6-variant Ismoilov Xalilullo Zahiriddin Muhammad Boburning ma'rifiy qarashlari


Download 418.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2020
Hajmi418.98 Kb.
#101370

 

 

6-variant Ismoilov Xalilullo 



1.Zahiriddin Muhammad Boburning ma'rifiy qarashlari 

2.Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya haqida 

3.Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va ta'lim-tarbiyaning ravnaqtopishi 

Javoblar: 

1.Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ajoyib  sarkardaligi  bilan  birga  Ma’rifatparvar 

shoh  va  nozik  didli  shoir  ham  bo’lgan.  U  o’z  asarlarida  go’zallikni  kuylagan, 

insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o’rganishga da’vat etgan. 

Bobur  asarlarining  mavusi  rang-barang  bo’lib,  ularda  insonning  ma’naviy 

qiyofasi,  ilm-fanning  foydasi,  muhabbat,  yaxshilik  va  yomonlik  tasvirlangan.  U 

yaratgan  “Xatti  Boburiy”  asari  arab  yozuvini  osonlashtirishga  qaratilgan.  Bobur 

arab  harflarining  osti  va  ustiga  qo’yiladigan  diakritik  belgilar  zol-zabar  o’rniga 

harflar  kiritishni  taklif  qilgan.  Buyuk  adib  xalqni  osonroq  savodli  qilish  yo’lini 

izlab  yaratgan  mazkur  alifbo  amalga  oshmadi.  Chunki  uni  islomga  shak  keltirish 

bilan barobar deb hisoblandi. 

Bobur  sherlarida  inson  kamoloti  uchunilmning  nqqadar  zarurligi  qayta-qayta 

uqtirilgan: 



Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. 

Men tolibu ilmu tolibi ilm yo’q, 

Men bor men ilm tolib ilm kerak. 

Bobur  ilm  toliblari  “hamisha  yuksak  fazilatlarga  ega  bo’lishi  lozim”  deb 

hisoblagan,  ularning  kamtar,  sofdil,  xalqni  hurmatlaydigan  fazilatlarga  ega 

bo’lishini istagan. 

Boburning ta’lim-tarbiyaviy qarashlaridagi asosiy bosh  masala  vatanga cheksiz 

muhabbatdir.  Uning  shu  mavzudagishe’rlari  kitobxonni  ona-Vatanni  sevishga, 

unga  fidoyi,  sodiq  bo’lishga,  o’z  xalqiga  xizmat qilishga  chorlaydi,  o’quvchining 

qalbida yuksak insonparvarlik tuyg’ularini uyg’otadi. 

Bobur ta’lim-tarbiyaga doir g’oyalarini o’z boshian kchirgan, ko’rgan va bilgan 

voqealardan xulosalaydi. 



U o’z zamonasidagi badxulq, bemer qubatsiz insonlarga qarata shunday yozgan 

edi: 


Qolmadi hurmat ahli olamda, 

Olamu olam ahlidin bu ilik. 

Bobur ikki podshohligidin, 

Yaxshiroq bu zaminda bir beklik. 

 

2.Navoiy o’zining butun faoliyatini xalq manfaati uchun muhim bo’lgan ishlarga 



bag’ishlashni istar edi. 

“Alisher  Navoiy  xalqimizning  ongi  va  taffakkuri,  badiiy  madaniyati 

tarixida  butun  bir 

davrni 

tashkil  etadigan  buyuk  shaxs,  milliy 

adabiyotimizning  tengsiz  namoyondasi,  millatimizning  g‘ururi,  sha’n  -u 

sharafini  dunyoga  tarannum  qilgan  o‘lmas  so‘z  san’atkoridir.  Ta’bir  joiz 

bo‘lsa,  olamda  tirkiy  va  forsiy  tilde  so‘zlovchi  biron  bir  inson  yo‘qki,  u 

Navoiyni  bilmasa,  Navoiyni  sevmasa,  Navoiyga  sadoqat  va  e’tiqod  bilan 

qaramasa.  “Agar  bu  ulug‘  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning  avliyosi 

mutafakkir  desak,  mutafakkirlarning  mutafakkiri,  shoir  desak,  shoirlarning 

sultonidir”, I.Karimov.  

Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, 

adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik 

kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti 

shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy 

umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu 

haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy 

o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol 

inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi. 

Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida 

insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson 

dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha 

sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan 

umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z 

qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga 

da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ 



libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan 

ham axloqdir”. 

Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki 

eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish 

bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun 

ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam 

deb biladi 

Odami ersagil demagil odami. 

Oniki yo’q, xalq g’amidin g’ami. 

 

3.



 

Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak  ma'rifatparvar 

hukmdor  sifatida  xalq  ichidan  chiqqan  qanchadan-qancha  noyob  iste'dodlar,  ilmu 

urfon  va  din  ahllari,  me'moru  hunarmandlarni  parvarishlab  o'stirish  barobarida 

mam-lakat  obodonligi,  ravnaqi  uchun  ham  doimiy  harakatda,  izlanishda  bo'ldi. 

Uning  davrida  Samarqand  va  yurtning  boshqa  hududlarida  qad  rostlagan 

serhasham  saroylar,  bog'-rog'lar,  masjid-u  madra-salar,  rabot-u  karvonsaroylar, 

ko'priklar,  suv  havzalari  va  boshqa  inshootlar  Sohibqiron  salohiyati  va 

faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.  

Temuriylar  davrida  xattotlik,  tasviriy  san'at  va  musiqa  madaniyati  rivoj  topdi. 

Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri 

xattotligi  va naqqoshligi  maktabi atoqli  vakillari: Sultonali Mashhadiy,  Abdujamil 

Kotib,  Darvesh  Muhammad  Toqiy,  Mirali  Qilqalam,  Sulton  Muhammad  Nur  va 

boshqalarning  ijodi  benazirdir.  Masalan,  nastaliq  xatining  mislsiz  ustozi,  «Qiblat 

ul-kuttab»  (Kotiblar  peshvosi)  unvoni  sohibi  Sultonali  Mashhadiy  A.Navoiy  va 

H.Boyqaroning  ko'plab  bebaho  qo'lyozmalarini  kitobot  holiga  keltirishda  katta 

zahmat  chekkan.  Bundan  tashqari  Nizomiy,  Farididdin  Attor,  Xo'ja  Xofiz,  Sa'diy 

Sheroziy,  Husrav  Dehlaviy,  Abdurahmon  Jomiy  singari  mumtoz  adabiyotimiz 

daholarining  ko'plab  asarlari  ham  uning  betinim  sa'y-harakatlari  bilan  ko'chirilib, 

avlodlarga armug'on etilgan.  



Download 418.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling