6-ma’ruza xalqasimon va boshi berk bo‘lgan gaz tarmoqlari. Gaz tizimlari sxemalari. Gaz iste’moli me’Yorlari


Download 65.96 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi65.96 Kb.
#1423674
Bog'liq
6- Маъруза


6-MA’RUZA
XALQASIMON VA BOShI BERK BO‘LGAN GAZ TARMOQLARI. GAZ TIZIMLARI SXEMALARI. GAZ ISTE’MOLI ME’YoRLARI.
Gaz ta’minoti sistemasi loyihasini tuzishning asosida, shahar, tuman yoki qo‘rg‘onlardagi istemolchilarga sirflanayotgan gazning yillik miqdorini aniqlash turadi. Sarflanayotgan gazning yillik miqdorini aniqlashda istemolchilarga gaz sarflanishining me’yoriy miqdorlaridan gaz ta’minoti sistemasining 10-20 yil muddatda rivojlanishidagi gaz sarfi hisobga olinadi.
Shahar, qo‘rg‘on, turli xil istemolchilarga sarflanadigan gaz ta’minoti sistemalarini loyihalashda, kerakli loyiha smeta hujjatlarini (LS’H) ni tayyorlash uchun qo‘yidagi ishlar bajarilishi kerakdir:

  • gazning hisobli miqdorini aniqlash;

  • gaz tarmoqlarining tasvirlarini tanlash;

  • gaz quvurlarining gidravlik hisobini bajarish.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa qo‘yidagi birlamchi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
a) loyihalanayotgan shahar (qo‘rg‘on va h.k.z) larning bosh rejasi, turli xil kommunikatsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
b) bino qavatlari soni yoki aholi zichligi;
v) sanoat korxonalarining soni va joylanishi;
g) loyihalanayotgan shahar (hudud) ning iqlimi ma’mulotlari;
d) gaz yoqilg‘isining manbaisi, gazning tarkibi;
ye) loyihalanayotgan shahar (tuman) ning gaz ta’minoti hajmi buyicha 15-20 yillik muddatda rivojlanish istiqboli va h.k.z.
Shahar gaz ta’minoti sistemalarida istemolchilarning turlarini qo‘yidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) aholi turmushi uchun gaz sarfi (turar joy binolariga);
b) kommunal va umum jamoa binolariga gazning sarflanishi;
v) binolarni isitish va xavo almashtirishga;
g) sanoat korxonalariga;
d) issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflanishga.
Aholi turmushi va kommunal-maishiy korxonalarga gazning sarflanish miqdorini aniqlashda juda ko‘p qiyinchiliklar mavjud. Bunga sabab gazning bu turdagi istemolchilarga sarflanishi ko‘p faktorlarga bog‘liqdir, ya’ni; gaz uskunalarinning turlariga, loyihalanayotgan shaharning obodonlashtirilganligi darajasiga, gaz bilan ta’minlangan-ligi chegarasiga; markaziy issiq suv ta’minotining mavjudliligi, iqlim sharoitiga, aholining turmush tarziga, milliy urf-odatlariga va h.k.z. larga bog‘likdir.
Yuqorida keltirilgn faktorlarning ko‘pchiligida gaz sarfining aniq miqdorini hisoblash qiyindir. Shuning uchun istemolchilarga sarflanayotgan gazning o‘rtacha miqdori orqali hisoblaniladi. Bu miqdor ko‘p yillik istemolchilarga gaz sarflanish miqdorining tajribasini tahlil etish asosida yig‘ilgan ma’lumotlarga tayanib olinadi.
Aholi turar joy binolarida gaz sarfining miqdorini aniqlash juda qiyindir. Gaz sarflanishini belgilovchi me’yoriy xujjatlarda keltirilganki, aholining bir qismi ovqatlanishda umumiy ovqatlanish korxonalari, bufet, restoran oshxonalar va yakka tartibdagi ovqat tayyorlovchi joylardan, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalardan foydalanadi.
Shuning uchun ham me’yoriy xujjatlarda (qurilish me’yori va qoidalari) QM va Q,2.04.08.96 da, turar joy binolari, xonadonlarda, hovlilarda, kommunal maishiy korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va h.k.z.larda yil davomida gaz sarfining me’yoriy miqdori issiqlki birligi ko‘rinishida 4.1.1 jadvalda keltirilgan. QM va Q 2.04.08.96 da keltirilgan gaz sarfining mikdori, xonadonlarda markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud bo‘lganda, ovkat pishirish uchun bir yilda bir kishiga – 2800 MJ mikdorda issiqlik miqdori kerak bo‘ladi. Agarda markazlashgan issiq suv ta’minot bo‘lmaganda, gaz sarfining miqdori issiqlik birligi ko‘rinishida – 4600 MJ ni tashkil etadi va h.k.z. Shifoxonalarda, hammomlarda, non pishiruvchi korxonalarda xaqiqiy sarflanayotgan sarf miqdorini hisoblashda, bir o‘rin uchun yoki bir tonna kir yuvish, non pishirish uchun kerakli bo‘lgan gaz sarfi miqdori, shartli birlikda issiqlik birligi ko‘rinishida (MJ da) keltirilgan. Bunday turli xil ulchov birligi ko‘rinishidan foydalanish yillik gaz sarfini hisoblashda qiyinchilik to‘g‘diradi. Shuning uchun ham yillik sarflanayotgan gaz miqdorini hisoblashda har bir guruh istemolchilari uchun alohida hisoblash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Xonadonlarda gaz sarfi hisobi. Ko‘pgina hollarda shahar gaz ta’minotini loyihalashda turar joy binolarida (xonadonlarda) gaz bilan ta’minlanish holati (chegarasi) birga teng, ya’ni to‘liq gazdan foydalaniladi deb qaraladi. Ammo shaharning eski xududlari (mahallalarida) qachonki gaz quvurlari yotkizilishi mumkin bo‘lmagan holda yoki shaharning ko‘p qavatli turar joy binolari mavjud bo‘lgan yuqori qavatli elektr plita bilan loyihalagan uylar mavjud bo‘lganda, aholining gaz bilan ta’minlanishi to‘liq bo‘lmaydi, ya’ni birdan kichik bo‘ladi.
Xonadonlarda ovqat pishirish va issiq suv tayyorlash uchun sarflanayotgan gazning yillik me’yoriy miqdori binolarning issiq suv bilan ta’minlanganligiga bog‘liqdir. Birinchi guruhda markazlashgan issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lgan holatni -x1 bilan; ikkinchi guruhda markazlashgan issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan holati -x2 bilan; uchinchi guruhga issiq suv ta’minoti suv isitgich orqali ta’minlangan holatni -x3 bilan belgilab, shahar aholisining hammasi xonadonlarda yashaydi deb hisoblanganda (yotokxonalardagi yashovchilarni hisobga olmaganda) quyidagicha yozishimiz mumkin:
X1 + X2 + X3 = 1
Bir kishiga bir yilda sarflanayotgan issiqlikning me’yoriy miqdorini qx1, qx2, qx3 deb belgilab xonadonlarga yil da’vomida sarflanayotgan gazning umumiy miqdorini qo‘yidagi ko‘rinishda ifodalashimiz mumkin (MJ/yil)
Qxona = Uxona  N ( qx1z1 + qx2z2+qx3 z3)
Bu yerda: Uxona loyihalanayotgan shahar (tuman) ning gaz bilan ta’minlanish qiymati chegarasi darajasi.
N–loyihalanayotgan shahardagi xonadonlarda gazdan foydalanayotgan aholi soni.
Maishiy xizmat korxonalarida iste’molchilarga sarflanayotgan gaz. Bu ko‘rinishdagi korxonalarga sarflanayotgan gazning miqdori kir yuvish, dezkamera va hammomlar uchun sarflanayotgan gaz hisobga olinadi. 1 tonna kir yuvish uchun sarflanayotgan issiqlik miqdori me’yoriy xujjatlardan qabul qilinadi.
Agarda kir yuvish xonasida Zn·N odam foydalanilganda, uning ishlab chiqarish quvvuti qo‘yidagiga teng bo‘ladi:
Zkirish N
100 ( ); tonna / yil
1000
Agarda loyihalanayotgan shaharda turli xil darajadagi mexanizatsiya-lashgan kir yuvish xonalari mavjud bo‘lganda kirning miqdori kir yuvish xonalarining quvvatiga mos taqsimlanadi. Kir yuvish xonasi uchun sarflanayotgan gazning miqdori teng bo‘ladi, MJ/yil
Zkx ·U kx ·N
Qkx =100 qkx
1000
Bu yerda: Zkx - aholining kirxonadan foydalanish chegara qiymati;
qkx - solishtirma isiqlik miqdori, MJ/bir yuvinishga.
Hammom uchun sarflanayotgan gazning miqdori issiqlik birligida qo‘yidagicha hisobalanadi:
Qx = Zx·Ux · N·52·qx

Bu yerda: qx - bir marotaba yuvinish uchun issiqlik miqdorining


me’yori, Mj.
Zx - yuvinish uchun shahardagi xonadonlarda vannaxonalarda vanna yuk deb karalganda;
Ux - hammomlarning gaz bilan ta’minlanish qiymati chegarasi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sarflanayotgan gazning yillik miqdorini hisoblashda, umumiy shahar aholisining umumiy ovqatlanish korxonalaridan foydalanishi quvvati Zuok= 0,25-0,3 ga teng deb karaladi, ya’ni loyihalanayotgan shahardagi har bir odam bir kunda bir marotaba umumiy ovqatlanish korxonalarida (nonushta, tushliq yoki kechki ovqatlanishda) foydalaniladi deb qaraladi. Bunday holda umumiy ovqatlanish korxonalariga sarflanayotgan gazning umumiy miqdori teng bo‘ladi:
Quok =360·Zuok · Uuok · N· quok
Bu yerda: quok - sarflanayotgan gazning me’yori, MJ (tushlik + nonushta) ga.
Non zavodlari va pekarnilar uchun sarflanayotgan gazning yillik miqdori qo‘yidagicha, ya’ni bir sutkada 1000 kishiga taxminan 0.6÷0.8 tonna non maxsuloti ishlab chiqariladi deb, yillik miqdori esa teng bo‘ladi:
365
(0,6 – 0,8) N, tonna /yil
1000
Non zavodlari va pekarnilarning gaz bilan ta’minlanganligi chegara qiymati Un,z belgilaymiz. Solishtirma issiqlik miqdori (qurnz) ni qabul qilib, umumiy sarflanayotgan gaz miqdorini qo‘yidagi ko‘rinishga teng bo‘ladi
365
Qn·3=(0,6+0,8) Un·3·N·qurnz;
1000

Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi maishiy korxonalarga, savdo shaxobchalariga, sartaroshxonalarga va h.k.z. mayda xizmat ko‘rsatuvchi maishiy korxonalarga sarflanayotgan gazning yillik miqdori, turar joy binolari, xonadonlarga sarflanayotgan yillik gaz miqdorining 5 foiziga teng deb hisoblanadi.


Sog‘liqni saqlash sohalaridagi iste’molchilarga sarflanayotgan gaz-ning miqdori shifoxonalarda har ming kishiga 12 o‘rin hisobidan hisoblanadi. Shuning uchun shifoxonadagi o‘rinlar soni teng bo‘ladi 0.012·N (bu yerda N-shahardagi aholining umumiy soni). Shifoxonalarda gaz ta’minoti bilan ta’minlanganligi chegara qiymati- (Ush) hisobga olishda, shahardagi shifoxonalarda, markaziy issiq suv ta’minoti bilan ta’minlanganligi, va elektr jixozlaridan foydalanishning miqdorini ham e’tiborga olish zarurdir.
Shifoxonalarda bir o‘rin uchun, ovqat pishirishga va issiq suv tayyorlashga sarflanayotgan gazning umumiy miqdorini qo‘yidagicha hisoblashimiz mumkin, ya’ni:
Loyihalanayotgan shahar (tuman) qo‘rg‘onlar uchun sarflanayotgan gazning yillik miqdorini hisoblashda, ayniqsa aholi turmushi va kommunal maishiy korxonalar uchun aniqlashda me’yoriy xujjatlar, kurilish me’yorlari va koidalarida belgilangan qiymatlar respublikamiz aholisining turmush tarzi, milliy urf-odatlari, iqlim sharoiti, xududiy joylanishlari va h.k.z.lar asosida keng ilmiy izlanishlar, tajribalar va taxlillar asosida o‘rganilib to‘ldirilib borishni takozo etadi. Yuqoridagi holatlarni e’tiborga olgan holda mamlakatimizda gaz ta’minoti sistemalarining to‘liq va ishonchli ishlashini ta’minlagan bo‘lamiz.
Binolarni isitish, havo almashtirish va markazlashtirish issiq suv ta’minoti uchun sarflanayotgan gaz miqdorini hisoblash. Turar joy va umumjamoa binolari isitish va havo almashtirish uchun sarflanayotgan gazning yillik miqdori (KJ) qo‘yidagi formula orqali hisoblab topiladi:
Qi.k= 24(1+k) tur-tur,is +z.k1.k ti-tur,is; q·F· nis
tur-tx,is ti-tx,xa η is
Bu yerda: ti,tur,is,tx,is,tx,xA mos ravishda isitilayotgan binolarning ichki, o‘rtacha isitish, hisobli isitish davri va hisobli havo almashtirish haroratlari, 00S.
K, K1 – umumjamoa binolarni isitish va havo almashtirishga issiqlik ning sarflanishini hisobga oluvchi qiymatlar;
Z - umum jamoa binolarida sutka da’vomida havo almashtirish sistemalarining ish soatlari (Z=16 soat);
nis - isitish mavsumi davri, sutka;
F - isitilayotgan binolardagi yashash maydoni, m2
ηis - isituvchi manbalardagi qozon qurilmalarining foydali ish qiy mati (f.i.k η=0,8+0,85)
q- turar joy binolarida 1m2 maydonni isitish uchun sarflana-yotgan maksimal issiqlik miqdori yaxlit ko‘rsatgichi, Kj/soat.
Bu qiymat 4.1.-2- jadvaldan qabul qilinadi.
Markaziy issiq suv ta’minotida issiq suv ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan yillik gaz sarfi mikdori (Kj) quyidagicha teng bo‘ladi.
60-ts,ye3 1
Qis=24·qis·N nis+(350-nis)  ;
60-tc,kish ηis
Bu yerda; qis - issiq suv uchun sarflanayotgan o‘rtacha soatbay issiqlik miqdorining yaxlit ko‘rsatgichi, Kj\ soat odam, bu qiymat (80- 130 l/sut. odam )teng 4.1.3. – jadvaldan qabul qilinadi.
N -issiq suvdan foydalanuvchi odamlar soni;
t s,yoz,tc,kish -yoz va kish paytida sovuq suvning xarorati,00S.
β -yoz paytida o‘rtacha soatbay issiq suv ta’minoti miqdorining kamayishini hisobga oluvchi qiymat (janubiy xududlar uchun aniq ma’lumotlar bo‘lmaganda 0.8 teng deb qabul qilinadi).
Download 65.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling