7 – mavzu: VI-VIII asrlarda shosh tarixi. Reja: vi–viii asrlarda Shoshning ijtimoiy – siyosiy hayoti vi–viii asrlarda Shoshning iqtiodiy hayoti


Download 23.78 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi23.78 Kb.

7 – MAVZU: VI-VIII ASRLARDA SHOSH TARIXI.
REJA:

1. VI–VIII asrlarda Shoshning ijtimoiy – siyosiy hayoti.

2. VI–VIII asrlarda Shoshning iqtiodiy hayoti.

3. VI–VIII asrlarda Shoshning madaniy hayoti.
Tayanch tushunchalar:

Yirik yer egaligi, tudun, budun, dehqon, yabg’u, jabg’u, malikshoh, Shosh, Choch, Binkat, Eftaliylar, Turk hoqonligi, mahalliy hukmdorlar, islom dini, Arab xalifaligi, xiroj, ushr, jizya, zakot, noiblik, musulmonchilik aqidalari.
Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan janubiy qismida ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.

Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qoʻychilik hamda tuyachilik) bilan shugʻullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temirdan qurol–yarogʻ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda to’qimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shaqllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi.

Milloddan avvvalgi 6–4 asrlarda  Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980–1982 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. av. 6–4 asrlar va 2–1 asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan.

Mil. av. 2–1-asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo boʻlgan. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʻrgʻon) qad koʻtardi. Mil. 1–2 asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 smli bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.

Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuasi, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻrsatadi. Shoshtepani o’rganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon berdi.

Milodning 1-asriga kelib Сhirchiq, Salor, Qorasuv boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk Ipak yo’lida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar 6–8 asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk hoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk Ipak yo’li vohaning shimoliy hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uy-roʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, ichida saroy, ibodatxona boʻlgan ark, amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan.

Shahar atrofida ozod jamoalarning keng ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻ–rogʻlari, istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar va bogʻlar chekkasida  – koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab manbalarida bu shahar Chochning poytaxti  – “Madinat ash Shosh” (Shosh shahri) deb atalgan.

Choch poytaxti hunarmandchilik metalldan mehnat qurollari, yarogʻ-aslahalar, zeb-ziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va tashqi savdoni taʼminlashgan.

Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. Gʻarbda Vizantiyadan tortib Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz tangalarini zarb qildirgan. IV–VII asrlarda Chochda kumush tangalar chiqaradigan zarbxona boʻlgan.

Qadimgi Choch hukmdorlari old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular „Shoʻrxon xotun“ va „Kabachxotun“ (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy „Achabat“ (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdo–sotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.

Miloddan avvalgi VII asrda. Arabiston yarim orolidagi turli arab qabilalarining birlashishi boshlandi. Bu vaqtda haqiqiy din izlovchilari paydo bo'ldi - haniflar, payg'ambarlar, habilar ajralib turardi. Muhammad 610 yilda 40 yoshida Makkada yangi dinni targ'ib qila boshladi. Din islom deb ataldi - "itoatkor", "boshini egdi". Muhammad quvilgan, lekin 622 yil 15 iyulda u Madinaga qaytgan, shu kundan boshlab hijrat - musulmonlar xronologiyasi boshlanadi. Islomning shakllanishiga zardushtiylik, manixeylik, buddizm, iudaizm, xristianlik ta'sir ko'rsatdi. 650 yilda Muhammadning ta'limoti muqaddas kitob - Qur'onga yozilgan.

Islomning asosiy qoidalari:

1. asosiy aqidani takrorlash - "Allohdan o'zga iloh yo'q va Muhammad uning payg'ambari";

2. besh vaqt namoz (namoz);

3. Zakot - kambag'allarga, kasallarga va etimlarga soliq (daromadning 2,5%);

4. Makkaga haj qilish;

5. Uraza - Ramazon oyida ro'za tutish.

Islomda axloqiy va axloqiy burchlar:

1. inson hayotiga hurmat;

2. burchga va odobga sodiqlik;

3. ota -onalarga minnatdorchilik, kattalarga hurmat;

4. imondoshlariga muhtoj bo'lgan yordam;

5. sizga bog'liq bo'lganlarga saxiylik;

6. oxirat hayotiga ishonish;

7. Ijtimoiy birodarlik va hammaga Alloh oldida tenglik g'oyalari.

651 yilda arablar Marvni egallab olishdi, so'ngra O'rta Osiyoni tizimli ravishda bosib olishdi. Ular boshqa dinlarning hammasini soxta deb e'lon qilib, islomni joriy qila boshladilar. Aholi katta soliqlarga ega edi (xaraj, jizya - musulmon bo'lmaganlar uchun, usr - musulmonlar uchun). Arablar islomni qabul qilganlarni rag'batlantirdilar (soliq imtiyozlari) va masjidlarga borganlarni (moddiy rag'batlantirish). Arablar masjidlar qurdilar (madaniy yodgorliklar, zardushtiylar, buddistlar, nasroniylarning ibodatxonalari vayron qilinganidan keyin, yozma manbalar, dinlar yozuvlari vayron qilinganidan keyin), ta'lim muassasalarida musulmon ilohiyoti masalalari bo'yicha ma'ruzalar o'qildi. Shunday qilib, VIII asrning birinchi yarmida arablar Islomni majburan kiritdilar. Yerli zodagonlar o'zlarini yangi dinni qabul qilganday ko'rsatdilar, lekin zardushtiylikni davom ettirdilar; savdogarlar islomni qabul qildilar; va dehqonlar dastlab qarshilik ko'rsatdilar. Abbosiylar sulolasi aholini rag'batlantirish, din haqidagi hikoyalar orqali islomning tarqalishiga alohida e'tibor qaratgan. VIII asrning ikkinchi yarmida aholi islomni qabul qila boshladi, ularni dinning axloqiy jihatlari o'ziga tortdi.



Arab qoʻshinlari Chochga ilk bor 713-yilda bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni bosib olganlar va talon-toroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-asrga kelib, avvalgi oʻrnidan 4– 5 km shimoli-gʻarbroqda, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus (Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga kedli va yana Chochning poytaxtiga aylanib, jadal taraqqiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat (uzoqdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-asrlarda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ash Shosh nomlari bilan bir qatorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdo-sotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-asrning 70-yillarida Chirchiq vohasining shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kampir devor nomida saqlanib qolgan.
Savol va topshiriqlar:

1. VI–VIII asrlarda Shoshning ijtimoiy–siyosiy hayotida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?

2. VI–VIII asrlarda Shoshning iqtiodiy hayoti qay tariqa rivojlanib bordi?

3. VI–VIII asrlarda Shoshning madaniy hayotida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?

4. Islom dini Shoshning ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi o’zgarishlar qanday o’rin tutgan?
Download 23.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling