7-Amaliy mashg’ulot Oldingi va or


Download 18.7 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2021
Hajmi18.7 Kb.
#445761
  1   2
Bog'liq
7-амалий (латынша)
Задание 1-WPS Office, 1929946, ac3c7155f1667682b85eec415e4607a0, ac3c7155f1667682b85eec415e4607a0, ac3c7155f1667682b85eec415e4607a0, Malumotnoma, BEHZOD

7-Amaliy mashg’ulot

Oldingi va orqa oyoq bóǵimlari

Darsning maqsadi: Oldingi va orqa ayoq boǵimlarining tuzulişi, ularning anatomik qismlarini hamda hayvonlarda ahamiyati, tuzilişi, tiplari va harakat xillarini órganiş.

Kórgazmali qurollar: Hayvon skeleti, tiri hayvon oyoq bóǵimlari, hol preparat, rasmlar, slaydlar.

Darsning mazmuni: Kurak-elka bóǵimiarticulatio humeralis s. braҫialis oddiy kóp ókli bóǵimlar tipiga kirib, kókrak va elka suyaklari duzi­lişi natijasida xosil bóladi. Bu bóǵnm, asosan, bukiş va yoziş, kisman, uzatiş va yiǵiş xarakatlarini bajaradn. Uni birlaş­tiruvҫi maxsus pay bólmaydi. Bu bóǵimda kapsula eapsula articularis bóladi. Bóǵimni birlaştiriş uҫun, asosan, elka kamarining muskullari xizmat qiladi

Tirsak bo`g`imi - articulatio cubitalis hosil bo`lishi uchun yuqoridan elka suyagi, pastdan esa tirsak va bilak suyaklari ishtirok etadi. Bu oddiy bir o`qli bo`g`im hisoblanadi. Uni birlashtirishda ham bo`g`im kapsulasi - sapsula articularis qatnashadi. Kapsula o`z atrofidan o`tadigan muskullar, kapsulaning devori esa qo`shimcha pay tutamlari bilan ham birikadi. Bu qiyshiq pay - ligamentum obliqua deyiladi. Bu erda yana bir qancha paylar birlashadi. yon tomon payi- ligamentum collateral laterale qisqa va kuchli bo`ladi, u elka suyagining yon chuqurchasidan boshlanib, bilak suyagining yon bo`rtigida tugaydi.

Oraliq pay - ligamentum collateral mediale ichki yuzada joylashadi. U bir oz kuchsizroq bo`ladi. Bu payning boshlanish va tamom bo`lish joyi yon tomon payiniki bilan bir xil. Bundan tashqari, tirsak va bilak suyaklarini birlashtirishda ko`ngdalang suyaklararo yon tomon va o`rta paylar - ligamentum transversi radii et ulna hamda suyaklararo pay - ligamentum interossium ham qatnashadi. Bu paylar juda kuchli va sertola bo`ladi.

Bilaguzuk bo`g`imi - articulatio carpi bir qancha qisqa suyaklardan tuzilgan. Bu bo`g`imning suyaklari uchta oddiy bo`g`imni: 1) yuqori qator tirsak, bilak va bilaguzuk suyaklarining bo`g`imi; 2) qatorlararo bo`g`im; 3) bilaguzuk va kaft suyaklarining qo`shilgan bo`g`imlarini hosil hiladi. Bu bo`g`imlar orasida eng harakatchan yuqori qator, keyin o`rta va eng kam harakatlisi uchinchi qator. Bu bo`g`im suyaklarini birlashtirishga ham bo`g`im kapsulasi - capsula articularis xizmat qiladi. U hamma suyaklarning ustini qoplab, uchta - yuqorigi, o`rta va pastki bo`shliq hosil hiladi.

Yon paylari, yon tomon va o`rta kalta hamda uzun paylarga bo`linadi. ey tomon uzun payi - ligamentum collaterale laterale longum tirsak suyagidan boshlanib, IV kaft suyagida tugaydi. U uzun va kalta pay tutamlaridan iborat bo`ladi. Urta uzun pay - ligamentum collaterale mediale longum yon tomon payidan kuchliroq, u bilak suyagidan boshlanib, II-IV kaft suyaklarida tugaydi. Qatorlararo yuqorigi pay - ligamentum cari metacarpi dorsale hamma hayvonlarda bo`lib, bilaguzuk suyaklarini bir-biri bilan va uning atrofidagi suyakchalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.

Bilaguzuk suyagining uchta qo`shimcha payi: yuqorigi bilak suyagiga birikuvchi o`rta paylari va IV kaft suyagiga birikuvchi pastki paylari bo`ladi. Bundan tashqari, bilak suyagining orka yuzasida ko`ndalang pay - ligamentum carpi volare transversum bo`lib, u orqa tomondan birikish uchun xizmat qiladi. Bilaguzuk suyaklarining har qaysisi bir-biri bilan suyaklararo pay – ligamentum carpi interossea orqali ham birikadi. Bilaguzuk suyagining volyar (orka tomon) umumiy payi - ligamentum carpi volare communis. juda kuchli fibroz kapsula hosil qiladi. Uning bir nechta tolasi bo`g`imga birikib, bilak yozilish vaqtida katta xizmat qiladi.

Barmoq bo`g`imlari oldingi oyoqda ham, keyingi oyoqda ham bir-biriga o`xshash bo`ladi.

Kaft-barmoq bo`g`imi - articulatio metacarpi phalangea kaft suyaklarinnig pastki uchi bilam birinchi barmoq suyagining yuqorigi bo`g`im yuzasidan hosil bo`lgan. Bu bo`g`imda ham bo`g`im kapsulasi - capsula articularis bo`ladi. Bo`g`imni biriktiruvchi yon va o`rta paylari - ligamentum collaterale laterale et mediale bo`lib, ular bo`g`imni yon tomonlardan birlashtiradi. Bu bo`g`imning orqa tomonida kunjutsimon (sedanasimon) suyak borligi sababli uning birikishi uchun ham bir qancha paylar bo`ladi:

1) kunjutsimon suyaklararo pay- ligamentum inlersesamoideum xar ikkala kunjutsimon suyakni bir-biriga birlashtiradi; 2) kunjutsimon suyaklarning yon paylari - ligamentum sesamoideum lateraie ularni yon tomondan birlashtiradi; 3) kunjutsimon suyakning kengaygan (butsimon) payi - ligamentum sesamoideum cruciata uning pastroq qismida kengaygan holatda joylashadi; 4) kunjutsimon suyakning orqa tomondagi kalta payi - ligamentum sesamoideum volaris brevea uni birinchi barmoq suyagi bilan birlashtiradi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning bo`g`im kapsulasi orqa tomondan bir-biriga ko`shilgan bo`ladi. Otlarda qiyshiq pay - ligamentum sesamoideum obliquum kunjutsimon suyakdan qiyshiq holatda tushadi. Qiyshiq, paylarning o`rtasida bitta to`g`ri pay- ligamentum sesamoideum rectum bo`lib u 1 va II barmoq bo`g`imlarigacha etib keladi.


Download 18.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling