6-sinf tarix test


Download 115 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi115 Kb.
#151731
Bog'liq
2 5330325568506299156

6-SINF TARIX TEST.


VARIANT - 1

1.Avestoning ilk qismlari paydo bo`lgan davrda gullab yashnagan davlatni toping.

A) Maurya B)Urartu

C)Bobil D)Ossuriya

2.Quyidagi qadimiy davlatlarning tashkil topgan davriga ko`ra xronologik jihatdan to`g`ri tartibda belgilang.

1.Kushon davlati 2.Salavkiylar davlati 3.Maurya davlati

4.Qadimgi Baqtriya davlati 5.Xan imperiyasi 6.Yunon-Baaqtriya davlati.

A)4,2,3,1,5,6 B)3,4,2,5,6,1

C)4,3,2,6,5,1 D)4,1,6,2,3,5

3.Quyidagi javoblardan qadimgi unyo tarixiga oid tug`ri javoblarni belgilang.

1.Sin imperiyasida Sin Shihuandining hukmronligi boshlangandan yuz yil o`tib Karfagen butunlay vayronaga aylandi.

2.Kushon davlatiga asos solingan asrda Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan va Kvint Kursiy Ruf yashagan.

3.Kushon davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan

4.Poliyen yashagan davrda XVIasrgacha mavjud bulgan Buyuk ipak yuli shakllangan.

5.Oybo`yirqal`a yodgorligidan ayrim mahalliy yozuvlar topilgan.

A)1,2 B)1,2,3,4,5 C)2,3,5 D)1,2,4

4. Suriya va Mesopatamiya qaysi Rim imperatori davrida egallangan.

A)Avgust B)Trayan C)Kaligula D) Neron

5. Quyidagi javoblardan nisbatan keyin sodir bulgan voqeani toping.

A)Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurla boshlandi.

B)Mis kashf qilindi

C)Odamlar ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo`jalik mahsulotlari vujudga keldi.

D)Mikrolitlar kashf qilindi.

6.Iloha Ishtar nomidagi darvoza nafis va chiroyli bulib qanday tasvir tushurilgan edi.

A)Afsonaviy qushlar B)Afsonaviy hayvonlar

C)Xudolar va qahramonlar D)Hukmdorlar

7.Finikiyaliklar asos solgan Sidon shahri qaysi dengiz bo`yida joylashgan edi.

A)Qoradengiz B)Kaspiy dengizi C)O`rta yer dengizi D)Egey dengizi

8.Quyidagi qaysi voqealar ‘’Buyuk Muzlik davri”da bulmagan?

A) Kiyim –kechak tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalanishga o`tildi.

B)Insonlarning urug` jamoalariga birlashishi

C)Doimiy turar joylar qurildi

D)Dastlabki diniy e`tiqodlar paydo bo`ldi.

9.Quyidagi davlatlarning o`z taraqqiyot cho`qqisi qudratli davlatga aylangan davrni mos ravishda tug`ri tartibda belgilang.

1.Qang` 2.Rim 3. Dovon 4.Maurya 5.Urartu

a.mil.II asr boshlari

b.mil.a vv.III

c.mil.avv.II asr oxiri

d.mil.avv. IX-VIII asr

e.mil.avv.II-I asr

A)1e,2a,3c,4b,5d B)1c,2a,3b,4e,5d. C)1d,2a,3c,4b,5c. D)1c,2a,3c,4b,5d.

10.Spartada necha yoshga to`lgan yigitlar jangchi qo`shinlarga qabul qilinib,qo`shinda keksa yoshgacha xizmat qilgan?

A)17 B)20 C)23 D) 25

11.Quyidagi asarlardan qaysi birida Makedoniyalik Aleksandrning O`rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida ma`lumot berilgan?

A)”Makedoniyalik Aleksandr tarixi”

B)”Aleksandr anabasisi’

C)”Tarix”

D) “Geografiya”

12.Qadimgi Yunonistonda maktablar kimlarni tarbiyalashi lozim edi?

A)Davlat himoyachilari va faol fuqarolarni

B)Halol va pok insonlarni

C)Davlat amaldorlari va harbiylarni

D)Kuchli va jismonan baquvvat fuqarolarni

13.Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam “Tik turib yuruvchi odam”deb qaysi odam turiga aytilgan.

A)Sinantrop B)Pitekantrop C)Neandertal D)Zinjantrop

14.Quyidagi tarixiy shaxslar faoliyatiga oid ta`riflar xato berilgan javob variantini aniqlang.

A)Lyu Ban –Dehqonlar qo`zg`aloni yetakchisi

B)Sargon I – Birinchi marotaba muntazam qo`shin tuzgan hukmdor

C)Navuhodonosor II – Misrni bosib olgan shaxs

D)Fidiy- Mashhur Zevs haykalini-Panteon ibodatxonasini barpo etgan hamda Akropolning qayta qurulishiga boshchilik qilgan.

15.Qadimgi Mesopatamiya ilohlaridan biri Ishtarni xususiyatlariga ko`ra qaysi yunon xudolariga qisman qiyoslash mumkun?

A)Femida,Artemida B)Ares,Gelios C)Ares,Demetra D)Demetra,Apallon.

16.Olimpiya o`yinlari nima sababdan man qilinadi?

A)Zilzila oqibatida

B)Xristian dini tarqalishi natijasida

C)Vulqon otilganligi sababli

D)O`zaro urushlar natijasida

17.Qaysi ilohalar izohi bir-biriga mos kelmaydi?

A)Ea-Anaxita B)Apis-Ishtar C)Tot-Ganesha D)Aid – Set.

18.Fors shohi Kambiz II Misrni bosib olganidan necha yil o`tib Mis Rim imperiyasi tarkibiga qo`shib olinadidi?

A)496 yildan keyin B)495 yildan keyin C)500 yildan keyin D)555 yildan keyin.

19.Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflashgan asrlarda quyidagi qaysi shaharga asos solingan?

A)Qo`yqirilganqal`a B)Jonbosqal`a C)Qal`aliqir D)Afrosiyob

20.Nima maqsadda Yunon shaharlari ittifoqi tuzuldi?

A)Tinch –totuv yashash,biri-birining ichki ishlariga aralashmaslik,o`zaro urushlar olib bormaslik maqsadida

B)Makedoniya zulmidan ozod bulish maqsadida

C)Forslarga qarshi kurash maqsadida

D)Maqsadsiz tuzilgan

21.Quyidagi yodgorliklardan qaysi birida eng qadimgi yozuv na`munalari topilgan.

A)Qo`yqirilganqal`a

B)Afrosiyob

C)Ko`zaliqir

D)Oybuyirqal`a

22.O`rta osiyo xalqlari madaniyati haqida ma`lumotlar keltirilgan asar muallifi yashagan davrda bulgan voqeani toping?

A)Qang` davlati qudratli davlat birmashmasiga aylandi.

B)Xitoyda butun mamlakatni qamrab olgan qo`zg`alon ro`y berdi.

C)Misr Rim imperiyasi provinsiyasiga aylandi.

D)O`rta osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqaldi.

23.Rimda muntazam yollanma qo`shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylangan davrda bulgan voqeani toping?

A)Xitoyda qog`oz ixtiro qilindi.

B)Avg`oniston va Kashmirni o`z davlati tarkibiga qo`shib olgan hukmdor yashagan.

C)Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqildi.

D)Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf yashagan.

24.Kushon podsholigi davrida aynan qaysi hudud orqali buddaviylik O`rta Osiyoga kirib kelgan.

A)Surxon vohasi B)Toshkent vohasi

C)Zarafshon vohasi D)Farg`ona vodiysi

25.Qadimda qaysi xalq janglarda jangovar arava va temir uchli nayzalardan foydalangan.

A)Ossuriya

B)Xett

C)Mitanni



D)Giksoslar

26.Qadimgi Xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan?

A)Binokorlik va kulolchilik

B)Pillachilik va to`qimachilik

C)Me`morchilik va haykaltaroshlik

D)Haykaltaroshlik va zargarlik.

27.Suqrot nima sababli o`limga hukm qilingan ?

A) Mavjud diniy haqiqatni buzib talqin qilgani uchun.

B)Ochko`zlik va molparastlikni qattiq tanqid qilgani uchun

C)Afinadagi ba`zi tartiblarni qo`rqmasdan tanqid qilganligi uchun

D)Uning qarashlari hukmron tabaqalarga yoqmaganligi uchun

28.Qanday soha ilohi ekanligiga ko`ra bir-biriga to`liq yoki qisman bo`lsada muvofiq keladigan xudolar ko`rsatilgan javobni aniqlang.

A)Tot,Ea ,Ganesha,Afina

B)Neptun,Poseydon,Anaxita,Xapi

C)Apis,Ishtar,Anaxita,Artemida

D)Ares,Mars,Ishtar,Axriman

29.Quyidagi voqealardan nisbatankeyinroq sodir bulganini aniqlang.

A)Odamlar ixcham guruhlar-Urug` jamoalariga ajralib chiqa boshladi

B)Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi

C)Odamlar o`troq turmush tarziga o`tdilar.

D)Hayvonlarnii qo`lga o`rgatish boshlandi

30.Qadimgi Rim qo`shinlari butun Italiyani bosib olgan davrni aniqlang.

A)mil.avv III asr o`rtalari B)mil.avv. I asr

C)milodiy III asr D)mil.avv IV asr

VARIANT - 2.

1.Qadimgi podsholik fir`avnlari qaysi hududlarga yurish qilib shaharlarni taladilar,asirlar,chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar?

A)Nubiya va Liviya B)Nubiya va Old Osiyo

C)Falastin va Suriya D)Falastin va Liviya

2.Quyidagi javoblardan qaysi biri “Buyuk yunon koloniyalashtirish davri”da yuz bermagan?

A).Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan

B)Rim shahriga asos solindi.

C)Etrusklar 12 ta shahar-davlatlar ittifoqiga asos soldi

D)Buyuk Xitoy devoir qurulishi boshlandi.

3.Aylana shakldagi muslartahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan yodgorlik qaysi asrlarga oid sanaladi?

A)Mil.II –III asrlar

B)mil.avv V-IV

C)mil.avv.III-II asrlar

D)mil.avv VII asr

4.Kir II qaysi davlatlarni bosib olgandan so`ng massagetlar ustiga yurish qilgan?

A)Baqtriya,Marg`iyona,Sug`diyona

B)Parfiya,Marg`iyona,Baqtriya

C)Baqtriya,Xorazm,Sug`diyona

D)Parfiya,Sug`diyona,Marg`iyona

5.Etrusklar Italiyaning qaysi tomonida yashagan?

A)Janubi-g`arbiy B)Shimoli-g`arbiy

C)Shimoli-sharqiy D)Janubida

6.Qaysi davlat hukmdorlari o`z nomidan tangalar zarb ettirgan,U davlatda istehkom,ibodatxona,savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan.

A)Davan davlati B)Xorazm

C)Qang` D)Kushon davlati

7.Mahalliy va yunon madaniyatlari an`analarining qo`shilishi natijasida qaysi antic davlatlar vujudga kelgan.

1.Kushon podsholigi 2.Salavkiylar 3.Davan 4.Parfiya 5.Qang` 6.Yunon-Baqtriya 7.Xorazm

A)1,2,3 B)2,5,6 C)2,4,6 D)1,4,6

8.Qaysi davlat san`atida mahalliy an`analar,Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san`ati uslublari muvofiqlashgan?

A)Xorazm davlati B)Qang`

C)Davan davlati D)Kushon davlati

9.Qadimgi Rimda qaysi lavozim barcha fuqarolarning teng va yashirin ovoz berish yo`li bilan saylangan?

A)Xalq tribuni B)Xalq sudi

C)Konsul D)Senat

10.Quyidagi javoblardan qaysilari Konsul vazifasiga kiradi

1. Qo`mondon 2.Sudya 3. Kohin 4.Respublika boshqaruvchisi 5.Veto huquqiga ega

6.Umrbod senator mavqeyiga ega bulgan 7.Mansabdor shaxslarni tayinlagan.

A)1.2.3.7 B)1,2,4,6 C)1,3,5,7 D)2,4,6,7

11.Qadimgi Rimliklar barcha muhim ishlarni ...….. boshlashgan.

A)Qurbonlik qilishdan B)Xudolardan madad so`rashdan

C)Fol ochishdan D)Ibodat qilishdan

12.Doro I hukmronligi davrida Fors podsholigi qaysi hududlarga qadar cho`zilgan ulkan davlat barpo etilgan.

A)Persepol shahridan O`rta yer dengiziga qadar

B)O`rta Osiyodan Qora dengizga qadar

C)Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengiziga qadar

D)Hindiston shimolidan O`rta yer dengizigacha.

13.Quyidagilardan faqat to`gri ma`lumotlarni toping?

1.Afinada olti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o`rgatilgan.

2.Parfenon ibodatxonasi qurilishi mil.avv V asrga to`g`ri keladi.

3.Solon taklifi bilan dehqonlarga yer bo`lib berildi.

4.Afinada kundalik joriy masalalar bilan Beshyuzlar kengashi shug`ullangan.

5.Salamin dengiz jangida yunonlar forslarning yettita kemasini egallab olgan.

6.Fiva va ayrim boshqa shaha rlar aholisi Makedoniyaga qarshi Afina ittifoqiga qo`shildi.

7.Yunon faylasuflari olam tuzulishi va inson hayoti ma`nosini o`rganishga harakat qilishgan.

A)2,4,6 B)1,3,5,7

C)2,5,7 D)1.2.4.6,7

14.Qadimda qaysi atama “Ulug” xonadon”ma`nosini anglatgan.

A)Sfinks B)Fir`avn

C)Nomarx D)Imperator

15.Yunonlar Baqtriyaning qaysi sohadagi an`analarini o`zlashtirganlar.

A)Zargarlik va kulolchilik

B)Binokorlik va hunarmandchilik

C)Me`morchilik va shaharsozlik

D)hunarmandchilik va san`at buyumlari.

16.Yunon-Rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan tarixchini aniqlang.

A)Tit Liviy B)Kvint Kursiy Ruf

C)Plutarx D)Arrian

17.Rim me`morchiligi yunon me`morchiligidan nimasi bilan farq qilgan?

A)Rang-barangligi va muhtashamligi bilan

B)Balandligi va go`zalligi bilan

C)Uslubi va hashamatliligi bilan

D)Ulkanligi va serjiloligi bilan

18.Yuliy Sezar hokimiyatmi egallagan paytda Pompey qo`shinlari qayerda edi?

A) Shimoliy Afrika B)Shimoliy Yunonistonda

C)Italiyaning janubida D)Ispaniya

19.Imperator Konstantin Xristianikni boshqa dinlar bilan teng din deb e`lon qilganidan qancha vaqt o`tib o`z poytaxtini Konstantinopolga o`zgartirdi.

A)17 yil B)15yil C)16 D)19 yil

20.Doro I yurish qilgan saklarning guruhi asosan qaysi hududlarda yashagan?

A)Toshkent va janubiy Qozog`iston

B)Amudaryo va Orol dengizi bo`ylarida

C)Sirdaryo quyi oqimi va Orol dengizi bo`ylarida

D)Pomirning tog`li tumanlari va Farg`onada

21.Kushon imperiyasi qaysi davlatlar bilan savdo va elchilik munosabatlarini yo`lga qo`ygan?

A)Rim,Parfiya,Xitoy

B)Hindiston,Xitoy,Rim

C)Rim,Vizantiya,Xitoy

D)Eron,Xitoy,Hindiston.

22.Aleksandr vafotidan keyin u barpo etgan davlat qaysi davlatlarga bo`linib ketdi?

A)Mesopatamiya,Misr,Suriya

B)Suriya,Makedoniya,Eron

C)Makedoniya,Suriya,Misr

D)Mesopatamiya,Misr,Eron.

23.Qadimgi dunyo tarixidagi qaysi davlatlarda Strateg lavozimi mavjud bo`lgan?

A)Afina,Salavkiylar

B)Sparta va Ahamoniylar

C)Makedoniya va Yunoniston

D)Salavkiylar va Rim

24.Qadimgi dunyo tarixidagi qaysi xalq dinida tonggi shafaq xudolari mavjud bo`lgan?

A)Hindiston B)Yunoniston

C)Rim D)Misr

25.O`zaro moslashtiring.

1.Yunonalifbosidagi kushon bitiklari topilgan.

2.Oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya yozuvi

3.Oromiy alifbosi asosidagi Xorazmiy va sug`diy yozuvlar .

a)Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon va Qashqadaryo vohalari.

b)Surxko`tal (Afg`oniston Qunduz shahri yaqini)

c)Eski Termiz

A)1-b,2-c,3-a B)1-b,2-a,3c

C)1-c,2-a,3-b D)1-a,2-c,3-b

26.Qaysi davlat Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo`lgan savdoda muhim o`rin tutgan?

A)Qang` B)Davan

C)Kushon D)Xorazm

27.Qaysi qadimgi shahar xarobalaridan mahalliy hukmdorlarning qarorgohi bulgan ulkan qal`a bunyod etilgan?

AKo`zaliqir B)Qo`yqirilganqal`a

C)Qal`aliqir D)Tuproqqal`a

28.Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik tartibda joylashtiring.

1.Arrian yashagan

2.Xitoyda Qizilqoshlilar qo`zg`aloni ro`y berdi.

3.Rim eng yirik va aholisi ko`p shaharga aylandi.

4.Tarixchi Poliyen yashagan

5.Rim imperiyasi zaiflashdi

6.Rimda barcha fuqarolar mavqeyidan qat`iy nazar qonun oldida teng deb e`lon qilindi

7.Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajrab chiqdi.

A)6,7,4,2,3,1,5

B)7,6,1,3,2,4,5

C)7,6,4,2,3,1,5

D)6,7,4,3,2,5,1

29. Qadimgi Eronda aholi tog`oldi vodiylarida nima bilan shug`ullangan?

A) Yilqichilik B)Chorvachilik

C)Dehqonchilik D) Qo`ychilik

30. Temirni xetlar kashf qilgan ulardan keyin qaysi xalqlar foydalanganligini tartibini toping.

A) Eron, Mesopotamiya, Kavkazorti B) Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti C) Kavkazorti, Mesopotamiya, Eron D) Eron, Kavkazorti, Mesopotamiya

VARIANT - 3.

1. . . . bilan eng qadimgi urug’chilik tuzumi ham yakunlandi?

A) Matriarxat; B) muzlik chekinishi;C) Yangi tosh davri boshlanishi;

D) Parriaxat

2. Qaysi davrda odamlar hayvonlarni o’ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo’yadigan bo’ldilar?

A) Neolit B) Mezolit C) Bronza D) Enolit

3. Qaysi davrda odamlar qurilish sohasida

katta yutuqlarga erishganlar?

A) So’ngi paleolit B) Neolit C) Mezolit D) Bronza

4. Qaysi hududdan eng qadimgi odam –sinantrop qoldiqlari topilgan?

A) Xitoy B) Keniya C) Mo’g’iliston D) Indoneziya

5. Qachon Hind daryosi manzilgohlari tez￾tez ro’y beruvchi toshqinlar, o’rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavoliga yuz tutdi?

A) mil.avv XX asrdan keyin;B) mil.avv XIX asrdan boshlab;C) mil.avv XVIII ardan keyin

D) mil.avv 1500 yillardan keyin;

6. Quydagi qaysi davlatda o’spirinlar qo’l jangi, harbiy ishlar va otga minib yurishni o’rganishgan?

A) Sparta B) Rim C) Afina D) Xitoy

7. Quydagi qaysi davlat qonuni bo’yicha faqat o’g’il bolalar uchun ta’lim olish majburiy bo’lgan?

A) Rim B) Afina C) Xitoy D) Hindiston

8. Quydagi qaysi qadimgi xalqlarning asosiy mashhuloti faqat chorvachilik

bo’lgan?


1) Sak; 2) Xitoy; 3) Massaget; 4) Misr; 5) Liqur; 6) Hind; 7) German;A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 7 D) 1, 3, 6, 7

9. Quydagi qaysi omil natijasida mil.avv VII-VI asrlarda vujudga kelgan shaharlar rivojlangan?

A) Hunarmandchilik va savdoning;B) Hunarmandchilik va dehqonchilik;

C) Chorvachilik va dehqonchilik;D) O’zaro ichki urushlarning bo’lmaganligi;

10. Xan sulolasi davrida Xitoyda mavjud yerlar …………… hisoblangan

.A) Davlatniki;

B) Hukmdorniki; C) Harbiylar va aslzodalarniki; D) Umumxalqniki;

11. Yunonlar va forslar o’rtasida bo’lgan qaysi janda yunonlar forslarga qaraganda kam sonli edi?

A) Marafon B) Salamin C) Fermopil D) Plateya

12. Yunonistonda Olimpiyada o’yinlarida faqat kimlar ishtirok etishi mumkin bo’lgan?

1) Baquvvat va sog’lom insonlar; 2) Jinoyat sodir etmagan insonlar; 3) Faqat mamlakat fuqarolari; 4) sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunonlarA) 1,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 3,4

13. Quydagi qaysi nuqsonlarni Suqrot, ayniqsa qattiq tanqid qilgan?

A) Ochko’zlik va molparastik;B) Yalg’onchilik va molparastlik;C) Ikkiyuzlamachilik va sotqinlik;D) noinsoflilik va zolimlik

14. Qanday kishilar qadimgi Misrda

yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon hisoblangan?

A) Harbiy ayonlar;B) O’qishni o’zlashtirgan kishilar;C) Jamoatdagi yuqori mattabali kishilar;D) Husnixat san’atini egallagan kishilar;

15. Messopotamiyada urush vaqtida sardorni kim saylagan?

A) Shahar aholisi B) Hukmdor

C) Harbiylar D) Aslzodalar va kohinlar

16. Qadimgi finikiyaliklar qo’shnilariga qanday maxsulotlar sotganlar?

1) Yog’och; 2) Smola (qatron); 3) Fil suyagi; 4) Metall; 5) Dengiz maxsulotlari; 6) Gazlama; 7) Qimmatbaho toshlar.

A) 1,3,5, B) 1,2,6 C) 1,4,6 D) 2,4,6

17. Misrda qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olingan?

A) So’ngi podsholik davrida; B) Qadimgi podsholik davrida;C) Ilk podsholik davrida; D) O’rta podsholik davrida;

18. Qadimgi Xorazmning qaysi mahalliy buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi?

A) zeb-ziynat, qurilish ashyolari va gazlamalari;B) qurol-yarog’ va charm buyumlari;

C) ip-gazlama mahsulotlari;D) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik mahsulotlari;

19. Xudo Ahuramazdaning saroy devoridagi tasvirlar quydagi qaysi manzilgohdan topilgan?

A) Persepol; B) Parfenon;C) Delfiya; D) Dalvarzintepa;

20. Mil.avv. VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan Ko’zaliqir manzilgohi aholisi qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullangan?

1. Dehqonchilik; 2. Savdo-sotiq; 3. Chorvachilik; 4. Hunarmandchilik; 5. Kulolchilik;

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,5 D) 2,3

21. Bronza qachondan boshlab mehnat qurollar, qurol-yarog’lar va zeb-ziynatlar tayyorlashdda ishlatiluvchi asosiy ashyoga

aylangan?

A) Mil.avv. 3-mingyillik o’rtalarida

B) Mil.avv. 3-mingyillik boshlarida

C) Mil.avv. 3-mingyillik oxirlarida

D) Mil.avv. 3-mingyillikda

22. Quydagi qaysi atamalar viloyat ma’nosi (tushunchasi)ni anglatgan?

1. N’om; 2. Polis; 3. Satrap; 4. Astron; 5. Provinsiya; 6. Ioniya;

A) 1,3,5 B) 2,4,5 C) 1,4,6 D) 2,3,5

23. Dehqonchilik va chorvochilik qaysi davrning eng katta ixtirosi hisoblangan?

A) Bronza B) NeolitC) Enolit D) Mezolit

24. Xitoyda mavjud qaysi sulolaga Xunn qabilalarining hujumi uning zaiflashishiga sabab bo’lgan?

A) Shan B) Chjou C) Xan D) Sin

25. Hozirgi Turkiy o’rnida vujudga kelgan davlatlarni aniqlang.

1. Xett; 2. Mitani 3. Finikiya; 4. Ossuriya; 5. Urartu;

A) 1,3 B) 2,5 C) 1,5 D) 3,5

26. Qadimgi Xitoyda taraqqiy etgan fanlarni aniqlang.

1. Astronomiya; 2. Matematika; 3. Geografiya; 4. Geometriya; 5. Tarix; 6. Arxitektura;

A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 2,4,6 D) 2,3,5

27. Qadimda quydagi qaysi davlatda dalalarga qullar va erkin yollanma mehnatchilar ishlov erishgan?

A) Mesopotamiyada B) Xitoyda C) Rimda D) Qadimgi Yunonistonda

28. Quyidagi javoblardan kashfiyotlarning qaysi davrga tegishli ekanligi toping?

1.Misning o’ylab topilishi; 2.G’ildirakning o’ylab topilishi; 3.Uzuklarni yasashni o’ylab topilishi; 4.Mikrolit tosh qurollardan foydalanish; 5.Sug’orma

dehqonchilikga o’tish;

A)Neolit B) Mezolit C)Bronza D) Eneolit E. So’ngi paleolit

A) 1-a,2-b,3-d,4-e,5-c B) 1-a,2-c,3-e,4-b,5-d C) 1-a,2-c,3-e,4-a,5-d D) 1-d,2-c,3-e,4-b,5-e

29. Quydagi qaysi mamlakatda savdo￾sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metal tangalar ishlatilgan?

A) Rimda B) Xitoyda C) Mesopotamiyada D) Kushon davlati

30. Qaysi sohaning rivojlanishi odamlarning moddiy va manaviy madaniyatiga katta ta’sir korsatdi

A) metallurgiyaning; B) kulolchilikning; C) to’qimachilikning; D) dehqonchilikning;


Tuzuvchi: Mahkamboyev Abdulhay
Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling