7 laboratoriya ishi «difraksion panjara yordamida yorug’lik to’lqin uzunligini aniqlash» Ishning maqsadi


Download 0.87 Mb.
bet1/4
Sana23.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#458398
  1   2   3   4
Bog'liq
7 laboratoriya ishi «difraksion panjara yordamida yorug’lik to’l
Mavzu Kriptografik-fayllar.org, 1 mavzu 4 topshiriq, 3-laboratoriya ishi, JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk, 12 13, Informatika qo llanma, Informatika qo llanma, 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, kundalik yuzi, DTLB 1A Eshtimirov A, Dasturlash uslublari va paradigmalar 2-LAB, bux

7 - laboratoriya ishi
« DIFRAKSION PANJARA YORDAMIDA YORUG’LIK TO’LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH»
Ishning maqsadi. Yaxlit yorug’lik manbaidan spеktrni olish va kuzatish; yaxlit spеktr manbaidan (galogеn lampa) foydalanib yorug’lik filtralaridan o’tgan to’lqin uzunligini aniqlash.
Ishning qisqacha nazariyasi

Difraksiya deb, to’lqinlarning kichik to’siq yoki tirqishga tushganda uning geometrik soya tomoniga tarqalish hodisasiga aytiladi. Difraksiya hodisasi tufayli hosil bo’lgan manzaraga difraksion manzara deyiladi. Difraksion hodisalar ikki sinfga bo’linadi:

  1. To’siqqa tushayotgan yorug’lik to’lqinining fronti sferadan iborat bo’lgan va kuzatish nuqtasi chekli masofada joylashgan holdagi difraksiyaga Frenel difraksiyasi deb ataladi.

  2. To’siqqa tushayotgan nurlar parallel dastani hosil qilgan va difraksion manzara cheksizlikda mujassamlashgan holdagi difraksion hodisalarni Fraungofer tekshirgan. Shuning uchun bunday difraksion hodisalar Fraungofer difraksiyasi deb ataladi. Mazkur ishda, difraksion panjarada Fraungofer difraksiyasi qo’llaniladi. Ko’p sonli bir - biriga yaqin joylashgan parallel tor tirqishlar to’plamiga difraksion panjara deyiladi (1-rasm).


1-rasm. Shaffof difraksion panjara.
Difraksion panjaralarni shisha plastinka yoki metall ko’zgu sirtiga ingichka shtrixlar (tirqishlar) bo’lish mashinalari yordamida olmosli keskich bilan chiziladi.

Shisha plastinkali panjaralarga shaffof panjaralar, metall ko’zguli panjaralarga esa qaytaruvchi panjaralar deyiladi. Mazkur ishda shaffof panjaradan foydalaniladi. Tirqish kengligi a bilan, tirqishlar o’rtasidagi oraliqning kengligi b ni yig’indisiga panjara doimiysi deyiladi: a+b=d.

Yaxshi difraksion panjaralarda har millimetrda minglab tirqishlar va shaffof oraliqlar (shtrixlar) bo’ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling