6mm-20 guruh talabasi xujamuratov burgutali


Download 10.78 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi10.78 Kb.
#1557513
Bog'liq
Moliya keys 1

6MM-20 GURUH TALABASI XUJAMURATOV BURGUTALI





Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta’siri.


Bugungi kunda byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo’lgan korporativ tashkilotlarning mablag’laridan tejamkorlik asosida foydalanish, ular ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovar (ish,xizmat)larni elektron axborot tizimlari orqali tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirish alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Byudjet mablagl’laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma‘lumki, davlat byudjeti mablag’larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta‘minlashga sarflanadi.
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko’zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining, shuningdek, ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo’lgan tashkilotlarning mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal narx va sifatda sotib olishga erishish.
Bu jarayonni qanday tashkil qilsa bo’ladi?
Qaysi usulni olsak davlat mablag’larini eng samarali foydalanishga olib ?
Demak bizda Davlat haridlarini amalga oshirishni 2 ta metodi mavjud.

  1. Markazlashmagan

  2. Markazlashmagan

Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model – bunda davlatning buryutmachisi o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan. Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada ko’rsatilgan xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin. Qisman markazlashgan modelda esa, xaridga buyurtmani joylashtirish vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi. Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab olishdan boshlanadi. Xalqaro va milliy qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi shakli qo’llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi tomonidan boshqarilib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi dastavval markazlashgan modelda haridlar amalga oshirildi lekin bu o’zining salbiy jihatlarini yaqqol namoyon qildi. Karrupsion holatlarning ko’payishi, kichik biznesni rivojlanmasligi, manopoliya holatini avj olishi kabi holatlar kuzatildi. Bu holat sekin markazlashmagan holda ham kuzatildi, misol uchun mahsulotni sifat nazoratining yo’qligi, mahsulotning bazi hududlarga yutib bormasligi kabi holatlar yuzaga keladi. Chunki bu bosqichda korporativ korxonalar sifat nazorati uchun katta harajat qilishlariga to’g’ri keladi. Quyidagi kamchiliklarni tartaraf etish uchun ko’plab rivojlangan davlatlarda Aralash usulga o’tilgan. Elektron savdolar tenderlar rivojlanishi va maxsus qonunlar bilan mustahkamlanishi davlat mablag‘laridan maksimall foydalanish imkonini beradi. Aralash modelni hudud lar miqyosida amalga oshirish, iqtisodiy rivojlanganlik, talab va taklif, omillarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi bu keysimizni yaqqol yechimiga olib keladi.
Shahar tipdagi joylarda markazlashmagan metotda foydalanish samarali hisoblanadi. Sababi iqtisodi rivojlangan joyda taklifning ko‘pligi, maxsus jihozlarga talabning mavjudligi va ularni qondirish imkonining mavjudligi hamda kam mablag‘ sarf bo’lishiga olib keladi. Markazlashgan modelni katta miqdordagi jihozlar olishda foydalansak . Mablag‘ tejalishi sifat nazorati kabi omillar futug‘iga erishamiz
Download 10.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling