7 – variant Xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalas


Download 20.77 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi20.77 Kb.
#102642
Bog'liq
1-oraliq nazorati 7-variant hayot xavfsizligi


1 – oraliq nazorati

7 – variant

1. Xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash.

2. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

3. Shovqin kuchi harakteriga ko’ra necha guruhga bo’linadi?

1. Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan kongilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni oz ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.

Hayot faoliyatiga tog’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.

Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash tog’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq organishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bolib, hali tola ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi boyicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash boladi;

- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bolinadi;

- salbiy oqibatlarning roy berish vaqti boyicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda boladi;

- xavflar tarqalishiga yol qoymaslik boyicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq boladi;

- kelib chiqadigan oqibatlariga kora charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar korinishida boladi;

- keltiradigan zarari boyicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bolinadi;

- namoyon bolishi boyicha maishiy, sport, yol-transport, ishlab chiqarish va harbiy boladi;

- olamga tasiri boyicha ota tasirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) boladi. Sust tasir deganda odamning ozi sababchi boladigan xavf tushuniladi.

Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar boyicha qoyilgan nomlar, atamalardir

(ozgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazyernuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan obektda otkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.

Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bolgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.

Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).

Mutloqa xavfsiz bolgan ish (faoliyat) bolishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bolmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.



2. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra kuyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Tektonik zilzilalar;
Vulqon zilzilalari;
Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari;
Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kup talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bulaklarini agʻdarilishi, yoki toglarning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi.

Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻlik boʻlganligi sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi.

Insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson oʻzining muxandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan taʼsir etishi, u yoki bu darajada oʻzgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Daryo vodiylariga toʻgʻonlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta boʻlgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy xajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qaʼrida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga soʻrib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan koʻmir ana shu yer qaʼrida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida baʼzan yer osti gʻorlariga, xandaklariga va togʻ jinslari gʻovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer qaʼrining odamlar taʼsir etish joylarida yigʻilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir boʻlgan yer silkinishlari Hindiston, AQSH, Oʻzbekistonda kuzatilganligi fandan maʼlum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib boʻlingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar boʻlib oʻtgan. Tekshirishlarning koʻrsatishicha, bu yer silkinishlar oʻzlarining tayyorlanish, sodir boʻlish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yigʻilgan suvning miqdori va yigʻilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bogʻliq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld. m3. dan ortiq suv bilan toʻlatilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi togʻ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab boʻlsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir meʼyorida chiqarilmasligi va togʻ jinslariga taʼsir qiluvchi kuchlarning nomutanosib xolatda boʻshatilishi, oʻzgarishi sabab boʻlgan. Respublikamizning harbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini baʼzi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni surib olish jarayoni bilan bogʻlashadi. 1976-yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila oʻchogi, litosferaning maʼlum chuqurlikdagi togʻ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobigʻining 5-25 km chuqur oraligʻida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oraligʻida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yigʻilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qaʼri togʻ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini maʼlum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir boʻlish vaqtini tezlashtiradi.

Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatli si) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi.

Yer silkinish oʻchogʻi gipotsentrning joylashgan chuqurligi boʻyicha:
yuza — 70 km.gacha
oʻrta — 70-300 km.
chuqur — 300 km.dan pastda „mantiya“ qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin.
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning oʻchogʻi asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan. Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila oʻchogʻi vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo boʻladi, bular oʻz navbatida yerning ustki qatlamini tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik toʻlqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va koʻndalang turlariga boʻlinadi.Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) toʻlqinlar oʻz yoʻnalishi buyicha navbatma-navbat yer poʻstlogʻini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldidan chiqadigan tovushning oʻzginasidir. Koʻndalang toʻlqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila toʻlqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi oʻzgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar oʻlimi yuz beradi. Yer silkinishi koʻpchilik hollarda maʼlum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bogʻlik.

Yer qimirlashning asosiy koʻrsatkichlari kuyidagilardan iborat: yer silkinish oʻchogʻining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.



3. Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Sh. detsibel bilan oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Sh.larning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan Sh. kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Mas, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Sh.i), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Sh.lar) natijasida Sh. hosil boʻladi. shahrining umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi Sh. boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi, quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Sh. taʼsirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Sh. odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli Sh. ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng Sh. inson quloqlarida ogʻriq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin boʻladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi.

shahrining inson salomatligiga taʼsiri haqida ibtidoiy jamoa davridan maʼlum. Uning taʼsirini kamaytirish uchun, mas, temirchilar, tunukachilar va misgarlarning kechasi ishlashi taqiqlangan. Rim diktatori Yuliy Sezar kechalari shaldirab yuradigan aravalarning shahar koʻchalarida yurishini taqiqlagan. Odam organizmiga shahrining taʼsirini oldini olish uchun hozir ham baʼzi tashkiliy, texnik va tibbiy choratadbirlar koʻriladi. Aholi yashaydigan punktlarda shahriga qarshi kurash choralari: koʻkalamzorlashtirish, koʻcha harakatini tartibga solish, transportlar signalini man etish, turar joy binolariga tovush oʻtkazmaydigan oynali (mas, plasmassa, alyuminiy) derazalar qoʻyish, lift, nasos, ventilyator kabi uskunalar Sh.ini kamaytirish va h.k. Ishlab chiqarishda shahriga qarshi kurash choralari: Sh.siz texnologik jarayonlarni qoʻllash, yangi uskunalarni Sh. oʻlchovi nazoratidan oʻtkazish, korxona binosini tovushdan izolyatsiya qilish, tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish va boshqalar Shuningdek, sershovqin sex ishchilari individual himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Bunday ishchilar shifokor (terapevt, otolaringolog , nevropatolog) koʻrigidan oʻtkazib turiladi va h.k.
Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling