6-Maruza. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar Xom ash’Yosiga ishlov berish va qoliplash


Download 48.03 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2022
Hajmi48.03 Kb.
#531362
  1   2   3
Bog'liq
6mariza
Mavzu Qadimgi S-WPS Office, 2 52377514010266860014, 2 52377514010266860014, ABDIVALIEVA SHKHZODA, DIQQAT, DIQQAT, pto, pto, Akademik yozuv t1, Akademik yozuv t1, Calculus 3-maruza 06.05.20, Foydalanilgan Adabiyotlar, Foydalanilgan Adabiyotlar, Foydalanilgan Adabiyotlar, Foydalanilgan Adabiyotlar

6-Maruza. Silikat va qiyin erIYDIGAN nometall materiallar Xom ash’Yosiga ishlov berish va qoliplash.
Maruza rejasi.
1. Xom ash’yoni maydalash.
2. Xom ash’yoni saralash.
3. Xom ash’yoni dozalash va ta’minlash.

1. Xom ash’yoni maydalash.
Hom ash’yo materiallarini maydalash uch etapli jarayondir:
1.Dag‘al maydalash. Bu etapda strukturadagi defektlar, katta va kichik g‘ovaklar ochiladi va bo‘laklar yanada kup sonli bo‘lakchalarga ajraladi;
2.O‘rtacha maydalash. Bu etapda kristallarning maydalanishi ro‘y beradi va materialning maydalanishga qarshiligi keskin ortadi;
3.Nafis maydalash. Bu etapda ayrim- ayrim kristallar yanada maydaroq kristalchalarga ajraladi, jarayon qiyin kechadi va yopishish-agregatlash hodisalari namoyon bo‘ladi.
Silikat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xom ash’yoni maydalash turli maydalash - un tortish mashinalarida amalga oshiriladi. Bu mashinalarda may dalash jarayoni modda bo‘laklarini ezish, urish, ishqalash, yorish, uzish, portlash protsesslari orqali ro‘y beradi .
Ushbu protsess turi odatda moddalarning fizikaviy hossalari, modda bo‘lakchalarining o‘lchami va belgilangan maydalash darajasiga qarab tanlaniladi.
Masalan,gilning hajm ogirligi 1700-2000 kgm3 va siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi 0,2-0,6 MPa; ohaktoshning xajm og‘irligi 2630-3100 kgm3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40-380 MPa; kvarsning xajm og‘irligi 2640 kgm3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80-145 MPa; shamotning hajm og‘irligi 1700-2100 kgm3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa atrofida bo‘ladi. Xom ash’yoning ko‘rinib turgan fizikaviy xossalaridagi farkqa qarab moddalarning maydalanishga moyilligi tuyish qobiliyati koeffitsenti orqali aniqlanadi.Tuyish qobiliyati koeffitsenti ma’lum darajada maydalangan etalon va tekshirilayotgan moddalarning maydalashga ketgan solishtirma energiya miqdorlari nisbatini anglatadi va xom ash’yo turlari uchun quyidagi raqamlar bilan xarakterlanadi:
Gil 1,5-2
Ohaktosh 0,8-1,1
Kvars 0,6-0,7
Klinker 1
Dala shpati 0,8-0,9
Magnezit 0,7-1
Tosh ko‘mir 0,7-1,3
Maydalanayotgan modda bo‘lakchalarining boshlang‘ich o‘lchami ham ularni karerdan qazib olish va tashish hamda namligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Bulakchalar ko‘rinishini shartli sharsimon shaklda deb olsak, ularning diametri quyidagicha topiladi:
Durtacha yoki Durtacha
Aksariyatda bu razmerning boshlong‘ich xolati 1000-250 mm ga teng bo‘lib, tuyilganidan keyingi xolati esa 0,001 mm va undan ham kichik bo‘lishi mumkin (16-jadval).
Modda bo‘lakchalarining boshlang‘ich o‘rtacha o‘lchami (Durtacha) maydalanganidan keyingi o‘rtacha o‘lchamiga (durtacha) nisbati materialni maydalanish darajasi deb ataladi va u i harfi bilan belgilanadi.
i = (Durtacha) / (durtacha)
Materiallarni maydalanish darajasi i maydalash mashinalari uchun 4-30 ga, un tortish mashinalari uchun 300 gacha, ba’zi bir vaqtlarda esa bir necha minggacha bo‘lishi mumkin.
Qattiq xom ash’yo jinslarini maydalash valikli maydalangich, chopqir maydalagich (tegirmon toshi va umuman bitta yoki ikkita tosh-aylanuvchi katokdan iborat va yanchish uchun xizmat qiladigan mashina), bolg‘achali, jag‘li, konusli, rotorli ( zarbiy ) maydalovchi mashinalar, strugach ( yumshoqroq xom ash’yoni qorish yo‘li bilan maydalovchi mashina) va tonraspler (setka yuzasiga ishqalanish orqali amalga oshiriladi.
Kuyida ba’zibir maydalagichlar tuzilishi va ishlash prinsipiga oid ma’lumotlar keltiriladi. Jag‘li maydalagich tuzilishi oddiy, unumdorligi yukori, narxi arzon, ekspluatatsiyasi oson bulgan agregatdir. Ularda uch turdagi maydalashni amalga oshirish mumkin: dag‘al yoki yirik maydalash, unda xom ash’yo 200-250 mm gacha maydalanadi; o‘rtacha maydalash, maydalangan bo‘lakchalar o‘lchami 20-100 mm ga boradi; kichik maydalash, maydalagichdan chiqqan donalar o‘lchami 3-20 mm gacha boradi. Jag‘li maydalagichlar sanoat sharoitida ko‘proq birlamchi va bo‘laklarni o‘rtacha maydalash uchun qo‘llaniladi. Jag‘li maydalagichlarda harakatlanmaydigan va harakatlanuvchi yuzalar o‘rtasida material bo‘laklari ezish natijasida maydalanadi. Maydalangan material maydalagichdan avtomatik ravishda qo‘zg‘aluvchi jag‘ning quzg‘almas jag‘dan uzoqlashishi natijasida chiqariladi. Jag‘li maydalagichlar xarakatlanuvchan jag‘ning harakatlanishiga ko‘ra – oddiy va murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlarga ajraladi. o‘lchamini 150x100 mm to 2100x1500 mm gacha qilib chiqaradi. Material donalarining chiqish teshigi 25 mm dan 300 mm gacha bo‘ladi
Konussimon maydalagichlar ham sanoatda keng qo‘llanadi. Unumdorligi soatiga 45 t dan 1500 t gacha to‘g‘ri keladi. Maydalagichga kiritiladigan bo‘lakchalar o‘lchami 300 mm dan 1500 mm gacha, chiqayotganlari esa 3-220 mm oralig‘ida bo‘ladi.Yuqoridagilarga asoslanib, ularni qattiq va o‘rtacha qattiqlikdagi toshsimon materiallarni dag‘al (kiritilayotgan bo‘lakchalar o‘lchami 30-150sm), o‘rta (kiritilayotgan bo‘lakchalar o‘lchami 7,5-35sm) va mayda maydalash (kiritilayotgan bo‘lakchalar o‘lchami 3-7,5sm) uchun ishlatiladi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Konusli maydalagichlarda maydalash yotiq tekislik bo‘yicha ekssentrik yoki ilgarilanma harakatlanuvchi ikki qo‘zg‘aluvchi va qo‘zgalmas konuslar orasida ezish va egish orqali amalga oshiriladi.Konusli maydalagichning ishlash moxiyati jag‘li maydalagichlarnikiga juda o‘xshash deb hisoblash mumkin.Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlarning bir qator afzalliklari mavjud: 1 t maydalanuvchi materialga sarflanadigan energiya sarfining kamligi, yuqori unumdorlik, ortiqcha shovqinning yo‘qligi va jarayonni o‘zluksizligi va hokazo. Konusli maydalagichlarning kamchiligi: nisbatan murakkab tuzilganligi va uning qimmatligi, ta’mirlashning qimmatga tushishi va qovushqoq materiallarni maydalashga moslashmaganligi.
Valli maydalagichlar. Ular uch prinsip asosida klassifikatsiyalanadi: birinchisi-bajaradigan ishiga, ikkinchisi-vallar ishchi yuzasining shakliga va nihoyat uchinchisi –konstruktiv yasalishiga qarab bir-biridan ajratish mumkin.Valli maydalagichlar tog‘ jinslari va boshqa turli qattiqlikdagi materiallarni mayin, mayda, o‘rtacha va yirik maydalash, materiallarni briketlash, tuproqni tarkibidagi toshsimon qo‘shimchalardan tozalash maqsadlarida ishlatiladi. Valli maydalagichlarda materiallar o‘lchamini kamaytirish ezish, qisman ishqalash, zarb yoki bir-biriga tomon aylanayotgan silliq, tishli yoki ariqcha yuzali ikkita valdan foydalanilgan xolda amalga oshadi.Valli maydalagichlarning afzalliklari:uskunaning soddaligi, ishlatishdagi ishonchlilik, katta bulmagan energiya sarfi.Kamchiliklari: silliq yuzali vallar bilan nisbatan katta bo‘lmagan material bo‘laklarini maydalash, ishlab chiqarish samaradorligini katta emasligi, tebranishlar hosil kilish va ularning samaradorligi tushib ketmasligi uchun to‘xtovsiz ravishda bir maromda xarakatlantirish zaruriyati. Vali maydalagichlar bir-, ikki-, uch- va to‘rt valli qilib yasaladi, amaliyotda esa asosan ikki vallisi ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday maydalagichlar giltuprok va lyosslarni dastlabki maydalash, qattiq va mo‘rt moddalarni ikkilamchi (o‘rtacha va mayda) maydalash uchun ishlatiladi. Temir moddalari ta’sirida vallar sinib ketmasligi uchun ikki valli maydalagichning bir vali harakatlanmaydigan, ikkinchisi esa aylanuvchan etib tayyorlanadi.
Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda quruq va nam gillar pichoqli loykeskich yoki strugach nomli qirish mashinalarida eni 50 mm va qalinligi 1-5 mm bo‘lgan qirindilar holida olish uchun ishlatiladi. Ulardan tarkibida qattiq qo‘shilmasi bo‘lmagan tuproq simon materiallarni dastlabki maydalash va ta’minlash uchun keng foydalaniladi. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish sanoati korxonalarida ular tuproqni quritish moslamasiga yuborishdan avval qo‘llaniladi. Taroshlog‘ich (strugach) lar yotiq va tik o‘rnatilgan kesuvchi diskli bo‘ladi. Korxonalarda ko‘proq diski gorizontal o‘rnatilgan strugachlar ishlatiladi. Taroshlog‘ichlar 300 ostida o‘rnatilgan pichoqlari bo‘lgan diskdan iborat. Disk o‘qga erkin harakatlanadigan qilib o‘rnatilgan va u tayanchlarga mahkamlangan bo‘ladi. Tishli g‘ildirakcha elekt-rodvigateldan ponasimon tasmali uzatma yoki reduktor yordamida aylantiriladi. Likopcha ostiga xarakatsiz qilib kurakcha-qorg‘ich o‘rnatilgan bo‘lib, u kojuxda xom ashyoni o‘tkazish uchun qo‘yilgan darchaga yo‘naltiriladi.Kojux halkaga qotirilgan va u tushuruvchi likopchani qamrab olgan. Pichoqli loykeskichlarning kesuvchi disklarining diametri 1,1m dan 2m gacha,pichoklar soni 16 tadan 36 tagacha, eni 0,05m dan 0,06m gacha yetadi. Diskning aylanish soni 1 sek da 0,7 dan 0,2 gacha bo‘lib, ishlatiladigan quvvati 1,5 kvt ga to‘g‘ri keladi.
Bolg‘ali maydalagichlar korxonalarda ohaktosh, gips, mel, shamot, g‘isht, tuproq va boshqa yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi, kamroq namlik (8-10%) va qovushqoqlikdagi materiallarni maydalash uchun foydalaniladi. Bolg‘ali maydalagichlarning ishlash mohiyati sharnirli moslamaga mustahkamlangan bolg‘alar yordamida tezlik bilan materialga zarb berish usulida maydalashdir. Maydalanish darajasi kolosnikli panjara teshiklarining kengligini o‘zgartirish yo‘li balan boshqariladi va 10-50 gacha bo‘lishiga erishiladi. Bolg‘ali maydalagichda 1000 mm o‘lchamdagi material bo‘lagini 5 mm dan kichik o‘lchamgacha maydalash mumkin. Maydalagichda 3 tadan 300 tagacha bolg‘alar o‘rnatilishi mumkin. Rotorning burchak tezligi minutiga 300 dan 2500 gacha aylanishni ta’minlaydi. Sharnir moslamali bolg‘ali maydalagichlar bir rotorli va ikki rotorli turlarga bo‘linadi. Maydalanayotgan materialning fizik-mexanik xossalariga asoslangan holda bir rotarli bolg‘achali maydalagich rotari minutiga 500-1500 marta , ikki rotarlinikisi esa 200-300 marta aylanadi. Ularning maydalash darajasi 10-15 va 30-40 ga teng. Bolg‘ali maydalagichlarning afzalligi- tuzilishining soddaligi, gabarit o‘lchamlarining kichikligi, og‘irligining kamligi, maydalash darajasining kattaligi. Kamchiliklari- bolg‘alar, kolosniklar va broneplitalarning tez ishdan chiqishi, nam plastik materiallarni maydalaganda kolosnikli panjaraga materialning tiqilib qolishi.
Dezintegratorlar ham bolg‘achali tegirmonlar turiga kiradi. Dezinteg ratorlarda maydalanayotgan material tez xarakatlanuvchi barmoqlar yordamida maydalanadi. Dezintegratorlar bir yoki ikki aylanuvchi diskli qilib tayyorlanadi. Sanoatda asosan ikki diskli dezintegratorlar qo‘llaniladi Har bir pulatdan yasalgan diskda konsentrik aylanalar bo‘yicha ikki, uch, to‘rt va undan ko‘p qatorli po‘lat barmoqlar – billar o‘rnatilgan bo‘ladi. Barmoqlarning qarama qarshi uchlari o‘zaro po‘latdan yasalgan halqalar yordamida biriktirilgan. Bir diskdagi barmoqlarning qatori orasiga ikkinchi diskdagi barmoqlarning qatori kiradi. Disklar o‘qlarga mustahkamlangan, o‘qlar esa podshipniklarga o‘rnatilgan. Disklar metall kojuxga o‘ralgan. Disklar tasmali uzatma va shkivlar yordamida qarama-qarshi tomonlarga aylanadi.Dezintegratorda maydalashning mayinligi barmoqlar qatorining ko‘payishi bilan ortadi. Dezintegratorga uzatilayotgan materialning namligi 8-11%dan kam bo‘lgan holatda maydalanayotgan material bo‘laklarining o‘lchami 25-35mm dan ortib ketmasligi zarur. Shuning uchun, material odatda unga dastlabki donalash va quritish barabanida quritilganidan keyin uzatiladi.
Begunlar quruq va nam tuproq, kvars, shamot, singan va sifatsiz mahsulot bo‘laklari va hokazolarni mayda maydalash (donalarning tugal o‘lchami 3-8 mm), shuningdek dag‘al tuyish (donalarning o‘lchami 0,2-0,5 mm gacha) uchun keng qo‘llaniladi. Begunlar po‘lat idishga tayanadigan ikki katokdan iborat. Tik o‘q ning aylanganida ular yoki qo‘zg‘alma chashaning uzunligi bo‘ylab aylanadi, yoki chasha aylanganida o‘zining yotiq o‘qi bo‘yicha aylanadi. Material begunlarda katoklarning og‘irligi va katoklarning sirpanishi natijasida vujudga keladigan ishqalanish hisobiga maydalanadi. Katoklar qanchalik keng bo‘lsa, ishqalanish xam shuncha yuqori bo‘ladi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan begunlar quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Tuzilishiga ko‘ra: xar bir o‘z yotiq o‘qi atrofida aylanadigan qo‘zg‘almas chashali begunlar; faqat o‘z yotiq o‘qi atrofida aylanadigan ishqalanishga moyil bo‘lgan katokli aylanuvchi chashali begunlar; yuqorida joylashgan yuritmali; pastda joylashgan yuritmali. Metall va toshdan yasalgan katokli begunlar mavjud. Toshdan yasalgan katokli begunlardan qayta ishlanayotgan xom ashyo tarkibiga metall tushib qolishi havfi bo‘lgan taqdirda foydalaniladi. Texnologik maqsadlariga ko‘ra begunlar qo‘yidagicha tasniflanadi: maydalanayotgan materialning namligi 15 % dan yuqori bo‘lgan holda ho‘l usulda maydalash uchun mo‘ljallangan begunlar; materialning namligi 10-11 % dan kam bo‘lganda quruq yoki yarim quruq usulda maydalash uchun mo‘ljallangan begunlar; qorishma tarkibiga kiruvchi xom ashyo materiallarini bir vaqtning o‘zida ham maydalash, ham aralashtirish va jipslashtirish uchun mo‘ljallangan begunlar. Namligi 10-12 %dan yuqori bo‘lmagan aralashmalar tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Ishlash maromiga ko‘ra begunlar uzluksiz va davriy ravishda ishlaydigan begunlarga bo‘linadi. tayyorlanayotgan massa qipiq va yog‘lar hisobiga ifloslanishi mumkin. Bu narsa ayniqsa nafis keramika massasi va shisha shixtasi uchun o‘ta zararli. Pastda joylashgan yuritmali begunlarda massa ifloslanmaydi, ammo ularni kuzatish, bo‘laklarga ajratish va ta’mirlash ancha qiyin kechadi. Davriy ravishda ishlaydigan begunlarda ularga maydalash uchun yuklangan material 1-1,5 tonna miqdorida 10-15 minut davomida maydalanadi va begundan tushirib olinadi. Xuddi shu tartibda keyingi sikl qaytariladi. Begunlar katoklarining o‘lchami va og‘irligi bilan farqlanadi. Quruq usulda ishlovchi begunlar uchun katoklarning o‘lchami (diametri va kengligi) 600x200 mm dan 1800x450 mm ga qilib belgilangan bo‘lib, unumdorlik quruq tuproq maydalanganida soatiga 0,5 t dan 10 t gacha, dala shpati maydalanganida esa 0,3 t dan 4,5 t gacha. Katoklarning og‘irligi 7 tonnagacha yetadi. Ho‘l usulda maydalashga mo‘ljallangan begunlarda katoklar 1200x350 mm dan1800x550 mm gacha o‘lchamli qilib yasaladi. Katoklarning og‘irligi esa 2 dan 7 tonnagacha boradi va unumdorligi soatiga 10-28 tonnani tashkil etadi. Ho‘l usulda maydalovchi begunlar uzluksiz ravishda ishlaydigan qo‘zg‘almas chashali, yuqori va pastki yuritmali uskunalar turkumiga kiradi va namligi 15-16 % dan yuqori bo‘lgan materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Silindrsimon va konussimon tegirmonlar po‘latli zoldir yoki sterjen (tayoqcha)lar, chaqmoq toshli shag‘al, chinnili zoldir va boshqa maydalovchi jismlar bilan to‘ldiriladi. Ular ishlash usuliga ko‘ra: davriy va uzluksiz – periferiyali (chetdan) yoki sapfa kovaklari orqali bo‘shatiladigan. Futerovkaning turi va maydalovchi jismlarning turiga qarab: nometall futerovka va nometall maydalovchi jismli (chaqmoqtoshi shag‘al yoki chinni zoldirli); metall futerovka va metall maydalovchi jismli (po‘latli maydalovchilar – zoldirli, kalta silindrikli va tayoqchali). Yuritmaning turiga qarab: tishli g‘ildirakli yuritmali va markaziy yuritmali. Zoldirli tegirmonlar uzluksiz tarzda ochiq yoki yopiq siklda ishlashi mumkin va ularda materialni quruq va ho‘l usullarda maydalash mumkin. Zoldirli tegirmonlarning afzalliklari: maydalashni doimiy ravishda yuqori darajada olib borish va uni boshqarish imkoniyati; materialni tegirmonning o‘zida quritish mumkinligi; tuzilishining soddaligi; ishlatishda qulayligi; turli qattiqlikdagi jinslarni maydalash imkoniyati. Kamchiliklari: energiyaning nisbatan ko‘p sarflanishi; og‘irligining kattaligi va o‘lchamlarining kattaligi; ishga tushirish momentining kattaligi; ishlash vaqtidagi shovqinning yuqoriligi.
Davriy ishlovchi tegirmonlar chaqmoqtosh yoki chinni futerovkali bo‘lib, metall aralashmalaridan holi bo‘lgan juda mayda maxsulot olish uchun ishlatiladi. U asosan mixparchin yoki svarkalangan baraban , cho‘yan va po‘latdan yasalgan qoplamalardan iborat bo‘lib, elektrodivigatel, reduktor va podshipnik yordamida aylantiriladi.Tegirmon xajmi 1-5,7m3 bo‘lib, 1 soatda 110 dan 340 kg gacha materialni maydalaydi. Ular o‘zining unumdorligiga ko‘ra uzluksiz ishlaydigan tegirmonlarga yo‘l berishiga qaramasdan, ularni ishlatishda bir qancha afzalliklar mavjud. Birinchidan, maydalash davomiyligini boshqarish yo‘li bilan zarur yuqori maydalash darajasiga erishish mumkinligi. Ikkinchidan, nafis va texnika keramikasi mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori unumdorlikka ega tegirmonlarni ishlatishning zaruriyati yo‘qligi. Zoldirli tegirmonlarda materialning tozaligini saqlash barabanning ichiga futerovka va maydalovchi jismlarni mos ravishda tanlash yo‘li bilan hal etiladi. Zoldirli tegirmonlarda yuqori disperslik quruq usulga qaraganda ho‘l usuldan foydalanilganda yanada samaraliroq bo‘ladi. Maydalash jarayonida suvning ishtirok etishi material donalarini yemirilishini osonlashtiradi, chunki suv mikroyoriqlar orqali donalarning ichiga kirib ularni ichidan yorishga imkon beradi va zarb ta’sirida yoriqlarning qaytadan jipslashib va birikib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Suvli suspenziyada yuqori dispersli zarralarning birikishi kuzatilmaydi.

Keramika, shisha, temirbeton va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishda mayda va o‘ta mayda qilish jarayonini amalga oshirishda vibratsion tegirmonlarni ishlatish mumkin. Maydalovchi jism, maydalanuvchi material va tegirmon tanasining uzoq vaqt vibratsiyaga uchrashi tufayli kukunlashish jarayoni ro‘y beradi. Bu usul qo‘llanilganida maydalangan zarrachalar o‘lchami 10-20 mkm gacha bo‘ladi. Uzoq vaqt vibratsiya ta’siri ostida zarrachalar qiymati 1-3 mkm ga tushib qoladi. Bu usul o‘ylaymizki nanotexnologiyalarni amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi. Vibromaydalash hozirgi kunda chinni-sopol ishlab chiqarishda maydalanayotgan materialning metall bilan ifloslanayotganligi tufayli qo‘llanilmayotir. Ammo u ferromagnitlar, kondensatorlar va yuqori olovbardosh oksidli keramika olishda keng ishlatilmoqda. Bu usul qalaylash materiallari olish va ishlatish soxalarida xam o‘z o‘rnini egallamoqda.
Mustaxkamligi past va o‘rtacha bo‘lgan xom ash’yo materiallarini un holiga keltirishda rolik-mayatnikli, xalqa-sharli, bolg‘achali, pnevmatik, maydalovchi jismlarsiz, oqimli va boshqa turdagi tegirmonlardan foydalanish mumkin.
Rolik- mayatnikli tegirmonlar ezish va ishqalanish prinsipida ishlaydi. Materiallarni maydalash uchun val aylantirilayotgan vaqtda krestovinaga sharnir usulida osib qo‘yilgan roliklar korpusga tiraladi va o‘z o‘qi atrofida aylanib materialni kukun xoliga keltiradi. Bunday tegirmonlarda giltuproq, grafit,bo‘r,gipstosh, ko‘mir va boshqa kichik va o‘rta mustaxkamlikka ega bo‘lgan materiallar maydalanadi.
Xalqa-sharli tegirmonlarda kukunlash sharlar va aylanuvchan xalqaning ezishi va ishqalashi orqali amalga oshiriladi. Prujinaning yuqori xalqaga ta’sirini boshqarish yo‘li bilan kukunlash darajasi boshqariladi.
Rolik-mayatnikli va xalqa- sharli tegirmonlar yopiq siklda ishlaydi. Ularda bir vaqtning o‘zida quritish jarayonini xam amalga oshirish mumkin. Quritish agentining xarorati 250- 300 gradusga boradi.
Silikat sanoatida gil, gips, ko‘mir, oxak kabi xom – ash’yolarni dag‘al va nafis maydalash uchun tezyurar bolg‘achali tegirmonlar xam ishlatiladi. Ular aerobil va shaxtali tegirmonlarga ajraladi. Shaxtali tegirmonlarda bolg‘achalar sharnirli osib qo‘yilgan bo‘ladi, aerobil tegirmonlarda esa rotorga qattiq o‘rnatilgan. Tezyurar tegirmonlarda bolgachaning materialni urishi, materialning bronyaga urilishi va ishqalanishlar orqali kukunlash jarayoni oxiriga yetadi. Gips ishlab chiqarishda bunday tegirmonlarda bir vaqtning o‘zida kukunlash, quritish va kuydirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda pnevmatik tegirmonlarning konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Ularda xom ash’yo urilish va ishqalanish jarayonlari orqali unlanadi. Material bo‘lakchalari tegirmonga patrubok orqali kiritiladi, maxsus soplodan kelayotgan xavo oqimi girdobiga tortiladi va katta tezlikda aralashtirish quvuridan o‘tib massiv plitaga katta kuch bilan uriladi. Mayda zarrachalar ikkinchi patrubok orqali tegirmondan chiqariladi, yirik zarrachalar esa maydalanishni davom ettirish uchun orqaga qaytariladi.
Aerofol tipli maydalovchi jismlari bo‘lmagan tegirmonlar ham mavjud. Ularda mustaxkamligi kichik, g‘ovak va mo‘rt xom ash’yolar barabanning aylanishida bir-biriga urilib kukun xoliga keladi.
Energiya oqimili tegirmonlar abraziv va noabraziv materiallarni juda yuqori darajada kukunlash uchun ishlatiladi. Tegirmon ejektoriga uzatilgan par, siqilgan xavo kuchaytirish quvurlari orqali bunkerdan kirib kelayotgan materialni qamrab oladi. Ikki qarama-qarshi materialli oqimlarning kukunlash kamerasida uchrashishi tufayli kutilayotgan jarayon ro‘y beradi.
Nomi qayd etilgan mashinaning u yoki bu turini qo‘llash yuqorida so‘z yuritilgan uch faktorga bog‘lik. Ohaktosh, kvars va shamot kabi qattiq va mustahkam moddalar jag‘li maydalagichlarda 100-200 mm li o‘lchamda maydalanadi. So‘ngra bolg‘achali va konus maydalagichlarda 10-30 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Ushbu maqsadda zarbiy maydalagichlardan ham foydalansa bo‘ladi. Unda material katta tezlikda aylanayotgan tarmoqlar va korpusga o‘rnatilgan mahsus panjaralar yordamida maydalanadi. Oxirgi marta hom ash’yo valikli maydalagichdan o‘tgan gil bilan birga shar tegirmonlarda xo‘l yoki quruk usulda maydalanadi. Material suvsiz maydalangandagiga qaraganda suvda yaxshi maydalanadi, chunki suv maydalanayotgan material qattiqligini keskin kamaytiradi.
6.1-jadval.
Maydalanish xarakteristikasi

Maydalanish klassi

Bo‘lakchalar o‘lchami, mm

Maydalashdan oldingi

Maydalashdan keyingi

Yirik donalash

1000

250

O‘rta donalash

250

20

Mayda donalash

20

1-5

Yirik unlash

1-5

0,1-0,04

O‘rta unlash

0,1-0,04

0,005-0,015

Mayda unlash

0,1-0,04

0,001-0,005

Kolloidli unlash

0,1-0,04

0,001

Oxaktosh va boshqa komponentlar shar tegirmoniga uzluksiz ishlaydigan mexanizmlar yordamida uzatiladi. Ularning ishi avtomatik boshqarilganligi sababli tegirmon doimo bir xil kuchlanishda serunim ishlab, materiallarni talab qilingan darajada maydalab va aralashtirib qo‘yadi.
Quyida ba’zibir shar tegirmonlari tuzilishi va ishlashiga xos bo‘lgan o‘lchamlar keltirilgan (6.2-jadval).
6.2-jadval.
Sharli tegirmonlarning tipi, o‘lchamlari va ish xajmiga oid ma’lumotlar.

Tipii

Baraban o‘lchami,mm
Ishchi xaj-

Baraban-

Elektr-

Og‘irli-



Diametri

Uzunligi

mi, m3

ning 1 min. ayla-nish soni

dvigatel quvvati, kvt

gi, t

ShS-1
900

1800

0,9

40

28

7

ShS-2
1200

2400

2,2

35

48

16

ShS-3
1500

3000

4,5

30

100

20

ShS-4
2100

3000

9,0

24

220

47

ShS-5
2700

3600

17,3

21

450

80

Shr-1
900

900

0,45

40

14

6,7

Shr-9
3600

3600

36,0

18

960

150



Download 48.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling