6-amaliy mashg’ulot: To’garak og’izlilarning tuzilishi. Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash Quyidagi savollarga javob bering


Download 24.36 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi24.36 Kb.
#139359
Bog'liq
2 5197522151762036540


019-124 guruh talabasi

Mardonova Nigina.

6-amaliy mashg’ulot: To’garak og’izlilarning tuzilishi.

Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash

Quyidagi savollarga javob bering.

1.Minoga parazitlikka qanday moslashgan?

0 ‘ziga xos so‘ruvchi shox tishli apparati, kuchli rivojlangan muskulli tili, yalang‘och terisi ko'plab shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlarga boyligi bu hayvonlarning yashash sharoitiga moslashganligidan dalolat beradi. Bulardan tashqari differensiallangan nerv nayi, progressiv rivojlangan ayirish sistemasi, bosh skelet qopqog‘i borligi va umurtqa muftaklari borligi to‘garak og‘izlilarni umurtqalilar kenja tipiga tegishli ekanligini bildiradi. Ularning jabralari skeleti panjarasimon yoki savatsimon. Skeleti tog‘ay va biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Hid bilish organi (burun teshigi) toq.



2. Minoganing skeleti qanday tuzilgan?

To‘garak og‘zilarning skeleti tog‘ay va biriktimvchi to'qima pardalardan iborat boiib , uning tarkibida suyak yo‘q. 0‘q skeleti qalin biriktimvchi to‘qima pardasi bilan o ‘ralgan xordadan iborat. Juft mayda tog‘aylar tizmasi xordaning ikki yon devorlari bo‘ylab qator joylashgan.Bu tog‘aylar biriktimvchi to'qima pardasiga botib turadi. Ular orqa miya joylashgan kanalni yon tomonidan chegaralaydi va ustki yoylar deb ataladi. Minoganing ustki yoylari umurtqalar murtagidir. Miksinalarda bunday yoylar bòlmaydi.Bosh skeleti juda sodda va o‘ziga xos tuzilgan bolib , uch bolimdan:miya qutisi, ogizoldi voronkasi, vistseral apparat skeletidan iborat.Miya qutisi bosh miya va sezgi organlarini himoya qiluvchi kapsula hisoblanib, bosh miyani yon atrofidan va qisman ustidan o ‘rab olgan.Miya qutisi kapsulasining tagida asosiy plastinka bor.Asosiy plastinka ikki pallali, serbar keyingi ustki tog‘ay shaklida miya qutisidan oldinga qarab davom etadi. Miya qutisining oldingi qismiga toq hidlov kapsulasi taqalib turadi. Miya qutisi keyingi qismining ikki yonida bir juft eshituv kapsulasi o‘rnashgan. Bular minoga bosh skeletining oxirgi qismini tashkil etadi, chunki to'garak og‘izlilarda bosh skeletning ensa b oiim i butunlay rivojlanmagan.Visseral skeleti jabra qutisidan, jabra qutisining oldiga o‘rnashgan stilsimon tog‘ay va ko‘z osti yoyidan iborat. Stilsimon tog‘ay bilanko‘z osti yoyi shakli o‘zgargan jabra yoylaridir. Jabra qutisi to‘qqizta ingichka ko'ndalang yoylar va ularni biriktirib tumvchi bo'ylama to‘rt juft tog‘aydan, shuningdek, yurakni orqa va yon tomonlaridan o ‘rab olgan yurak oldi tog‘ayidan tuzilgan.Ogiz oldi voronka skeleti faqat to'garak ogizlilar uchun xos. U voronka devorini har tomondan tutib turadigan bir qancha tog‘aylardan iborat. Bulardan eng asosiysi halqa tog'ay va til osti tog'ayidir. To'garak og'izlilarning suzgich qanotlarini qator o'rnashgan ingichka tog‘ay shu’lalar — radialiyalar tutib turadi.



3. Nafas olish organlari qanday tuzilgan?

Boshqa barcha umurtqali hayvonlarnikiga qarama-qarshi òlaroq to ‘garak ogizlilarning jabra xaltalari jabra yoriqlarida taraqqiy etib, endodermadan kelib chiqqan. Jabra xaltalarining ichki yuzasida shilimshiq parda qatlami bo‘lib, ularda juda ko‘p mayda qon tomirlari bor. Minogalarning har bir jabra xaltasi (ular 7juft) mustaqil tashqi teshik bilan tashqariga ochiladi. Jabra xaltasining ichki teshigi nafas nayi bilan tutashgan. Jabra xaltasining orasida keng bo‘shliqlar —jabraoldi sinuslari bo‘lib, bu sinuslaming har qaysisini biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan jabralararo to ‘siqlar ikki kameraga ajratib turadi.Minogalarning nafas olish akti ikki xil: erkin suzib yurgan minogalarda suv og‘iz bo‘shlig‘idan nafas nayiga, so‘ngra jabra xaltachasiga, keyin uning tashqi teshigi bilan tashqariga chiqaradi. Minogalar ovqatlanish uchun o‘ljasiga yopishganida og‘iz orqali suv kira olmaydi, natijada suv jabra xaltachasining tashqi teshigi orqali kirib yana shu teshik orqali tashqariga chiqib ketadi. Har ikkala holda ham suvda erigan kislorod kapillarlardagi qonning pigmentlari bilan qo'shiladi va venoz qondagi karbonat angidrid gazi suvga o‘tib, u orqali tashqariga chiqariladi.



4. Ayirish organlari qanday tuzilgan?

To‘garak og‘izlilarning embrional rivojlanishida dastlab tanasini old tomonida bosh buyraklar deb ataluvchi birlamchi buyraklar (pronefros) shakllanadi. Bunday buyraklarni asosini buyrak naychalari tashkil etadi. Har bir naycha selomga ochiladigan voronkadan boshlanadi. Voronka devoriga malpigi tanachalari deb ataluvchi kapillarlar tomirlari chigali tegib turadi. Dissimilyatsiya mahsulotlari qondan jigar orqali, tana bo‘shlig‘i selomdan esa voronka orqali naychalarga o‘tadi. Barcha naychalari tutashib bitta siydik chiqarish nayini hosil qiladi. Chiqarish nayi anal teshigidan orqaroqda tashqariga ochiladi.Ayrim to‘garak og‘izlilar (Bddlostoma avlodiga kiruvchi miksinalar)da bosh buyraklar umri davomida saqlanib qoladi. Ko‘pchilik to‘garak og‘izlilarning voyaga yetgan davrida bosh buyraklar (pronefros) o ‘rniga birmuncha murakkab tuzilgan tana buyraklar (mezonefros) rivojlanadi. Mezonefroslaming kapillarlar chigali (malpigiy tanachalari) voronka nayi bilan tutashib ketadi va kapillarlar chigali atrofida boumenov kapsulasi hosil bo'lishi tufayli dissimilatsiya mahsulotlarini qondan naychalarga o'tishi yengillashadi. Mezonefrosning naychalari pronefrosga nisbatan uzun va qalinroq kapillarlar to'ri bilan qoplangan.



5. Minoga qanday ko’payadi?

To‘garak og‘izlilar ayrim jinsli. Jinsiy bezlari toq bo‘lib,bitta urug‘don va bitta tuxumdondan iborat. Jinsiy bezlar ko‘payish davrida tana bo‘shlig‘ining ko‘p qismini egallaydi. Jinsiy bezlarining alohida qisqarish yo‘llari bo‘lmaganligi tufayli jinsiy hujayralar yetilganida gonadalar devori yorilib jinsiy hujayralar tana bo‘shlig‘iga tushadi va u yerdan siydik — jinsiy sinus (tana bo‘shlig‘ining chegaralangan qismi) teshigi orqali suvga chiqadi va urug‘lanish suvda sodir bo‘ladi.



7-amaliy mashg’ulot: To’garak og’izlilar sistematikasi.

Topshiriqlarni bajarish

1.To’garak og’izlilar qanday umumiy belgilarga ega?

To‘garak ogizlilar sinfming o‘ziga xos xarakterli xususiyati ularning primitiv tuzilishi va yashash muhitiga moslanish belgilaridir. Ularda skelet sifatida xorda butun umr davomida saqlanib qoladi. Boshqa umurtqalilardan farqli olaroq jagiari va juft suzgich qanotlari yo‘q.To‘garak ogizlilar sinfi vakillari yarim parazit (minogalar) va parazit (miksinalar) holda hayot kechiradi, bu holat ularni tuzilishiga ta’sir ko‘rsatgan. 0‘ziga xos so‘ruvchi shox tishli apparati, kuchli rivojlangan muskulli tili, yalang‘och terisi ko'plab shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlarga boyligi bu hayvonlarning yashash sharoitiga moslashganligidan dalolat beradi. Bulardan tashqari differensiallangan nerv nayi, progressiv rivojlangan ayirish sistemasi, bosh skelet qopqog‘i borligi va umurtqa muftaklari borligi to‘garak og‘izlilarni umurtqalilar kenja tipiga tegishli ekanligini bildiradi. Ularning jabralari skeleti panjarasimon yoki savatsimon. Skeleti tog‘ay va biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Hid bilish organi (burun teshigi) toq. To‘garak ogizlilar tuban tuzilgan eng qadimgi umurtqali hayvonlardan hisoblanadi, ular lansetniklarga o‘xshash bòlgan, lekin aktiv hayot kechirgan hayvonlardan kelib chiqqan. Ular paleozoy erasining devon davri o'rtalarigacha juda keng tarqalgan va ko‘p sonli boigan. Yashash uchun kurash jarayonida to‘garak ogizlilarni ularga nisbatan ancha aktiv hayot kechirgan baliqlar siqib chiqargan. Hozirgi davrda to‘garak ogizlilardan birmuncha passiv,chala parazit hayot kechiruvchi turlarigina. saqlanib qolgan.



2.Daryo minogasining sistematik o’rnini belgilang (lotincha va o’zbekcha):

Tip: Xordalilar — Chordata

Kenja tip: UMURTQALILAR (VERTEBRATA) YOKI BOSHSKELETLILAR (CRANIATA)

Guruh: MURTAK PARDASIZ UMURQALILAR (ANAMNIA)

Bòlim: JAG‘SIZLAR (AGNATHA)

Katta sinf: JAG‘SIZLAR (AGNATA).

Turkum: minogasimonlar (Petromyzoniformes)

Oila: minogalar (Petromyzonidae) .

3. To’garak og’izlilar vakillarining o’zaro o’xshashlik va farq qiluvchi belgilarni ko’rsating:

To‘garak og‘izlilar sinfiga 45 taga yaqin tur kiradi va ular 2 ta kenja sinfga bo‘linadi: minogalar — Petromyzones va miksinalar — Myxini.

Minogalar kenja sinfiga bitta minogasimonlar (Petromyzoniformes) turkumi va bitta minogalar (Petromyzonidae) oilasi kiradi. Bu oilaning 7 ta avlodi va 24 ta turi ma’lum.Minogalarda miksinalarga nisbatan parazitlik qilib hayot kechirish ancha kuchsiz rivojlangan, ya’ni ular chala parazitlar hisoblanadi. Minogalar baliqlarga yopishib ulaming qonini so‘radi va go‘shti bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ba’zan baliq ikralarini ham yeb qo'yadi, oshqozonidan suv o‘tlari ham topilgan. Minogalarning halqumi 2 ta nayga bo‘lingan, yuqorigisi qizilo‘ngach vazifasini, pastkisi esa nafas nayi vazifasini bajarib, ichki jabra teshiklariga ochiladi. Jabra teshiklari 7 juft. Minogalar qo‘sh qavat orqa suzgich qanotini, birmuncha yaxshi takomil etgan ko‘zlari bilan eshituv organlarini, og‘izoldi va jabra apparatining yaxshi rivojlangan skeletini va to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga ochiladigan jabra teshiklarini saqlab qolgan. Minogalar miksinalardan farq qilib ularning rivojlanishi metamorfozli, ya’ni o ‘zgarish bilan boradi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi —qumteshar deyiladi. Lichinkalari voyaga yetganlaridan farq qiladi.Minoga lichinkalarining og‘zi voronkasimon bo‘lmay, balki tirqishli yorig‘i bor. Halqumi qizilo'ngach va nafas olish naylariga ajralmagan. Ularning hayot kechirishi lansetniklarnikiga o ‘xshash, daryoda yashab ko‘p vaqtini suv ostida qumga ko‘milib hayot kechiradi .Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda 4—5 yil kerak bo'ladi. Ular yer shari suvliklarida keng tarqalgan. Ko'pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Minogalar ichida daryolarda yashaydigan turlari va oraliq turlari, ya’ni dengizlarda yashab, urchish uchun daryolarga o ‘tadigan turlari ham bor.

4. To’garak og’izlilar vakillarining o’zbekcha nomlarini yozing:

Lampetra planeri – Soy minogasi.

Petremyzon marinus – dengiz minogasi

Caspiomyzon wagneri – Kaspiy minogasi.

Myxine glutinosa – oddiy miksina.

Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash

Quyidagi savollarga javob bering.

1.Qadimgi qalqondorlar qachon va nima uchun qirilib ketgan?

Hozirgi boshskeletlilar kenja tipining orasida eng sodda va tuban tuzilgani to‘garak og'izlilar sinfi vakillari hisoblanadi. Bu sinf vakillari umurtqalilarning filogeniyasini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Afsuski, paleontologiya dalillari umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi haqidagi savolga bevosita javob bera olmaydi. Chunki hozirgi vaqtda yashab turgan to‘garak og‘izlilarning bevosita ajdodlari qazilma holda topilmagan. Lekin silur davrining boshlarida primitiv boshskeletsiz-lardan, jag'siz umurtqalilar ajralib chiqqan.Umurtqalilar eng qadimgi ajdodlarining topilmalari silur va devon davriga to ‘g‘ri keladi. Bu qatlamlardan qalqondorlar (Ostracodermi) deb ataluvchi baliqsimon g‘alati hayvonlar topilgan. Tanasini qoplab turgan qalin va yirik suyak kosasi, ya’ni qalqoniga qarab ularga shunday nom berilgan. Qalqondorlarda ham xuddi to‘garak og‘izlilarga o'xshab bitta, toq burun teshigi, ichki qulog‘ida ikkita yarim doira nay, miya qutisi bilan qo‘shilib ketgan jabra skeleti, endoderma-dan hosil bo‘lgan jabra xaltachalari bo‘lib, jag‘lari va juft suzgich qanotlari bo‘lmagan. Bu belgilarning hammasi qalqondorlarni hozirgi to'garak og‘izlilar bilan birga jag‘sizlar (Agnatha) bo'limiga kiritishga shubha qoldirmaydi.



2. To’garak og’izlilarning hozirgi vaqtga qadar saqlanib kelayotganligining sababi nimada?

Skandinaviyalik olim Stenshio va paleontolog olimi D.V. Obmchevni olib borgan tekshirishlari natijasida qazilma jag‘sizlar batafsil o‘rganilgan.Cephalaspis va unga yaqin qalqondorlarning tuzilishi to‘liq tiklangan.Ularning gavdasi yapaloq, og‘zi boshining pastki tomonida joylashgan bo‘lib, xuddi to‘garak og‘izlilarnikiga o‘xshash so‘ruvchi tipda bo‘lgan va ko‘zlari tepaga qaragan. Plankton va detritlar bilan oziqlangan. Shu belgilariga qarab, ular. Shuning bilan bir qatorda Cephalaspis boshining orqa tomonida tangachalar bilan qoplangan bir juft kurak bo‘lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu kuraklarni murtak holdagi ko'krak suzgich qanoti,deb faraz qiladilar. D.V. Obruchevning eng yangi dalillariga ko‘ra, qalqondorlar ikkita mustaqil sinfni tashkil etadi. Birinchisi — Pteraspidomorpha sinfiga eng qadimgi va sodda tuzilgan Telodontlar (Thelodontia) hamda har xil Qalqondorlar (Heterostraca) kiradi.Ikkinchi — Cephalaspidomorphi sinfiga keng tarqalgan Suyakqalqonlilar (Osteostraca) kiradi. Cephalaspis va sodda, erkin suzib yuradigan Qalqonsizlar (Anaspida) ham shu sinfga kiradi. Hozirgi yashab turgan to‘garak og‘izlilar bironta eng sodda tuzilgan qalqonsizlardan ajralib chiqqan yon shoxcha bo‘lishi kerak degan xulosaga kelinadi.Qalqondorlar devon davrida keng tarqalgan, keyinchalik esa qirilib ketgan va ularning o ‘rnini baliqlar ishg‘ol etgan. To‘garak og‘izlilar esa baliqlarda chala yoki to‘liq parazitlik qilishi tufayli hozirgacha yashab kelmoqda.



3. To’garak og’izlilar vakillari asosan qaerlarda tarqalgan?

Daryo minogasi boltiq dengizi va Shimoliy dengiz havzalarida yashaydi. Ular Yevropa dengizlarida, Osiyo va Amerikaning shimoliy dengizlarida ko‘p uchraydi, asosan daryolarda ko‘payadi. Neva minogasi urchish, ya’ni ikra tashlash uchun dengizdan daryoga o‘tadi. Neva minogasi Fin ko‘rfazidan yiliga 2 marta, bahorda va kuzda Neva daryosiga o‘tadi. Ular yozda ikra tashlaydi. Kuzda daryoga kirgan Neva minogalari bu yerda qishlab qoladi. Urg‘ochi minogalar bir yo‘la 10 minglab ikra tashlaydi. Ikra tashlagandan keyin barcha erkak va urg‘ochi minogalar halok bo‘ladi, ya’ni bu minogalar hayoti davomida bir marta tuxum qo‘yadi.Daryo minogasining (Lampetra fluviatilis) uzunligi 40 sm. Ikra tashlash paytida daryo minogalari oziqlanmaydi va natijada ichagi qisqara boshlaydi.Soy minogasi (Lampetra planeri)ning uzunligi 16—30 sm atrofida bo‘ladi. Ular, asosan Yevropa daryolarida yashaydi, dengizlarda uchramaydi, may oyida ikra tashlab, so‘ngra halok bo'ladi.



4. Qumtesharning voyaga yetish davri nima uchun uzoq davom etadi?

Dengiz minogalari mart-aprel oylarida Volga daryosiga o‘tadi. Boltiq dengizidan esa ular may oyining oxirlarida tuxum qo'yish uchun daryolarga o ‘tadi. Odatda, erkak minogalar urg‘ochilarining tuxum qo‘yishi uchun joy tayyorlaydi. Uya tayyor bo‘lgach urg‘ochilari og'iz voronkasi bilan uya ostidagi birorta substratga yopishib tuxum qo‘yadi. Ba’zanminogalar bir joyga tom‘dala hib, bir uyaga 40000 dan ortiq tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yib bo‘lgach ular odatda halok bo‘ladi. Tuxumdan qumteshar degan lichinka chiqadi. Ozuqa yetishmaganda minoga lichinkalari o‘z joyini bir necha marta o ‘zgartiradi. Yosh minogalar daryoda 6 yil yashaydi so'ngra dengizga qaytadi. Daryodan dengizga o‘tish davrida oziqlanmagan och minogalar seld, losos, treska kabi baliqlarning biqiniga yopishib, tangachalarini teshadi va bu baliqlarning qonini so‘radi. Ozuqasi ko‘p bo‘lsa minogalar tez o ‘sib, bir yilda ularning uzunligi 0,5 m gacha va og‘irligi 200 g gacha yetadi.



5. To’garak og’izlilar qanday ahamiyatga ega?

Ular ozig‘i, asosan baliqlar hisoblanadi. Bdellostomalar Hind va Tinch okeanlarida tarqalgan, baliqchilik xo‘jaligiga katta ziyon yetkazadi. Miksinalar, ayniqsa, to‘rga tushgan baliqlarni yeb baliq oviga katta zarar yetkazadi. Bitta treska balig'ining ichida 123 ta miksinalar parazitlik qilishligi fanga ma’lum. Miksinalarning sanoatda deyarli ahamiyati yo‘q. Ayrim turlari inson tomonidan iste’mol qilinadi. Ammo miksinalar to'rga tushgan baliqlarda parazitlik qilib katta zarar yetkazadi. Ular dengizlarda 20 m dan 500 m gacha, ba’zilari hatto 1000 m gacha bo'lgan chuqurliklarda yashaydi.
Download 24.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling