6mm-20 guruh talabasi Jabborov Ramazon


Download 467.99 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi467.99 Kb.
#1335857
Bog'liq
byudjet 2

6mm-20 guruh talabasi Jabborov Ramazon


Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko'rib chiqish va tasdiqlash, ro'yxatdan o'tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me'yoriy hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan.
Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub'ektlarga byudjetdan mablag'larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag'larini taqdim etishning o'ziga xos bo'lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma'lum bir printsiplarga tayanadi.
Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo'naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag'larining tashkil topishi va sarflanishi to'g'risidagi axborotni o'zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to'lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag'larning maqsadliligi va choraklar bo'yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma'lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin.
2013 yil 26 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi natijasida yuqoridagi nizom orniga yangi me'yoriy hujjat - O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug'i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom"2 kuchga kirdi. Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo'llaniladi (2-rasm): yakka (individual) smetalar;
jamlanma smetalar;
- budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalar;
- markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
2-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi3 Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan alohida olingan muassasa bo'yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta'lim muassasalari, maktabgacha ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqil
2 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 51-son, 612-modda
3 2634-sonli "Budjet tashkilotlari va budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom" asosida talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi
ravishda budjetdan to'lanishi ko'zda tutilgan o'z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.
O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, "jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi" hisoblanadi.
Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smeta bir yillik muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo'lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo'yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko'rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
Bndjetdan mablag' oluvchilarni xarajatlar gnruhlari bo'yicha davlat budjetidan moliyalashtirish
I. Ish haqi va miga tenglashtinlgan to'lovlar {bolali oilalarga nafaqalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar)
II. Ishhaqiga qo'shimchalar
III. Kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro'yxatlarga muvofiq)
-► IV. Boshqa xarajatlar
Download 467.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling