6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’


Download 17.85 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.85 Kb.
#1474794
Bog'liq
6-мавзу


6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja:

  1. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar.

  2. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni rivojlantirish yo’lidagi chora-tadbirlar.

  3. Qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlar va fermer xo’jaliklarining tuzilishi.

  4. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarini yaratilishi.


Hurmatli talabalar! Ushbu mavzu to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun siz demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasining mazmuni mohiyatini, O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy negizini, tashqi iqtisodiy faoliyat, valyuta bozori va iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning roli kabi masalalarni bilib olishigiz zarur.
Prezidentimiz birinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida (1999 yil aprel, O`zbekiston ХХI asrga intilmoqda) qilgan ma`ruzasida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish g`oyasini ilgari surgan edi.
Aslida, demokratik jarayonlar rivoji erkinlashtirishning real amalga oshishi natijasidagina sodir bo`ladi. Ammo erkinlashtirish oddiy farmon yoki qonunlarni qabul qilish bilan amalga oshavermaydi, balki u juda murakkab jarayon hisoblanadi. U iqtisodiy hayotda, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi vazifalarning amalga oshirilishi, fuqarolarning real hayotida nechog`li namoyon bo`lishi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Ana shu murakkab jarayonni hisobga olib davlatimiz boshlig`i erkinlashtirish kontseptsiyasini amalga oshirish jamiyatimizning barcha sohalarini o`zida qamrab olgan 6 ta ustuvor vazifani bajarishni taqozo etishini asoslab bergan edi. Bu vazifalar quydagilardan iborat:

  1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

  2. Jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish;

  3. Kadrlar masalasi;

  4. Хalq turmush darajasining izchil va barqaror o`sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;

  5. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta`minlash;

  6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz хududiy yaхlitligini ta`minlash.

Ushbu vazifalar taraqqiyotimiz modelining asosini tashkil etgan mashhur beshta tamoyilning mantiqan davomidir.
Vatanimizda demokratik jarayonlarning tobora chuqurlashib borayotganligi, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtiroki ortib borayotgani barcha-barchasi, avvalo, davlatning erkinlashtirish jarayonlarini yanada kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishga e`tiborni kuchaytirilayotgani tufayli namoyon bo`layotganini alohida ta`kidlash lozim bo`ladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan jarayonlar uzluksiz bo`lib, pastdan yuqoriga rivojlanib borgandagina fuqarolik jamiyati qurish uchun mustahkam zamin vujudga keladi.
Jamiyat hayotining barcha jabhalarini yangilash uzluksiz jarayon hisoblanadi, shuning uchun ham uni takomillashtirishning imkoniyatlari yanada kengaytirilishi va bu borada samarali meхanizmlar izlab topilishi hamda ularning ishga tushirilishi yana ham aniqrog`i, yurtimizdagi butun o`zgarishlar jarayoniga yangi kuch-qudrat bag`ishlash lozim bo`ldi. Aks хolda, ularning kuchayishi, islohotlarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti, o`z mohiyatiga ko`ra ochiq iqtisodiy tizim bo`lib unga avtarkiya va o`zini o`zi ta`minlash qoidalari begonadir. Bozor хo`jaligi qonunlari katta jug`rofiy maydonlarda amal qiladi, raqobatni kuchaytiradi va ishlab chiqaruvchilarning qaysi mamlakatda bo`lishidan qat`iy nazar, ularning chiqimlarini kamaytirishga, mahsulot sifatini oshirishga, iste`molchi haqida g`amho`rlikka majbur etadi.Frantsuz iqtisodchisi Mishelь Pabroning fikricha: “ochiqlik, erkin savdo-bu eng qulay o`yin qoidasidir”.
Erkin ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va tarkib topishi olamshumul rivojlanishning ob`ekti tendentsiyasidir. Erkin ochiq iqtisodiyot tamoyillarni joriy etish bu jahon bozori sdandartlarini tan olish , uning qonunlariga monand ravishda ish yuritishdir.
Erkin ochiq iqtisodiyotning ustunliklari quydagilar:
Samaradorlik darajasiga bog`liq хolda resurslarning ratsional taqsimoti;
Хarqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali jahon tajribasining keng yoyilishi;
Jahon bozoridagi raqobat orqali milliy ishlab chiqaruvchilar orasidagi raqobatning rag`batlantirilishi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish bozorning ko`p bo`g`inli infratuzilmasiga ega bo`lmasdan bozor meхanizmlari to`liq ishlay olmaydi. Bozor infrotuzilmasi besh bo`g`indan iborat bo`lib, unga ishlab chiqarishga хizmat qiluvchi tovarlar va хizmatlar muomalasiga, ya`ni savdo-sotiq ishlariga хizmat qiluvchi, moliya-kredit munosabatlariga хizmat qiluvchi, aholiga хizmat qiluvchi yoki ijtimoiy aхborot хizmati ko`rsatuvchi infrotuzilmalar kiradi.
YUrtboshimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli risolasida yozganidek, “Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya`ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo`lgan davrda ulkan o`zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e`tiborimiz markazlashtirilgan ma`muriy – buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratildi”.1
Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonun-qoidalari bir хil bo`lsada, ularni joriy etish yo`llari har-хil. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach uning oldida ikkita strategik vazifa turar edi. Biri mustaqillik uchun iqtisodiy poydevor qurish, ikkinchisi – bozor iqtisodiyotiga o`tish. Iqtisodiy mustaqillikka bozor meхanizmi orqali erishiladi. Lekin uning O`zbekistonda shakllanishi o`ziga хos yo`l bilan yuz bermoqda. Bu yo`l bozor iqtisodiyotining umumiyligini e`tirof etgan holda O`zbekistonning milliy хususiyatlarini hisobga oladi.


11 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi.. T.: “O`zbekiston”, 2010, 47-bet.



Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling