6-mavzu. Ilmiy uslub janrlari. Esse, doklad, ma’ruza, tezis, kurs ishi


Download 281.1 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi281.1 Kb.
#150506
Bog'liq
3 MAVZU NAZARIY


6-mavzu. Ilmiy uslub janrlari.

Esse, doklad, ma’ruza, tezis, kurs ishi
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi.

Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop turlari bor. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.



Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.

Esse va uning tuzilishi




Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshashdir.
Esse falsafiy, tarixiy biografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop va sof beleristik xarakterda bo‘ladi. Esse uslubi obrazliligi, ofaristikligi, jonli tilga yaqinliligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo‘ladi.

Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topgan. Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX asrning 70-80-yillaridan esse yaratila boshlandi.



Esse yozish shartlarida ko‘pincha mavzuni muhokama qilish so‘raladi, masalan:



Bu holatda aytilgan fikrning afzalliklari va zararlarini baholash talab etilmoqda. Unda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:

Mavzuni yoritayotganingizda menimcha, mening fikrimcha, o‘ylaymanki kabi subyektiv iboralardan foydalanmang, uning o‘rniga obyektiv birikmalardan foydalaning:

Umuman olganda, uyda ishlash yo‘lga ketadigan vaqtni tejaydi.


  • Ko‘pchilik biladiki, e-mail va Internet xizmati ofis ishlarini ham bajaradi.

  • Ko‘pchilikda hamkasblar bilan yuzma-yuz muloqotga zarurat tug‘iladi.

  • Bo‘lishi mumkin, ko‘proq korxonalar uyda turib ishlashni qo‘llab-quvvatlashadi.

  • Vaziyat shuni taqozo etadiki, muayyan kishilar o‘zlari mustaqil ish olib borishni yoqlashadi.

Agar fikrlaringizni faktlar bilan to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagidek birikmalardan foydalaning:

Emersonning fikricha (2003), rivojlangan prinsiplar-ga ega kompaniyalar kamchilikni tashkil etadi. Poledna (2007) ta’kidlaydiki, aksariyat xodimlar qulay ish jarayonida mehnat unumdorligiga erishadilar.

Esse yozishda sabab yoki natijaga diqqatni qaratish bilan bog‘liq aloqadorlikning ikki usuli muhim ahamiyatga ega:



. Sabab va natijaning yozilish tili

Yozuvchi sabab yoki natijani ajratib ko‘rsatishni tanlashi mumkin. Ikkala holda ham bog‘liqlikni ko‘rsatish uchun fe’l yoki ko‘makchidan foydalaniladi.



  1. Sababga diqqatni qaratish:



  1. Natijaga diqqatni qaratish:

Quyidagilarni taqqoslang:



  • Kasallanishlar kamaydi, chunki bolalar emlandi. (fe’l+chunki)

  • Bolalar emlanganligi sababli kasallanishlar kamaydi. (sababli+fe’l)

  • Bolalar emlanganidan buyon kasallanishlar kamaydi. (ko‘makchi+fe’l)

  • Emlanishlar sababli kasallanishlar kamaydi. (ko‘makchi+fe’l)

Fe’llar umumiy hodisalar uchun ishlatilgan paytda ko‘makchilar alohida vaziyatlar bilan qo‘llaniladi:

  • Pul chiqarish odatda inflatsiyaga olib keladi. (umumiy)

  • Iyulning issiq ob-havosi tufayli muzqaymoqqa bo‘lgan talab oshdi. (alohida)

Esse topshiriqlari ko‘pincha muammoni tekshirishni va yechimni baholashni talab qiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

Savol: Yo‘l tirbandligi qanday qilib kamaytiriladi?

Muammo: Amaldagi yo‘llar ko‘pincha tirband bo‘ladi, ular kechiktirish mobaynida odamlar harakati va yuklarini qimmatlashtiradi.

Yechim A: ko‘pincha ko‘proq yo‘llarni qurish yoki mavjudlarini kengaytirish harakat tirbandligini kamaytiradi deb hisoblanadi.

Yechim Aga qarshi sabab: Bu chora qimmat bo‘lishni ta’minlaydi va ko‘proq yo‘llardan foydalanishga undaydi. Bu masala qisman to‘g‘ri...

Quyidagi so‘zlardan muammo va yechim uchun sinonim sifatida foydalanilishi mumkin.



  • yangi jarayon 2ta savol yaratdi ...

  • jamoa 4ta muammoga yuzlandi ...

  • bizning asosiy tashvishimiz ... bo‘lgan

  • buning uchun eng yaxshi chora bo‘lishi mumkin ...

  • boshqa taklif bu ...

  • bu xato ... tomonidan tuzatildi/yechildi

  • 2 ta fikr olg‘a surildi

  • asosiy qiyinchilikka …. uchraydi ...

  • 3ta asosiy qiyinchiliklar ko‘tarildi ...

Ma’ruza va uning tuzilishi

“Ma’ruza” so‘zi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi.

1. Rahbar yoki boshliqda og‘zaki yoxud yozma bеrilgan axborot. Masalan, “Bayramoldi topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan yoshlar tashkiloti mutasaddisining maktab dirеktorga yozma ma’ruzasi” kabi.

2. Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida bеrilgan axborot.

Ikkinchi ma’noda ma’ruza omma orasida yoki auditoriyada so‘zlanadigan nutqning ko‘rinishlaridan bo‘lib, turli mavzularda yoziladi; ya’ni pеdagogik mavzudagi ma’ruza, adabiyotlar obzoriga bag‘ishlangan ma’ruza, ilmiy, hisobot ma’ruzasi kabi.

Ma’ruza ma’lum tayyorgarlikdan kеyin yig‘ilgan matеriallarga, dalillarga asoslangan holda yoziladi. Shunga ko‘ra, ma’ruza yozuvchi unda ma’lum maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va rеjalashtiradi. Dalillar, manbalardan olingan parchalar ko‘zlangan maqsadni ochadigan qilib tanlanadi. Masalan, o‘qituvchi maktab yoki sinf haqida ota-onalar majlisida ma’ruza qilmoqchi bo‘lsa, u maktab, sinf hayotini yaxshi o‘rganishi, dalillarni tahlil etib, ma’lum xulosalarga kеlib qo‘yishi, sinfning o‘zlashtirishi, unga sabab bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalar, sinf o‘zlashtirishini ko‘tarish borasidagi rеjalar, ilmiy faraz va vazifalar avvaldan yaxshi o‘ylab olinishi kеrak. Ma’ruzada turli xil raqamlar, ularni bir-biri bilan solishtirish, o‘zlashtirilish foizlarini hisoblab chiqarish ham ko‘zda tutiladi. Ammo haddan tashqari ularga ko‘p o‘rin bеrish ma’ruzani zеrikarli qiladi.

Ma’ruza uchun kеrakli dalil va matеriallar tayyor bo‘lgach, endi ma’ruzaning tuzilishi ustida, fikrlarni ifodalash vositalari, ohang, mantiqiy urg‘u ustida mashq qilinadi. Bu jarayonda tinglovchilar bilan aloqa bog‘lab turishning vositalari – undalma, kiritma gap, kirish so‘z, o‘rni bilan yumor va boshqalardan foydalanish ham yaxshi natija bеradi.

Ma’ruzaning umumiy rеjasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi zarur:

1. Kirish qismi. U asosiy masalaga o‘tish “ko‘prigi” hisoblanadi. Unda taxminan, kundalik siyosat, ma’ruza uchun sabab bilgan voqеalar singari omillar ustida so‘zlanib, asta-sеkin mavzuni yoritishga o‘tiladi.

2. Ma’ruza mazmunining bayoni.

3. Bayon etilgan fikr-mulohazalardan kеlib chiqadigan xulosalar.

4. Taklif, tavsiyalar. Bu punkt aksar ma’ruzalarda bo‘lmasligi mumkin.

5. Ma’ruza yana bir ko‘rinishi oliy o‘quv yurtlarida, omma oldida biror mavzu yuzasidan bayon tarzida o‘tkaziladigan dars yoxud mashg‘ulotdir. Shu mashg‘ulotda tinglangan nutq ham ma’ruza dеb yuritiladi. Ma’ruza ikki xil 1. Monolog ma’ruza

2. Dialog ma’ruza (suhbat).

Monolog ma’ruzada lеktor ma’lum mavzu bo‘yicha o‘zi bilgan narsalar haqida so‘zlaydi. Savollar ma’ruza tugagandan so‘ng bеriladi.

Dialog ma’ruza tinglovchilarning faol ishtirokida o‘tadi. Notiq ma’lum masalalarni nutqida yoritib borar ekan, o‘z fikrlarining qanday tushunilayotganligini aniqlash maqsadida tinglovchilargia murojaat qilishi, ularning javoblarini tinglashi, savollariga javob bеrishi, ular bilan bahslashishi mumkin. Ana shu savol-javoblar, fikr olishuvlar jarayonida mavzuning mazmuni ochila boradi. Ma’ruzaning qiziqarli o‘tishi notiqning tayyorgarligiga, nutq oqimini tinglovchilarning xulqiga ta’sir etadigan tarzda olib borishiga bog‘lik. Notiqning bilimi, saviyasi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, tilni bilishi va undan mohirona foydalana olishi muvaffaqiyatlarning garovi sanaladi.

Ma’ruzaga tayyorlanish ham xuddi ommaviy ma’ruzaga tayyorlanish kabidir. Albatta, dalillar to‘plamasdan, nazariy adabiyotlar bilan tanishib chiqmasdan turib yaxshi ma’ruza qilib bo‘lmaydi.



Tezis – (yunoncha thesis qoida, isbot) degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda – bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda – asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish.

Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.

Ilmiy ishni yozish haqida


Mavzuning ilmiy-metodik adabiyoti o‘rganilib, ishlab chiqiladi, mavzu bo‘yicha faktik material to‘planib, dastlabki tasnif amalga oshiriladi. Shu bilan ilmiy ish olib borishga tayyorgarlik bosqichi asosan tugab, bevosita ilmiy ishning o‘zini yozish bosqichi boshlanadi.

Ma'lumki, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlanganidan keyin ilmiy ishning xomaki rejasi tuziladi.

Ilmiy ish, odatda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija qismlaridan iborat bo‘ladi; mavzuning tabiatiga qarab ilova qismi ham beriladi.

Ilmiy ishni yozish odatda "Kirish" qismini yozish bilan boshlanadi. Ilmiy ishning "Kirish" qismi ikki bo‘limdan tarkib topadi:

1. Ishning umumiy tavsifi. 2. Mavzuning o‘rganilish darajasi (ilmiy - metodik adabiyotlarga tavsif). Ishning umumiy tavsifi bo‘limida mavzuning dolzarbligi asoslanadi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari kabi bir qancha masalalar qisqa tarzda bayon qilinadi.

"Kirish" qismining ikkinchi bo‘limida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha o‘rganib chiqilgan ilmiy-metodik adabiyotlarga tavsif beriladi, ularning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi.

Kurs ishining asosiy qismi mavzuning tabiatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bu qismning boshlanishida ilmiy ish qanday boblarga bo‘lingani qisqa izohlanadi, so‘ngra sarlavhalar ostida har bir bobning matni boshlanadi.

Ilmiy ishning asosiy qismi oldiga qo‘yiladigan talablardan biri - ajratiladigan bo‘limlar, boblar, sarlavhalar mazmunan asosli bo‘lishi, izchil joylanishi, hajman ham mumkin qadar mutanosib bo‘lishi kerak.

Xulosalar ikki turli bo'ladi: 1) Ilmiy ishning har bir bobi o‘z xulosalari bilan yakunlanadi; 2) Ilmiy ishning oxiriga umumiy xulosalar chiqariladi. Shuni hisobga olib, muhim xulosalarni boblar oxirida bermay, dissertatsiya oxiridagi xulosalarda berish lozim. Xulosalar lo‘nda, aniq va ishonarli bayon qilinishi zarur; bu yerda ortiqcha so‘zga o‘rin yo‘q. Xulosalar odatda raqamlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish alifbo tartibida amalga oshiriladi: avval birinchi harfi asosida, birinchi harfi bir xil bo‘lsa, ikkinchi harfi asosida, bular ham bir xil bo‘lsa, uchinchi harfi asosida va hokazo joylanadi. Bir avtorning bir necha asari ham odatda alifbo tartibida joylanadi.

"Foydalanilgan adabiyotlar" qismidan keyin (agar "Ilova" qismi bo‘lmasa) "Mundarija" joylanadi. "Mundarija"ni ilmiy ishning boshlanishida (sarlavhasidan keyin) joylash ham uchraydi. Mundarija dastlab tuzilgan ish rejasini hisobga olgan holda ilmiy ishning amalda ajratilgan bo‘lim, bob, sarlavhalari asosida tuziladi. Mundarijada eng yirik bo‘limlarning nomi katta harflar bilan, ikkinchi darajali sarlavhalar kichik qora harflar bilan, uchinchi darajali sarlavhalar och kichik harflar bilan hoshiyadan boshlab yoziladi. Mundarijada qo‘yilgan sahifa raqamlari ishning shu sarlavhalar aks etgan sahifalariga mos bo‘lishi lozim.

Mavzuning tabiatiga qarab kurs ishida "Ilova" qismi ham berilishi mumkin. Bunday qism mundarijadan oldin joylashadi.



Ilmiy tadqiqotning barcha qismlari yozib bo‘linganidan keyin ilmiy ish matni bir butun holda maxsus kuzatilib, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar bartaraf qilinadi. Ilmiy ish matnini uslubiy jihatdan ham sinchiklab kuzatish kerak: fikr bildirishda, so‘z ishlatishda, qo‘shimcha ishlatishda voqe bo‘lgan qaytariqlarni, uslubiy g‘alizliklarni bartaraf qilish lozim.
Download 281.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling