6-sinf Informatika fanidan I chorak test savollari
Download 17,66 Kb.
|
1-chorak test 6-sinf
6-sinf Informatika fanidan I chorak test savollari 1. Ishga tushirilgan dasturning monitorda ko’rinib turgan qismi nima deb ataladi? A) Menyu B) uskunalar paneli C) interfeysi D) sarlavha satri 2. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog’ozga bosib chiqarish kabi ishlarni bajaruvchi dasturlar necha turga bo’linadi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 3. Bloknot, WordPad dasturlari qanday dastur? A) Matn muharriri B) matn protsesori C) grafik muharriri D) uskunaviy dastur 4. Bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa bir matn muharririda qayta ishlash mumkinmi? A) Ha B) yo’q C) Leksikonda D) WordPadda 5. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonning qayerida aks etishini ko’rsatib turadigan belgi nima deb ataladi? A) Menyu satri B) ishchi maydon C) yurgich D) sarlavha satri 6. Mahsus buyruqlar va amallar majmui nima deb ataladi? A) Uskunalar paneli B) yurgich C) klavish D) menyu 7. Matn protsesori to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) Bloknot B) WordPad C) MS Word D) Paint 8. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn nima deb ataladi? A) Hujjat B) axborot C) rasm D) jadval 9. …alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko’rinishi. A) So’z B) shrift C) satr D) hoshiya 10. Belgilar ketma-ketligi nima deb ataladi? A) So’z B) shrift C) satr D) hoshiya 11. Sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism… A) Abzas B) matn C) satr D) hoshiya 12. Bosh satri bo’lgan satrlar ketma –ketligi nima deb ataladi? A) Satr B) hoshiya C) abzas D) bosh satr 13. Abzaslar to’plami nima deb ataladi? A) Matn B) fragment C) so’z D) sahifa 14. Matnning bo’lagi…deyiladi. A) Abzas B) fragment C) sahifa D) hoshiya 15. Matn yozayotganda yangi abzasga o’tish uchun qaysi klavishdan foydalaniladi? A) Ctrl B) Alt C) Enter D) Shift 16. Ishlanayotgan hujjatning nomi qayerda aks etadi? A) Sarlavha satrida B) holat satrida C) ishchi maydonda D) menyu satrida 17. “Uzun tire” qanday hosil qilinadi? A) Alt+shift B) Tab+probel C) Ctrl+Alt D) Ctrl + — 18. Sahifa parametrlari qaysi menyudan tanlanadi? A) Tahrir B) Fayl C) Ko’rinish D) Format 19. Enter klavshi bosilganda … ? 20. Qatiy tireni yozish uchun qaysi klavishlardan foydalaniladi? 21. Bosh harf bilan yozish uchun qaysi klavishdan foydalaniladi? 22. Hoshiyadan o’ng yoki chap tomonga chekinishi bilan boshlanuvchi birinchi satr nima deb ataladi? 23. Word dasturi qanday ishga tushiriladi? 24. Word dasturida matn yozishda rim raqamalarini yozish uchun qaysi alifbodan foydalniladi? 25. Matnda yurgichni harakatlantirish uchun qaysi klavishlardan foydalaniladi? 6-sinf I chorak Informatika test javoblari
19. Yangi absatsga o’tiladi. 20. Ctrl+Shift+ — 21. Shrift 22. Bosh satr 23. пуск –программы-MS Office-MS Word 24. Lotin alifbosining bosh harflari bilan 25. boshqarish klavishlari bilan. ( →↑←↓) Download 17,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling