7. Diskning inersiya momenti. Inersiya momenti


Download 22.64 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi22.64 Kb.
#1370722
  1   2   3

7.Diskning inersiya momenti.
Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.

8.Sterjinning inersiya momenti. Javob topolmadim
9.Tovush va uning xarakteristikalari.
Tovush mexanik energiyaning materiya boʻylab toʻlqinlar yordamida tarqalishidir. Tovush chastota, toʻlqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi.

10.Paskal qonuni.Arximed kuchi.
Paskal qonuni - gidrosshatikaning asosiy qonuni. Paskal qonuniga koʻra, tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bergan bosim taʼsiri suyuqlik ichida barcha yoʻnalishlar boʻyicha bir xil uzatiladi, yaʼni tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bosimi uning har bir nuqtasiga oʻzgarishsiz tarqaladi. Bu qonunni 1653-yilda B.Paskal aniklagan (1663-yilda eʼlon qilgan). Paskal qonunidan texnikada (xususan, gidravlik pressda) keng foydalaniladi.
Arximed (grekcha: Ἀρχιμήδης; mil. avv. 287–212) Sirakuzalik qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi – Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan. Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari, yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan „Arximed kuchi“ yoki „Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida oʻrin egallaydi. Miloddan avvalgi 212-yilda rimliklar Sirakuzani bosib olgandan soʻng Arximed oʻldirilgan.
11.Kapillyarlik hodisalari.

Download 22.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling