6-sinf mustahkamlash


Download 103.5 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1438395
Bog'liq
6 SINF YANGI






6-SINF TARIX FANIDAN TEST SAVOLLARI
(mustahkamlash uchun)

1. Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan tarixchini toping.


A) Kvint Kursiy Ruf B) Tatsit
C) Tit Liviy D) Plutarx

2. Yunoniston qirg‘oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o‘rtasida jang bo‘lganidan 40 yil oldin kimning lashkari tormor etildi.


A) Brut B) Spartak C) Mark Krass D) Y .Sezar

3. Yunon tajribali dengizchilari qaysi hududlarga suzib bora olmaganlar ?


A) Misr B) Qora dengiz C) O‘rta Y er dengizi
D) Hindiston

4. Yer yuzida dastlabki odamlar qaysi jihatlari bilan hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan.


a) mehnat qurollari yasash va uni ishlata bilish
b) qaddi qomatini tik tutib yurish
c) aqlli tartibda ish olib borish
d) biror jonzotni kamonda ovlash
A) a, c B) a, b C) a, c, d D) a, b, c

5. Xitoyda ko‘ p podsholik davri boshlanganidan III asr keyin …


A) Avestoning ilk qismlari paydo bo‘ldi
B) Ossuriya davlati tugatildi
C) Buyuk Xitoy devori qurilishi boshlandi
D) Misr yagona davlatga birlashtirildi

6. Xato ma’lumotni toping.


A) Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqqan vaqtda Xitoy devori qurilishi yakunlandi
B) Mesopotaniya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan
C) Hindistonda qarindoshlik bir varna bo‘yicha olib borilgan.
D) Misr qayta yagona davlatga birlashganida Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari davlat tuzdilar

7. Toshkent vohasi qadimda qaysi davlatning o‘troq ziroatchi savdo hunarmandchlik madaniyati vujudga kelgan hududlaridan biri bo‘lganini aniqlang.


A) Kushon B) Dovon C) Qang‘ D) Ahamoniylar

8. Teshiktosh g‘ori haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri berilgan.


A) Yodgorlikda bola jasadi atrofiga kiyik shoxlari qadab qo‘yilgan bo‘lib, murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e’tiqod bilan bog‘liq
B) Teshiktosh g‘oridan kiyik, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar suyaklari topilgan.
C) Bu yodgorlikdan 8-9 yoshli kromonyon bolaning jasadi topilgan.
D) Teshiktosh g‘ori o‘rta peleolit davriga xos bo‘lib o‘rgatilgan ot va yirik kemiruvchilarning suyaklari topilgan.

9. Sinay yarim oroli haqidagi qaysi ma’lumot xato berilgan.


A) Sinay yarim orolidan Menfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l orqali mis olib kelingan
B) Yuqori Misrdagi Menfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarim oroliga olib borgan
C) Qadimgi podsholik davrida Sinay yarim oroli bosib olindi.
D) Sinay yarim orolidan shimolroqda Falastin joylashgan.

10. Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi Ur shahri bo‘lgan mingyillikda …


A) Elam davlati vujudga keldi
B) Quyosh xudosi Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan
C) Falastinga yahudiy qabilalari kelib o‘rnashganlar
D) Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi

11. Rimliklar tomonidan Karfagen vayron etilganidan 6 yildan keyin …


A) Qang‘ davlati qudratli davlatga aylandi
B) Yuechji qabilasi Yunon-Baqtriya hududiga bostirib keldi.
C) Davon davlati gullab yashnadi
D) 12 jadval qonuni qabul qilindi

12. Rim respublikasida Xalq tribunlari qay holatda shu lavozimni egallar edi?


A) senatorlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylangan
B) senatorlar tomonidan oshkora ovoz berish yo‘li bilan saylangan
C) ikki konsul tomonidan tayinlangan
D) barcha fuqarolar tomonidan teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylangan

13. Rim imperiyasiga asos solinganidan 138 yil oldin bo‘lgan voqea toping?


A) Dmitriy hukmronligi tugadi
B) Antiox sharqiy viloyatlarga noib etib tayinlandi
C) Ganiball halok bo‘ldi
D) Kan yonida jang bo‘ldi

14. Quyidagilardan to‘g‘risini toping.


A) Nautaka - Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi.
B) Nautaka - Qashqadaryo vohasining shimoliy qismi.
C) Nautaka - Qashqadaryo vohasining g‘arbiy qismi.
D) Nautaka - Qashqadaryo vohasining janubiy qismi.

15. Quyidagilardan Sparta shahriga asos solingan dastlabki hudud nomini aniqlang.


A) Beoteya B) Akropol C) Itaka D) Lakonika

16. Quyidagilardan qaysilarida tarixiy xatolikka yo`l qo`yilgan?


1) Xitoy qo`shinlari Dovon davlati poytaxti Ershini qo`lga kiritgach aholining tazviqi hamda tovon evaziga uni tashlab chiqishgan;
2) Qang` davlati iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk ipak yo`lining janubiy tarmog`i o`tganligi imkon berdi;
3) Qadimgi Farg`ona davlatining nomi Xitoy manbalarida Parkana deyilgan;
4) mil.avv .II-I asrlarda Farg`ona davlati aholisi ko`p sonli va yuksak taraqqiy etgan davlat bo`lgan;
5) Xitoy sayyohi Chjan Szyanning ma`lumoticha Ansi(Xitoy) shaharlari Dovondagiga o`xshash
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 4

17. Quyidagi voqealardan Doro I faoliyati bilan bo‘g‘liqlarini belgilang.


1) Midiya podsholigi bo‘ ysundirildi;
2) Fors davlati bosib olgan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar avj oldi;
3) O‘rtayer dengizi bo‘ yida yashovchi skiflar ustiga yurish qilindi;
4) Uning hukmronligi davrida Hindiston g‘arbidan O‘rtayer dengiziga qadar cho‘ zilgan imperiya barpo qilindi;
5) Yunonlar bilan urushlar boshlandi;
6) Mamlakat uchun “doroyi” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi;
7) Qo‘ shinlarni qaytadan tuzdi; 8) Saltanatni “satrapliklar” deb ataluvchi nomlangan ma’muriy birliklarga bo‘ ldi;
9) Misrni zabt etish orqali mamlakat hududini kengaytirdi
10) Bolqon yarimoroli sharqidagi Frakiyani bosib oldi
A) 2, 3, 5, 6, 7, 8 B) 2, 5, 6, 7, 8, 10 C) 3, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 5, 7, 8

18. Quyidagi Rim sarkardalaridan qaysi biri nisbatan oldinroq yashagan?


A) Mark Krass B) Ssipion C) Sezar D) Trayan

19. Quyidagi qaysi voqealarni 30 yil ajratib turadi.


A) Xeroniya jangi-Aleksandrning sharqqa yurishi
B) Afinada Pirikl hukmronligi tugadi-Plateya jangi bo‘ldi
C) Sin shi Xuandi hukmronligi boshlandi-Kann jangi bo‘ldi
D) Aleksandr vafoti-Salavka hukmdorligi boshlandi

20. Quyidagi ma’lumotlar orasidan to‘g‘rilarini belgilang.


1) Afinada hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan
2) Otasi va onasi ozod afinaliklargina Afina fuqarosi bo‘la olar edi;
3) Afinada hukmdor saroyi va ibodatxonalar yaqinida badavlat odamlar farzandlarini o‘qitish uchun davlat
maktablari tashkil etilgan;
4) Afinada mamlakatni mudofaa qilish zarurati tug‘ilganda
30 yoshga to‘lgan erkaklarning hammasi barchasi qurolyarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishlari zarur edi
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) hammasi noto‘g‘ri

21. Quyidagi hududlardan qaysi biri Ahamoniylar hukmdori Kir II davrida zabt etilganligini to‘g‘ri toping.


1) Midiya 2) Bobil 3) Misr 4) Falastin 5) Hindiston 6) Armaniston 7) Frakiya 8) Finikiya
A) 1, 2, 5, 7, 8 B) 1, 3, 4, 7, 8 C) 1, 2, 4, 6, 8
D) 1, 2, 3, 6, 7

22. Quyidagi davlatlarning qaysi biri boshqalariga nisbatan kamroq hukm surgan?


A) Xett podsholigi B) Urartu podsholigi
C) Xan imperiyasi D) Misr podsholigi

23. Quyida tarixiy shaxslar faoliyatiga oid ta’riflar xato berilgan javob variantini aniqlang.


A) Mark Krass - Spartak qo‘zg‘alonini bostirgan Rim sarkardasi
B) Alarix- 410-yilda Rimni bosib olgan germanlaming got qabilalari yetakchisi
C) Ssipion - Gannibal boshliq Karfagen armiyasini tor-mor etgan Rim sarkardasi
D) Fidiy - mashhur Zevs haykalini, Panteon ibodatxonasini barpo etgan ham da Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan me’mor

24. Qaysi xudo ma’lum shahar homiysi yoki xudosi hisoblanmaydi?


A) Afina B) Ptax C) Afina Pallada D) Amon

25. Qaysi voqea ma’lum bir davrning oxirida bo‘lmagan.


A) Metal-mis kashf qilindi
B) Buyuk muzlik davri boshlandi
C) Mikrolitlar paydo bo‘ldi
D) Hayvon qo‘lga o‘rgatildi

26. Qaysi shahar saroylari afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan?


A) Nineviya B) Lagash C) Persopol
D) Moxenjodoro

27. Qaysi javobda yunon-fors urushlariga oid xato ma’lumot berilgan.


A) Marafon jangida fors qo`shinlarini Miltiad boshqardi
B) Kserks buyrug‘i bilan Gellespont bo`g`ozida 1 km dan uzun ko`prik qurildi
C) eng yirik jang – Plateya jangi
D) Yunonlar forslarning yettita kemasini egallab oldi

28. Qaysi jangdan keyin forslar Afinani egallashgan?


A) Marafon B) Salamin C) Plateya D) Fermopil

29. Qaysi davlatdan xudolar haykallariga yozilgan yozuvlar


topilgan?
A) Hindiston B) Kushon C) Misr
D) Mesopotamiya

30. Qaysi davlatda yigitlar 20 yoshdan armiyaga olinib, keksalikka qadar xizmat qilishgan?


A) Sparta B) Afina C) Rim D) Makedoniya

31. Qadimgi Rim an’analariga ko‘ra hech bir saylovsiz umrbodsenat a’zosi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan lavozim?


A) pontifik B) prokonsul C) konsul D) avgur

32. Qadimgi Misr haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.


A) Firavn Tutmos II Finikiya, Falastin va Suriyani istilo qilishni boshladi va Old Osiyoda mirsliklar hukmronligini o‘rnatdi.
B) Mirsning asosiy dehqonchilik yerlaridan biri-Asvon hududi hisoblangan.
C) Barcha nomlarda ibodatxonalar bo‘lgan bo‘lib oddiy xalq ularga katta-katta boyliklarni inom etgan.
D) Piramida qurilishi uchun toshlar Nil daryosining so‘l sohilidagi yassi tog‘lardan olib keligan

33. Qadimgi Hindistonda dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan quyidagi tabaqalardan qaysi birida kuchayish kuzatilgan?


A) ruhoniylarda
B) hunarmand va savdogarlarda C) zodagonlar
D) harbiy aslzodalar va ruhoniylarda

34. Qadimgi dunyo tarixidagi qaysi hukmdorlar tangalarida hayvon tasvirlari bo‘lgan.


1. Y .Sezar tangasi 2. Aleksandr Mokedonskiy 3. Yunon hukmdorlari tangalarida 4. Doro I tangasi 5. Yunon Baqtriya davlati tangalari 6. Kushon podsholigi tangalari
A) 2, 3, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4, 6

35. Qadimgi Bobil podsholigi tashkil topganidan necha asrdan keyin Y angi Bobil podsholigiga asos solindi.


A) XI asr B) X asr C) XII asr D) XIII asr

36. Piramidalarni qurish uchun tosh qayerdan keltirilgan?


A) Nilning chap sohilidan
B) Nilning yuqori oqimidan
C) Nilning o‘ng sohilidan D) Nilning quyi oqimidan

37. Paleolit va T emir asri oralig'idagi voqealarni aniqlang.


1) urug' jamoalari paydo bo'ldi; 2) o'troq turmush tarziga o'tildi; 3) kulolchilik paydo bo'ldi;
4) qo'shnichilik jamoasi paydo boldi; 5) harakatlanish
vositalari paydo bo'ldi; 6) ibodatxona paydo bo'ldi.
A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6

38. Olimpiya o‘yinlari tashkil etilganidan to butkul to‘xtab qolgunga qadar necha yil o‘tdi?


A) 359 B) 382 C) 1170 D) 1147

39. O‘zbek xalqini asosini tashkil etgan xalqlardan qaysi biri sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanmagan?


A) xorazmiylar B) farg‘onaliklar C) shoshliklar
D) qang‘lar

40. O‘rta Osiyoda qaysi sohalarning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan?


A) dehqonchilik va hunarmandchilik
B) hunarmandchilik va savdo
C) dehqonchilik va chorvachilik
D) binokorlik va me'morchilik

41. Nomlarni aloqadorligi bor qarama-qarshi tomonlar bilan moslashtiring.


1) Fermopil; 2) Xeroneya; 3) "Politimet"; 4) Zama; 5)
V ezuviy; 6) Rim; a) yunonlar & forslar; b) makedonlar & so'g'dlar; c) karfagenliklar & rimliklar; d) Spartak qo'zg'alonchilari & yunonlar; e) Spartak qo'zg'alonchilari & rimliklar; f) yunonlar & makedonlar; g) gotlar va rimliklar; h) xunnlar &
rimliklar
A) 1-a, 2-f, 3-b, 4-e, 5-c, 6-h
B) 1-a, 2-f, 3-a, 4-c, 5-e, 6-g
C) 1-a, 2-f, 3-b, 4-c, 5-e, 6-g
D) 1-a, 2-g, 3-c, 4-b, 5-e, 6-g

42. Muqaddas ichimlikka sig`inuvchi saklar qaysi hududda yashagan.


A) Farg‘ona B) Orol bo‘yi C) Janubiy Qozog‘iston
D) Toshkent

43. Misrda ilk podsholik boshlanganidan qancha vaqt o‘tganidan keyin Misr qaytadan yagona davlatga birlashdi ?


A) XX asrdan keyin B) XV asrdan keyin
C) X asrdan keyin D) XXIII asrdan keyin

44. Mil.avv 2 mingyillikda Shan davlati tarkibiga kirgan hududlarni toping.


1. Sian 2. Szi (Pekin) 3. Loyan 4. Panyuy
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4

45. Ma'lumotlarni ketma-ket joylashtiring.


1) O'rta Osiyoda dastlabki tanga pullar tarqaldi;
2) Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan
tashqari barcha yerlarni birlashtirdi;
3) Rimda xususiy mulk daxlsiz deb e'lon qilindi;
4) "Shoh yo'li" faoliyat yuritgan;
5) Qang' davlatiga asos solindi;
A) 4, 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 3, 5, 2, 1 C) 4, 3, 1, 5, 2
D) 2, 4, 5, 2, 1

46. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini tashkil etgan sohalar xato berilgan javobni aniqlang?


A) hunarmandchilik B) chorvachilik
C) savdo-sotiq D) sug‘orma dehqonchilik

47. Kir II bosib olgan hududlarni ketma-ket joylashtiring.


1. Bobil 2. Lidiya 3. Armaniston 4. Midiya
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 2, 1, 4 C) 3, 1, 2, 4 D) 4, 3, 2, 1

48. Hozirgi Suriya hududlarini ham o‘z ichiga oluvchi


davlatlarni aniqlang.
A) Urartu va Midiya B) Midiya va Finikiya
C) Finikiya va Falastin D) Finikiya va Mitanni

49. Faqat Mezolit davrigacha sodir bo'lgan voqealar berilgan javobni aniqlang.


1) Odamlar tumorlar yasay boshlashdi; 2) Sopol idishlar yasash kashf etildi; 3) Hayvonlar terisidan kiyim-kechak tayyorlana boshladi;
4) Sun'iy olov hosil qilindi; 5) O'q-yoy kashf etildi; 6) Ko'p xonali uylar qurish boshlandi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 3, 5, 6 D) 2, 5, 6

50. Eron qaysi mamlakatlarni bog‘lab turgan karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan?


1) Misr 2) Hindiston 3) Kichik Osiyo 4) Old Osiyo 5)
Kavkazorti 6) O‘rta Osiyo 7) Xitoy
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3, 6, 7 D) 1, 3, 5, 7

51. Bu mamlakatda katta yer-mulklar hukmdorlar va kohinlarga qarashli bo'lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma ishchilar ishlov berishgan. Yuqorida ta'rif berilgan qadimgi mamlakat nomini aniqlang.


A) Finikiya B) Afina C) Mesopotomiya D) Misr

52. Bobil podsholigi Mesopotomiya janubida eng yirik qudratli davlatga aylanganidan qancha vaqt o‘tib Xamurappi butun Mesopotomiyani yagona davlatga birlashtirdi.


A) 150 yildan keyin B) 200 yildan keyin
C) 300 yildan keyin D) 100 yildan keyin

53. Bir-biridan hech bir jihati bilan farq qilmaydigan tarixiy


atamani toping.
A) ossuvariy-sarkofag B) piramida-zikkurat
C) chopper-mikrolit D) akinak-xanjar

54. Bir xil davrda tashkil topgan davlatlarni aniqlang.


A) Eron – Yangi Bobil B) Qang‘ – Davon
C) Kushon – Midiya D) Magatha – Ossuriya

55. Bir xil davrda bo‘lgan voqelarni toping.


A) Avestoning ilk qismlari paydo bo‘ldi- Urartu davlati gullab yashnadi
B) Yunon koliniyalarining tashkil topishi – Hindistonda Magadha, Kashola, Malla davlatlari vujudga keldi.
C) Olviya, Xersones koloniyalari paydo bo‘ldi- Doriylar Lakonikani zabt etdi
D) Xarappa shahrining inqirozi – Isroil davlati tashkil topdi

56. Bir qancha urug`lar birlashmasidan iborat qabilalar qachondan paydo bo‘la boshlagan?


A) bronza B) neolit C) so‘ngi paleolit D) temir

57. Bir davrda bo‘lmagan voqealarni toping.


A) Akropol qurildi – Moxenjadaro va Xorappa shaharlari vujudga keldi.
B) Xristian dini vujudga keldi – Kushon davlati gullab
yashnadi.
C) Amon-Ra birlashdi – Janubiy Y unonistonda ilk shaharlar vujudga kela boshladi.
D) Bobil podsholigi Mesopotomiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi – Old Osiyoda yashagan xalqlar birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi.

58. Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping.


A) Italiyada 12 shahar ittifoqi vujudga keldi-Isroil podsholigi tashkil topdi
B) Urartu davlati gullab yashnadi-Qiziltepa, Uzunqir
shaharlar rivojlandi
C) Xitoyda qog‘oz kashf qilindi-Rimda harbiy boshliqlar real kuchga ega bo‘ldi.
D) Doriylar Lokonikoni zabt etdi-Isroil podsholigi tashkil topdi

59. Baqtriya va So‘g‘diyona Salavkiylar davlatining qaysi qismida joylashgan?


A) g‘arbiy B) sharqiy C) shimoliy D) janubiy

60. Attila qaysi hududlarga hujum uyushtirganidan keyin milidiy 452 – yili Italiyaga bostirib kirdi.


1. Bolqon yarim oroli 2. Shimoliy Akrika
3. Kichik Osiyo 4. Misr 5. Y evropa
A) 2, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 5

61. Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qaysi yozuvlar keng tarqaldi?


A) so‘g‘d va xorazm B) oromiy va xorazm
C) oromiy va kushon D) kushon va so‘g‘d

62. Ahamoniylarda davrida qaysi hudud egallangandan keyin Fors davlati nihoyatda kengaydi.


A) Armaniston B) Lidiya C) Bobil D) Misr

63. Afinadagi qaysi tashkilot hokimlar va sudyalarni saylagan?


A) beshyuzlar kengashi B) oqsoqollar kengashi
C) xalq majlisi D) xalq sudi

64. Afinada demokratiyaga o‘tilganidan qancha vaqt o‘tib, Rimda respublika tuzumi o‘rnatildi?


A) 75 yil B) 85 yil C) 102 yil D) 112 yil

65. “O‘z oilasini boqish uchun kambag‘allar podsho va ibodatxona mulklarida ishlaganlar”. Ushbu ma’lumot xos bo‘lgan davlatga tegishli to‘g‘ri javobni toping.


A) Hozirgi Turkiya sharqiy qismida va Armaniston hududida davlat tashkil topdi.
B) Olamning yaratilishi haqidagi eng qadimgi
asotirlardan biri yaratildi
C) Mixxat yozuvida yozilgan Naqshi Rustam yodgorligi topilgan.
D) Mil.avv. 3 mingyillik oxirlarida Xuanxe daryosining o‘rta oqimida dastlabki davlatlar paydo bo‘ldi.

66. "Forslar" tragediyasida mashhur qadimgi yunon dramaturgi


Esxil jangda halok bo‘lgan navqiron baqtriyalik jangchilarni tilga olgan. Gap qaysi tarixiy sana bilan bog‘liq?
A) m.avv. 480-yil. B) m.avv . 490-yil.
C) m.avv . 479-yil. D) m.avv. 449-yil.

67. Yomg'irni oldindan aniqlaydigan asbob yaratgan davlatga aloqasi bo'lmagan ma'lumotni aniqlang.


A) Bu davlat aholisi xitoyliklar bilan bir paytda mo'g'ullardan ozod bo'ldi.
B) Bu davlat hududidagi tashkil topgan dastlabki davlat Qang' davlati barham topgan paytda barham topdi.
C) Bu davlat xalqining tashkil topish davri miloddan avvalgi XXIII asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi.
D) Xorazmshohlar hukmronligi tugaganda bu davlat
hududiga mo'g'ullar bostirib kirdi.

68. Qaysi davrga kelib ishlab chiqarishning yanada


rivojlanishiga zamin yaratildi?
A) neolit B) temir C) eneolit D) bronza

69. Qaysi xalq jangchilarining tekis yuzaga ishlangan bo'rtma haykallari mavjud?


A) spartaliklar B) forslar C) yunonlar D) rimliklar

70. Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlatda iqlimining issiqligi va keng yoyilib oqadigan daryolar suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelishi dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi?


A) Hindistonda B) Mesopotamiyada C) Misrda
D) Xitoyda

71. Qadimgi dunyo tarixida O'rta Osiyo davlatlarining qaysi birida o'troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan?


A) Qang' davlati B) Kushon davlati
C) Dovan davlati D) Xorazm davlati

72. Yangi urushga tayyorgarlik ketayotgan paytda vafot etgan hukmdorlani aniqlang.


A) Trayan B) Doro I C) Demetriy D) Kir II

73. Qadimgi dunyo shaharlaridan aynan imperator sharafiga nomlanganini toping.


A) Memfis B) Konstantinopol C) Kiripolis
D) Saroy Berka

74. Xato ma'lumotni belgilang.


A) Hindistonda Malla davlati vujudga kelgan davrda
Qiziltepa, Afrosiyob, Uzunqir, Y erqo‘rg‘on, Ko‘zaliqir kabi shaharlar rivojlandi
B) «Iliada» dostonining bosh qahramoni Axillesdir.
O‘g‘lining mangu barhayot bo‘lishini istagan ona
chaqalog‘ini Stiks daryosiga botirib oladi.
C) miloddan avvalgi VII - VI asrlarda Xitoyda «ko‘p
podsholik» davri hukm surdi
D) Isroil, Ossuriya, Xett, Mitanni kabi davlatlar Minoy sivilizatsiyasi zavolga yuz tutgan ming yillikda vujudga keldi

75. Xitoyda sopol askarlar haykallar topilganligini bilamiz, yana qaysi qadimgi dunyo davlati tarixiga oid jangchilarining sopoldan yasalgan haykallari topilgan?


A) Misr B) Hindiston C) Sparta D) Kushon

76. Qaysi xalqda barcha fuqarolari tug‘lishidan teng huquqli, deb hisoblangan?


A) Germanlarda B) Hindlarda
C) Qadimgi rimliklarda D) Slavyanlarda

77. Ko‘chmanchi giksoslar bostirib kirgan paytda qaysi podsholik ko‘plab mayda «nom»larga bo‘linib ketgan edi?


A) Qadimgi podsholik B) Y angi podsholik
C) So‘nggi podsholik D) O‘rta podsholik

78. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta'lim berilgan?


1) astronomiya; 2) tibbiyot; 3) musiqa; 4) geometriya;
5) geografiya; 6) tarix.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5

79. Qaysi ma'naviy meros O‘rta Osiyoda eng qadimgi yozuv


topilgan yodgorlik mavjud bo‘lgan davrga oid?
A) oltindan yasalgan ot arava
B) budda boshining tasviri
C) Jonbosqal'a
D) Baqtriya uy-joy qoldiqlari

80. Qaysi ma'lumot janubiy Y unoniston hududiga doriylar qabilasi bostirib kirgan asrga xos?


A) Bronzadan yasalgan to‘g‘nog‘ich va tosh munchoqlar shu asrga oid
B) Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan topilgan
C) Kichik Osiyoda xettlar temirdan foydalana boshladi
D) Bronzadan yasalgan bilaguzuk shu asrga oid

81. Qaysi tarixiy shaxs Buyuk Xitoy devori qurilishi boshlangan asrda yashagan?


A) Poliyen B) Diogen C) Spartak D) Solon

82. Yunonistonda xususiy uylar asosan qanday xomashyodan qurilgan?


A) xom g‘isht va pishiq g‘ishtdan
B) paxsa va guvaladan
C) tosh va xom g‘ishtdan D) g‘isht va paxsadan

83. Asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan qadimgi davlatga asos solingan davrda sodir bo‘lgan tarixiy voqeani belgilang.


A) “Zafaryor” imperiyasining oliy hukmdorlari o‘z
raqiblariga butunlay mag‘lub bo‘ldi
B) O‘rta Osiyo hududida ilk tangalar tarqala boshladi .
C) Yunonistonda davlat lavozimida ishlaydigan fuqarolarga maosh tayinlandi
D) Shan davlati tashkil topdi

84. Rim shahriga asos solingan asrda...


A) O‘rta Osiyo hududida Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi
B) Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudgn keldi
C) Etrusklar o‘zlarining 12 ta shahar-davlatini tuzishdi
D) Kaspiy dengizidan janubiy-g‘arbda joylashgan Midiyada qabilalar vujudga keldi

85. Qadimgi dunyo tarixini eslang va Frakiya bilan bog‘liq ma'lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.


1) Frakiya Bolqon yarimorolining sharqiy qismida
joylashgan;
2) Frakiyaning Ahamoniylar hukmdori Doro I tomonidan bosib olinishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi;
3) Mashhur yunon faylasufi Demokrit Frakiyada tug‘ilgan;
4) Rimdagi qullar qo‘zg‘oloni yetakchisi Spartak Frakiyada tug‘ilgan;
5) Kichik Osiyoda joylashgan yunon koloniyasi hisoblanadi;
6) Fors podshosi Doro III tomonidan bosib olingan;
7) Richag qonunini yaratgan Arhimed Frakiyada tug‘ilgan;
8) Rivoyatlarga ko‘ra yunon xudolari yashaydigan Olimp tog‘i Frakiyada joylashgan.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 8 D) 5, 6, 7, 8

86. Xorazm hududida O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv shakllangan vaqtda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.


A) Saklar qabilalar ittifoqiga birlashdi.
B) Saklar Qang‘ davlatiga asos soldilar.
C) Sharqda ellinizm davri boshlandi.
D) O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqaldi.

87. Bir asrda sodir bo‘lgan voqealarni toping.


1. Yunon-Mukedon qo‘shinlari Hindistondan butunlay quvib yuborildi;
2. Solon davlatni idora qilishning oldingi usuli — aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi;
3. Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi, 4. Urartu podsholigi tarix sahnasidan ketdi;
5. Hindistonda yangi buddaviylik dini yaratildi;
6. Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib
mustaqil davlatga aylandi
A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 3, 5, 6 D) 1, 3, 6

88. Quyidagi qadimgi davlatlardan qaysilari Ossuriya tomonidan bosib olingan?


1) Tir-Sidon podsholigi; 2) Isroil podsholigi; 3) Yahudiya podsholigi; 4) Xett davlati; 5) Mitanni
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 3, 5

89. Quyidagi qaysi voqeadan keyin Rimliklar Karfagenni bosib olishga qaror qilganlar?


A) Zama yonidagi jangda g‘alabaga erishgach
B) Sitsiliyani bosib olgach
C) Makedoniya va Suriyani bosib olgach
D) Gannibal o‘limidan so‘ng

90. Quyida belgilanganlardan mil.avv. VI asrda tugatilgan davlatlarni aniqlang.


1) Y angi Bobil podsholigi; 2) So‘nggi Misr podsholigi; 3) Shan podsholigi; 4) Urartu podsholigi; 5) Qadimgi Bobil podsholigi;
6) Ossuriya podsholigi; 7) Mauriya podsholigi;
A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 6 C) 5, 6, 7 D) 1, 3, 5

91. Quyidagi qaysi tarixiy shaxslar nomlari mil.av. VI asr voqealarida zikr etilgan?


1) Kir II; 2) Frada; 3) Skunxa; 4) Kanbiz II;5) Mag‘rur Tarkviniy; 6) Solon; 7) Perikl; 8) Fidiy; 9) Poliyen; 10) Kiaksar.
A) 1, 3, 5, 6, 7, 9 B) 2, 4, 6, 7, 8, 10 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 5, 6, 7, 8, 9, 10

92. Misr Bobil tomonidan bosib olingan va Buyuk Xitoy devori qurilishi boshlangan davrlar oralig'ida sodir bo'lmagan voqeani belgilang.


A) Etrusk sivilizatsiyasi tugadi
B) Isroil davlatiga asos solindi
C) qabila boshlig'i Skunxa taxtdan ag'darildi
D) O'rta Osiyoda dastlabki tanga pullar tarqaldi

93. Qadimgi dunyo hukmdorlaridan qaysi biri o'z davlatida yangi-yangi shaharlar qurdirgan?


A) Perikl B) Kanishka C) Doro I D) Oktavian

94. Xitoy va Sharqning boshqa davtatlari bilan bo'lgan xalqaro savdoda muhim o'rin tutgan davlat qulagan davrni toping.


A) miloddan avvalgi III asr
B) miloddan avvalgi IV asr
C) miloddan avvalgi II asr
D) miloddan avvalgi V asr

95. Qaysi davr sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan boshlanib, mis kashf etilishi bilan yakunlangan?


A) eneolit B) neolit C) bronza D) paleolit

96. Platon Afina akademiyasiga asos solgan davrda tarixda qaysi voqea sodir bo'lgan?


A) Xorazmning qadimgi shahri Jonbosqal'a vujudga kelgan.
B) Xorazmiylar Ahamoniylar istibdodidan ozod bo'lgan.
C) «Avesto» 21 ta kitobga jamlangan.
D) Qang' qudratli davlat birlashmasiga aylangan.

97. Qaysi tarixiy shaxslarning vatani Bolqon yarim oroli sharqi hisoblanadi?


1) Demokrit; 2) Platon; 3) Geraklit; 4) Spartak;
5) Arximed
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 5

98. U g'ayrioddiy kuch-g'ayrat va jasurlik sohibi bo'lib, safdoshlari va qo'shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi.


Ushbu ta'rif qadimgi dunyoning qaysi sarkardasiga nisbatan keltirilgan?
A) Attila B) Leonid C) Gannibal
D) A.Makedonskiy

99. Tarixiy xato ma'lumotni aniqlang.


A) Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi davrdayoq yozuvda mo'yqalamdan foydalanilgan
B) Antropologiya fanida avstrolopitek, zinjantrop va
sinantroplar «tik turib yuruvchi odam» deya ataladi
C) Afinada mansabdorlar faqat xalq majlisiga hisobot
berishgan
D) O'rta Osiyolik jangchilar miloddan avvalgi I
mingyillikdayoq dubulg'a kiyib jangga kirishgan

100. Qaysi davlat san'atida mahalliy an'analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san'ati uslublari muvofiqlashgan?


A) Kushon B) Yunon-Baqtriya C) Xorazm
D) Davan

101. Dastlabki aravalar qaysi davrda vujudga kelgan.


A) neolit B) bronza C) temir D) eneolit

102. Xato ma’lumotni toping


A) Mil. avv. 4 ming yillikda shumerlar Shimoliy
Mesopotamiyaga joylashib bu yurtni Shumer deb
ataydilar .
B) Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti
dehqonchilik bo’lgan.
C) Mesopotamiyada yog‘och va metall singari xo’jalik uchun zarur materiallar bo’lmagan.
D) Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan.

103. .… daryolarining har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan.


A) Xuanxe va Yantszi B) Hind va Gang
C) Dajla va Frot D) Tibr va Po

104. “Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan


savdogarlar bu shaharga qo’nib o’tishar , bu shahar da ajoyib saroylar , muhtasham ibodat xonalar bo’lib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiq rivojlangan”. Ushbu ma’lumotlar ...qaysi shahar haqida ko’rsatilgan.
A) Nineviya B) Oshshur C) Bobil D) Xattusa

105. Mil. avv. XVIII asrda sodir qo’lgan voqelarni toping.


1) Bobil hukmdori Xammurapi Mesopotamiyaning yagona davlatga birlashtirdi.
2) Moxenjodaro va Xarappa shaharlarining inqirozga yuz tutdi.
3) Quyi Misrning giksoslar tomoni dan bosib olindi.
4) Kichik Osiyo markazida xettlar degan shimollik xalq o’z davlatiga asos soladi.
A) 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4

106. Bir davrda bo’lgan voqealarni toping.


1) Urartu davlati gullab-yashnadi;
2) Olviya, Xersones, Pantikapey koloniyalarining vujudga kelishi;
3) O'rta Osiyoda temir asriga o'tish davri;
4) Qiziltepa, Afrosiyob, Uzunqir, Y erqo'rg’on, Ko’zaliqir shaharlarining rivojlanishi;
5) Doriylar Lakonikani zabt etdilar va Sparta shahriga asos soldilar .
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 4, 5 D) 3, 4

107. Qaysi voqea Doro I ga qarshi Frada qozg’oloni bilan Rimda Respublikaning e'lon qilinishi oralig’ida sodir bo’lgan.


A) O’rta Osiyo hududida ilk tangalarning tarqalishi
B) Bobilning forslar tomonidan bosib olinishi
C) yunon shaharlarining Makedoniya hokimiyati ostida shahar-davlatlar Ittifoqiga birlashishi
D) Shiroq jasorati

108. Muqaddas ichimlikka sig'inuvchi saklar....


A) saka-xaumovarka B) saka-tiay-taradarayya
C) saka-tigraxauda D) saka-yaxuda

109. Falanga bilan bog’liq xato javobni toping.


A) Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga
o’xshab qolar edi
B) Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi
jangchini muhofaza etardi.
C) suvoriy qo’shinlar 16 qatordan iborat falangada saflangan
D) Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardilar.

110. Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida to’qnashuvda Yunonlarning qo’ shinlari nima uchun ikki bo’lakka ajraladi.


A) jang uslubi shunday bo'lganligi uchun
B) G'alaba qilayotganiga ishongani uchun
C) Mokedon qo’shinini sarosimaga solish uchun
D) chekinish uchun

111. ... maktablarida faol fuqarolar , davlat himoyachilarini tarbiyalanishi lozim edi.


A) Rimliklar B) Yunonlar C) Misrliklar
D) Xitoyliklar

112. Quyidagilardan “Hayot murabbiylarini” toping.


1) Geraklit 2) Demokrit 3) Diogen 4) Sokrat
5) Zevs 6) Afina 7)Femida 8) Perikl 9) Fidiy 10) Miron
A) 1, 2, 3, 4 B) 5, 6, 7 C) 9, 10
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

113. Qaysi inshoot shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan.


A) Parfenon ibodatxonasi
B) Panteon ibodatxonasi
C) Delfiya ibodatxonasi
D) Urdagi katta zikkurat

114. ... tepaliklar o’rtasidagi tekis joylarda yashagan. Bu yerlarda ko’chalar tor va iflos bo’lgan: axlatni to’g’ri ko’chaga tashlashgan.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.


A) oddiy rimliklar B) dengizchi yunonlar
C) Eron dehqonlari D) Sparta ilotlari

115. Rim hukmdorlari ... ta’qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar . Bu esa odamlarning noroziligiga sabab bo’lardi.


A) armiyaga borishdan bosh tortganlarni
B) qochoq asirlarni
C) qo’zg’olonchilarni
D) xristianlarni

116. Bir davrda sodir bo’lgan voqelarni toping.


1) Kushon podsholigining gullab yashnadi.
2) «Makedoniyalik Alek sandr tarixi» nomli asar yozildi.
3) Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqildi.
4) Rim eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylandi.
A) 1, 3 B) 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4

117. Qaysi davrda ishlab chiqarish sohasi yanada rivojlanishiga zamin yaratildi?


A) Temir davri B) Mezolit davri C) Neolit davri
D) Bronza davri

118. Xitoyda qaysi sulola davrida qog'oz ixtiro qilingan?


A) Suy sulolasi B) Xan sulolasi C) Sin sulolasi
D) Chjao

119. Saroy devorlarida shohlar, lashkarlar, sozandalar,


shuningdek, hayvonlar va qushlar tasvirlari topilgan shahar xarobasi nechanchi asrga oid.
A) mil.avv . III-II asrlar
B) mil.avv . VII asr
C) mil. II-III asrlar
D) mil.avv. V -IV asrlar
120. Qadimda Buyuk Ipak Y o’li orqali Xitoyga So‘g‘diyona (a) va Farg‘ona (b) dan nimalar olib borilgan?
1. jun gazlama; 2. tuyalar; 3. gilam; 4. zotli otlar; 5. zebziynatlar
A) a - 1, 3, 5, b - 4 B) a - 1, 3, 4, b - 5
C) a - 2, 4, 5, b - 3 D) a - 1, 2, 4, b - 3, 5

121. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga kelgan davrda Italiyada bo'lib o’tgan voqeani belgilang?


A) Rim butun Italiyani zabt etishga erishdi.
B) Rimda Respublika boshqaruvi joriy etildi
C) Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar teng, deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi.
D) Etrusklar 12 ta shahar - davlatlar ittifoqini tuzishdi

122. Ahamoniy hukmdor Kir II davrida qaysi hududlar bo’ysundirilgan?


1. Midiya. 2. Misr . 3. Bobil. 4. Frakiya.
5. Lidiya. 6. Armaniston 7. Falastin. 8. Finikiya
A) 1, 2, 3, 4, 6, 8 B) 2, 4, 5, 6, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6, 7, 8
D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

123. Qadimgi davlatlarning qay birida shaharlarda dorixonalar mavjud bo'lgan?


A) Rim B) Misr C) Y unoniston D) Xitoy

124. Qadimgi dunyo tarixiga oid ma'lumotlarning xatosini aniqlang.


A) Yunonistonda haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari faqat saroy a'yonlari uylarini bezamasdan, ayni mahalda shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog'lar va stadionlami ham bezab turar edi
B) Makedoniyalik Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib boradi, shundan keyin Bobilga qaytib ketadi.
C) Rimda bolalarning maktabda ta'lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to'lash imkoniyatlariga bog'lig bo'lgan.
D) Buyuk Xitoy devori qurilishida podsho va amaldorlar yuz minglab dehqonlarni majburan ishlatganlar

125. Mahalliy ruhoniylar Iso payg'ambarni ... ayblab, uni o'lim jazosiga mahkum etadilar .


A) shakkoklikda
B) Rim noiblariga bo'ysunmaslikda
C) mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda
D) mo'jizalar ko'rsatib, odamlar orasida vahima uyg'otishda

126. Quyidagi qaysi voqealar boshqalaridan oldinroq yuz bergan?


A) Rim shahriga asos solindi.
B) Drakont qonunlari qabul qilindi.
C) Rim Respublika deb e'lon qilindi.
D) Ilk bor Olimpiya o'yinlari o'tkazildi.

127. Xitoyda VI asrdanoq shaharlar birmuncha yuksaladi.


Qayerlarda savdo-hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi?
1) daryo portlarida; 2) xomashyo serob joylarda;
3) chegara hududlarida; 4) dengiz portlarida
A) 1, 2, 4 B) 1, 2 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3

128. Bir asrda bo'lgan voqealarni belgilang.


1) Xitoy tarixida ko'p podsholiklar davri bo'ldi;
Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida O'rta Osiyoda qadimgi shaharlar rivojlangan;
2) Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqildi; Guyshuan xonadonining boshlig'i barcha yuechji mulklarini o'z hokimiyati ostiga birlashtirdi;
3) Ossuriya davlati zavolga yuz tutdi; Qadimgi Baqtriya
davlati tashkil topdi.
A) 2, 3 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 1,2

129. Hozirgi Markaziy Osiyo hududida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar tashkil topgan davriga qarab to'g'ri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni belgilang.


1) Salavkiylar davlati; 2) Qadimgi Baqtriya;
3) Ahamoniylar davlati; 4) Qang' davlati; 5) Kushon
podsholigi
A) 2, 1, 4, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 1, 4, 5, 3
D) 2, 3, 1, 4, 5


Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling