6-mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda moliyaviy institutlarning o‘rni. Reja


Download 33.76 Kb.
bet5/5
Sana12.11.2021
Hajmi33.76 Kb.
#444171
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya
saidahror, Masuliyatli test, 247824, Документ Microsoft Word, A GRUPA 4 -7 YOSHLAR UCHUN, A GRUPA 4 -7 YOSHLAR UCHUN, A GRUPA 4 -7 YOSHLAR UCHUN, Aldongarova 20201016 134014 406 pdf, 7, Risk-menejment tushunchasi va uning mohiyati-www.hozir.org, 2 5273978505275642347, 1-amaliy
Jumladan:

1. “Tolimarjon IES”da quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilib, bu erda yiliga 7 mlrd. kVt∙soatdan ortiq qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi;

2. “Angren IES”da yuqori kulli ko‘mirni yoqishga mo‘ljallangan 150 MVt quvvatli energoblok qurilib ishga tushirildi. YAngi energoblokning ishga tushirilishi bilan stansiyada yiliga 1 mlrd. 50 mln kVt∙soat elektr energiyasi va 624,2 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi;

3. Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining ta’minlovchi podstansiyalariga tashqaridan elektr quvvati etkazib beruvchi ob’ektlarni qurish” loyihasi bo‘yicha umumiy uzunligi 23,77 km bo‘lgan 110 - 220 kV havo liniyasi (HL) va 200 MVA transformatori, shuningdek, “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha umumiy uzunligi 20,2 kmga teng 110 kV havo liniyasi ishga tushirildi.“Armatura va izolyatorlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Angren erkin iqtisodiy hududida “Armatura-izolyator zavodi” qo‘shma korxonasining 1-chi bosqich ishlari yakunlanib, hozirgi vaqtda liniyalarni bir-biriga bog‘lovchi armatura ishlab chiqarilmoqda. Investitsiya dasturiga muvofiq 2017 yilda 29 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib 2 ta loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. Bular: 

1. Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 90 km masofadagi 220 kV li havo liniyasi quriladi. 

2. “Elektr energiya iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini joriy qilish. O‘zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarni hisobga olish tizimi” dasturi bo‘yicha 1,0 mln.dan ortiq avtomatlashtirilgan elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.SHu qatorda, respublika elektr tarmoqlarining faoliyati darajasi va sifatini yanada oshirish, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida past kuchlanishli elektr tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinib 2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hisobiga respublika shahar va qishloqlari aholisining elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.Bu dastur elektr energiyasiga bo‘lgan kelgusidagi talabning ortishini, energetikaning rivojlanishini va past kuchlanishli elektr tarmoqlari faoliyati tejamliligini oshirishni e’tiborga olgan holda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ishonchliligini oshirish bo‘yicha boshlangan tarkibiy o‘zgartirishlarning davomi hisoblanadi. 

Davlat rahbarining 2018 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi № PQ-2661 qaroriga asosan 34 ming km dan ortiq 0,4-6-10 kV elektr tarmoqlari hamda 6 931 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Buning uchun esa qariyib 836 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.SHuningdek, respublikadagi 2272 ta mahallada 2479 ming iste’molchining elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilanadi, texnologik yo‘qotishlarning 669,61 mln.kVt∙soatga, yillik ekspluatatsiya xarajatlarini 2015 yilga nisbatan 15,3 foizga qisqartirishga erishiladi. O‘zbekiston 2017 yilda 199 ta investitsion loyiha bo‘yicha 4,505 mlrd dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu Prezident SHavkat Mirziyoev qarori bilan tasdiqlangan joriy yil uchun investitsion dasturda o‘z aksini topgan.Xususan, xorijiy kreditlar hisobiga hukumat kafolati ostida 79 ta loyiha bo‘yicha 1,854 mlrd dollar, 120 ta loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan — 2,65 mlrd dollar o‘zlashtirish belgilangan. Xorijiy investitsiyalarning eng katta qismi — 37 ta loyiha bo‘yicha 2,47 mlrd dollar — yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi 2017 yilda umumiy qiymati 8 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun 1,217 mlrd dollarni investitsiya kiritadi. Gas Project Development Central Asia (GPD, Gazprom International sho‘‘ba tuzilmasi) Ustyurt va Surxondaryo viloyatidagi gaz konlari ishlanmasi uchun qiymati 1,3 mlrd dollarga yaqin ikkita loyihani amalga oshirishga kirishadi.Energetika sohasida xalqaro moliya institutlarining xorijiy kreditlari hisobidan 17 loyihaga 506,7 mln dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. YAponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarga yaqinroqni tashkil etuvchi ikkita loyiha — Namangan viloyatida 900 MVt quvvatli To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektrostansiyasi (IES) hamda Navoiy IESda 450 MVt quvvatdagi bug‘-gaz uskunasi qurilishini amalga oshirishga kirishadi. Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlaydi.Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2018 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,3 foizga ortib, 3,7 mlrd dollardan oshdi. O‘tgan yili umumiy qiymati 5,2 mlrd dollar bo‘lgan 164 ta yirik investitsion loyiha yakuniga etdi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida “Posco Daewoo International”, “Yangguang Corporation”, “TTJ”, “Shindong” singari  yirik koreys korxonalari faoliyat yuritmoqda.Bugungi kunga qadar  Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ishlab chiqarilayotgan mato, ip, paypoq hamda kiyim-kechak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan jami 300 million dollar miqdoridagi 14 ta investitsion loyiha amalga oshirilgan.Uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, 2017 – yil savdo iqtisodiy hamkorlik doirasida 23,4 mln.dollar miqdoridagi to‘qimachilik, yarim tayyor mahsulotlar boshqa turdagi sanoat korxonalari mahsulotlari Janubiy Koreya bozoriga eksport qilindi. Joriy yil “Lotte Marte” savdo tarmoqlariga to‘qimachilik mahsulotlarini etkazib berish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi.zbek tadbirkorlari yuqori texnologiyali uskunalarni Koreyaning yirik “Leewa SRC LTD”, “Sunstar” va “TMS Innovation Inc”  singari korxonalaridan sotib oldi. Bular tikuvchilik va paypoq ishlab chiqaradigan uskunalar hamda  torsion, tsirkulyar uskunalaridir.“Bofondo” va “Bonito” brendi ostida chiqadigan jinsi va to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori baholashdi.Koreya Respublikasi  Xalqaro savdo Assotsiatsiyasi va Milliy elektron savdo maydonchasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida 2017 – 2018 yillar O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini “KOREA Trade” elektron savdo maydonchasida sotish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi shartnomalar imzolandi. Endi O‘zbekistoning Koreyada Respublikasidagi korxonalari va Koreyaning import va transport bilan shug‘ullanadigan korxonalari bojxona hujjatlarini  elektron shaklda to‘ldirishlari mumkin.Bir yil davomida 2,0 mlrd dollar miqdoridagi brend mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan hamda bugungi kunda  Bangladesh, Vetnam, XXR, San Salvadordagi ishlab chiqarish korxonalari orqali  90 million ortiq  kishini ish bilan ta’minlagan  “Youngone Corparation” rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida rangchilik va tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasini qurish borasida loyiha va Samarqand shahridagi  dizaynerlik o‘quv markazi bilan tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, Samarqand shahridagi “El merosi” madaniyat markazining faoliyatidagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirilishini qo‘llab quvvatlash borasida  shartnomalar imzolandi.“Youngone Corparation” kompaniyasi tomonidan jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning umumiy miqdori 20 million dollarni  tashkil qiladi.

YAna bir omadli o‘tgan muzokaralardan biri “Daewon Co Contavil” (Koreya va Vetnamda  yirik jun va yarim jun matolarini ishlab chiqaradigan korxona) va “Samwon Ind Co., Ltd” kompaniyalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida  O‘zbekistonda bosqichma bosqich to‘qimachilik sanoati uchun bo‘yoqlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va maktab formalari, ko‘ylakbop hamda  boshqa turdagi matolar ishlab chiqarish bo‘yicha  o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.  “Daewon”  kompaniyasi esa  “IVYclub”ning xususiy brendidagi maktab formalari ko‘rgazmasini  o‘tkazdi.O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik jamiyati Koreya Respublikasida  umumiy miqdori 30 mln. dollardan ortiq  bo‘lgan 7 ta investitsion qo‘shma loyihalar imzolashni rejalashtirgan.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga quyidagilardan iborat:O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 164 nafar bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlanishi;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi to‘grisidagi nizom tasdiqlandi. Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, etakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilishi.Agentlikni saqlab turish O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirishni ta’minlaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini;Agentlikning tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlandi.Agentlikning faoliyat sohasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mutasaddilik qiladigan xo‘jalik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi va islohotlarni amalga oshirish natijalarini tizimli o‘rganish asosida Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishining nazorati hamda monitoringini amalga oshiradi;Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, etakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;Agentlik loyiha ishlari va davlat xaridlarini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, biznes- hamjamiyatning ekspert ishchi guruhlari ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;Agentlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ- huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tizimli tahlili va prognozini amalga oshirish imkonini beruvchi, davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda ishga tushirilishini quyidagilar ta’minlanadi.investorlarining mablag‘lari bilan birga markazlashgan kapital qo‘yilmalar, shuningdek, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, zayomlari, grantlari – O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va texnik qo‘llab- 2018 yil 1 yanvardan boshlab Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, zayom va grantlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari bo‘yicha xulosalar beradi;2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari, davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari shakllantirilishi va amalga oshirilishini nazorat hamda monitoring qilish Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.. Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Hisob palatasi, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda:uch oy muddatda loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqishdan boshlab loyihalar amalga oshirilishini yakunlashgacha bo‘lgan loyiha boshqaruvi jarayonining barcha bosqichlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiniO‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini tashkil qilish, joriy etish va samarali ekspluatatsiya qilish yuzasidan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha Agentlik direktori hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Prezidentimizning 2017 yil 18 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida yana bir qadam qo‘yildi. Joriy yilning 6 iyulida Vazirlar Mahkamasining “Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, keyinchalik mulk egasining o‘zgarishidan qat’i nazar davlat tomonidan xususiy mulk egalariga (jumladan, ustav kapitaliga kiritish, sotish va boshqacha begonalashtirish yo‘llari bilan) berilgan binolar, turar joy bo‘lmagan binolar va qurilishi tugallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari avval xususiylashtirilgan ob’ektlarga kiradi.So‘nggi 12 oy mobaynida tovarlar ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)da umumiy maydonining 50 foizdan ko‘prog‘i (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) foydalanilmay kelingan avval xususiylashtirilgan binolar va noturar joy xonalari foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari hisoblanadi.

Qurilish loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud bo‘lmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan e’tiboran 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan avval xususiylashtirilgan ko‘chmas mulk ob’ektlari qurilishi tugallanmagan ob’ektlar sanaladi.Nizomda belgilanganidek, Davlat raqobat qo‘mitasi qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish va aniqlash bo‘yicha idoralararo komissiya va tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlari, ya’ni mulkdorlar bilan birgalikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holati monitoringini olib boradi. Bunda investitsiya loyihalarining parametrlari ko‘rsatilgan holda bajariladigan investitsiya loyihalari hisobi yuritiladi. Ushbu loyihalar amaliyoti bo‘yicha tashabbuskorlar va mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar tahlil qilinadi hamda umumlashtiriladi. Monitoring natijalari haqida idoralararo komissiyaga axborot kiritiladi.Monitoringni yo‘lga qo‘yish uchun loyiha tashabbuskorlari va mas’ul tashkilotlar (tijorat banklari, davlat soliq organlari) tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi, ushbu loyihalar bajarilishining holati, shu jumladan, moliyaviy-iqtisodiy parametrlari, kreditlar ajratilishi, mulkdorlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlar Davlat raqobat qo‘mitasi(Ishchi organ)ga taqdim etilishi kerak bo‘ladi.

Investitsiya loyihasini amalga oshirish yakuniga etganidan keyin loyiha tashabbuskori ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) eksport (nazarda tutilgan bo‘lsa) hajmlari, yangi ish o‘rinlari bo‘yicha qo‘mitaga axborot beradi. Tuman (shahar) hokimliklari esa uch kun muddatda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlagani haqidagi qarori yuzasidan ma’lumot topshiradi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va organlari loyiha tashabbuskorlaridan olingan ma’lumotlar tahlili natijasi, STIR raqami orqali tushgan mablag‘larni o‘rganish orqali yaratilgan ish o‘rni to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.



Investitsiya loyihasi uning ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar), eksport (mavjud bo‘lsa) hajmi, ish o‘rni soni kabi barcha parametrlari bajarilgan taqdirdagina amalga oshirilgan hisoblanadi.

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси

Download 33.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling