6-mavzu bo’yicha seminar savollari


Download 21.82 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi21.82 Kb.

6-MAVZU BO’YICHA SEMINAR SAVOLLARI
1. Ong nima?

2. Gnoseologiya nimani o‘rganadi?

3. Bilish nima?

4. Bilish obyekti, subyekti, predmeti tushunchalarini izohlang.



5. Bilishning shakllarini tushuntiring.

6. Bilishda haqiqatga erishish yo‘lini izohlang

7. Bilimlar va axborot omili ta’siri ortishini qanday tushunasiz?

8. Bilishning yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishdagi ahamiyat nimada?



Javoblar:
1) Ong o'z tabiati va mohiyatiga ko'ra juda murakkab bo'lib, uni qator fanlar o'rganadi. Ong inson miyasida sodir bo‘lsa ham o‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy ongning muayyan qadriyatlarga tayangan, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan shakllari ma’naviyat deb ataladi. Ong va ma’naviyat borliqning o‘ziga xos

shaklidir. Misol un qarasak falsafa, sotsiologiya, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik, pedagogika kabi fanlarshular jumlasiga kiradi. Falsafadan boshqa fanlar ongning alohida ma’lum bir tomonini o'z predmeti doirasida o'rgansa, falsafa ongni bir butun holda, har tomonlama olib o'rganish asosida uning umumiy mohiyati, kelib chiqishi va rivojlanishini umumnazariyjihatdan tahlil qiladi. Falsafada ,,ong“ kategoriyasi insonning butun moddiy va ma’naviy faoliyatini tahlil qilish va tushunishning markaziy tushunchasidir. Inson o'zining ongli faoliyati bilan o'zi mavjud bo'lgan tabiatdan farq qiluvchi muhim rol o‘ynagan mehnat, nutq (til)ning o‘rnini to‘g‘ri e’tirof etish bilan ham bog'liq. Ongning shakllanishi odamlarning paydo bo‘lishi, so‘ng oziqovqat topish uchun mehnat qilishga o‘ta boshlashi, tabiat ashyolaridan foydalanib, mehnat qilishga, borgan sayin ijtimoiylasha borib, jamoa, jamiyat bo‘lib uyushish jarayoni bilan bog‘liq.

2) Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi —“Gnoseologiya” vujudga keldi va u qadimgi lotincha “gnozis” – bilish va “logos” – fan, ilm ma’nolarini anglatadi. Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shuqullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida Yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shuqullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olqa surdilar. Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shuqullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko‘p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi.


3). Bilish bu insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shuqullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko‘p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shuqullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shuqullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon G‘arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shuqullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

4). Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.

Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.

Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.

5). Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shuqullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shuqullanadilar.

Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon G‘arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shuqullanadi. Nazariy bilishning obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.
6). Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‘zining mazmuniga ko‘ra mutlaq va nisbiy bo‘lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo‘lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.

Haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra hamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq emasdir. Masalan, O‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo‘ladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir.

7). Keyingi yillarda “Axborot”, “Axborotlashgan jamiyat”, «Informatsion portlash» tushunchalari tez-tez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch -qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yo‘lidagi urinishlarning natijasi bo‘ldi. Eramizning o‘rtasida paydo bo‘lgan bu vosita shiddatli rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bo‘lgan bo‘lsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi.

Xo‘sh, bularning inson ongi, bilishi va tafakkurining mohiyati bilan nima aloqasi bor? Gap shundaki, kompyuterlar ham inson tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Ammo ular qanchalik murakkab operatsiyalarni bajarmasinlar, inson tomonidan programmalashtirilgan jarayonlarnigina amalga oshiradilar, undan tashqariga chiqa olmaydilar. Insonning fikrlash jarayoni ongsizlik, onglilik, kechinmalar, ijod kabi hodisalarni qamrab oladi. Kompyuter esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, kompyuterlar insonning muayyan yo‘nalishlardagi aqliy faoliyatini yengillashtirishga xizmat qiladi va o‘zining yaratuvchisi ustidan hukmron bo‘la olmaydi.

Ayrim tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hozirgi davrda fan sohasida erishilgan natijalar har o‘n yilda, informatsiya olish esa har 3-4 yilda ikki barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson ongi, uning xotira qudrati bu axborotlarni o‘zlashtira oladimi, degan savol ko‘ndalang bo‘lmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bo‘lmagan yaqin o‘tmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, inson eng yangi adabiyotlarni o‘rganib borishga harakat qilganda ham, uning har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan saxifa to‘g‘ri kelar ekan.

Kishilarning paydo bo‘lgan yangi kitoblarning aksariyatini jismonan o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib chiqarayotgan oqibatlarning bir ko‘rinishi, xolos. Masalaning yana bir jihati borki, bu inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy eskirishi, keraksiz bo‘lib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati tobora tezlashib bormoqda. Masalan, oliy — ta’lim sohasida bu jarayon olti — yetti yil, kompyuter texnologiyasi sohasida esa bir yil davomida sodir bo‘layotganligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Bu agar siz oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti yil bo‘lgan bo‘lsa, o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi kun talabiga javob bermasligini bildiradi. Ana shunday sharoitda kishilarning o‘z bilimlarini yuqori darajada ushlab turishlari ulardan doimiy diqqat-e’tiborni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Aks holda, ta’lim dargoxini eng yuqori natijalar bilan bitirgan mutaxassis ham tez orada chalasavod bo‘lib qolishi mumkin.

Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bo‘lmagan yaqin o‘tmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, inson eng yangi adabiyotlarni o‘rganib borishga harakat qilganda ham, uning har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan saxifa to‘g‘ri kelar ekan. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o‘rtasida muayyan axborot almashinuvi sodir bo‘ladi.


8). Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi o‘ziga xos harakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshqalar tomonidan berilgan tasavvur va baholar ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri o‘sishi bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va o‘zining imkoniyatlarini o‘zi baholashga o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin.

Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib borayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.
Download 21.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling