6-laboratoriya ishi D100 turidagi dizel boshqarish mexanizmini rostlash Ishdan maqsad
Download 122.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-laboratoriya ishi D100 turidagi dizel boshqarish mexanizmini rostlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
6-laboratoriya ishi D100 turidagi dizel boshqarish mexanizmini rostlash Ishdan maqsad: D100 turidagi dizellarini boshqarish mexanizmini rostlash ko’nikmalariga ega bo’lish. Texnologik jihozlar Laboratoriya ishini bajarishda A77-03 (13.1-rasm) turidagi stend va yonilg’i nasosi plunjeri salt yo’lini o’lchash uchun PR722-02 asbobi qo’llaniladi. Ishni bajarish tartibi Dizellarning ishonchli va tejamkor ishlashi nasoslarning ishiga bog’liq. Teplovozlarni ta’mirlash qoidalariga muvofiq har bir yonilg’i nasosi ishini stendda tekshirish JT-3 joriy ta’mir davrida va zavod sharoitida ta’mirlashda amalga oshiriladi. JT-1 va JT-3 joriy ta’mirlarida chap qator va beshta o’ng yonilg’i nasoslarini ishga tushirish mexanizmi ishi, boshqaruv tortqilari va yetaklovchilari holati tekshiriladi. Joriy va zavod sharoitidagi ta’mirlarda detallar holatini ko’rikdan o’tkazish, ishdan to’xtatish avtomati va richag tizimini ta’mirlash uchun boshqaruv mexanizmi qismlarga ajratiladi. Boshqarish uzellarini ta’mirlashda yedirilishga ega detallar, podshipniklar almashtiriladi, boshqaruv mexanizmi barcha birikmalaridagi tirqishlar minimal bo’lishi ta’minlanadi. Tortqilardan biri mahkamalanib, indikator yordamida umumiy tirqish tekshiriladi, u 0,5 mm dan ortiq bo’lmasligi kerak. Yig’ilgan richag tizimi ulangan reykalar bilan 5 kg yuk ta’sirida blok devorlari yoki yon tomonlarda joylashgan detallar yoki trubalarga tegmasdan, bir maromda siljishi lozim. Richag tizimini bir maromli siljishi va umumiy tirqish indikator va barcha rejimli servomotor shtogi ulangan joyga beriladigan yuk ta’siri bilan tekshiriladi. Yetaklovchi barmog’i yetaklovchi vtulkaga erkin joylashishi, yetaklovchi vtulka esa o’z o’qi atrofida erkin aylana olishi lozim. Yetaklovchi barmog’ini reyka bilan erkin siljishi yonilg’i nasoslari o’rnini almashtirish yo’li bilan rostlanadi. Yetaklovchi barmog’i chiqishini o’zgartiruvchi gayka yordamida (6.1-rasm) yetaklovchilar barmoqlari va yetaklovchi vtulka qirralari orasidagi tirqish 1-2 mm oralig’ida o’rnatiladi. Yonilg’i kelishini to’xtatish avtomati prujinaning bo’sh holatida shunday o’rnatiladiki, bunda sferik richagning Yu vertikal holatidagi o’qi rostlovchi bolt V o’qi bilan moslashuvini ta’minlashi lozim. O’qlarning mos kelmasligi 1,5 mm dan ortiq bo’lmasligiga ruhsat etiladi. Yonilg’i kelishini to’xtatish avtomati holati uni blokka nisbatan siljishi va korpus flanetslari va blok orasidagi qistirmalar yordamida rostlanadi. 6.1-rasm.Yonilg’i nasoslari reykalarini D100 dizeli boshqarish tortqilari yetaklovchilari bilan ilashishini rostlash 1 – yetaklovchi vtulka; 2 – strelka; 3 – nasos korpusi; 4 – reyka yetaklovchisi 5 – gayka 6.2-rasm. O’chirish avtomati va D100 dizeli chegaraviy rostlagichi qurilmasi 1,2 – gaykalar; 3 – avtomat qulfi; 4 – porshen; 5 – moslama; 6 – maksimal uzatishni cheklash tirgagi vinti; 7 – tortqi; 8 – qistirma; 9 – kronshteynlar Boshqaruv mexanizmini rostlash uni qoniqarsiz ishlashida yoki ta’mirdan so’ng ayrim bo’g’inlar almashtirilganda amalga oshiriladi. Bunda yonilg’i kelishini to’xtatish avtomati porsheni 4 uning xalqasimon iziga qulf tishi 3 kiruvchi holatga keltiriladi va richag 10 moslama 5 yordamida shunday o’rnatiladiki, unda K va S tirqishlari orasidagi masofa 55,5 ± 0,5 mm (2D100 dizeli uchun) va 57-0,5 mm (10D100 dizeli uchun) bo’lishi kerak. Boshqaruv tortqilari yetaklovchilari barmoqlari yonilg’i nasoslari reykalaridan ajratiladi. Boshqaruv richagi 1 (13.3-rasmga qaralsin) tirgak tortqining prujinasi 2 siqilishi boshlangunga qadar yuqoriga ko’tariladi va shu holatda mahkamlanadi. Birinchi o’ng yoqilg’i nasosi reykasi yetaklovchi bilan biriktiriladi. Kormislo elkasi chekkasiga buralgan C rostlash bolti bilan boshqaruv tortqisi yetaklovchi vtulkaning nasos tomonda joylashgan flanetsi tekisligi bilan nasos korpusining ikkinchi tomoni tekisligi orasidagi masofa 52±0,3 mm bo’lgan holatga o’rnatiladi. So’ng rostlash bolti bilan o’ng nasos reykasi uchinchi riska (chap tomondan) nasosda belgilangan strelkaga mos kelgunga qadar suriladi, keyin R richag holatini o’rnatuvchi moslama 5 yordamida uzish avtomati 3 qulfi yechiladi va tushiriladi va rostlash gaykasi 2 yordamida tortqilar uchinchi riska (chap tomondan) nasosda belgilangan strelkaga mos holatda o’rnatiladi. Shu holatda 1,2 gaykalar mahkamlanadi va yoqilg’i nasoslarining barcha reykalari boshqaruv tortqilari yetaklovchilari bilan biriktiradi va mahkamlaydi. Gayka 2 bilan rostlashda boshqaruv richagi tirgak tortqi prujinasi 2 siqila boshlaydigan xolatga mos bo’lgan kattalikda ko’tarilgan bo’lishi zarur. Aks xolda uzish avtomati mexanizmini o’rnatish qiyinlashadi. Boshqarish mexanizmini dizelni to’liq quvvatini ta’minlovchi yonilg’i uzatilishi bo’yicha rostlash quyidagicha bajariladi. Yonilg’ini maksimal uzatilishini cheklovchi tirgak vinti shunday holatda o’rnatiladiki, bunda o’ng tomondagi birinchi yonilhi nasosi tirgagi reykasi korpusga tiralishi kerak (13.2-rasm). Qolgan silindrlarning yonilg’i nasoslari reykalari nasoslar korpusiga tiraladi, etaklovchtlar ilashmalari esa ularning barmoqlari reykalar bilan ilashgan xolda, yuqorida o’ng tomondagi birinchi nasos uchun keltirilgani kabi rostlanadi. So’ng barcha rejimli rostlagich dizelga o’rnatiladi. R richagini K va S tirqishlari orasidagi masofa 55,5 ± 0,5 mm (2D100 dizeli uchun) va 57-0,5 mm (10D100 dizeli uchun) bo’lgan holatga moslama 5 yordamida qaytadan o’rnatiladi va tirgak tortqi 3 yordamida boshqauv rostlagichi richagi 1 holati C rostlash bolti uchi yoqilg’ini to’xtatish richagi R ning sferik tirgagiga tegadigan qilib rostlanadi. Richag tizimi tirqish kattaligiga siljitilganda, tirgak tortqi prujinasi siqilmagan holatda, boshqaruv rostlagichi richagini servomotor shtoki bilan biriktiruvchi barmoq erkin harakatlana olishi kerak. Shundan so’ng moslama yechiladi va uzish avtomati qulfga o’rnatiladi. 6.3-rasm. D100 dizeli boshqarish mexanizmi 1 – boshqarish dastagi; 2 – tortqi prujinasi; 3 – stopor tortqisi; 4 – barmoq Download 122.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling