6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#262719
  1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va



6-mavzu.  Iqtisodiy jarayonlarning 

globallashuvi.  Globallashuv va lokallashuv 

Reja: 

 

1.  Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‗sib borishi.   



2.  Transmilliy korporatsiyalar.  

3.  Global mehnat bozori.  

4.  Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri.  

5.  Globallashuv va lokallashuvning o‗zaro ta‘siri.  

  

Bu,  birinchidan  milliy  xo‗jaliklarning o‗z  mamlakatlari  chegaralariga  sig‗may  



boshqa mamlakatlar xo‗jaligi bilan integratsiyaga  kirishgani  natijasida  tovarlar oqimi 

tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‗lib, mamlakat rivojlanishi  uchun  

qo‗shimcha  yo‗l  ochiladi.  Ikkinchidan,  savdo ehtiyoji  bu  jarayonni  tezlashtirishga  turtki  

bo‗ladiki,  bu  maqsadda hatto  Jahon  savdo  tashkiloti  ham  ta‘sis  etilgan.  Uchinchidan, 

tabiiy  resurslarning  notekis  joylashganidan  zarur  xomashyoga  ega bo‗lishga undaydi. 

To‗rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan, milliy iqtisodiyotlarni o‗zaro bog‗liqligidan 

foydalanib oldinga o‗tib olish  mumkin.  Beshinchidan,  harbiy  va  boshqa  sohalar  ehtiyojlari 

global aloqaga ega bo‗lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek, kommunikatsiyaning  

boshqa  vositalarini  jiddiy  rivojlantirishni talab etadi. Oltinchidan, aholi migratsiyasi 

jarayonlarini boshqarish  zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‗yadi va h.k.   

Globallashuvning  hozirgi  bosqichida  iqtisodiyot  sohasida konkret  davlat  nazoratidan   

xoli  faoliyat  ko‗rsatadigan  transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‗lganligini alohida qayd 

etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat 

yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‗rsatadigan xalqaro 

valuta jamg‗armasi,  xalqaro  rekonstruksiya  va  taraqqiyot  banki  va  boshqalar ishlab  

chiqarishni  moliyalashtirishga  emas,  balki  pul  oqimlarini yo‗naltirishga  doir  siyosatni  

belgilaydi.  ular  moliyaviy  davlat sifatida bir qancha mayda va o‗rtacha mamlakatlar 

budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‗lgan istagan 

mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.  

Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‗armasi va boshqa xalqaro 

tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati 

natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli  qarorlar,  shu  jumladan,  kambag‗al  

mamlakatlardan  ishchi kuchlarini  rivojlangan  mamlakatlarning  qaysisiga  qancha  jalb 

qilishigacha bo‗lgan qarorlar qabul qilindi.  

Iqtisodiy  globallashuvda  g‗arbdan  tashqari  qator  mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va  

texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‗linadi. 

buning oqibatlari esa  ko‗pdan  ko‗p  salbiy  jihatlarni  keltirib  chiqarmasligi  mumkin emas.  

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling