6-seminar muomala odobining axloqiy asosi nimada?


Download 23.52 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi23.52 Kb.
#233019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa 6
Фан мазмуни, Фан мазмуни, Фан мазмуни, 2 5337156490652288276, , , ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mlrd.m 3 bolgan uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni hisoblash , Бетон, ona tili 4-sinf ochiq dars, midterm LTA Kenjayeva Risolat 433 group(1), Dunyoning ishlaridan yopiq test, gazlarning molekulyar massasini aniqlash, Shirinova Dilshoda 4 topshiriq, 6-sinf II, 6-sinf II
birinchidan, insonning ma’naviy faoliyati jarayonida yaratilayotgan ma’naviy boylikni madaniy boyliklarga aylantirish;

ikkinchidan, madaniy boyliklarni o‘zlashtirish jarayonida inson ma’naviy dunyosini boyitish.

  1. Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o'rtasidagi farqni izohlang.

Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual — aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer-dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik asosida insonning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti-harakatlar yotadi. Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qismi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar ziyolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti-harakatlarini nafaqat ma’qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga namuna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma’lumotlari oliy yoki o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi


Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling