6-mavzu. Asosiy-agent muammolari Agentlik muammolari va korporativ boshqaruv zarurat


Download 28.46 Kb.
bet1/13
Sana10.01.2022
Hajmi28.46 Kb.
#295068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5377736020269731494
2-ишлаб чиқаришдаги топшириққа хисобот, 1-mavzu, 1-mavzu, 1-glossariy, Ахборот ва мураббийлик соатлари гуруҳ раҳбарларига Дафтар ва журнал(1), Ахборот ва мураббийлик соатлари гуруҳ раҳбарларига Дафтар ва журнал(1), 2 5190435009047038468, 2 5190435009047038468, ЯН-2 эконом, ЯН-2 эконом, ЯН-2 эконом, Jah va XIM, Намуна, 010101, 1-mavzu

6-mavzu.Asosiy-agent muammolari

Agentlik muammolari va korporativ boshqaruv zarurati. Korporativ boshqaruv vositalari. Korporativ boshqaruv amaliyoti kodlari. Korporativ boshqaruv: amalga oshirish va empirik dalillar. Ish axloqi. Korporativ ijtimoiy javobgarlik.
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishlovchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi.

Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv ob’ektiga yo’naltirilgan bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish jarayonlari, ishlab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv ob’ekti bo’lishi mumkin. Boshqaruv sub’ekti esa qoidaga ko’ra, korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir.

Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Boshqaruv amallari ishlab chiqarish jarayonining yakunlanishi uchun moddiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. Aytish mumkinki, boshqaruv amallari boshqaruv faoliyati va natijalari o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi.

Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo’lib tasniflashimiz mumkin:



  1. amalga oshirish muddatiga ko’ra - joriy va istiqbolli;

  2. ahamiyat darajasiga ko’ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);

  3. boshqaruv ob’ektiga munosabatiga ko’ra - xususiy va umumiy;

  4. natijaga erishish darajasiga ko’ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.


Download 28.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling