6-sinflar uchun diktant matni Bahor


Download 14.96 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi14.96 Kb.
#1349247
Bog'liq
Bahor diktant matni 2


6-sinflar uchun diktant matni
Bahor
Lola sayli juda gashtli boʻldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq- ikki quchoqdan lola terib qoʻydik.Sobirjonning sevinchi ichiga sigʻmasdi. Kasaldan yaqinda turgan boʻlsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan- bu yoqqa sakrab chopar, koʻm-koʻk maysalar ustiga dumalardi.
Biz koʻrgan joy haqiqatan ham goʻzal edi. Bir tomoni togʻ, bir tomoni koʻm-koʻk dala.Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi mohir toʻquvchi qoʻlida toʻqilgan chorsi gilamga oʻxshardi.
Yoʻlga tushdik.Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday boʻladi. Sobirjonning peshanasini hatto ter qoplay boshladi.Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. Tez ketayotgan ekanman.
Kun ogʻa boshlagan edi.Qishloqqa kirdik.Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar lipillab oʻta boshladi.Peshayvonli sariq bino oldidan oʻtayotganimizda, bir bogʻlam siren koʻtargan qizcha bizga qoʻl silkib qoʻydi. Tabiat bilan baravar koʻz ochasan. Goʻzallikdan boshqa narsani koʻrmaysan. Mashina soy boʻyiga yaqinlashdi. Choyxona shu yerda edi
Download 14.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling