7 – amaliy mashg‘ulot Mavzu: Badiiy obrazni idrok etish va hissiy yuklama. Fotografiyada kompozitsiyalarni idrok etishning ahamiyati


Download 0.88 Mb.
Sana27.11.2020
Hajmi0.88 Mb.

7 – amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Badiiy obrazni idrok etish va hissiy yuklama.

Fotografiyada kompozitsiyalarni idrok etishning ahamiyati

Fotokompozitsiyalarning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin, inson sur’at yoki fotografiyaga qarab, uning muallifi yaratganidek yarata olarmikin? Bir qarashda, fotografiya insonning qabul qilish va bilish xususiyatlariga har xil ta’sir o‘tkazadigandek tuyuladi, biroq unday emas.Fotografiya orqali aniq ma’no va mazmunni uzatish uchun insonlarning geometrik figuralarni idrok qilish xususiyatlarini chuqur o‘rganish zarur. Gemetrik figuralar fotografiya bilan qanday aloqasi bor – deyish mumkin. Ushbu savolga javob oddiy. Ilk marta istalgan tekis tasvirga nazar tashlaganimizda, inson bosh miya organi ko‘rilgan narsalarni qisqartirishga harakat qiladi. Soddaroq qilib tushunish uchun bolalar chizgan rasga nazar tashlasak, uy to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak, kvadratli oynalar va uch burchakli tomlarni, yo‘l esa egri chiziqlarni, odamlar esa chiziqchalar va boshi aylanali tasvirlarni ko‘rishimiz mumkin1.



Fotografiyada ob’ektlarni idrok etish ahamiyati

Fotografiyada kadrlarga ob’ektni joylashtirish jarayonida nafaqat kompozitsiya qoidalari, balki idrok qilish jarayoni ahamiyati, ya’ni qaysi ob’ektda ko‘ruvchi birinchi o‘rinda diqqatini qaysi ob’ektga va keyin esa navbatdagi ob’ektga e’tiborini qaratishi bilan muhim ahamiyatga ega. Agar fotografiyada yorqin, kontrastli dog‘lar va bir-birini kesuvchi liniyalar mavjud bo‘lmasa, ko‘rivchining e’tibor yo‘nalishi oddiy kitob o‘qayotgan sharoitga o‘xshash bo‘ladi. Odatga ko‘ra, inson bexos fotografik rasmning chap tomondagi yuqori burchagidan tomosha qila boshlaydi va o‘ng tomondagi pastki burchakda tomosha qilishni to‘xtatadi.



Fotografiyaning chap tomonidan chiqayotgan va gorizontal chiziqlar fotografiyani tomosha qilayotgan shaxsga harakat ma’nosini ko‘rsatadi.

Agarda, gorizontal liniyalar bir tekislikda markazda joylashgan bo‘lsa, harakatsizlik, noaniqlik, yoki o‘ng tomonga pasayib borilganda edi fotografiyani tomosha qilayotgan shaxsga ketayotgan, o‘tib ketgan ma’nolarni anglatardi. Gorizontal yotgan to‘g‘ri burchakli predmetlar tomoshabin uchun og‘ir va murakkablikni bildiradi.

Ob’ektning joylashuvi

Fotografiyadagi ob’ektlarga e’tibor qilanаyotgan nigohning yo‘nalishi undagi axborotni idrok etishga muhim ta’sir o‘tkazadi. Bunda nafaqat inson, balki istalgan hayvonlar yoki skulptura ham bo‘lishi mumkin. Ob’ekt nigohi o‘ngdan chapga qaratilgan bo‘lsa, tomoshabinda personaj muloqot qilishga tayyor va ochiq ekanligini bildiradi. Agar nigoh chapdan o‘nga qaratilgan bo‘lsa, personajning hal bo‘lganligi, chuqur mulohaza va yopiq ekanligini bildiradi.



Istalgan fotosur’atdagi ob’ektlarning joylashuvi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan holda ham idrok qilish mumkin. Bunday bo‘lishining sababi, tomoshabin fotograf tomonidan olingan tasvirdagi fikr, g‘oyalarni aniqlab olishi, muhimi predmetlarning yoki figuralarning geometrik joylashuvi insonning idrok etishi xususiyatlarini inobatga olgan holda kompozitsiya qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.