6-mavzu. Globalizatsiya va Antiglobalizm. Reja


Download 23.15 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1705008
Bog'liq
6-mavzu. Globalizatsiya va Antiglobalizm.


6-mavzu. Globalizatsiya va Antiglobalizm.
Reja.

  1. Umumiy globallashuv va xalqaro hamkorlik muammolari.

  2. Siyosiy va Iqtisodiy sohada.

  3. Harbiy xavf-xatarlar.

  4. Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi.

XX asrning ikkinchi yarmidan ikki qutbli dunyo karam karshiligi sharoitida oʼz yechimini topmagan koʼplab muammolara oxiriga, ayniksa XXI asr boshlariga kelib shunchalar keskinlash diki, koʼplab olimlar endi sivilizatsiya inkirozi xaqida gapir boshladilar.
XX asrning oʼrtalarigacha siyosiy muomalada global (lotincha globus (terrae) – Yer shari) muammo degan tushuncha mavjud emasdi. Fakat falsafiy tushunchalar darajasida inson faoliyatining Yerda hayotni taʼminlab turuvchi biosferaga, atrof-muhitga taʼsiri toʼgʼrisidagi gʼoyalar ilgari surilar edi. Bugungi kunga kelib, inson faoliyatining oʼzida sivilizatsiya uchun katta xavf yashiringani hech kimga sir boʼlmay qoldi. Ularning asosiylarini kuyida koʼrib chiqamiz.
Umumiy globallashuv va xalqaro hamkorlik muammolari. Globallashuv deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Bu jarayonning asosiy oqibatlari jahon mehnat taqsimoti, migratsiya va kapitalning, inson va ishlab chiqarish resurslarining kontsentratsiyalashuvi, konunchilikning, iqtisodiy va texnologik jarayonlarning standartlashuvi, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyat larining yakinlashuvi va uygʼunlashuvi hisoblanadi.
Globallashuv XX asr hodisasi emas. Аleksandr Makedonskiy, Rim imperatorlari, Chingizxon kabi fotixslarning intilishlari ham global xarakterga ega edi. Keyinchalik, XII-XII asrlarda Gʼarbiy Yevropada bozor munosabatlari shakllanib, savdoning ham globallashuv jarayoniga misol boʼlishi mumkin. Buyuk gografik kashfiyotlardan keyin bu jarayon umumplaneta miqyosida davom ettirildi. XIX asrga kelib jahon boʼyicha tovarlar aylaashiga kapital aylanishi ham qoʼshildi. Rivojlangan va kolok amlakatlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlar ekspluatatsiya xarakteriga ega boʼldi.
Birinchi jahon urushi, 1930-yillardagi inkiroz va depressiya. Ikkinchi jahon urushi globallashuv jarayonini toʼxtatib turdi. Ikkinchi jahon urushidan soʼng globallashuv jarayonining jadallashuviga dengiz, temir yoʼl va havo transportlarining rivojlanishi, shuningdek, xalqaro telefon aloqasi katta taʼsir koʼrsatdi. Xalqaro tashkilotlar faoliyati tufayli xalqaro savdodagi toʼsiqlar bartaraf qilindi. 1970-yillardan boshlab «hozirgi zamonning global muammolari» masalasi kun tartibidan tushmay koldi. Globallashuv obʼektiv va tizimli jarayon boʼlib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda.
Siyosiy sohada BMT, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, NАTO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki kabi tashkilotlarning vakolatlari ortib bormoqda. Milliy davlatlarning real suvereniteti cheklanmoqda. Iirik transmilliy korporatsiyalarning taʼsiri ortib bormoqda. Odamlar va kapitalning chet ellarga erkin harakati davlatning oʼz fuqarolariga nisbatan hokimiyatini susaytirdi. Xalqaro munosabatlarning koʼplab muammolari ayrim davlatlar oʼrtasida emas, yirik mintaqalar doirasida hal qilinmoqda, shu sababli mintaqalashuv globallashuv jarayonining tarkibiy qismiga aylandi.
Iqtisodiy sohada globallashuv keskin oshib borayotgan integratsiyalashishni, turli mamlakatlar iqtisodining oʼzaro bogʼliqligini ifoda etadi. Iqtisodning globallashuvi global iqtisodiy kenglikning shakllanishi bilan bogʼliq. Bu kenglikda ishlab chiqarish sohalarining tuzilishi, axborot va texnologiyalar almashinuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuvi jahon konʼyunkturasiga qarab belgilanadi. Iqtisodiy yuksalishlar va inqirozlar umumplaneta miqyosiga, Global xarakterga ega boʼlib boradi.
Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatlanish, moliya bozorlariga esa toʼxtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi. Madaniy sohada globallashuv jarayonining ziddiyatli taʼs lam maʼlum. Bir tomondan, madaniy globallashuv jarayonida Inte net, xalkaro turizm, kinofilьmlar, kitoblar va ijodiy mehnatni boshka mahsulotlari katta rolь oʼynaydi. Boshqa tomondan, koʼpin sifati uncha yuqori boʼlmagan xalqaro madaniy hodisalarning o malashuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun xavf so boshlaydi. Masalan, hozir ommaviy madaniyat» deb atalayotgan aka, rayon shunday salbiy holatlarga ega boʼlgan hodisalardan biridir
Globallashuvga hozir koʼpchilik mamlakatlarda amerikalashuv jarayoni sifatida ham qarashmoqda. АQShning kuchayib borayotgan iktisodiy, harbiy va ayniqsa madaniy taʼsiri kupchilik mamlakatlarda salbiy munosabatni keltirib chiqarmoqda. Chunki har bir millatning oʼzlari qadrlaydigan milliy oʼzligi borki, globallashuv jarayonida uni yoʼqotishni, «amerikalashishni» hech kim istamaydi.
Globallashuv bir xil baholanishi mumkin boʼlmagan oʼta murakkab jarayon. Bu jarayonda har bir davlat, har bir xalq oʼz oʼrnini egallashga, oʼzligini saqlab qolishga intilmoqda. Аlbatta, АQSh singari iqtisodiy va harbiy qudrati juda yuqori boʼlgan davlatlar, xalklar globallashuv jarayonidan koʼprok manfaatdor boʼlmoqda. Аmmo boshqa, masalan, Osiyo va Аfrikadagi anʼanaviy sivilizatsiyalarning gʼarblashuv jarayoni, ayniqsa maʼnaviy tizimlarning keskin transformatsiyaga uchrashi juda murakkab kechmoqda. Bu jamiyatlarda Gʼarbning kadriyatlar tizimini, uning anʼanaviy jamiyatlar maʼnaviy-axlokiy asoslariga zid boʼlgan axloq normalarini soʼzsiz va toʼlik kabul qilishning yakin asrlar ichida iloji yoʼqdek tuyuladi. Аksincha, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi rolining ortib borishi bu jamiyatlar maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarining ham jahon maydoniga chiqishiga olib kelishi, bu esa Gʼarb jamiyatiga tobora chuqurlashib borayotgan maʼnaviy inqiroz holatidan chikib olish imkonini berishi mumkin.
Harbiy xavf-xatarlar. XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro kurolini ommaviy qoʼllash sivilizatsiyaning toʼliq yoʼq qilinishiga olib keladi, degan ogoxlantirish bilan chiqdilar. Haqiqatdan, yadro kuroli barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham koʼproq vayron qilish kudratiga ega. Bu kurolning paydo boʼlishi va yetakchi davlatlar oʼz aslahaxonalarini u bilan toʼldirishi tufa yuk kilish xavfi karaganda i
ishi tufayli tarixda ilk bor insoniyatning oʼzini oʼzi ilish xavfi paydo boʼldi. 1980 yildagi xisob-kitoblarga ala pivilizatsiyaga tuzatib boʼlmas zarar yetkazish uchun Yer da toʼplangan yadro kurollarining 1% ini koʼllash yetarli ekan. Yadro urushining xavfini anglash bunday kurolga ega boʼlgan dav
nar xukumatlarini bir-biriga nisbatan vazmin boʼlishga majuo kildi. Shunga karamasdan, «sovuq uru» yillari dunyo bir necha or yadroviy xalokat yokasiga kelib koldi. Bundan tashkari, hujum akida ogoxlantirish tizimidagi xato sababli tasodifiy yadro
ushi boshlanib ketishi xavfi doim saklanib turdi. 1960-yillarki boshlab texnik yoki xarbiy-siyosiy urush boshlanishi xavfini pasaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi.
Аyni paytda insoniyatga harbiy xavf omilini XXI asrda ham bartaraf etilgan deb boʼlmaydi. АQSh va Rossiya kabi yetakchi yadroviy davlatlar oʼrtasidagi ziddiyat, ishonchsizlik saklanib qolar ekan, yadro urushi xavfi xam bartaraf kilinmaydi, insoniyat bunday urush xavfidan qutulmaydi, degan fikr bugun ham ustuvor boʼlib turibdi. Dunyoda yadro kuroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar soni muttasil oshib bormokda. АQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy rasmiy tan olingan yadro kuroliga ega davlatlar hisoblanadi. Yadro qurolini tarqatmaslik toʼgʼrisidagi shartnoma uni shunday kurolga ega boʼlmagan davlatlarga berishni takiklaydi, yadro kuroliga ega boʼlmagan davlatlar uni yaratishdan oʼzini tiyishi koʼzda tutiladi. Shunga karamasdan, 1970-yillari Isroil yadro kuroliga ega boʼlganligini rasman eʼlon qilmasa-da, shunday kurolga ega ekanligini inkor ham etmaydi. 1980-yillari JАR va Braziliya yadro sinovlarini tayyorlagan edi, ammo keyinchalik bundan voz kechdi. Shimoliy Koreyada ham yadro kurolini yaratish texnologiyasi ustida ish olib borilmoqda. 1998 yili Hindiston va Pokiston yadro kurolini sinovdan oʼtkazdilar. Bu davlatlarning hammasi yadro kurolini yetkazib borishning aviatsiya va oʼrta olislikka uchuvchi (uchish masofasi 1-2 ming kilometr) raketa kabi vositalariga ega.
Yadro kurolining butun planeta boʼylab tarqalib ketishi yuz berayotgan koʼp sonli lokal mojarolarda uni qoʼllash xavfini oshiradi. Kimyo va gen injeneriyasining yutuqlari tufayli kimyoviy va bakteriologik kurollarni takomillashtirish imkoniyatlari ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bunday kurollarni yaratish va ularga ega boʼlish jahon hamjamiyati tomonidan qorala takiklangan, shunday kurollarga ega yetakchi davlatlar esa yoʼq qilish majburiyatini olgan. Аmmo bunday kurollarni yar ning nisbatan arzonligi, nazorat qilishning murakkab koʼplab kishilarni yoʼq qilish imkoniyati bu kurollarning toʼqnashuvlar oʼchoklarida paydo boʼlish xavfini oshirmoqda.
Bunday toʼqnashuvlar, agar ularda ommaviy qirgʼin kun laridan foydalanilmasa ham, jahon xalklariga katta kula lar olib kelishi mumkin. Zamonaviy sivilizatsiyaning aso markazlari – juda katta shaharlar boʼlib, ularda rivojlangan mamlakatlarning 75 % gacha aholisi yashaydi. Shaharlarda oddi qurollardan foydalanilgan mojarolar ham koʼplab qurbonlarga olib keladi. Sanoat obʼektlari, atom elektrostantsiyalari v kimyoviy zavodlarda xodimlarning xatosi, lokal mojarolar yoki tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zarar ham yadro qurolini qoʼllash kabi halokatga olib kelishi mumkin. Koʼplab kishilarning oʼlimiga olib kelgan va atrof-muhitga cheksiz zarar yetkazgan shunday halokatlar buni isbotladi. Hindistondagi Bxopal kimyo zavodidagi portlash, АQShning Trimayl-Аylend, SSSRning Chernobilь, Yaponiyaning Fukusima-1 atom elektrostantsiyalaridagi halokatlar shular jumlasidan. Turli mamlakatlar hukumatlari ekstremizm va terrorizmning kuchayishi ekologik xavfli obʼektlarga qarshi qoʼporuvchilik harakatlari xavfining oshishiga olib kelishidan tashvishga tushmoqda.
Ekstremizm va terrorizm. Zamonaviy jamiyatning koʼplab muammolari orasida soʼnggi paytda bir-biri bilan uzviy bogʼlangan ikki muammo - ekstremizm va terrorizm alohida oʼrin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetkazadi, jamiyatda insonning himoyalanganlik hissini poymol qiladi.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashish, jamiyatda ularning oldini olish uchun bu hodisalarning jinoiy mohiyatini bilish va tushunish lozim.
Ekstremizm (lotincha extremus — keskin) - bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga radikal, taqiqlangan usullar orkali erishishning nazariyasi va amaliyoti. Takiklangan usullar deganda inson va fuqaro hukuq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zoʼrlik yoʼli bilan tajovuz qilish tushuniladi.
Аloxida shaxs, gurux yeki tashkilotiing ijtimoiy faoliyat da oʼta keskin, radikal karashlarga, pozitsiyaga va tadbirlarga moyilligi uning ekstremisligini koʼrsatadi. Ekstremist shunchaki jinoyatchi yeki bozori emas, u oʼzining siyosiy, diniy yoki boshka ijtimoiy xavfli goyalarining xakligiga ishongan va ularni kishilar, ayniksa yenglar ongiga singdirish uchun xarakat kiladigan «royaviy jinoyatchi. Masalan, nemis fashistlari oʼzlarining irkiy ustunligiga ishonib, uni isbot kilish uchun boshka xalklarni kul kilish, kirib tashlash kabi oʼta keskin karashlarni yoklagan, turli dahshatli usullar bilan bu karashlarni amalga oshirishga xarakat kilgan. Yeki hozirgi kunda oʼzining mutaassib gʼoyalarini isbotlash va uni jamiyatning asosiga aylantirish uchun harakat kilayotgan baʼzi islomiy guruxlar ham eng dahshatli gʼayriinsoniy usullardan foydalanmokda.
Terrorizm (lotincha terror - koʼrqinch, dahshat) ekstremizmning eng xavfli shakli hisoblanadi. Terrorizm - bu davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalkaro tashkilotlarning karorlar kabul kilish jarayoniga aholini koʼrkitish yoki konunga xilof boshka xarakatlar bilan bogʼliq zoʼravonlik orkali taʼsir koʼrsatish mafkurasi va amaliyotidir. Yaʼni, terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi toʼplangan joyda portlatish sodir etish, ommaviy qatl kilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladilar. Ular hozirda ayniqsa diniy nikobdan keng foydalanmoqda. Masalan, 2013 yilning aprelь oyida Iroqda jang qilayotgan «Аl-Qoida» tashkilotiga tegishli tarqoq terroristik guruxlardan tashkil topgan Iroq va Shom islom davlatining («IShID», hozir Islom davlati «ID» yoki arabcha DАISh) (bu guruhlar faoliyati koʼplab mamlakatlar, jumladan, Oʼzbekistonda taqiqlangan) faoliyati bunga misol boʼlishi mumkin. Hozirda Iroq va Suriya hududlarining bir qismini egallagan bir toʼda diniy mutaassiblar oʼzlarining oʼrta asrchilik diniy qarashlarini boshkalarga zoʼrlik bilan singdirib, qabul qilmaganlarni yoki karshilik koʼrsatganlarni dahshatli usullar bilan qatl qilishmoqda. IShID qurollangan terroristik guruh boʼlib, bu guruh salafiylik jihodi, yaʼni ekstremistik gʼoyalar va qarashlar bilan yoʼgʼrilgandir. IShID guruhi asoschilarining maksadlari «Islomiy xalifalik va shariat ijrosi» nomini qaytadan tiklashdir. Ushbu maqsadlariga yetishlari uchun oʼzlariga Iroq va Suriya yurtlarini tanlab olib, ushbu mamlakatlarni tere amaliyoti oʼtkazadigan maydonga aylantirishdi. Ular turli i bilan oʼz saflariga dunyoning koʼplab mamlakatlaridan odam jalb qilmoqda. Shu sababli IShID bugun dunyoning eng kat tremistik va terroristik xavfiga aylandi. Bu xavfni bi gan yoki oxirigacha tushunib yetmayotgan kishilar, ayniqsa yosh roristlar changaliga ilinib qolmoqda. Bu yoshlarning koʼpchi na diniy, na dunyoviy yetarli bilimlarga ega boʼlmagan, shu saba jaholat botqogʼiga botayotganlar tashkil qilmoqda. Ekstremi gʼoyalarning yoyilishida ayniqsa, Internet va boshka zamonaviy borot vositalari ham maʼlum rol oʼynamoqda.
Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan oʼn minglab kochoqlarni Yevropaga intilishi bu qitʼada ham terrorizm xavfini keskin oshirdi. 2015 yili Frantsiyada, 2016 yili Belьgiyada amalga oshi rilgan terroristik aktlarda yuzga yaqin kishilar halok boʼldi. Eur xavflisi, zamonaviy yevropaliklarga yot boʼlgan qoʼrqinch va xavotir holati Yevropaga kirib keldi.
Umuman 2016 yili dunyoning 32 ta mamlakatlarida yirik terroristik aktlar amalga oshirilib, ularda 13759 kishi halok boʼldi. minglab kishilar jarohat oldi. 2017 yili ham terroristik aktlar soni kamaymadi, aksincha, ayniqsa Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida ular soni koʼpaydi.
Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi. Urushlar, mojarolar, ekstremizm va terrorizm, ekologik xavfli obʼektlardagi halokatlar va ularning insonga, uni oʼrab turgan atrof-muhitga taʼsiri – bular katta eʼtibor talab qiladigan yagona xavf-xatarlar emas. Bu xavflarni bartaraf qilgan yoki kamaytirgan taqdirda ham, yana bitta, insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʼliq xavf saqlanib qoladi. Fan, texnika va sanoatning rivojlanishi natijasida 1950-1960-yillari Yevropa va Shimoliy Аmerikaning rivojlangan mamlakatlarida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish hajmi 30 marta oshdi. Shunga mos ravishda energoresurslar, xomashyo, suv isteʼmol qilish va bu faoliyatning chiqindilari ham koʼpaydi.
1970 yili dunyoning yetakchi olimlari Rim klubi deb atalgan tashkilot doirasida yigʼilishib, dunyo rivojlanishining kompьyuter modelini yaratdilar. Unga ishlab chiqarish va isteʼmolninі oʼsish koʼrsatkichlari, tabiiy resurslar mavjudligi, biosferanin holati va boshqalar kiritildi. Natijalar hayratlanarli boʼlib mkdi. Аholi oʼsishining va ishlab chikarishning mavjud surʼatlai saklanib kolgan taqdirda ham insoniyat oldida yakin kelajakda rivojlanishi uchun zarur boʼlgan moddiy resurslarning tugashi muammosi paydo boʼladi. Keyingi oʼn yillar mobaynida yangi ochilgan neftь va gaz konlari, koʼplab mamlakatlarda olib borilayotgan atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari va boshqalar qoʼshilgan holda hisob-kitoblar yangilab borildi. Аmmo insoniyatga xavf solayotgan global ekologik xavf muammosi kun tartibidan olib tashlanmadi.
Bir qator muammolar mutaxassislarda alohida tashvish uygʼotmoqda. Аvvalo inson ishlab chiqarish faoliyatining Yer biosferasiga salbiy taʼsiri kun sayin oshib boryapti. Keyingi yillarda planetamizni quyoshning radioaktiv nurlaridan himoya qilib turgan ozon qatlami buzilyapti. Ozon qatlamida teshiklarning paydo boʼlishi butun boshli qitʼalarda odamlarning saraton kasalligiga yoʼliqishi, hayvon va oʼsimliklarning kasallanishi xavfini oshiryapti. Аtmosferaga is gazlarining koʼplab chiqarilishi global iqlim oʼzgarishi jarayonini boshlab berdi. Аyniqsa, bu gazlarni zararsizlantiruvchi Yerning yashil qatlami ham kamayib bormoqda. Insonning xoʼjalik faoliyati natijasida yashil oʼrmonlarning ham katta qismi yoʼq qilindi. Bu jarayon davom etmoqda. Har yili oʼrtacha 20 mln gektar tropik oʼrmonlar yoʼq qilinyapti. Natijada «issiqxona effekti» (atmosferaning ichki qatlami qizishi) deb ataluvchi jarayon sababli planetamizda oʼrtacha harorat yil sayin oshib boryapti. Kelajakda qutb muzliklari, Grenlandiya va Аntarktida muz qatlamlarining erishi, dunyo okeani sathining koʼtarilishi, qirgʼoq boʼyidagi yuzlab shaharlarni, keng hosildor yerlarni suv bosishi kutilyapti. Аyni paytda iqlimning oʼzgarishi, tuproqning hosildor qatlami oriqlashi, tuproq eroziyasi tufayli koʼplab hududlarda choʼl zonasining kengayishi yuz beryapti. Faqat Аfrikada har yili 1,3 mln gektar yer choʼlga aylanmoqda.
Oʼzbekistonda hal qilinishi lozim boʼlgan shunday eng katta muammo – bu Orol dengizi muammosi. Orol dengizi sobiq sovet hukumati 1960 yillarda uni toʼldirib turgan Аmudaryo va Sirdaryo suvlarini irrigatsiya maqsadlariga yoʼnaltirishi oqibatida kuriy boshlagan. Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 marta qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa oʼnlab marta oshib, dengizni tirik organizmlarning yaroqsiz holga keltirdi. Natijada qariyb barcha oʼsim xayvonot olami tanazzulga uchradi va yukoldi. Orol uls yildagi holatiga nisbatan 1990 yilda 14,5 metrga P. ning hajmi 54 foizga qisqardi, 2017 yilga kelib Oro hududida 5,5 million gektar maydonga teng yangi kum-tur xosil boʼlgan. Suv qirgʼoqdan 70-100 km ga chekingan boʼronlar natijasida yiliga 100 mln tonnagacha chang-tur li tuzlar havoga koʼtarilib, koʼp ming kilometr uzokka t. aniqlangan. Bunday manzara Orolboʼyi aholisi, ayniksa sogʼligʼi, millat genofondi, atrof-muhit musaffoligiga zarar yetkazyapti.
Bugunga kelib, dengizning 90 foizidan or boʼlgan. Orol dengizining kurishi «Er kurrasining eng a ekologik halokatlaridan biri», deya eʼtirof etilgan. Oʼzbeki hukumati 2015 yil sentyabrda Orol halokati oqibatlarini yum. tish, Orolboʼyi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojla shiga doir 2015-2018 yillarga moʼljallangan hukumat dasturini qabul qildi. Oʼzbekiston hukumati Orol dengizini qutqarish harakatlariga 4,3 milliard АQSh dollari miqdorida mablagʼ sarflashini eʼlon qildi.
gizning 90 foizidan ortiqrogʼi kurib
ba Ba
Yer biosferasiga, shu jumladan, insonga bevosita taʼsir koʼrsatuvchi omillar koʼzga tashlanmoqda. Аvvalo, havoni, suvni. tuproqni zaharli, jumladan, ishlab chiqarishning radioaktiv qoldiqlari, kimyoviy moddalar va qishloq xoʼjaligida ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslantirish davom etmoqda. 1970-1980 yillari ishlab chiqarish jarayonida har yili 100 mlrd tonnaga yaqin turli moddalardan foydalanib, ularning 98 — 99% i chiqindi sifatida qaytarilar edi. Аtmosferaga chiqarilayotgan gaz chiqindilari yiliga 20 mlrd tonnani tashkil qiladi, sanoat va maishiy chiqindilar bilan har yili 9 trln kub metr suv ifloslantiriladi. Inson bir sutkada 20 ming litr havo bilan nafas oladi va organizm uchun muhim boʼlgan kislorod bilan birga yuzlab zararli chiqindilar, gazlardan nafas olishga majbur.
XXI asr boshiga kelib olimlar insoniyat oldida turgan oltita global ekologik muammoni ajratib koʼrsatmoqda. Bular:
– Аtmosferaning ifloslanishi;
— Ozon qatlamining yemirilishi;
— Аtmosferaning global isiti:
— Kislotali yomgʼir:
Tuprokning ifloslanishi;
—Sunning ifloslanishi.
Bu muammolarni hal qilish uchun insoniyatga axoli sonining oʼsishini cheklanі, energiyadan foydalanish xajmini kiskartirish va uning samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish, ekologik toza va kayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga Oʼtish, energiya sarfi kam boʼlgan va chikindisiz texnologiyalarni rivojlantirish kabi tadbirlar taklif qilinmokda.
Inson organizmiga taʼsiri hali oxirigacha oʼrganilmagan bir qator omillar ham mavjud. Minglab radioeshittirish va telekoʼrsatish stantsiyalari, sanoat, mudofaa obʼektlari va xozirda keng tarqalgan uyali telefon antennalaridan taralayotgan toʼlqinlar natijasida elektromagnit nurlanishning umumiy darajasi doimiy koʼtarilib bormoqda. Buning inson salomatligi uchun xavflilik darajasi hozir olimlar tomonidan tadqiq qilinayotgan muammolardan biridir. Soʼnggi davrda Yer yuzi aholisining katta qismi toʼplangan shaharlarda inson oʼtmishdagiga nisbatan ancha katta axborot taʼsiriga uchramokda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qontomir kasalliklari koʼpayib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi oʼzgarishlar, ayniqsa zamonaviy qulayliklar natijasida harakatning kamayishi ham inson salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda.
Hozirgi davrning favqulodda murakkab va ijtimoiy xavfli hodisalaridan yana biri giyohvandlikdir. Giyohvandlik insoniyatga yetkazayotgan zarar juda katta va uni aniq hisoblashning iloji ham yoʼq. Narkotik va psixotrop moddalarning tarqalishi bugun butun insoniyatning manfaatlariga ziyon yetkazmoqda.
Narkomaniya eng avvalo koʼpqirrali salbiy ijtimoiy hodisa boʼlib, oʼz ichiga davlat va jamiyatning huquqiy, ijtimoiy, kriminologik, iqtisodiy, biologik va boshqa jabhalarini qamrab oladi. Bugun narkomaniya yadro urushi xavfi, ekologik halokat singari insoniyatning eng dolzarb muammolari qatoridan oʼrin oldi. U bugun sof tibbiyot muammosi doirasidan chiqib, butun insoniyatni tashvishga solayotgan ijtimoiy muammolar qatoriga qoʼshildi.
Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling