6-sinf tarix. 11-20 mavzulardan test


Download 119.17 Kb.
Sana05.10.2022
Hajmi119.17 Kb.
#831185
Bog'liq
6-SINF 11-20 MAVZULARDAN 30 TALIK TEST - 2022
Shavkat Mirziyoyev, 2 5206596434110974628, Сабак талыклау, lekciya toplamı. ritadocx, Kirish I bob. Diazo va azobirikmalar, Икромова Нигора Ибрагимова, Qaypnazarova Mivahon Baxitovna, Болалар тарбия жамоаси ва ягона педагогик жараённинг асосий шакл, 1-4 8-jahon, Taqdimot, namunalab 1, hisobot ma\'mura, Javoblar-varaqasi-namunasi, Doc1




6-sinf TARIX. 11-20 mavzulardan test.

1. Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar … deb nomlashgan, bu atama … degan ma’noni anglatadi.


A) Mesopotamiya/“ikki daryo oralig‘i”
B) Bobil / “Xudolar darvozasi”
C) Mesopotamiya/“daryoning narigi tarafi”
D) Nineviya / “Sherlar darasi”

2. Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari va shaharlari qachon vujudga kela boshladi?


A) Mil.avv.2-mingyillikda B) Mil.avv.3-mingyillikda
C) Mil.avv.4-mingyillikda D) Mil.avv.1-mingyillikda

3. Shumer qayerda joylashgan edi?


A) Janubiy Mesopotamiyada B) Shimoliy Mesopotamiyada
C) Janubiy Kavkazda D) Shimoliy Qora dengizda

4. Akkad qayerda joylashgan edi?


A) Janubiy Mesopotamiyada B) Shimoliy Mesopotamiyada
C) Janubiy Kavkazda D) Shimoliy Qora dengizda

5. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti


A) savdo-sotiq B) chorvachilik
C) dehqonchilik va savdo-sotiq D) dehqonchilik

6. Mesopotamiyada qanday xo‘jalik uchun zarur materiallar bo‘lmagan?


A) don va chorva mollari
B) yog‘och va metall
C) don va yog’och
D) metal va chorva mollari

7. Mesopotamiyada nima ko’p yetishtirilgan?


A) don va chorva mollari
B) yog‘och va metall
C) don va yog’och
D) metal va chorva mollari

8. Qaysi hududlardan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalay va noyob toshlarni keltirardi?


A) Kavkazorti va Eron B) Misr va Suriya
C) Falastin va Suriya D) Finikiya va Liviya

9. Qanday buyumlar ayniqsa qadrlangan?


1. Metall buyumlar, 2. zeb-ziynatlar, 3. qurol-yarog‘,
4. kulolchilik, 5. Chorva mollari, 6. g’alla,
A) 2,3,4,5 B) 3,4,5,6 C) 1,2,3,4 D) 1,3,5,6

10. Savdo-sotiqda nimalar pul o’rnida ishlatilgan?


A) kumush quymasi ko‘rinishidagi metall tangalar
B) dengiz mahsulotlari
C) pul bo’lmagan, savdo-sotiq mahsulot ayriboshlash orqali amalga oshirilgan
D) qimmatbaho toshlar va zeb-ziynat buyumlari

11. Mesopotamiyadagi 550 gramm kumushga barobar bo‘lgan og‘irlik o‘lchovi nima deb atalgan?


A) “botmon” B) “zikkurat” C) “mino” D) “tirsak”

12. Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri –…ni ixtiro qilgan.


A) mixxat B) iyeroglif C) piktografika D) “kipu”

13. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar qachon vujudga kela boshladi?


A) Miloddan avvalgi 2-mingyillik boshlarida
B) Miloddan avvalgi 1-mingyillik oxirida
C) Miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalarida
D) Miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida

14. Har bir shaharda oliy ma’bud nomidan kimlar hukmronlik qilgan?


A) harbiylar B) kohinlar C) hunarmandlar D) podsholar

15. Xom g‘ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapoyali inshoot?


A) piramida B) zikkurat C) minora D) akveduk

16. Quyosh ma’budi …


A) Ea B) Sin C) Ishtar D) Shamash

17. U oliy hakam hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Bu qaysi iloh?


A) Ea B) Sin C) Ishtar D) Shamash

18. Sin – bu …


A) Oy ma’budi B) Suv ma’budi
C) Quyosh ma’budi D) Urush ma’budi

19. Ea – bu …


A) Oy ma’budi B) Suv ma’budi
C) Quyosh ma’budi D) Urush ma’budi

20. Ishtar – bu … ma’budasi


1. hosildorlik, 2. sevgi, 3. Urush, 4. g‘alaba,
5. quyosh, 6. momoqaldiroq, 7. suv,
A) 2,3,4,5 B) 3,4,5,6 C) 1,2,3,4 D) 4,5,6,7

21. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping.


Zardusht Siddhartha Guatama


a) M.avv I mingyillikning ; b) M.avv VI asrda yashagan ;
c)inson son-sanoqsiz marotaba tug’iladi va vafot etadi degan xulosaga keladi d)Turli qabilalarni birlikka da’vat qilgan
e) yangi dinga asos solishgan f) Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga yurishi haqida hikoya qilgan
A) I-a,d; II-b,c; III-e B) I-a,f; II-b,c; III-e
C) I-a,f; II-b,c; III-e D) I-a,b; II-d,c; III-f

22. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostidagi zardushtiy xudolari va ularning vazifasi bir-biriga muvofiq keladi?



A) 1, 6 B) 2, 5 C) 4, 7 D) 3, 6

23. Quyidagi xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan davlat bilan bog’liq voqea ko’rsatilgan javobni toping?



A) Hukmdori o’z davlati hududini viloyatlarga taqsimlagan
B) Lojuvard qimmatbaho toshlari qazib olingan
C) Ilm-fan, xususan astranomiya va matematika sohalari yuksalgan
D) Matematika, astranomiya va geografiya fanlari rivoj topgan

24. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda to‘g‘ri berilgan?





Yil

Voqea

1

m.avv VI asr

Xorazmliklar Ko’zaliqir qal’asida katta saroy qurishgan

2

m.avv VII asr

Baqtriya davlati tashkil topdi

3

m.avv 3-mingyillik o’rtalari

Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o’rta oqimida vujudga keldi

4

m.avv V asr

Xitoyda yozish uchun shoyidan foydalanishga o’tildi

5

m.avv XVIII asr



Gang vodiysidagi Mohenjodaro va Xarappa shaharlari zavolga yuz tutdi

6

Mil. III asr

Sin davlati hukmdori o’zining barcha raqiblarini yengib yagona davlat tuzdi

A) 1, 3, 5 B) 2,3,6 C) 1,2,4 D) 2, 4, 6


Download 119.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling