍ 3 no‘xatsimon toj
8. aaBb - 2
9. aabb - 1 aabb 1 bargsimon (oddiy) toj
 
103-masala. Gulsimon tojli tovuqlar yong‘oqsimon tojli xo‘roz bilan 
chatishtirildi. Birinchi avlodda 3/8 qism yong‘oqsimon tojli, 3/8 qism gulsimon tojli, 
1/8 qism no‘xatsimon tojli, 1/8 qism oddiy tojli parrandalar olindi. Ota-ona va 
avlodlarning genotipini aniqlang. 
104-masala. Gulsimon va no‘xatsimon tojli parrandalar o‘zaro chatishtirilib, 
keyingi avlodda 6 ta yong‘oqsimon tojli va 5 ta gulsimon tojli jo‘jalar olindi. Ota-
ona genotiplarini aniqlang. 
105-masala*. YOng‘oqsimon tojli tovuqlar gulsimon tojli xo‘rozlar bilan 
chatishtirilib, keyingi avlodda 4 ta bargsimon tojli, 5 ta no‘xatsimon tojli, 13 ta 
gulsimon tojli va 12 ta yong‘oqsimon tojli individlar olindi. Boshlang‘ich ota-ona 
parrandalar va avlodlarning genotipini aniqlang. Olingan natijalarni χ
2
metodi 
yordamida tekshiring. 
Masalaning echilishi: 
Keyingi avlodda har ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali (aabb) parrandaning 
bo‘lishi boshlang‘ich tovuq va xo‘rozlarning genotiplarida bu genlarning retsessiv 
allellari ishtirok etishidan darak beradi. 
yong‘oqsimon toj gulsimon toj 
P ♀ AaBb X ♂ Aabb 
g AB, Ab, aB,ab Ab, ab 
F
1
AABb - yong‘oqsimon toj 
Aabb - gulsimon toj 
AaBb - yong‘oqsimon toj 
Aabb - gulsimon toj 
AaBb - yong‘oqsimon toj
Aabb - gulsimon toj 
aaBb - no‘xatsimon toj 
aabb - bargsimon toj 
yong‘oqsimon tojli parrandalar - 3/8 qism
gulsimon tojli parrandalar - 3/8 qism
no‘xatsimon tojli parrandalar - 1/8 qism
bargsimon tojli parrandalar - 1/8 qism
Olingan natijalarni χ
2
(xi-kvadrat) metodi yordami bilan tekshiramiz:
Material 

YOng‘oqsimon 
Toj 
Gulsimon 
Toj 
No‘xatsimon 
toj 
Bargsimon 
toj 


Olingan faktik 
Son 
34 
12 
13 


Nazariy kutilgan 
son (3:3:1:1) 
nisbatda 
34 
12,75 
12,75 
4,25 
4,25 
Farq (d) 

- 0,75 
+ 0,25 
+ 0,75 
- 0,25 
d
2
0,5625 
0,0625 
0,5625 
0,0625 
d
2
/ q 
0,044 
0,004 
0,132 
0,014 
Σ χ
2
=
d
2
/q
0,194 
P = 0,99 - 0,95 
P ning qiymati 3:3:1:1 nisbatda olingan faktik sonlarning nazariy kutilgan sonlarga 
mos kelishini ko‘rsatadi. 
106-masala*. Drozofila pashshasida ko‘z rangining jigarrang bo‘lishi A
geniga va och qizil bo‘lishi B geniga bog‘liq. Genotipda har ikkala dominant 
genning birga kelishi ko‘z rangining qizil bo‘lishini ta’minlaydi. SHu genlarning 
retsessiv allellari yig‘indisi esa ko‘z rangining oq bo‘lishini belgilaydi. Quyidagi 
genotiplarga ega bo‘lgan pashshalarning fenotipini aniqlang: 
1) AABB; 2) AaBb; 3) Aabb; 4) aaBB; 5) aabb. 
Masalaning echilishi: 
Genotip Fenotip 
1) AABB - qizil ko‘zli; 
2) AaBb - qizil ko‘zli; 
3) Aabb - jigarrang ko‘zli; 
4) aaBB - och qizil ko‘zli; 
5) aabb - oq ko‘zli. 

Download 30.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling