6. Ideal gaz aralashmalarining xossalari


Download 52.34 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi52.34 Kb.
#1276769
  1   2   3
Bog'liq
1111111111111111 ko\'chirish oq


6. Ideal gaz aralashmalari
Gaz aralashmalarining xossalari. Amaliyotda, masalan ichki yonuv dvigatellarini, qozon qurilmalarini va x.k.larni hisoblashlarda hamda ko‘p texnologik jarayonlarda ishchi jism sifatida sof holdagi bir atomli gazlar emas, gaz aralashmalari qo‘llaniladi.
Ko‘p hollarda ishchi jism sifatida bir biri bilan o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan gaz aralashmalari ishlatiladi. Issiqlik texnikasida bular asosan atmosfera havosi, tabiiy gazlardir.
Boyl-Mariott va Gey-Lyussak qonunlarini gaz aralashmalariga ham tadbiq etish mumkin. SHuning uchun gaz aralashmalari uchun holat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin, pVap = map Rap T.
Bu erda, r - aralashmaning umumiy bosimi;
Vap - aralashmaning hajmi;
Rap - aralashmaning gaz doimiysi;
Gap - aralashmaning massasi.
Gaz aralashmalarining asosiy xususiyatlarini Dalton qonuni yaxshi ifodalaydi. Bu qonunga muvofiq, aralashmadagi har bir gaz idishda boshqa gazlar yo‘q holdagidek tutadi va o‘zining bosim ulushini (parsial bosimini) hosil qiladi.
SHunday qilib, aralashma tarkibidagi har bir gaz uchun uning parsial bosim bog‘liq holda holat tenglamasini yozish mumkin:
ri Vap = mi Ri T (1.35)
bu erda, Vap - aralashmaning egallagan hajmi;
ri - alohida olingan gazning parsial bosimi;
mi va Ri - mos holda alohida olingan gazning massasi va gaz doimiysi.
Dalton qonuniga binoan, aralashmaning bosimi (r) alohida olingan gazlarning parsial bosimlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
(1.36)
bu erda, r1, r2, …rn - aloxida olingan gazlarning parsial bosimlari.

Download 52.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling