6-mavzu. O’zbekiston respublikasi oliy sudi reja
Download 20.46 Kb.
|
6 mavzu
3-МАВ-НАЗОРАТ, 3-МАВ-НАЗОРАТ, workreorg, IBM, 1-ВАЗИФА-КЕЙС, 2- amaliy ish , 2-Amaliy topshiriq, test-6-sinf-1-2-3-4-chorak, “Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot, “Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot, Шитьё скатерти. Раскрой и шитьё маленьких полотенец. КР-4, xotiraning asotsiativ nazariyalari (2), rus tili milliy 11 imtihon 2021, rus tili milliy 11 imtihon 2021, 977fd8b60f5d8d7e8e0391617690978
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonuniy manbalar
- Maxsus adabiyotlar
6-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI REJA 6.1. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish soshasidagi oliy sud organi. Umumiy sudlar faoliyati ustidan sud nazorati. qonunchilik tashabbusi huquqi. Sud tarkibi va uning tuzilishi. 6.2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Plenumi. Uning tarkibi, tashkil etilish tartibi, sud ishlari bilan bosh va tashkiliy vakolatlari. 6.3. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining shay’atlari. Ularning tarkibi. 6.4. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi. Uning vakolatlari. Oliy sud raisining irinbosarlari. Sud shay’atlari raislari. 6.5. Oliy sudda ishni tashkil etish apparati. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshidagi ilmiy maslashat kengashi, uning tarkibi va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi oliy sudining axborotnomasi. Qonuniy manbalar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 yil 8 dekabr. -T., "O’zbekiston", 1992 y. 2. O’zbekiston Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi 2000 yil 14 dekabr qonuni, yangi tahrir. 07.21.2001. 3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksi. -T.: "Adolat", 1999 y. 4. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual Kodeksi. 5. "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi qonuni 24 aprel 2003yil. Maxsus adabiyotlar 1. Irkaxodjaev K.P. Organizatsiya i deyatelnost Verxovnogo suda UzSSR. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kanditata yur. nauk. Tashkent, 1965. 2. Pravooxranitelnie organi. Uchebnik dlya vuzov. Pod redaksiey professora Gutsenka K.F., BEK, 1996. 3. Programma dalneyshego razvitiya sudebnoy reformi v Respubliki Uzbekistan. Bulleten Verxovnogo Suda RUz. 1996, ¹3-4. 4. Slavnoe semidesyatiletie. Bulleten Verxovnogo Suda RUz. 1994. ¹4. 5. O’zbekistonda sud hokimiyati: islohotlar davri. -T.: "Adolat", 2002 6. Verxovniy Sud Respubliki Uzbekistan. -T., "Uzbekistan", 1994. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sohalarda sud faoliyatini amalga oshiruvchi Oliy sud hokimiyati organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarning ijro etilishi butun O’zbekiston hududida majburiydir. Oliy sudning tashkil etilishi va faoliyati 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman va harbiy sudlar faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sohalarda sud faoliyatini amalga oshiruvchi oliy sud hokimiyat organi sifatida keng va turli vakolatlarga ega. Boshqacha tarzda ifodalaganda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Respublika sud tizimi va davlat hokimiyatining boshqa organlari orasida o’z o’rnini belgilab beruvchi quyidagicha bir qator funksiyalarni amalga oshiradi: 1) fuqarolik, jinoiy va ma’muriy ishlar bo’yicha Oliy sud organi sifatida o’ziga yuklatilgan umumiy sudlar yurisdiksiyasiga taalluqli bo’lgan vazifalarni bajarish; 2) Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; 3) Sudlarga sud ishlarini ko’rishda qonun qo’llash sohasida tushuntirish va ko’rsatmalar berish uchun sud amaliyotini tadqiq etadi va umumlashtiradi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ko’rsatmalarini amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi; 4) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonun-chilik tashabbusi bilan chiqadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan birinchi funksiyaga ko’ra umumiy sudlar yurisdiksiyasiga taalluqli bo’lgan, lekin birmuncha murakkab bo’lgan fuqarolik, jinoiy ishlar bo’yicha birinchi instansiya sudi sifatida ish ko’radi. Ushbu sudning yuqorida aytib o’tilgan birinchi funksiyasi shunda namoyon bo’ladiki, u umumiy yurisdiksiya sudlariga tegishli bo’lgan eng og’ir jinoyat va fuqarolik ishlarini mazmunan (birinchi instansiya bilan) ko’rib chiqish vakolatiga ega Oliy sudning ikkinchi funksiyasi birinchisi bilan chambarchas bog’liq. Sudlar faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshirish birinchi navbatda, ular tomonidan sodir etiladigan xatolarni topish va tuzatishdan iboratdir. SHu bilan birga shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bu faoliyat faqatgina protsessual shakllarda, ya’ni qonunchilik bilan o’rnatilgan jinoyat sudlov ishlarini yuritish qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak. Ushbu talabga rioya etish - umumiy yurisdiksiya sudlarining mustaqilligini va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligini ta’minlashning muhim vositasidir. Download 20.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling