6 Tarix. 21-30-§. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi?


Download 47.5 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi47.5 Kb.
#92422
Bog'liq
2 5350623876004971853
қрфчдў, Zamonaviy qirg‘in qurollari, Zamonaviy qirg‘in qurollari, 2, DEgManfiy, Surkhandarya , Sinf rahbari, 1, 36-400саволлар жавоби, natija

6 Tarix. 21-30-§.

1. Olimp togʻi Yunonistonning qaysi qismida joylashgan edi?

A) shimoli-gʻarbiy B) gʻarbiy

C) shimoliy D) shimoli-sharqiy

2. Mil. avv. 2-mingyillikda Yunonistonning qaysi hududlarida ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi?

A) Attika yarimoroli va O‘rta Yunoniston

B) O‘rta Yunoniston va Krit oroli

C) Shimoliy Yunoniston va Kipr oroli

D) Janubiy Yunoniston va Krit oroli

3. Qaysi dengizdagi koʻp sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirgʻoqlari va qoʻltigʻlari yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib beradi?

A) Adriaktika B) Qora C) Egey D) O’rtayer

4. Quyidagilardan qaysi turdagi maktab Afinada mavjud bo’lmagan?

A) xususiy gimnastika maktabi B) palestra

C) oliy oʻquv yurti D) davlat maktabi

5. Spartada kichik-kichik qishloqlarda kimlar yashaganlar?

A) ajnabiylar B) ilotlar C) periyeklar D) fuqarolar

6. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan?

A) zaytun yogʻi B) baliq C) olov D) yogʻoch

7. Yunonlar oʻzlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon boʻlmagan xalqlarni qanday nom bilan atashgan?

A) ellinlar B) meteklar C) varvarlar D) ilotlar

8. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan?

A) ziroatchilar va savdogarlar

B) chorvadorlar va hunarmandlar

C) savdogarlar va hunarmandlar

D) dehqonlar va hunarmandlar

9. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan?

A) 20 yosh B) 40 yosh C) 30 yosh D) 50 yosh

10. Kim Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi toʻlashni joriy qildi?

A) Solon B) Miltiad C) Perikl D) Demosfon

11. Qachon Kserks qoʻshini Shimoliy Yunonistonni ishg‘ol qiladi?

A) mil. avv. 490-yilda B) mil. avv. 480-yilda

C) mil. avv. 479-yilda D) mil. avv. 449-yilda

12. Salamin jangida yunonlarda nechta harbiy kema – triyera mavjud edi?

A) 200 ta B) 400 ta C) 100 ta D) 150 ta

13. Qaysi shahar aholisi Filipp II qoʻshinlariga qarshi Afina shaharlar ittifoqiga qoʻshiladi?

A) Xeroneya B) Beotiya C) Fiva D) Pirey

14. Qadimgi Yunonistonda yigitlar harbiy ta’limning ikkinchi yili qayerda dengizchilik san’atini oʻrganishgan?

A) Attika chegara qal’alarida

B) Makedoniya va Fessaliya chegarasida

C) Pirey bandargohida

D) Korinf shahrida

15. Quyidagilardan beshkurash tarkibiga kiradigan sport turlarini aniqlang?

1) uzunlikka sakrash 2) balandlikka sakrash 3) disk uloqtirish 4) nayza uloqtirish 5) ot poygasi

6) yugurish 7) kurash 8) qoʻl jangi

A) 2,3,5,6,8 B) 4,5,6,7,8 C) 1,3,4,6,7 D) 1,3,5,7,8

16. Troya homiysi boʻlgan ilohani aniqlang.

A) Afina B) Geya C) Artemida D) Nika

17. Qachon Yunonistonda teatr vujudga keldi?

A) mil. avv. II asr B) mil. avv. IV asr

C) mil. avv. III asr D) mil. avv. V asr

18. Yunonistonda ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari nimadan barpo etilgan?

A) xom gʻishtdan B) paxsadan

C) toshdan D) yogʻochdan

19. Qaysi yunon olimi rimliklar kemalarini yondirib yuborgan?

A) Arximed B) Geraklit C) Platon D) Diogen

20. Suqrot qaysi masalaga katta ahamiyat bergan?

A) axloqiy-ma’naviy tarbiya

B) ochko’zlik va molparastlik

C) odamiylik va sabr-matonat

D) yaxshilik va yomonlik

21. Yunon afsonalariga koʻra qaysi titan ulkan osmon gumbazini yelkalariga suyab turgan?

A) Atlas B) Gerakl C) Okean D) Ayaks

22. Gefest qanday xudo hisoblanadi?

A) adliya xudosi

B) musiqa va she’riyat xudosi

C) temirchilar va hunarmandlar xudosi

D) dehqonchilik va hosildorlik xudosi

23. Quyidagilardan qaysi xudoning Zevsga qarindoshlik aloqasi yo‘q?

A) Aid B) Gelios C) Poseydon D) Apollon

24. Qadimgi yunon faylasuflari nimalarni tushuntirishga harakat qilganlar?

1) Olam tuzilishi; 2) xudolarning kelib chiqishi;

3) Yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi;

4) inson hayotining ma’nosi;

5) davlat boshqaruvi masalalari

A) 2,4 B) 1,3 C) 1,4 D) 3,5

25. Qadimgi yunon teatrlarida sahnada barcha rollarni faqat … ijro etishgan.

A) aktyorlar B) boy zodagonlar C) erkaklar D) kohinlar

26. Mil. avv. 490-yil Marafon tekisligiga qanday qurollar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari kemadan tushadilar?

1) qilich 2) xanjar 3) nayza 4) o‘q-yoy

5) jangovar arava 6) oybolta

A) 2,3,4 B) 4,5,6 C) 1,2,3 D) 3,4,5

27. Spartada necha yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshiga qadar xizmat qilganlar?

A) 20 B) 24 C) 26 D) 30

28. Yunon shahar-davlatlaridan eng kuchlilari bo‘lgan Afina va Sparta davlatlari haqidagi quyidagi ma’lumotlardan qaysi bir noto‘g‘ri keltirilgan?

A) Afinada barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edi

B) Spartada ilotlar kichik-kichik qishloqlarda yashaganlar

C) Spartada savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan

D) Afina davlat maktablarida yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o‘rgatilgan

29. Qadimgi Yunonistonga xos bo’lgan atamalarni toping.

A) polis, en, falanga, zand

B) teatr, tragediya, agora, kentavr

C) pedagog, sepat, demokratiya, teatr

D) sarkofag, polis, tamkar, teatr

30. Yunon-Fors urushida forslar faqatgina qaysi jangda g’alaba qozona oldi?

A) Salamin jangida B) Plateya jangida

C) Fermopil jangida D) Marafon jangida

31. Quyidagi javoblarning qaysi biri xato berilgan.

A) Olimp tog`i Yunonistonning shimoli g`arbiy qismida joylashgan

B) ninabargli o`rmonlar Yunonistonning shimoli va Peloponnesda o`sgan

C) axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo`lishini nihoyasiga yetkazdilar

D) yunoncha “polis” so`zi “shahar” ma`nosini anglatadi

32. Quyidagi tushunchalarning qaysilari yunonlarning «Iliada» dostoniga taalluqli?

1) «Sikloplar oroli»; 2) «Troya oti»;

3) «Odissey tovoni»; 4) «Stiks daryosi»;

5) «Argo kemasi»; 6) «Axilles tovoni»;

7) «Oltin mo'yna»; 8) «Axilles hiylasi»

A) 1,5,8 B) 2,6,7 C) 2,5,7 D) 2,4,6

33. Mashhur yunon fizigi va matematigi Arximed qaysi shaharda rimliklar tomonidan o’ldiriladi?


A) Frakiya B) Afina C) Miken D) Sirakuza

34. Yunoniston - Eron urushi davrida sodir bo'lgan janglarni aniqlang.

1) Granik; 2) Marafon; 3) Fermopil; 4) Kann;

5) Salamin; 6) Troya; 7) Puni; 8) Beotiya;

9) Plateya; 10) Xeroniya.

А) 1,3,5,9. В) 1,2,3,8 С) 2,3,5,9. D) 2,4,5,10.

35. Ma’lumki, Qadimgi Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari bo’lgan. Ularda kimlar o’qish imkoniyatiga ega edi?
A) faqat senatorlarning farzandlari B) goplitlar

C) o’ta boy ota-onalarning farzandlari D) meteklar

36. Qadimgi Spartada chet elliklarga qan­day munosabatda bo'linar edi?

A) Ular Sparta davlatining eng quyi lavozimlarida ishlagan.

B) Chet elliklar ma'lum muddat o'tib Sparta fuqarosi bo'lishi mumkin edi.

C) Chet elliklarlar Spartaga kiritilmagan.



D) Ularga qul sifatida qaralar edi.
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling