6-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Bir o'lchovli statik matritsalar. Reja


Download 30.34 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2021
Hajmi30.34 Kb.
#179598
  1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza


6-Ma’ruza mashg’uloti.

Mavzu: Bir o'lchovli statik matritsalar.

Reja:

  1. Berilganlar massivi (matritsa) tushunchasi

  2. Bir o’lchovli static massivlar.


Tayanch tushunchalar: massiv, statik, vector, elemen turi, tayanch tur, indekisli o’zgaruvchi, to’liq o’zgaruvchi, element selektori.

Berilganlar massivi tushunchasi

Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.



Odatda massivlarga zarurat, katta hajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash masalasi qо‘yilgan. Unda guruhning о‘rtacha reytingini aniqlash, reytinglarni kamayishi bо‘yicha tartiblash, konkret talabaning reytingi haqida ma’lumot berish va boshqa masala ostilarini yechish zarur bо‘lsin. Qayd etilgan masalalarni yechish uchun berilganlarning (reytinglarning) tartib-langan ketma-ketligi zarur bо‘ladi. Bu yerda tartiblanganlik ma’nosi shundaki, ketma-ketlikning har bir qiymati о‘z о‘rniga ega bо‘ladi (birinchi talabaning reytingi massivda birinchi о‘rinda, ikkinchi talabaniki - ikkinchi о‘rinda va hakoza). Berilganlar ketma-ket-ligini ikki xil usulda hosil qilish mumkin. Birinchi yо‘l - har bir reyting uchun alohida о‘zgaruvchi aniqlash: Reyting1,…,ReytingN. Lekin, guruhdagi talabalar soni yetarlicha katta bо‘lganda, bu о‘zgaruv-chilar qatnashgan programmani tuzish katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi yо‘l - berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni, shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan о‘rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir. Reytinglar ketma-ketligini Reyting deb nomlab, undagi qiymatlariga Reyting1,…,ReytingN kо‘rinishida murojaat qilish mumkin. Odatda berilganlarning bunday kо‘rinishiga massivlar deyiladi. Massivlarni matematikadagi sonlar vektoriga о‘xshatish mumkin, chunki vektor ham о‘zining individual nomiga ega va u fiksirlangan miqdordagi bir turdagi qiymatlardan - sonlardan iboratdir.

Demak, massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlar-ning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bо‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. Yuqoridagi keltirilgan misolda Reyting - haqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.

Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv о‘zining individual nomiga ega bо‘lishi kerak. Bu nomni tо‘liq оzgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning о‘zi bо‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni kо‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintaksisi:

[]

Bu kо‘rinishga xususiy оzgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati mas-sivning alohida elementidir. Bizning misolda Reyting massivining alohida komponentalariga Reyting[1],…,Reyting[N] xususiy о‘zgaruv-chilar orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu о‘zgaruvchilar indeksli о‘zgaruvchilar deyiladi.

Massiv indeksi sifatida butun son qо‘llaniladi. Umuman olganda indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qiymati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida о‘zgaruvchi ham olinishi mumkinki, о‘zgaruvchining qiymati о‘zgarishi bilan muro-jaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham о‘zgaradi. Shunday qilib, programmadagi bitta indeksli о‘zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin bо‘ladi. Masalan, Reyting[I] о‘zgaruvchisi orqali I о‘zgaruvchining qiymatiga bog‘liq ravishda Reyting massivining ixtiyoriy elementiga murojaat qilish mavjud.

Haqiqiy turdagi (float, double) qiymatlar tо‘plami cheksiz bо‘lganligi sababli ular indeks sifatida ishlatilmaydi.

C++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bittaga kam bо‘ladi.

Massiv e’loni quyidagicha bо‘ladi:



[]={boshlang‘ich qiymatlar}. Bu yerda - о‘zgarmas ifoda. Misollar:


Download 30.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling