7-amaliy topshiriq Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi
Download 12.03 Kb.
|
7-amaliy topshiriq Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qab
7-amaliy topshiriq Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi Boshqaruv faoliyati amaliyotida qaror qabul qilishda(QQQ) ayrim holatlarda kutilmagan holatlar paydo bo‘lib, ular tezkor va noordinar harakatlarni taqazo eta- di va bu harakatlar ma’lum bir noaniqlik va xavf (risk) bilan nomoyon bo‘ladi. Shunday vaziyatlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan risklar oshkor va oshkormas xarakter- da bo‘lib, ular kelib tushayotgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holatlarda muammo yechimlaridan (alternativa) eng maqbul yechimni (“eng yaxshi”, optimal) tanlashda yechim tanloviga va sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi holatlarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Quyida bu sharoitlarda QQQ jaryoni bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Mutloq noaniqlik sharoiti Bu sharoitda mumkin bo‘lmagan tashqi holatlar aniq bo‘lmaganligi sababli, alternativalarni baholab bo‘lmadi. Shu sababli mutloq noaniqlikdan noaniqlik sha- roitiga o‘tish kerak bo‘ladi, ya’ni barcha mumkin bo‘lgan tashqi holatlarni aniqlash va alternativalarni tashqi holatlarga mos baholash darkor bo‘ladi. Noaniqlik sharoiti Tashqi sharoitning ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati yo‘qligi sababli bunday sharoitda QQQ (tanlov amalga oshirish) qaror qabul qiluvchi shaxsning (QQQSh) qarashlari va sub’ektiv bahosiga asoslangan bo‘ladi. Sub’ektiv baho o‘z navbatida shaxsning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslana- di. Noaniqlik sharoitida oxirgi qarorni qabul qilish rahbar qo‘lida bo‘lib, rah- bar muammo yechimini izlashda jamoa bilan, ekspertchilar va boshqa mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazishi mumkin. Bunda rahbarning mummoni yechishda qanday evristik usullarni qo‘llay bilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Noaniqlik sharoiti ko‘p hollarda tez o‘zgaruvchi holatlar, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ko‘p vaqt talab qiladigan sohalarda uchrab turadi. Noaniqlik paydo bo‘lishiga sabablar: • Vaziyatdagi element va ob’ektlar sonining ko‘pligi; • Texnik, ijtimoiy va boshqa sabablarga ko‘ra ma’lumot cheklanganligi yoki noto‘g‘riligi; • Aniqlik uchun ma’lumotning juda qimmatligi; • QQQShning kasbiy tajriba va mahorati kamligi; • QQQda cheklanishlar mavjudligi, masalan, vaqt tanqisligi; • Jarayonga tashqi vaziyat yoki raqobatdoshning hatti-harakati ta’siri. Demak, noaniqliklikni bartaraf etish uchun • Bor ma’lumotni chuqurroq taxlil etish; • To‘liqroq tahlil uchun yetishmayotgan ma’lumotni qo‘lga kiritish kerak. Noaniqlikdan tavakkalchilik sharoitiga o‘tish Ayrim hollarda masala noaniqlik darajasini kamaytirib, tavakkal sharoi- tiga keltirish bilan yechiladi. Bunga quyidagi savollarga javob izlash bilan eri- shiladi: • Mavjud noaniqlik darajasi qanchalik katta? • Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nima qilsa bo‘ladi? • Noaniqlik darajasini kamaytirish xarajatlari qanday? Tavakkalchilik sharoiti Tavakkal sharoitida mumkin bo‘lgan tashqi holatlarning ehtimolini baholash mumkin bo‘lib, QQQShning tashqi holatlarini qay darajada aniq va to‘g‘ri baho- lay bilishga bog‘liq bo‘ladi. Faqat hisob natijalargina emas, balki QQQShning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanish kerak. Tavakkal klassifikatsiyasi Tavakkal ko‘rinishlarining soni va turi ko‘p bo‘lib, ularni quyida keltirilgan jadvaldagi kabi turkumlarga ajratish mumkin: Download 12.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling